YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
48
O`ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORAT BITIMLARINI TUZISH VA ULARDA
ISTE’MOLCHI HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MASALALARI
Tursunaliyeva Gulbahor Abduqahhor qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13928081
Ma`lumki, tijorat bitimlari global iqtisodiyotda eng muhim huquqiy va iqtisodiy
jarayonlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot va internet
texnologiyalarining rivojlanishi tijorat sohasiga sezilarli ta’sir ko’rsatgani holda tijorat
bitimlarini elektron tarzda amalga oshirish ya`ni onlayn tarzda savdo-sotiq yuritish va xizmat
ko’rsatish faoliyatining kengayishi, internet orqali tuziladigan tijorat bitimlarini keng miqyosda
qo’llanilishiga olib kelmoqda. Tijorat bitimlari an`anaviy usulda yoxud elektron tartibda
tuzilishidan qat`iy nazar ularni to`g`ri tuzish, yuridik jihatdan to`liq asoslash va eng muhimi,
iste’molchi huquqlarini ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Tijorat bitimlari mahsulot yoki xizmatni taqdim etuvchi tomonga va uni iste’mol qiluvchi
yoki sotib oluvchi tomonga aniq majburiyatlar yuklaydigan hujjatlar hisoblanadi. Elektron
tijorat bitimlari ham ushbu shartlar asosida vujudga keladi. Ularning asosiy xususiyatlari
sifatida quyidagilarni sanab o`tish mumkin.
1.
Shartnomaviy asos: Har qanday tijorat bitimi tomonlarning erkin roziligi asosida tuziladi.
Har bir tomon o’z majburiyatlarini va huquqlarini to’liq bilishi kerak.
2.
Majburiyat va javobgarlik: Bitimda har bir tomon o’z zimmasiga olgan majburiyatlarni
bajarishga javobgar bo’lishi belgilanishi kerak. Bu, ayniqsa, yetkazib beruvchi yoki xizmat
ko’rsatuvchi tomonga nisbatan iste’molchi manfaatlarini himoya qilishda katta ahamiyatga ega.
3.
Shartlar va muddatlar: Bitimda tovar yoki xizmatning turi, sifati, narxi, yetkazib berish
muddati va boshqa muhim shartlar aniq belgilanishi lozim.
O`zbekistonda tijorat bitimlarini elektron tartibda tuzish O`zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksi, O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqa tartib
belgilangan bo`lmasa “Elektron tijorat to`g`risida”gi 29-sentyabr 2022-yildagi O`RQ hamda
“Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to`g`risida” gi Vazirlar Mahkamasining 185-son Qarori va unga ilova sifatida
keltirilgan “Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari” kabi qonun hujjatlar asosida tartibga
solinadi.
Shuningdek, bugungi raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanib borayotgan davrda
mamlakatimizda elektron tijoratni joriy etish va rivojlanish holatini baholash va ushbu sohani
samarali rivojlantirish uchun maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-
maydagi "Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3724-son
qarori imzolanganligini alohida ta`kidlash mumkin. Ushbu qarorga asosan O'zbekiston
Respublikasining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
huzuridagi "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi tomonidan Elektron tijorat
subyektlari milliy reyestri yuritiladigan bo`ldi,
Tijorat bitimlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish muhim hisoblangani kabi
elektron tijorat bitimlarida ham ushbu masalaga alohida yondashish talab etiladi. Sir emaski,
an`anaviy tartibda tuzilgan bitimlarga nisbatan onlayn tijorat bitimlarida iste`molchilar
ko`proq xavf-xatarga duch kelishi mumkin. Xususan, ishlar va xizmatlarning talab darajasida
sifatli emasligi yokimaxsulotni qaytarish va kafolat masalalarida va ma`lumot xavfsizligining
ta`minlanmasligi kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Shu sababli, umumiy qonunchilikda
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
49
iste’molchilar manfaatlari himoyasini ta’minlash maqsadida bir qator huquqiy me’yorlar
keltirib o`tilgan.
1.
Iste’molchilarga sotuvchi yoki xizmat ko`rsatuvchi tomonidan mahsulot yoki xizmat
haqida to’liq, aniq va ishonchli ma’lumotlar taqdim etilishi lozim. Bu mahsulotning
xususiyatlari, narxi, foydalanish shartlari, kafolat muddati va xizmat ko’rsatish shartlarini o’z
ichiga oladi.
