Авторы

  • Javohir Turdimatov
    University of Business and Science nodavlat oliy ta'lim muassasasi Pedagogika-psixologiya yo’nalishi talabasi
  • Ziyodaxon Bobayeva
    Ilmiy rahbar: University of Business and Science nodavlat oliy ta'lim muassasasi Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46813

Ключевые слова:

ijtimoiylashuv jarayoni shaxs tarbiyasiga ta’sir e’tuvchi omillar shaxs rivojlanish shaxsning ijtimoiylashuvi tarbiya jamiyat.

Аннотация

Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, konkret kishi, ya’ni, muayyan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Har bir inson tug’ilibdiki, u inson shaxs hisoblanadi. Bolaning o’sib rivojlanishi alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Yosh bolaga bir yoki ikki yoshlik paytidan unga tarbiya berish boshlanadi. Yetti yoki sakkiz yoshga yetganida esa uning yoniga ta’lim ham qo’shiladi. Har ikkalasi yillar davomida insonda shakllanadi. Bilmagan narsalari tushuntirilib, qiziqishlariga asoslanib unga biror kasb yoki hunar o’rgatiladi. Shu paytdan boshlab bola o’z kelajagi uchun ilk qadamini tashlagan bo’ladi. Bola jamiyat ichida o’zini qanday tutish kerakligi va qanday rivojlanishi kerakligi haqida fikr yurita boshlaydi. Agar bolani yoshlik paytidan jamiyat ichida ko’proq olib yurilsa u tez ijtimoiy aloqaga kirishishi oson bo’ladi va u katta shaxs bo’lib yetishadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

120

SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI

Turdimatov Javohir Nurmatjon o’g’li

University of Business and Science nodavlat oliy ta'lim muassasasi

Pedagogika-psixologiya yo’nalishi talabasi

Bobayeva Ziyodaxon Maxamadjon qizi

Ilmiy rahbar: University of Business and Science nodavlat oliy ta'lim muassasasi

Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi

egoistka_03@bk.ru orcid.org/0009-0005-5691-3196

https://doi.org/10.5281/zenodo.13934747

Annotatsiya:

Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, konkret kishi, ya’ni, muayyan

jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Har bir inson tug’ilibdiki, u inson shaxs
hisoblanadi. Bolaning o’sib rivojlanishi alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Yosh bolaga bir yoki ikki
yoshlik paytidan unga tarbiya berish boshlanadi. Yetti yoki sakkiz yoshga yetganida esa uning
yoniga ta’lim ham qo’shiladi. Har ikkalasi yillar davomida insonda shakllanadi. Bilmagan
narsalari tushuntirilib, qiziqishlariga asoslanib unga biror kasb yoki hunar o’rgatiladi. Shu
paytdan boshlab bola o’z kelajagi uchun ilk qadamini tashlagan bo’ladi. Bola jamiyat ichida
o’zini qanday tutish kerakligi va qanday rivojlanishi kerakligi haqida fikr yurita boshlaydi. Agar
bolani yoshlik paytidan jamiyat ichida ko’proq olib yurilsa u tez ijtimoiy aloqaga kirishishi oson
bo’ladi va u katta shaxs bo’lib yetishadi.

Kalit so’zi:

ijtimoiylashuv jarayoni, shaxs tarbiyasiga ta’sir e’tuvchi omillar, shaxs,

rivojlanish, shaxsning ijtimoiylashuvi, tarbiya, jamiyat.

Аннотация:

понятие личности относится к человеку и служит для обозначения

конкретного человека, то есть члена определенного общества. Каждый человек
рождается таким, какой он есть, человек-это личность. Особое значение будет иметь
рост и развитие ребенка. Воспитание маленького ребенка начинается с того момента,
когда ему исполняется год или два. А когда он достигает семи или восьми лет, к нему
добавляется образование. Оба образуются у человека с годами. Объясняется то, чего он
не знает, и его учат профессии или ремеслу, основанному на его интересах. С этого
момента ребенок сделает первый шаг к своему будущему. Ребенок начинает
задумываться о том, как вести себя и развиваться в обществе. Если ребенка с раннего
возраста больше носить в обществе ему будет легко быстро вступить в социальную
связь, и он вырастет в большую личность.

