Авторы

  • Ziyodaxon Bobayeva
    University of Business and Science nodavlat oliy ta'lim muassasasi Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi
  • Muhammad ali Mamadaliyev
    University of Business and Science nodavlat oliy ta'lim muassasasi Pedagogika-psixologiya yo’nalashi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46812

Ключевые слова:

holat xotira jarayon lakatsiya obraz tasovvur takrorlash assosiasiya janr.

Аннотация

ushbu maqolada malumotlarni eslab qolishning psixologik mehanizm qonuniyatlarini yoritib beriladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

124

SHAXSDA MALUMOTLARNI YODDA OLIB QOLISH XUSUSIYATINI

RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MEHANIZMLARI

Bobayeva Ziyodaxon Maxamadjon qizi

University of Business and

Science

nodavlat oliy ta'lim muassasasi

Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi

egoistka_03@bk.ru orcid.org/0009-0005-5691-3196

Mamadaliyev Muhammad ali Xamidullo o'g'li

University of Business and Science nodavlat oliy ta'lim muassasasi

Pedagogika-psixologiya yo’nalashi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13934771

Annotatsiya:

ushbu maqolada malumotlarni eslab qolishning psixologik mehanizm

qonuniyatlarini yoritib beriladi.

Kalit so'zlar:

holat, xotira, jarayon, lakatsiya, obraz, tasovvur, takrorlash, assosiasiya,

janr.

Аннотация:

в данной статье будут освещены закономерности психологического

механизма запоминания информации.

Ключевые слова:

состояние, память, процесс, лакация, образ, воображение,

повторение, ассоциация, жанр.

Annotation:

this article will highlight the patterns of the psychological mechanism of

memorizing information.

Keywords:

state, memory, process, location, image, imagination, repetition, association,

genre.

Xotira - muaffaqiyatingiz va hayotdan lazzat olishingizda kalit bo’lishi yoki aksincha,

xatolariningiz uchun sabab bo’lishi mumkin. Deyarli har bir odam xotiraga tegishli mana shu
ikki holatni boshidan kechiradi. Deyl Karnegining takidlashiga ko’ra, o’rtacha inson o’z
miyasining ishlash tamoyillarini bilmaganligi uchun xotirasidan noliydi.

Xotira nima? Odatda, bu savolga ko’pchilik oddiygina qilib javob beradi, aslida esa bu

judayam murakkab bo’lgan ham biologik, ham kimyoviy jarayondir. Murakkab qilib
tushintirsam, miyamizdagi nervlar bir-biri bilan sinapslar orqali elektr toki yordamida
suhbatlashib malumotlarni ayni bir usulda eslab qoladi. Keling, imkon qadar sodda tarzda
tushintiray, xotira - bu biz ilgari qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda
saqlash keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir.

Biz har kuni yangi narsalarni o’rganamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Bu

jarayonda xotiramiz asosiy o’rinni egallaydi. Tabiiyki kuchli xotiraga ega bo’lishni istamaydigan
odam yo’q. Istalgan malumotlarni oson, tez va yuqori aniqlikda eslab qolish, qisqa qilib
aytganda xotirangizdan maksimal foydalanishingiz uchun uning ishlash prinsplarini bilsangiz
kifoya. Bular lakatsiya, tasavvur, takrorlash va assosiasiya.

Lakatsiya-bu makon degani. Bizning miyamiz malumotlarni makonlarga bog'lab eslab

qoladi.1930-yillarda Kanadalik neyroxirurg Uaylder Penfild quyidagicha tajriba o'tqazdi. U
miyaninh malum bir qismiga elektor toki orqali kuchlanish berganida, operatsiya paytida
xushida bo'lgan bemorlarning xotirasida oldingi bo'lgan hodisalar qalqib chiqadi. Elektor qayta
miyaning aynan o'sha qismiga tekkazilganda yana o'sha malumotlar qaytarilaveradi. Demak
xotiramizdagi barcha muammo biz o'ylaganimizdek eslab qolushda emas, balki kerakli
malumotni kerakli paytda, kerakli joyda qayta eslay olmasligimizdadir.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

125

Jorj Byorns e’tibor qilib ko’rganmisiz siz oldin bo’lib o’tgan voqea-hodisa haqida

gaprganingizda 90% odamlarning birinchi aytadigan gapi "Qayerda?" bo’ladi. Ular makonni
bilish orqali malumotni eslashga harakat qiladilar. Kutubxonalarga borsangiz kitob topish oson.
Chunki kitoblar mazmuniga, muqovasiga, janriga qarab alohida-alohida joylashtirilgan bo'ladi.
Endi tasavvur qiling, hamma kitoblar bir joyda, taxlanmagan bo'lsa kerakli kitobni topishingiz
uchun kunlab vaqtingiz ketadi. Inson miyasi ham kitob javoniga o’xshaydi. Kerakli malumotni
kerakli paytda osongina qayta eslashimiz uchun uni to'g'ri joylashtirishimiz kerak bo'ladi.

