Авторы

  • G.E. Rashidova
    Termiz davlat universiteti Zoologiya mutaxassisligi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46833

Ключевые слова:

quruqlik mollyuskalari ekologik tahlil ekologik guruhlar.

Аннотация

Quruqlik mollyuskalarining ekologik xususiyatlarini o’rganish o’ziga xos ahamiyatga kasb etib, ularning ko’pgina biologik xususiyatlarini ochib berishga yordam beradi. Respublikamiz quruqlik mollyuskalarining ekologiyasi  I.M.Lixarev va Ye.S.Rammel’meyr [1;511 c.], A.A.Shileyko [5;399 c.],  A.Pazilov va D.A.Azimov [49;315 c.], A.Pazilov [48;C. 82-85] va boshqa olimlar tomonidan o’rganilgan. 44], A.Pazilov va D.A.Azimov [4;315 c.], A.Pazilov [3;C. 82-85] va boshqa olimlar tomonidan o’rganilgan. Quruqlik mollyuskalarining ekologik jihatdan keng o’rganilgan bo’lishiga qaramay, bugungi kunda ham ayrim ekologik terminlarning qo’llanilishi bahs-munozara ostida qolgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

33

QURUQLIK MOLLYUSKALARINING EKOLOGIK TAHLILI

G.E.Rashidova

Termiz davlat universiteti Zoologiya mutaxassisligi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13927784

Kalit so’zlar

: quruqlik mollyuskalari, ekologik tahlil, ekologik guruhlar.

Quruqlik mollyuskalarining ekologik xususiyatlarini o’rganish o’ziga xos ahamiyatga kasb

etib, ularning ko’pgina biologik xususiyatlarini ochib berishga yordam beradi. Respublikamiz
quruqlik mollyuskalarining ekologiyasi I.M.Lixarev va Ye.S.Rammel’meyr [1;511 c.],
A.A.Shileyko [5;399 c.], A.Pazilov va D.A.Azimov [49;315 c.], A.Pazilov [48;C. 82-85] va boshqa
olimlar tomonidan o’rganilgan. 44], A.Pazilov va D.A.Azimov [4;315 c.], A.Pazilov [3;C. 82-85]
va boshqa olimlar tomonidan o’rganilgan. Quruqlik mollyuskalarining ekologik jihatdan keng
o’rganilgan bo’lishiga qaramay, bugungi kunda ham ayrim ekologik terminlarning qo’llanilishi
bahs-munozara ostida qolgan. Xususan, ko’pgina malakolog olimlar quruqlik mollyuskalariga
nisbatan kserofil, mezofil, psixrofil va kseromezofil kabi terminlarni qo’llashni to’g’ri deb
hisoblashadi. A.Shileyko [6;384 c.] Helicoidea yuqori oilasi vakillarining barchasi uchun
gigrofillik birlamchi xususiyat deb bilgan holda, yuqorida qayd etilgan terminlarning
qo’llanilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. K.K.Uvaliyeva kserofil terminini
qurg’oqchilikda hayot kechiruvchi mollyuskalarga nisbatan qo’llanilishini shartli deb biladi. U
kserofillarni mezofillarga kiritadi. Uvaliyevaning fikriga ko’ra mollyuskalar qurg’oqchil
muhitda yashashiga qaramasdan, asosiy hayotiy jarayonlar yog’ingarchilik paytida kechadi.
A.Pazilov va D.A.Azimovlar [4;315 c] barcha quruqlik mollyuskalarining namsevarlik
xususiyatini hisobga olib kserobiont, mezobiont, psixrobiont terminlarini qo’llashni maqsadga
muvofiq deb hisoblaydilar. Bu terminlar quruqlik mollyuskalariga ko’ra avval, Ye.V.Shikov [9;C.
149-154] va A.A.Baydashnikovlar [7;C. 3-19] tomonidan qo’llanilgan. Yuqorida bayon qilingan
fikrlarni inobatga olib, biz barcha quruqlik mollyuskalarini yagona bo’lgan bitta katta ekologik
guruhga, gigrofillarga kiritdik.

Bunga yuqorida qayd etilgan A.Shileykoning [6;384 c.] fikri asos bo’la oladi. Quruqlik

mollyuskalari keyingi bosqichdagi ekologik guruhlarga bo’linishi aynan shu termindan
boshlanishi kerak.

Mollyuskalarni keyingi bosqichdagi ekologik guruhlarga ajratishda Ye.V.Shikov [9;C.149-

154] tomonidan qo’llanilgan, ya’ni quruqlik mollyuskalarining suv havzalariga nisbatan
biotopik tarqalishi asos qilib olindi.