Ключевое слово:

процесс социализации, факторы, влияющие на воспитание

личности, личность, развитие, социализация личности, воспитание, общество.

Abstract:

the concept of personality refers to a person and serves to designate a specific

person, that is, a member of a certain society. Every person is born the way they are, a person
is a person. The growth and development of the child will be of particular importance. The
upbringing of a small child begins from the moment when he turns one or two. And when he
reaches the age of seven or eight, education is added to him. Both are formed in humans over
the years. It explains what he does not know, and he is taught a profession or craft based on his
interests. From this moment on, the child will take the first step towards his future. The child
begins to think about how to behave and develop in society. If a child is carried more in society
from an early age, it will be easy for him to quickly enter into a social connection, and he will
grow into a great personality.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

121

Key word:

the process of socialization, factors influencing the upbringing of personality,

personality, development, socialization of personality, upbringing, society.

Individning shaxs sifatida rivojlanishida pedagogikaning o'rni muhim rol o'ynaydi.

Pedagogika ta'lim jarayonlarini tashkil etish orqali, insonning intellektual emotsional va
ijtimoiy jihatlarini rivojlantirishga yordam beradi. "Shaxsning intellektual salohiyatini
oshirishga xizmat qiladi. Ta‘lim berish jarayonida pedagog ahamiyat beradigan axloq
qadriyatlar va ijtimoiy ta'lim jarayonida ma'suliyatni etik va estetik axloqni shakllantirish
orqali shaxsiy sifatlar rivojlanadi. Jamiyatdagi ijtimoiy muhit pedagogik faoliyatda ijtimoiy
ko’nikmalarni rivojlantirishga ijtimoiy munosabatlarni o’rnatishda yordam beradi.

“Individ” nima? “Bola ma’lum bir yoshga qadar “individ” hisoblanadi. Individ so’zi lotincha

“individium” so’zidan olingan bo’lib, “bo’linmas”, “alohida shaxs” va “yagona” degan ma’nolarni
anglatadi. Individ xatti-harakatlarini shartli reflex yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik
mavjudotdir.

O'qitish jarayonida hissiy ko'nikmalarni rivojlantirish, o‘z-oz‘ini anglash va boshqalar

bilan munosabatlarni mustahkamlashga muhim ahamiyatga kasb etadi.

Pedagogik shaxsning barcha jihatlarini rivojlantirishda umumiy olganda insonning

kelajakdagi muvaffaqiyatiga zamin yaratiladi.

Rivojlanishning o’zi nima?
Rivojlanish deganda shaxsning fiziologik va intelektual o’sishida namoyon bo’ladigan

hamda miqdor va sifat o’zgarishlari mohiyatini o’zida ifoda etadigan jarayonni tushunamiz.
Rivojlanish - shaxsning jismoniy, aqliy va boshqa xislatlarning takomillashuvini namayon
etadigan jarayon bo’lib, bunday xislatlar tug’ma, ba’zilari keyinchalik erishilgan bo’ladi.
Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga qarab, quyidan esa yuqoriga, eski sifatlardan
yangi holatlarga o'tib, yangilanib, yangining paydo bo’lishi, eskining esa yo'qolib borishi,
miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalab kelishi mumkin. Rivojlanishning
manbayi qarama-qarshiliklarning o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Ayni vaqtda inson tirik
biologik mavjudot hisoblanadi.

Agar bolaning yoshlik paytida odamlar ichida ko'proq olib yurish u tez ijtimoiy aloqaga

kirishish oson bo'ladi va abatta katta shaxs bo'lib yetishadi. Ta‘limni tarbiyadan tarbiyani esa
ta'limda ajratib bo'lmaydi bu albatta sharqona qarashlar hisoblanadi.

