Авторы

  • Gulbahor Tursunaliyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46903

Аннотация

Ma`lumki, bugungi kunda Internet onlayn-do`konlar tarmog`i orqali insonlarni zarur maxsulotlar bilan ta`minlashga qaratilgan harakatlarning tez, foydali va boshqa ko`plab imkoniyatlarini taqdim etadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

88

ELEKTRON TIJORAT BITIMLARIDA ISTE`MOLCHI HUQUQLARI MASALALARI

Tursunaliyeva Gulbahor Abduqahhor qizi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13904010

Ma`lumki, bugungi kunda Internet onlayn-do`konlar tarmog`i orqali insonlarni zarur

maxsulotlar bilan ta`minlashga qaratilgan harakatlarning tez, foydali va boshqa ko`plab
imkoniyatlarini taqdim etadi.

Hozirgi kunda Internet orqali tovarlarni sotib olish istagida bo`lgan Iste`molchilarning

sonining tobora ortib borayotganligi hech kimga sir emas. Statistik ma`lumotlarga qaraganda,
istemolchilarning har ikkinchisidan biri maxsulotlarni onlayn xarid qilishni afzal ko`radigan
foydalanuvchilar hisoblanadi. Ushbu hisob oxirgi 7 yilda 5-6 barobarga ko`paydi

1

. Bunday

turdagi tijorat faoliyatini huquqiy tartibga solish mexanizmining yetarli darajada mukammal
emasligi tufayli ushbu tarmoqda iste`molchi huquqlarining buzilishi masalasi ham dolzarb
masalalardan biri bo`lib qoladi.

Mamlakatimizda an`anaviy tarzda tovarlarni sotib olish va sotish mobaynida

iste`molchilar huquqlari O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va O`zbekiston
"Iste`molchi huquqlarni himoya qilish to`g`risida" gi qonunlari asosida tartibga solinadi.
Internet orqali tuziladigan shartnomalarda ham yuqoridagi qonunlar shartlari asosida xaridor
va sotuvchi o`rtasida paydo bo`ladigan munosabatlar tartibga solinishi mumkin. Bundan
tashqari “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to`g`risida” gi Vazirlar Mahkamasining 185-son Qarori hamda unga ilova
sifatida keltirilgan “Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari” orqali tartibga solinadi.

Elektron tijorat faoliyatni amalga oshirish davomida onlayn tarzda sotish faoliyati bilan

shug`ullanuvchilarga qo`yiladigan bir necha talablar mavjud bo`lib, ular savdo shartnomasini
tuzishdan oldin tovar yoki xizmat haqida ma`lumot iste`molchiga taqdim etilishi kerakligini
nazarda tutadi. Ya`ni:
1)

sotuvchining nomi va uning joylashgan joyi

2)

da`voni qabul qilish tartibi.

3)

mahsulotlarning asosiy xarakteristikalari.

4)

narx, shu jumladan yetkazib berish to`lovi;

5)

to`lov shartlari;

6)

kafolat majburiyatlari va texnik xizmat ko`rsatish bilan bog`liq boshqa xizmatlar yoki

mahsulotni ta`mirlash.
7)

shartnomaning eng kam muddati, agar u davriy muddatlarni nazarda tutsa mahsulot

yetkazib berish;
8)

shartnomani bekor qilish tartibi kabi shartlar belgilangan bo`lishi lozim.
Shunga qaramay, onlayn-do`konlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar soni ham

ortib bormoqda, ularning eng keng tarqalgani sotuvchi to`g`risidagi ma`lumotlar va unga
da`volar berish tartibining yo`qligidir. Bundan tashqari, kafolat ostidagi belgilangan
xususiyatlarga mos kelmaydigan tovarlar uchun to`langan mablag`larni qaytarish yoki
mahsulotni almashtirish yoxud ta`mirlashni rad etish; yetkazib berish paytida mahsulot narxini
o`zgartirish va boshqalarni misol tariqasida keltirib o`tish mumkin.

