Авторы

  • Zikrillo Djabbarov
    Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti
  • Bobosher Nortojiyev
    Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46839

Ключевые слова:

nok meva meva о‘lchami morfometrik rang shkalasi saqlash ombori harorat nisbiy namlik.

Аннотация

Ilmiy maqola Nok mevalari sovutkichli omborxonalarda havo harorat 4-6°S va havoning nisbiy namligi 80-85 % ta’minlanganda nokning Vilyams navida mevalarni saqlashga joylashtirgandan so‘ng dastlabki 20 kun o‘tgach tahlil etilganda 0,6 %, oraliq 20 kun o‘tgandan so‘ng 0,8 %, so‘ngi 20 kun o‘tgandan so‘ng esa 1,2 % gacha mevalarni tabiiy kamayishi kuzatildi. Ushbu navda 2 oy davomida saqlanganda jami tabiiy kamayishlar 2,6 % gacha bo‘lganligi aniqlangan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

90

NOKNING KUZGI VA QISHKI NAVLARINI SAQLASHDA TABIIY KAMAYISHI

Djabbarov Zikrillo Abdumaxsudovich

1

Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti

Nortojiyev Bobosher Sheraliyevich

2

Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13925508

Annotatsiya:

Ilmiy maqola Nok mevalari sovutkichli omborxonalarda havo harorat 4-6°S

va havoning nisbiy namligi 80-85 % ta’minlanganda nokning Vilyams navida mevalarni
saqlashga joylashtirgandan so‘ng dastlabki 20 kun o‘tgach tahlil etilganda 0,6 %, oraliq 20 kun
o‘tgandan so‘ng 0,8 %, so‘ngi 20 kun o‘tgandan so‘ng esa 1,2 % gacha mevalarni tabiiy
kamayishi kuzatildi. Ushbu navda 2 oy davomida saqlanganda jami tabiiy kamayishlar 2,6 %
gacha bo‘lganligi aniqlangan.

Kalit sо‘zlari –

nok, meva, meva о‘lchami, morfometrik, rang shkalasi,, saqlash ombori,

harorat nisbiy namlik.

Kirish

Dunyo miqyosida nok mevalarini yetishtiruvchi ko‘plab davlatlarda, jumladan;

Xitoy, Argentina, AQSH, Italiya va Turkiyada nok mevalarini yetishtirish, hosildorligi va hajmini
oshirish, sifatli va ekologik sof mevalarni ko‘paytirish va ularni saqlab ozuqaviyligi hamda
shifobaxshligini yo‘qotmagan holda aholiga yetkazish bo‘yicha olimlar tomonidan ko‘plab
ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Shunday bo‘lsada, hozirda nok mevalarini saqlashning
resurstejamkor, xalqaro standartlarga mos, samarali elementlarini ishlab chiqish, saqlashga
mos nok navlarini saqlanuvchanligini oshirish, biokimyoviy tarkibini saqlangan holda sifat
ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilgan.

Tadqiqotning obekti

sifatida

nokning qishgi “Zimnyaya nashvati”, “Royal zimnyaya”

navlari tanlab olingan.

Tadqiqotning predmeti.

Nok mevalarini agrotexnologik yetishtirish sharoitini saqlash

jarayoniga ta’siri va navlar kesimida nok mevalarini sifat ko‘rsatkichlariga, tabiiy yo‘qotish
darajasiga, saqlash jarayonida yuzaga keluvchi turli ta’sir etuvchi omillar va uzoq muddat
saqlash davomida sovutgichli omborxona havosining nisbiy namligi, harorati va havo
aylanishini boshqarish hisoblanadi.

Tadqiqotning usullari.

Tadqiqotlarda nok mevalarini GOST 25999-83 standarti, nokni

saqlashgacha va saqlashdan keyingi tarkibidagi mono va disaxaridlar, organik kislotalar, pektin
moddalari – karbazol usuli bilan; nokni tatib ko‘rish orqali organoleptik baholash
koeffitsiyentlarini aniqlashda Ye.P.Shirokov va V.I.Polegayevlarning uslubi bo‘yicha tahlil
etilgan.

Tadqiqot natijalari:

Nokning kuzgi navlarini saqlash jarayonida mevalarni pishib

yetilish sharoitiga qarab ularni saralanib bir hil о‘lchamdagi mevalar tanlab olindi.
Tajribalarimizda bir xil о‘lchamdagi mevalarni saqlanish darajasi nazoratga nisbatan ya’ni
oddiy omborxonlardagiga taqqoslanganda sovutkichli omborxonalarda nok mevalarini
saqlanish darajasi, ularni sifat kо‘rsatkichlari, tabiiy kamayishlar foizi ijobiy natija kо‘rsatdi.