“Tarbiya” arabcha so'z bo'lib, o'stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi degan ma'nolarni bildirib

keladi. Islom ulamolaridan bo’lgan Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'riflaydi: “Tarbiya
bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamom nuqtasiga yetkazishdir.
Tarbiyaning yana bir ma’nosi, insonning diniy, fikriy hamda axloqiy quvvatlarini uyg'unlik va
muvozanat ila o'stirishdir”.

Tarbiya insonning o’z oilasi, jamoasi va jamiyatida muhim asos bo’lib xizmat qiladi, chunki

hech kim o’z onasidan “yomon” bo’lib tug’ilmaydi. Tug’ilgandan keyin ham hech bir ota-ona o’z
bolasini yomon inson bo’lishini xohlamaydi, balki uni ardoqlab voyaga yetkazib, yurtga foydasi
tegadigan inson bo’lishini xohlaydi. Har qanday yomonlik, gunoh ishlar esa tarbiyasizlik,
bilimsizlik va ma’naviy qashshoqlikdan kelib chiqadi.

Shaxs kamolatida tarbiyaning o’rni haqida Demokritning quyidagi fikri qimmatlidir:

“Insonni inson qilib o’stiruvchi narsa bu tarbiyadir”.

Shaxs faoliyatida ta’lim-tarbiya va ilm asosiy rol o’ynaydi. Shu tufayli inson buyuk shaxs

bo’lib yetishadi. To’gri tarbiya insonni ilmli, bilimli, ongli, madaniyatli va ma’rifatli qilishi


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

122

mumkin, hattoki, komil inson darajasigacha yuksaltiradi. Inson tarbiya orqali komillik sari
“ko’kka bo’y cho’zadi” va unda eng yaxshi “yo’ldosh” hayotda olinadigan ibrat-namuna va kitob
mutolaa qilish orqaligina bilimli-ma’rifatli bo’la oladi.

Shaxsning ijtimoiylashuvi. Shaxs iitimoiv munosabatlar jarayonida shakllanadi va

rivojlanadi. Ta’lim jarayonida esa o’quvchilarga jamiyatda birga yashash bilan bog’liq bo’lgan
holat va hodisalar o’rgatiladi. Bu jarayonda o’quvchi ijtimoiy munosabatlarga kirishadi va
jamiyat a’zolari bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa uzoq davom
etadigan murakkab jarayonlardan biri hisoblanadi. Har qanday jamiyatning rivojlanish
jarayonida ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me’yorlar va qoidalar tizimi ishlab
chiqiladi. Ijtimoiylashuv davrida har bir jamiyat a’zosi mazkur qadriyat, ideal, me’yor va
qoidalarning mohiyatini anglaydi va ularga rioya qilish asosida faoliyat yuritadi. Ijtimoivlashuv
iaravoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan shaxsning xatti-harakatlari va xulq-
atvori jamiyat talablariga mos kelgan holda u bilan o’zaro uyg’unlasha olishi, salbiy ijtimoiy
hodisalarga, individual rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi tura olishi
kerak. Lekin hayotda ba’zan aksini ham ko’rishimiz mumkin: to’liq ijtimoiylashgan, jamiyatga
kirishib ketadigan, ammo muhitda ba’zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko’rsata
olmaydigan odamlar ham mavjud. Bu holat ko’p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari,
o’qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqlidir. Tarbiyada esa qarama - qarshilik
insonparvarlik g’oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, inson shaxs sifatida shakllanishida nafaqat tarbiya balki, ijtimoiy

omillar va biologik omillar ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya
shaxsning o’zi faol ishtirok etgandagina, uning tug’ma layoqatini uyg’otadi, iste’dod
qobiliyatlarini o’stira oladi. Agar kishi o’z ishini sevsa, uning shu sohasidagi iste’dodi tezroq va
kuchliroq ro’yobga chiqa boshlaydi.

References:

1.

