YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
18
CHUCHUK SUV MOLLYUSKALARINING EKOLOGIK TAHLILI
G.E.Rashidova
Termiz davlat universiteti Zoologiya mutaxassisligi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13925336
Annotatatsiya:
Ushbu tezisda chuchuk suv mollyuskalarining ekologik tahlili yoritilgan.
Kalit so’zlar
: chuchuk suv mollyuskalari, ekologik tahlil, ekologik guruhlar.
Annotation:
This thesis describes the ecological analysis of freshwater molluscs.
Key words
: freshwater molluscs, ecological analysis, ecological groups.
Аннотатция
: В данной диссертации описан экологический анализ пресноводных
моллюсков.
Ключевые слова:
пресноводные моллюски, экологический анализ, экологические
группы.
Chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalari tadqiqot uchun muhim guruh hisoblanib o’zining
ekotizmda tugan o’rni bilan ajralib turadi. Chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalarining
ekologiyasiga oid ma’lumotlar bir qator adabiyotlarda [1;C. 56-78, 3;C.79-81] o’z ifodasini
topgan. M.V.Chertoprud va A.A.Udalov Rossiyaning Yevropa qismi markazlarida tarqalgan 27
turdagi chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalarini turli suv havzalari hamda substrat tiplari
bo’ylab tarqalishini o’rganib, bir nechta ekologik guruhlarga ajratishgan. Jumladan, suv
havzalari 13 ta, substratlar esa 9 ta tipga bo’lingan.
Ammo shuni alohida ta’kidlash joizki, ko’pgina Rossiya turlari O’rta Osiyo, xususan
Respublikamizda uchramaydi. Bunga O’zbekistonning iqlimi, geografik joylashishi, rel’yefi, suv
va tuproq tarkibi kabi xususiyatlaridagi tafovutlar asos bo’la oladi. Bunda shuni ham inobatga
olish kerakki, O’rta Osiyo suv mollyuskalari orasida endemik turlar ham bor. Shu sababli
shimoli-g’arbiy Turkiston tog’ tizmasi chuchuk suv mollyuskalarining ekologik guruhlar
bo’yicha taqsimlanishi o’rganilganda, Z.I.Izzatullayev klassifikatsiyasi asos qilib olingan [2;C.
132-135].
Z.I.Izzatullayev O’rta Osiyo chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalarini quyidagi ekologik
guruhlarga bo’ladi: litofillar (qattiq substratda yashovchilar), psammofillar (qumda
yashovchilar), pelofillar (loyqada yashovchilar), fitofillar (o’simliklarda yashovchilar), eliofillar
(botqoqlarda), tel’matofillar (suv sachratqilarida), termokrenofillar (issiq buloqlarda
yashovchilar). Oqar suvlarda hayot kechiruvchi mollyuskalarning ekologik guruhlari nomiga
reo- qo’shimchasi qo’shiladi. Masalan, litoreofil, psammoreofil, peloreofil, fitoreofil va
boshqalar.
Ayrim turlar aralash substratlarda yashaganligi sababli, psammopelofil va
psammopeloreofil guruhlariga kiritilgan. Xo’jamushkentsoy qorinoyoqli chuchuk suv
mollyuskalari yuqorida qayd etilgan ekologik guruhlar bo’yicha tahlil qilinganda quyidagi natija
kelib chiqdi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
19
Chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalarining ekologik guruhlar bo’yicha
taqsimlanishi
№
Turlarning
nomi
Fitofillar
Tel’matofillar Fitoreofillar Krenofillar
1.
L. stаgnаlis
+
-
-
-
2.
L. thiesseа
-
+
-
-
3.
L.truncаtulа
-
+
-
-
4.
L. аuriculаriа
-
-
+
-
5.
L.oblongа
-
-
+
-
6.
L.subdisjuncta
+
-
-
-
7.
L. bactriаna
+
-
-
-
8.
L.
subаngulata
-
-
-
+
9.
P. plаnorbis
+
-
-
-
10.
P.
tаngitarensis
+
-
-
-
11.
C. аcuta
+
-
-
-
12.
М. hissariсa
-
-
-
+
13.
М.breviculа
-
-
-
+
Jami
6
2
2
3
Xulosa.
Jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki turlar soni bo’yicha eng katta
ekologik guruh bu fitofillardir (6 ta tur, 46.2 %). Keyingi o’rinlarni krenofillar – 3 tur (23,1%),
fitoreofillar va tel’matofillar (2 tadan tur, 15,35 % dan) tashkil qiladi.
References:
1.
Жадин В.И. Пресноводные моллюски бассейна Амударьи // Тр. Зоол.ин-та АН СССР.
-Ленинград, 1950. -Т.9. вып.1 - С. 56-78.
2.
Иззатуллаев З.И. Экологические группировки пресноводных моллюсков Средней
Азии // Моллюски, систематика, экология и закономерности распространения. Сб.
научных трудов. -Л.: Наука, 1983. - С.132-135.
3.
Старобогатов Я.И. Система и филогения Lymnaeidae (Gastropoda, Pulmonta,
Basommatophora) // Пробдеми зоол.-Л.: Наука, 1976.-С. 79-81.