Bundan aytish mumkinki nok mevalarini bir xil о‘lchamda bо‘lishi va sovuqxonadagi

harorat va havoning nisbiy namligi ma’lum bir darajada ta’minlanganda mevalarni saqlash
muddati uzoq davomli bо‘lganligi tajriba-larda kuzatildi. Aytish joizki oddiy omborxonalarda
saqlangan mevalarni tabiiy kamayshi sezilarli darajada yuqori bо‘lishi bilan bir qatorda


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

91

mevaning tovarlilik hususiyati ham birmuncha past kо‘rsatkichda bо‘ldi. Kuzgi nok mevalari
avgust oyining 1-2 dekadasida pishib yetilganligi sababli meva qobig‘ida yetarlicha
xloroplastlar ta’sirida sarg‘ayish va qizarish holatlari aniqlandi (4.5-jadvalga qarang).da nok
mevalari oddiy saqlash omborlarida saqlanganda, ularda kechadigan fiziologik jarayonlar
jadallashgan bо‘lib, mevalarni tez tinim davrini о‘tishiga ta’sir etgan bо‘lishi mumkin. 4.5-jadval
ma’lumotlaridan kо‘rishimiz mumkinki, nokning kuzgi navlarini saqlash davomida saqlash
omboridagi harorat va havoning nisbiy namligi ta’minlanganda mevalarni saqlanishi va
ulardagi tabiiy kamayishlar navlararo taqqoslanganda sezilarli tafovut kuzatilmagan bо‘lsada,
nazoratga nisbatan sovutkichli omborxonada saqlangan nok mevalari orasida katta farqlanish
mavjudligi kuzatildi.

Sovutkichsiz omborxonada havo harorati 14-16°S va nisbiy namligi 56-60 %

ta’minlanganda nokning Vilyams navida mevalarni saqlashga joylashtirgandan sо‘ng dastlabki
20 kun о‘tgach tahlil etilganda 3,0 %, oraliq 20 kun о‘tgandan sо‘ng 4,2 %, sо‘ngi 20 kun
о‘tgandan sо‘ng esa 4,6 % gacha mevalarni tabiiy kamayishi kuzatildi. Ushbu navda 2 oy
davomida saqlanganda jami tabiiy kamayishlar 11,8 % ni tashkil etganligi kuzatildi.

Nokning Mramornaya rassoshansk navi mevalarini saqlashga joylashtirgandan sо‘ng

dastlabki 20 kun о‘tgach tahlil etilganda 2,1 %, oraliq 20 kun о‘tgandan sо‘ng 3,4 %, sо‘ngi 20
kun о‘tgandan sо‘ng esa 5,1 % gacha mevalarni tabiiy kamayishi kuzatildi. Ushbu navda 2 oy
davomida saqlanganda jami tabiiy kamayishlar 10,6 % ni tashkil etganligi tajribalarimiz
davomida aniqlandi.

Bundan aytish mumkinki nok mevalarini oddiy omborxonalarda saqlaganimizda,

mevalarni tabiiy kamayishi navlararo taqqoslanganda Vilyams navida eng yuqori kо‘rsatkich
11,8 % gacha tabiiy kamayish bо‘lganligi kuzatildi. Aytish joizki oddiy omborxonalarda harorat
va havoning nisbiy namligi mо‘tadil ta’minlanmaganda ham nokning Mramornaya rassoshansk
navida tabiiy kamayish nisbatan past kо‘rsatkichda bо‘ldi.

Nok mevalari sovutkichli omborxonalarda havo harorat 4-6°S va havoning nisbiy namligi

80-85 % ta’minlanganda nokning Vilyams navida mevalarni saqlashga joylashtirgandan sо‘ng
dastlabki 20 kun о‘tgach tahlil etilganda 0,6 %, oraliq 20 kun о‘tgandan sо‘ng 0,8 %, sо‘ngi 20
kun о‘tgandan sо‘ng esa 1,2 % gacha mevalarni tabiiy kamayishi kuzatildi. Ushbu navda 2 oy
davomida saqlanganda jami tabiiy kamayishlar 2,6 % gacha bо‘lganligi tajribalarimiz davomida
kuzatildi.

Nokning Mramornaya rassoshansk navi mevalarini saqlashga joylashtirgandan sо‘ng

dastlabki 20 kun о‘tgach tahlil etilganda 0,5 %, oraliq 20 kun о‘tgandan sо‘ng 0,7 %, sо‘ngi 20
kun о‘tgandan sо‘ng esa 1,0 % gacha mevalarni tabiiy kamayishi kuzatildi. Ushbu navda, 2 oy
davomida saqlanganda, jami tabiiy kamayishlar 2,2 % ni tashkil etganligi tajribalarimiz
davomida aniqlandi.