Ammo bizning klassifikatsiyamiz bo’yicha turlarning tarqalishi Ye.V.SHikov

klassifikatsiyasiga to’g’ri kelmaydi. Bunga albatta mamlakatimiz va Rossiya iqlimi,
landshaftlarining xilma-xilligi o’rtasidagi katta farqlar sabab bo’ladi. Shunga asosan biz
quruqlik mollyuskalari uchun quyidagi ekologik klassifikatsiyani qo’llashni taklif etamiz:
1.

Gigrobiontlar - bu ekologik guruhga suv havzalari bo’yilarida hayot kechiradigan barcha

mollyuskalar kiradi.
2.

Kserobiontlar - bu ekologik guruhga suv havzalariga uncha yaqin bo’lmagan, har xil

biotoplarda hayot kechiradigan mollyuskalar kiradi.
3.

Kserogigrobiontlar - bu ekologik guruhga bir vaqtda ham suv havzalari bo’yida, ham

ularga uncha yaqin bo’lmagan, turli xil biotoplarda yashovchi mollyuskalar kiradi.

Albatta yuqorida qayd etilgan ekologik klassifikatsiya barcha quruqlik mollyuskalarni bir

qolipga solib qo’ya olmaydi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

34

Sababi gigrobiontlar guruhiga kiruvchi mollyuskalar har xil darajada gigrofillik

xususiyatlarini, yoki kserobiontlar guruhiga kiruvchi mollyuskalar ham har xil darajada
kserofillik xususiyatini namoyon qiladi. Kserogigrobiontlarda ham huddi shu holat kuzatiladi.

Ya.I.Starobogatovning [8;C. 152-174] fikriga ko’ra o’simliklar, Geophila turkumi vakillari

uchun faqat oziqa emas, balki mollyuskalarning filogeniyasini belgilab bergan asosiy
omillardan hisoblanadi. Ya.I.Starobogatov [8;C. 152-174] bo’yicha barcha Pulmonata vakillari
oziqlanishiga ko’ra 8 guruhga bo’linadi: detritofaglar, mikromikofaglar, makromikofaglar,
lixenofaglar, fitofaglar, oligoxetofaglar, malakofaglar va polifaglar. Yuqorida qayd etilganidek
oziqaning, ya’ni o’simliklarning mollyuskalarni turli ekologik guruhlar bo’yicha
taqsimlanishida alohida o’rni bor. Shu jumladan, ko’pchilik Pupillina kenja turkumi vakillari
mikro- va makrofag bo’lganligi tufayli, ular bir vaqtda ham soy bo’yi, ham undan uzoqda
joylashgan biotoplarda hayot kechira oladi. Pyramidulidae oilasi vakili bo’lgan Pyramidula
rupestris lixenofag, kalsibiont bo’lgani sababli qoya toshlarida va tosh sochmalari orasida
uchraydi. Buliminidae vakillari o’simlikxo’r polifaglar hisoblanadi. Ular o’lgan, quruq va chirib
borayotgan o’simlik qoldiqlari bilan, hamda zamburug’, lishayniklar bilan oziqlanadi. Shu
tufayli ular orasida ham soy bo’ylarida, ham qurg’oqchil muhitda, ham qoya toshlari orasida
(Turanena) yashovchi turlar yoq emas. Buliminidlarning asosiy vakillari kserofil muhitda hayot
kechiradi. Hygromiidae oilasi vakillari ham fitofag polifaglar sirasiga kiradi. Higromidlar
buliminidlar kabi asosan kserofil biotoplarda yashaydi. Biroq Xeropicta urug’i vakillari soy
bo’ylarida ham uchraydi. Succineida turkumiga kiruvchi barcha mollyuskalar faqat soy va ariq
bo’ylaridagi sernam biotoplarda hayot kechiradi. Ularning bu xususiyatlarini ham oziq turi
bilan bog’lash mumkin. Ya’ni ular bir hujayrali suv o’tlari bilan oziqlanadi.