1

https://old-infocom.uz/elektron-tijorat-logistikasi-statistikasi/


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

89

Bunday huquqbuzarliklarning sababi sifatida aksariyat davlatlar tomonidan internet

tarmog`ida iste`molchilar huquqlarini himoya qilishga yetarlicha e`tibor berilmayotganligini va
ichki qonunchilikni takomillashtirish zaruriyati mavjud ekanligini anglatadi. Shuningdek,
ushbu iqtisodiy sohani tartibga solish zarurati katta ahamiyatga ega ekanligi bois, davlatlarda
ushbu soha bo`yicha kodlashtirilgan me`yoriy-huquqiy bazani yaratish zaruriyati mavjud
ekanligini alohida ta`kidlab o`tish joiz. Yaratilgan normativ huquqiy baza nafaqat
huquqbuzarlik sodir etilganda jazolash funksiyasini bajarishi, balki Internetda biznes
yuritishda halollik, erkinlik va sog`lom raqobatga asoslangan muhitni ta`minlashga xizmat
qilishi ham lozimdir.

So`nggi yillarda mamlakatlar iqtisodiyotining raqamli sektori kengaymoqda, uning

o`sishining asosiy omillari – elektron tijorat platformalari va raqamli xizmatlar, shuningdek,
to`lovlarni sifatli va xavfsiz qayta ishlash bilan bog`liq moliyaviy texnologiyalar jadal
rivojlanmoqda. Internet tarmog`i orqali tuziladigan savdo shartnomalarida iste`molchilar
manfaatlarini himoya qilish hamda tarmoqdagi huquqbuzarliklar salmo`gini minimal darajaga
tushirish uchun davlatlar tijoratchilarni soliqlarga tortish masalasida yengilliklar yaratgan. Bu
borada ixtiyoriy soliq to`lash va vijdonli tadbirkorlarning biznes yuritishi uchun sifatli
qonunchilik bazasini yaratish, shuningdek, IT texnologiyalari yordamida Internetda
iste`molchilar huquqlarini himoya qilish organi va shu sohada malakali mutaxassislar
tayyorlash chora tadbirlarini ham amalga oshirib kelayotganligi ham ma`lum.

Xulosa o`rnida alohida ta`kidlab o`tish joiz, elektron tijoratda iste`molchi huquqlarini

himoya qilish nafaqat iste`molchilar uchun, balki biznes uchun ham juda muhim omillardan biri
hisoblanadi. Elektron tijorat rivojlanishi va savdo hajmining ortishi bevosita iste`molchilarning
onlayn xarid qilish jarayonlarida o`zlarini xavfsiz his qilishiga bog`liq bo`ladi. Elektron tijorat
davomida istemolchilarga maxsulot va xizmat to`g`risida batafsil ma`lumot olish huquqining
ta`minlanishi, maxsulotda nuqson aniqlangan taqdirda uni qaytarish yoki almashtirish kafolati
huquqining yaratilishi hamda elektron tijorat platformalarida iste`molchilarning shaxsiy
ma`lumotlarini noqonuniy foydalanishdan himoya qilishning to`laqonli ta`minlanishi zaruriyati
doimo birlamchi maqsad bo`lib qoladi.

References:

1.

O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi – 2021 y. [Elektron resurs]. Kirish:

https://lex.uz/docs/-180552

2.

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida: O`zbekiston Respublikasi qonuni

[Elektron resurs]. Kirish:

https://lex.uz/docs/-4704

3.

Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-

tadbirlari to`g`risida – Toshkent sh., 2016-yil 2-iyun, VMQ - 185-son [Elektron resurs]. Kirish:

https://lex.uz/mact/-2973939

4.

Kuzmina M.M. Internet-savdoda iste`molchilar huquqlarini himoya qilishni huquqiy

tartibga solish / M.M. / / Huquq va innovatsiyalar. - 2014. - No 3. - B. 36-42.

Библиографические ссылки

O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi – 2021 y. [Elektron resurs]. Kirish: https://lex.uz/docs/-180552

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida: O`zbekiston Respublikasi qonuni [Elektron resurs]. Kirish: https://lex.uz/docs/-4704

Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida – Toshkent sh., 2016-yil 2-iyun, VMQ - 185-son [Elektron resurs]. Kirish: https://lex.uz/mact/-2973939

Kuzmina M.M. Internet-savdoda iste`molchilar huquqlarini himoya qilishni huquqiy tartibga solish / M.M. / / Huquq va innovatsiyalar. - 2014. - No 3. - B. 36-42.