Enshteyn fikricha "Tasavvur bilimdan yaxshiroqdir, chunki u chek-chegara bilmaydi" deb

takidlaydi. Haqiqatdan ham tasavvur bilimdan ustunmi? Toni Buzanning gapi bilan aytganda
tasavvur miyamizning tili hisoblanadi. Agarda sizga olma so’zini aytsam miyangizga olmaning
tasviri keladi. Kompyuter malumotlarni doimo ikkilik sanoq sistemasiga o’tkazib saqlab qoladi.
Har qanday malumotni ikkilik sanoq sistemasiga o’tkazmasdan saqlab qololmaydi. Aynan
bunday tarjima qilish bizning miyamizda tasavvur orqali hosil bo'ladi. Eslab qolish va qayta
esga tushirish tasavvir obrazlari bilan bog’liq. Sizda tasavvur paydo bo’lmasa eslab, yodlab
qolish mumkin bo’lmaydi.

Xotiraning yana bir muhim xususiyati bu - takrorlash. Takrorlash bilimlarning onasi deb

bekorga aytilmaydi. Takrorlangan informatsiya xotirada saqlanib qoladi va bu hammaga
malum usul. Maktab davrimda bitta she’rni yodlash uchun uni 100 martalab, ingliz tilida bitta
lug’atni eslab qolish uchun 10 martadan ko’p takrorlaganman. Juda ko’p marotaba, zerikarli
takrorlashlardan keyin ma’lumotlarni eslab qolishga harakat qilamiz va yodlagandekmiz.
Lekin... juda qisqa vaqtga. Nimaga? Chunki unitish - xotiramizning funksiyasi.

1885-yilda nemis psixologi Ebbingaus insonning unitishi haqida tajriba o'tkazadi va shuni

aniqladiki, birinchi 20 daqiqa ichida juda kuchli unitish sodir bo'lar ekan. Yani eslab qolingan
100% malumotni birinchi 20 daqiqa ichida 40% ini unitamiz. Eslab qolgan vaqtimizdan bir soat
o’tib 60% ini yo’qotamiz, bir kundan keyin esa miyamizda 33%dan ko’p bo’lmagan holda
qoladi. Qo’pol qilib aytganda, yangi yodlangan 10 ta so’zni kun oxirida 7 tasini unitib qo’yamiz.
Ajoyib! Ko’rib turibdiki, har qanday malumot o’rganilgandan keyin qanchalik ko’p vaqt o’tsa, u
malumotni xotiramizda eslab qolish ham susayib boraveradi. Bunda hech qanday takrorlarsiz
31 kundan keyin malumotning 90% qismi unitiladi.

Dunyodagi barcha narsalar boshqa narsalarga bog'liqdir. Assosiasiya-bu psixik hodisalar

orasidagi o'zaro bog’lanish, u malum qonunlar bo'yicha tarkib topadi. Jumladan, fazodagi
yondoshlik, o’zaro o’xshashlik, qarama-qarshilik kabilar. Miyamiz doimo bir narsani boshqa
narsaga bog’lab oluvchi mashinadir. Agarda sizga Habib desam siz uni jang san’ati bilan bog’liq
holda anglaysiz. Yokida biron ashulani eshitib turib uni aytayotgan odamni ko’rib turib,
keyinchalik shu odamni ko’rsangiz ashula so’zlari va musiqasini idrok qilasiz. Ijodkorlik yoki
kreativlik ham eski bilimni yangi bilim bilan bog'lash orqali hosil bo'ladi. Biror malumotni eslab
qolishingiz uchun siz uni tasavvuringizni ishlatib o’zingizga malum bo’lgan bironta malumot
bilan asosiasiya qilasiz.