Yuqoridagi ma’lumotlarga asosan quyidagicha xulosa qilish mumkin eng ko’p miqdor

gigrobiont va mezobiontlarga tegishli bo’lib, ulardan keying o’rinlarni kseromezobiontlar va
kserobiontlar egallaydi. Shuningdek buholatni mollyuskalarni nam va o’rtacha namni xush
ko’ruvchi hayvonlar ekanligi tufayli aynan nam sharoitlarda yashashi bilan izohlash mumkin. .
Bir so’z bilan aytganda ularning ba’zilari ko’proq kserobiontlik xususiyatlarini namoyon qilsa,
boshqalari ko’proq gigrobiontlik xususiyatini namoyon qiladi. Shu boisdan bu yo’nalishda hali
ilmiy izlanishlar davom ettirilishi kerak deb hisoblaymiz. Mollyuskalar o’z hayoti davomida bu
omillarning kompleks ta’siri ostida bo’ladi. Barcha quruqlik mollyuskalari abiotik omillarga
nisbatan gigrofil bo’lish bilan bir qatorda ular fotofob yoki qisman fotofob va eolofob turlardir.
Biotik omillardan quruqlik mollyuskalari uchun asosiy ozuq hisoblanadigan o’simliklarning
ham, mollyuskalar hayotida yetakchi o’rni bor.

References:

1.

Лихарев И.М., Раммельмейер Е.С. Наземные моллюски фауны СССР //

Определитель по фауне СССР. – Ленинград: Наука, 1952. – 511 с.
2.

Пазилов А. Наземные моллюски Ферганской долины и окружающих её горных

хребтов: Автореф. дис.… канд. биол.наук. - М.,1992. - 21 с.
3.

Пазилов А. Зоогеографическая структура наземных моллюсков Фауны

Центральной Азии // Докл. АН РУз. – Ташкент, 2005. – С. 82-85.
4.

Пазилов А., Азимов Д.А. Наземные моллюски (Gastropoda, Pulmonata) Узбекистана и

сопредельных территорий. -Ташкент: Фан, 2003. -315 с.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

35

5.

Шилейко А.А. Наземные моллюски подотряда Рupillina фауны СССР (Gastropoda,

Pulmonota, Gеophila) Фауна СССР. Моллюски. – Москва: Наука. Ленинградское отделение,
1984. – 399 с.
6.

Шилейко А.А. Наземные моллюски надсемейства Hellicoidea // Фауна СССР.

Моллюски. – Москва: Наука Ленинградское отделение, 1978. – Т.3. – Вып.6 . – 384 с.
7.

Байдашников А.А. Наземная малакофауна Украинского Полесья. Сообщение I.

Видовой состав и связь моллюсков с растительным покровом // Вестник зоологии. –
Киев, 1992. – № 4. – С. 3–19.
8.

Старобогатов Я.И. Класс брюхоногие моллюски

Gastropoda

//

Оределитель

пресноводных беспозвоночных Европейской части СССР. Планктон и бентос. -Л.:
Гидрометиоиздат, 1977 ,-С. 152-174.
9.

Шиков Е.В. Наземные моллюски Калининской области, как потенциальные

промежуточные хозяева гельминтов. Учен. зап. КГПИ, 1971. Т. 89. С. 149-154

Библиографические ссылки

Лихарев И.М., Раммельмейер Е.С. Наземные моллюски фауны СССР // Определитель по фауне СССР. – Ленинград: Наука, 1952. – 511 с.

Пазилов А. Наземные моллюски Ферганской долины и окружающих её горных хребтов: Автореф. дис.… канд. биол.наук. - М.,1992. - 21 с.

Пазилов А. Зоогеографическая структура наземных моллюсков Фауны Центральной Азии // Докл. АН РУз. – Ташкент, 2005. – С. 82-85.

Пазилов А., Азимов Д.А. Наземные моллюски (Gastropoda, Pulmonata) Узбекистана и сопредельных территорий. -Ташкент: Фан, 2003. -315 с.

Шилейко А.А. Наземные моллюски подотряда Рupillina фауны СССР (Gastropoda, Pulmonota, Gеophila) Фауна СССР. Моллюски. – Москва: Наука. Ленинградское отделение, 1984. – 399 с.

Шилейко А.А. Наземные моллюски надсемейства Hellicoidea // Фауна ‎СССР. Моллюски. – Москва: Наука Ленинградское отделение, 1978. ‎‎– Т.3. – Вып.6 . – 384 с.

Байдашников А.А. Наземная малакофауна Украинского Полесья. Сообщение I. Видовой состав и связь моллюсков с растительным покровом // Вестник зоологии. – Киев, 1992. – № 4. – С. 3–19.

Старобогатов Я.И. Класс брюхоногие моллюски Gastropoda// Оределитель пресноводных беспозвоночных Европейской части СССР. Планктон и бентос. -Л.: Гидрометиоиздат, 1977 ,-С. 152-174.

Шиков Е.В. Наземные моллюски Калининской области, как потенциальные промежуточные ‎хозяева гельминтов. Учен. зап. КГПИ, 1971. Т. 89. С. 149-154

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)