Бобоева, З. М. (2022). Особенности развития логического мышления младших

школьников.

Ученый XXI века

, (5-1 (86)), 22-25.

2.

Бобаева, З. М. (2023). Педагогические особенности логического мышления

младших школьников и пути его развития в процессе обучения.

Экономика и социум

, (1-

1 (104)), 183-191.
3.

Nurmatjon o’g’li, T. J. (2024). O’SMIR YOSHLAR O’RTASIDAGI GIYOHVANDLIKNI VA

ALKOGOLIZIMNI OLDINI OLISH PROFILAKTIKASI.

THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF

RECENT RESEARCH

,

3

(26), 271-283.

4.

Nurmatjon o'g'li, T. J. (2024). PEDAGOGIK NIZOLAR VA ULARNI SAMARALI HAL ETISH

YO ‘LLARI.

SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM

,

3

(27), 94-97.

5.

Ogli, M. M. A. X., & Qizi, O. Z. M. (2024). OʻSMIRLAR YOSHLARDA AGRESSIV XULQ-

ATVORNING VAQTINCHALIK VA DAVOMLI SHAKLLANISHIGA TAʼSIR ETUVCHI
OMILLAR.

Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture

,

4

(2), 68-72.

6.

Мансурова, Г. Р. (2022). ВЛИЯНИЕ «Я-КОНЦЕПЦИИ» НА КОММУНИКАТИВНЫЙ

ПРОЦЕСС ЛИЧНОСТИ.

Central Asian Academic Journal of Scientific Research

,

2

(4), 169-173.

7.

Мансурова, Г. Р. (2024). ВЛИЯНИЕ ПРОКРАСТИНАЦИИ И ЛЕНИ НА СФЕРУ

ПСИХИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ.

JOURNAL OF CHILD PSYCHOLOGY AND

PSYCHIATRY

,

7

(5), 77-82.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

123

8.

Мансурова, Г. Р. (2023). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ОБЩЕНИЯ В

ВИРТУАЛЬНОЙ РЕАЛЬНОСТИ.

IJODKOR O'QITUVCHI

,

3

(34), 49-52.

Библиографические ссылки

Бобоева, З. М. (2022). Особенности развития логического мышления младших школьников. Ученый XXI века, (5-1 (86)), 22-25.

Бобаева, З. М. (2023). Педагогические особенности логического мышления младших школьников и пути его развития в процессе обучения. Экономика и социум, (1-1 (104)), 183-191.

Nurmatjon o’g’li, T. J. (2024). O’SMIR YOSHLAR O’RTASIDAGI GIYOHVANDLIKNI VA ALKOGOLIZIMNI OLDINI OLISH PROFILAKTIKASI. THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH, 3(26), 271-283.

Nurmatjon o'g'li, T. J. (2024). PEDAGOGIK NIZOLAR VA ULARNI SAMARALI HAL ETISH YO ‘LLARI. SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 3(27), 94-97.

Ogli, M. M. A. X., & Qizi, O. Z. M. (2024). OʻSMIRLAR YOSHLARDA AGRESSIV XULQ-ATVORNING VAQTINCHALIK VA DAVOMLI SHAKLLANISHIGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLAR. Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 4(2), 68-72.

Мансурова, Г. Р. (2022). ВЛИЯНИЕ «Я-КОНЦЕПЦИИ» НА КОММУНИКАТИВНЫЙ ПРОЦЕСС ЛИЧНОСТИ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(4), 169-173.

Мансурова, Г. Р. (2024). ВЛИЯНИЕ ПРОКРАСТИНАЦИИ И ЛЕНИ НА СФЕРУ ПСИХИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ. JOURNAL OF CHILD PSYCHOLOGY AND PSYCHIATRY, 7(5), 77-82.

Мансурова, Г. Р. (2023). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ОБЩЕНИЯ В ВИРТУАЛЬНОЙ РЕАЛЬНОСТИ. IJODKOR O'QITUVCHI, 3(34), 49-52.