Xulosa qilib aytganda, biz XXI asrda nafaqat texnologiya asri, balki "axborotlar qaynab

turgan" axborot asrda yashayapmiz. Kun davomida yangidan-yangi axborotlarga duch kelamiz
va ularni kerakli va keraksiz axborotlarga ajrata olishimiz, o’zimiz uchun muhim bo’lgan
axborotlarni eslab qolishimiz uchun xotira degan qurolimiz bo'lishi kerak. Uning ishlash
mehanizmlari haqida chuqur tushincha hosil qilib, ularni umumlashtirish va amaliyotda
qo'llash orqali yodlash, eslab qolish, qayta eslashda muammolarga duch kelmaysiz. Yangi


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

126

o'rganilayotgan malumotni mayda detallarigacha tasovvur qiling, oldindan bilim bazasida
mavjud bo'lgan malumotlar bilan bog'lang, malum makonda tasovvur qiling va uni uzoq
bo'lmagan vaqt davomida takrorlab turing. Unitmang, xotirangiz siz o’ylagandan ancha kuchli.
Undan foydalaning, aks xolda uni yo'qotasiz.

References:

1.

Sh.M.Rahmonov. Mukammal xotira. Toshkent, "Yangi asr avlodi", 2014.

2.

А.Сафронов. Суперпамять за семь шагов. "Альпина Диджитал", 2019.

3.

F.I.Xaydarov, N.I.Halilova. Umumiy psixologiya darslik. Toshkent, 2009.

4.

P.I.Ivanov, M.E.Zufarova. Umumiy psixologiya darslik. Toshkent, "O'zbekiston faylasuflari

milliy jamiyati", 2008
5.

Бобаева, З. М. (2021). ФОРМИРОВАНИЕ ТОЛЕРАНТНОСТИ У ШКОЛЬНИКОВ В

ПРОЦЕССЕ ИЗУЧЕНИЯ ЭТНОКУЛЬТУРЫ РАЗЛИЧНЫХ НАРОДОВ. In Диалог культур и
толерантность общения (pp. 66-71).
6.

Бобаева, З. М. (2023). Педагогические особенности логического мышления

младших школьников и пути его развития в процессе обучения. Экономика и социум, (1-
1 (104)), 183-191.
7.

Бобаева, З. М. РАЗВИТИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ИДЕЙ В ЭПОХУ ВОЗРОЖДЕНИЯ

ВОСТОКА Бобаева Зиёдахон Махамаджон кизи, магистрант. VOLUME03 ISSUE06 Pages, 31,
34.
8.

Бобаева, З. (2023). ИННОВАЦИОННАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ УЧИТЕЛЯ НАЧАЛЬНЫХ

КЛАССОВ. Boshlang ‘ich sinf o ‘quvchilarida universal ta’lim faoliyatini shakllantirish,
rivojlantirish va takomillashtirish nazariyasi va amaliyoti Xalqaro onlayn ilmiy-amaliy
konferensiya, 229-232.
9.

Бобаева, З. М. РАЗВИТИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ИДЕЙ В ЭПОХУ ВОЗРОЖДЕНИЯ

ВОСТОКА Бобаева Зиёдахон Махамаджон кизи, магистрант. VOLUME03 ISSUE06 Pages, 31,
34.

Библиографические ссылки

Sh.M.Rahmonov. Mukammal xotira. Toshkent, "Yangi asr avlodi", 2014.

А.Сафронов. Суперпамять за семь шагов. "Альпина Диджитал", 2019.

F.I.Xaydarov, N.I.Halilova. Umumiy psixologiya darslik. Toshkent, 2009.

P.I.Ivanov, M.E.Zufarova. Umumiy psixologiya darslik. Toshkent, "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati", 2008

Бобаева, З. М. (2021). ФОРМИРОВАНИЕ ТОЛЕРАНТНОСТИ У ШКОЛЬНИКОВ В ПРОЦЕССЕ ИЗУЧЕНИЯ ЭТНОКУЛЬТУРЫ РАЗЛИЧНЫХ НАРОДОВ. In Диалог культур и толерантность общения (pp. 66-71).

Бобаева, З. М. (2023). Педагогические особенности логического мышления младших школьников и пути его развития в процессе обучения. Экономика и социум, (1-1 (104)), 183-191.

Бобаева, З. М. РАЗВИТИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ИДЕЙ В ЭПОХУ ВОЗРОЖДЕНИЯ ВОСТОКА Бобаева Зиёдахон Махамаджон кизи, магистрант. VOLUME03 ISSUE06 Pages, 31, 34.

Бобаева, З. (2023). ИННОВАЦИОННАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ УЧИТЕЛЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ. Boshlang ‘ich sinf o ‘quvchilarida universal ta’lim faoliyatini shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirish nazariyasi va amaliyoti Xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya, 229-232.

Бобаева, З. М. РАЗВИТИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ИДЕЙ В ЭПОХУ ВОЗРОЖДЕНИЯ ВОСТОКА Бобаева Зиёдахон Махамаджон кизи, магистрант. VOLUME03 ISSUE06 Pages, 31, 34.