Tajriba natijalari shuni kо‘rsatdiki nok mevalarini sovutkichli omborlarda saqlashda havo

harorati va nisbiy namlikni ta’minlash hisobiga tabiiy kamayishni minimal darajaga pasaytirish
imkoni mavjudligi kuzatildi. Nokning qishki navlarini saqlash bо‘yicha о‘tkazilgan tajribalarda
asosan ikkita qishki nokning Zimnyaya nashvati va Royal zimnyaya navlaridan foydalandik.
Tajribalar shuni kо‘rsatdiki qishki navlar kuzgi navlarga nisbatan uzoq muddat saqlanish
hususiyatiga ega bо‘lganligi bilan ajralib turdi.

Nokning qishki navlarini saqlash jarayonida mevalarni pishib yetilish sharoitiga qarab

ularni saralash va bir hil о‘lchamdagi mevalar tanlab olinib saqlashga joylashtirildi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

92

Tajribalarimizda bir xil о‘lchamdagi mevalarni saqlanish darajasi nazoratga nisbatan ya’ni
oddiy omborxonlardagiga taqqoslanganda sovutkichli omborxonalarda nok mevalarini
saqlanish darajasi, mevalarni sifat kо‘rsatkichlari, tabiiy kamayishlar darajalari tahlil etilganda
ularda yaxshi natijalarga erishilganligi kuzatildi.

Tajribalar shuni kо‘rsatdiki nokning qishki navlarini saqlash davomida

omborxonalardagi harorat va nisbiy namlik ta’minlanganda mevalarni saqlanishi va ulardagi
tabiiy kamayishlar navlararo taqqoslanganda farqlanish darajasi kam kо‘rsatkichda bо‘lgan
bо‘lsada, nazorat variantiga nisbatan sovutkichli omborxonada saqlangan qishki nok mevalari
orasida katta tafovut bо‘lganligi kuzatildi (1-rasm).

1-rasm. Nokni laboratoriya sharoitida zamonaviy sovutgichlarda saqlash
Xulosa:

Texnik pishib yetilgan nok navlari mevalarini sovutkichli omborxonalarda

harorat 4-6

0

S va havoning nisbiy namligi 80-85 % da saqlash jarayonida meva tarkibidagi faol

moddalar o‘zgarishi jadallashmaydi va saqlanuvchanligi uzoq muddat bo‘ladi. Nok mevalarini
saqlashda mahsulot sifati va biokimyoviy tarkibining o‘zgarishi omborxonalar turlariga keskin
ravishda bog‘liqdir.

References:

1.

Кожина, Л. В. Влияние условий хранения на восприимчивость к загару яблок сорта

Антоновка обыкновенная / Л. В. Кожина, В. Л. Урнев // Хранение и переработка
сельхозсырья. - 2014. - № 1. - С. 39-43.
2.

Криворот, A.M. Экономическая эффективность длительного хранения плодов /

А.М.Криворот: сб. науч. тр., Самохваловичи, Республика Беларусь. - 2006. - Т. 18, 4.2. -
С.252-256
3.

Криворот А.М. Прогнозирование сроков уборки и лежкости плодов яблони

белорусского сортимента. А.М. Криворот: Автореф. дис. канд. с-х. наук. -Самохваловичи,
-2001. – С. 20.

4.

Nortojiyev B. Sh., Narqulova I. F., Sheraliyev H., «LIMON MEVALARINI SAQLASHDA

TABIIY KAMAYISH KО‘RSATKICHLARI» Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
www.tadqiqotlar.uz 6-to’plam 1-son aprel 2024 -Б. 291-294.

Библиографические ссылки

Кожина, Л. В. Влияние условий хранения на восприимчивость к загару яблок сорта Антоновка обыкновенная / Л. В. Кожина, В. Л. Урнев // Хранение и переработка сельхозсырья. - 2014. - № 1. - С. 39-43.

Криворот, A.M. Экономическая эффективность длительного хранения плодов / А.М.Криворот: сб. науч. тр., Самохваловичи, Республика Беларусь. - 2006. - Т. 18, 4.2. - С.252-256

Криворот А.М. Прогнозирование сроков уборки и лежкости плодов яблони белорусского сортимента. А.М. Криворот: Автореф. дис. канд. с-х. наук. -Самохваловичи, -2001. – С. 20.

Nortojiyev B. Sh., Narqulova I. F., Sheraliyev H., «LIMON MEVALARINI SAQLASHDA TABIIY KAMAYISH KО‘RSATKICHLARI» Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi www.tadqiqotlar.uz 6-to’plam 1-son aprel 2024 -Б. 291-294.‎

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)