2.
Bitim shartlari iste’molchiga tushunarli tarzda va kerakli tilni tanlash orqali amalga
oshirilishi nazarda tutilishi lozim. Murakkab huquqiy tilda yozilgan shartlar yoki yashirin
nuqtalar iste’molchining huquqlarini buzilishiga olib kelishi mumkin.
3.
Mahsulot yoki xizmat iste`molchiga o’z vaqtida va kelishilgan sifatda taqdim etilishi kerak.
Iste’molchiga yetkazib beriladigan mahsulotlar yoki xizmatlar davlat standartlariga mos
bo’lishi shart.
4.
Har qanday tijorat bitimida kafolat muddati va sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish
imkoniyatlari belgilanishi zarur. Bu, mahsulot nuqsonli bo`lsa yoki xizmat ko`rsatilganidan
keyin muammolar yuzaga kelsa, iste’molchi manfaatlarini himoya qilishda muhim omil
hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida boshqa qonun normalaridan tashqari “Iste’molchilar
huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi alohida qonun hujjati mavjud bo`lib u iste’molchilarni
himoya qilishga qaratilgan. Bu qonun iste’molchi huquqlari buzilgan taqdirda ularga huquqni
muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish imkoniyatini beradi.
Afsuski bugungi kunda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar
mavjud ekanligiga qarmasdan, amaliyotda iste`molchi huquqlari ko`p hollarda buzilishi
holatlari kuzatiladi. Bu boradagi muammolar sifatida shartnomalarda noaniqlik bo`lishini aytib
o`tish mukin. Ya`ni Ba’zan bitimlar murakkab va noaniq shartlar bilan tuziladi, bu esa
iste’molchini chalg`itishi va uning huquqlarini cheklashi mumkin. Bundan tashqari, sifatsiz
mahsulotlar va xizmatlar ko`rsatilishi. Ba`zi hollarda iste’molchilarga sifat jihatidan yaroqsiz
mahsulotlar yoki past sifatli xizmatlar taqdim etiladi. Bu esa iste’molchi manfaatlarini buzadi
va o`z navbatida, kelishuvlar ijrosiga ham putur yetkazmasdan qolmaydi. Bu boradagi
huquqbuzarlikka iste’molchilarning yuridik savodsizligi ham eng katta sabablardan biri bo`ladi.
Chunki, aksariyat hollarda iste’molchilar huquqiy savodsizligi tufayli o’z huquqlaridan
foydalanmaydi yoki huquqiy himoyadan foydalanishni bilmaydi.
Xulosa o`rnida alohida ta`kidlab o`tish joiz, elektron tijorat istiqbolli sohalardan biri
bo`lib, O`zbekistonda ham elektron tijorat bitimlarini tuzish zarur huquqiy normalar asosida
tartibga solinadi. So`nggi yillarda bunday tijorat bitimlarda iste’molchi huquqlarini ta’minlash
maqsadida bir qator huquqiy kafolatlar yaratilib iste’molchilarga o’z huquqlarini bilishi va
ularni himoya qilishda faol bo’lishi kerakligi xususida tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.
Elektron tijoratda iste`molchi huquqlarini himoya qilish nafaqat iste`molchilar uchun,
balki biznes uchun ham juda muhim omillardan biri hisoblanadi. Elektron tijorat rivojlanishi va
savdo hajmining ortishi bevosita iste`molchilarning onlayn xarid qilish jarayonlarida o`zlarini
xavfsiz his qilishiga bog`liq bo`ladi. Shu sababli elektron tijorat sohasidagi qonunchilikni
yanada takomillashirish, ma`lumot xavfsizligini ta`minlash va iste`molchilarni qo`llab
quvvatlash eng muhim vazifalardan bo`lib qoladi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
50
References:
1.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi – 2021 y. [Elektron resurs]. Kirish:
2.
Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida: O`zbekiston Respublikasi qonuni
3.
“Elektron tijorat to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni 2022-yil 29-sentyabr
4.
“Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to`g`risida”-– Toshkent sh., 2016-yil 2-iyun, VMQ - 185-son [Elektron resurs]. Kirish: