Авторы

  • Shovqi Qurbonov
    Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti tayanch doktaranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46951

Ключевые слова:

qishloq xo‘jaligi texnologiyasi sitrus mevalar subtropik tropik eksport.

Аннотация

Bugungi kunda aholini sitrus va sitrus mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishga faqatgina ishlab chiqarish jarayoniga innovatsiyalarni, yangiliklarni joriy etish orqali erishish mumkin. Bozor munosabatlari sharoitida tarmoqni yuqori rentabelli faoliyat yuritishi uchun sitrus yetishtirish samaradorligiga ta’sir etuvchi kompleks (tabiiy-iqlim, texnologik, ijtimoiy-iqtisodiy, innovasion, marketing va bozorga xos bo‘lgan) omillarni aniqlash talab etiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

16

SITRUS MEVALARINI YETISHTIRISHNING IQTISODIY JIHATDAN

RIVOJLANISHI

Qurbonov Shovqi Djurayevich

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti tayanch doktaranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13858939

Annotatsiya:

Bugungi kunda aholini sitrus va sitrus mahsulotlariga bo‘lgan talabini

qondirishga faqatgina ishlab chiqarish jarayoniga innovatsiyalarni, yangiliklarni joriy etish
orqali erishish mumkin. Bozor munosabatlari sharoitida tarmoqni yuqori rentabelli faoliyat
yuritishi uchun sitrus yetishtirish samaradorligiga ta’sir etuvchi kompleks (tabiiy-iqlim,
texnologik, ijtimoiy-iqtisodiy, innovasion, marketing va bozorga xos bo‘lgan) omillarni aniqlash
talab etiladi.

Kalit so‘zlar:

qishloq xo‘jaligi texnologiyasi, sitrus mevalar, subtropik, tropik, eksport.

Аннотация:

Сегодня удовлетворить спрос населения на цитрусовые и цитрусовую

продукцию можно только путем внедрения инноваций и инноваций в
производственный процесс. В условиях рыночных отношений для функционирования
сети с высокой рентабельностью необходимо выявление комплексных (природно-
климатических,

технологических,

социально-экономических,

инновационных,

маркетинговых и рыночных) факторов, влияющих на эффективность выращивания
цитрусовых.

Ключевые слова:

агротехника, цитрусовые, субтропические, тропические,

экспорт.

Abstract:

Today, it is possible to satisfy the population's demand for citrus fruits and

citrus products only by introducing innovations and innovations into the production process.
In the conditions of market relations, for the functioning of a network with high profitability, it
is necessary to identify complex (natural-climatic, technological, socio-economic, innovative,
marketing and market) factors affecting the efficiency of citrus cultivation.

Key words:

agricultural technology, citrus fruits, subtropical, tropical, export.


Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishini ta'minlash

muammosi dolzarb ehtiyojga aylandi, shuning uchun ekinlarni etishtirishning an'anaviy
texnologiyasi tushunchalarini nafaqat atrof-muhitni boshqarish nuqtai nazaridan, balki
sanoatdagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilash uchun ham jiddiy qayta ko‘rib chiqish kerak. Qishloq
xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlar ichida hozirgi kunda barchani qiziqtira olgan va anchayin
xaridorgir mahsulot bo‘lgan sitrus mevalarni yetishtirish va qayta ishlash va xalqimiz
dasturxoniga yetqazib berish anchayin mashaqqatli mehnatni talab etadi. Sitrus mevalarni
yetishtirish va boshqa mamlakatlarga eksport qilishni yo‘lga qo‘yish shu bilan birga tropik va
subtropik joylashgan hududlarda qishloq xo‘jaligining yana bir bo‘g’ini bo‘lgan sitrus mevalarni
istimolini kengaytirish, shu bilan birga ishlab chiqaruvchilar uchun mutadil iqlim sharoitlarini
yaratish, sharoiti bir qancha og'ir iqlim hududlarida joylashiga qaramasdan sitrus mevachilik
sohasida o‘z mehnatini namoyon etish bilan bir qatorda, jahon bozorida birinchi navbatdagi
importyor sifatida qaraldi. Shu munosabat bilan, mamlakatimizning sitrus mevalarini
yetishtirish va uni import qilish, shuningdek, bu jarayondagi o‘rni, bu mevalarni etkazib
beradigan davlatlar qatorida o‘rni mustahkamlanib bormoqda. Bu harakatlar mamlakatimiz
tomonidan, harakatlar sitrategiyasini ishlab chiqib yana bir bor mustahkamladi. O‘zbekiston


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

17

sitrus mevalari eksporti bo‘yicha jahonda yetakchilari qatorida o‘z mavqeini mustahkamlay
olishi uchun mamlakatimizda anchayin ishlar amalga oshirilib bormoqda. Bunga erishish
uchun ilmiy tadqiqot institutlar, urug’ urchitish laboratoriyalari va issiqxonalarga mutaxassis
dehqonlar jalb etilgan ular tomonidan mahsulotlar sifati va xavfsizligini oshirish, yanada
zamonaviy navlar majmuasini yaratish, saqlash, sovutish, qayta ishlash va qadoqlashga bo‘lgan
turli xil yondoshuvlarni ishlab chiqish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Bu
murakkab jarayonlarning barchasi hosildorlikning oshishiga, eksport hajmining oshishiga,
umuman, qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga olib kelishi ayni muddaodir. O‘zbekiston
aholisining sitrus mevalariga bo‘lgan talabi yildan yilga sezilarli darajada ortmoqda. So‘zim
isboti sifatida bundan bir necha yil avvalgi yetishtirilgan limon sitrus mevasining eksport
ko‘rsatgichlaridan, hozir ikki uch barobarga o‘sganligini kuzatishimiz mumkin. Bunga birgina
misol keltirish mumkinki, katta katta issiqxonalarlarda yetishtirish bilan birga 2017 – yilda har
bir fermerlik faoliyatida faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari uchun limon
ko‘chatining tarqatilishi, sitrus mevalarni yurtimizda yanada rivojlanishiga olib keldi, bu
faoliyat nafaqat fermer xo‘jalik vakillariga balki barcha soha mutasaddilari berilganligi ayni
muddao bo‘ldi desam mubolag’a bo‘lmaydi. Chunki bu faoliyat chekka chekka qishloqlarda ham
amalga oshirildi. Demak dehqonchilikdan xabari bor odamlarning barchasi limonchilik faoliyati
bilan shug’illanishdi va natijada limondan ro‘zg’ori uchun yaxshiga daromad ko‘ra boshladi.
2017-yilda boshlangan bu tashviqot 2021-yilning 2-choragiga kelib 5097 tonnaga yetqazildi,
bu 2016-yilning shu davriga nisbatan 2 barobar ko‘pdir. Shuningdek, laboratoriyalarda limon,
mandarin va apelsinning yangi navlarini yaratish ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib 2022-
yilda sitrus mevalar yetishtirish uchun umumiy maydonni 4 ming 218 gektarga yetkazildi.
Tadqiqotlarimiz davomida shunga amin bo‘ldikki, O‘zbekistonda 2022-yil 2-choragi
oxirlaridagi mevalarning ulgurji narxlarini bir yil avval qayd etilgan narx darajasi bilan
solishtirganimizda. Ular mahalliy mevalarning aksariyat toifalari narxining sezilarli darajada
oshishini aniqladilar. Ayni paytda chetdan keltiriladigan sitrus mevalar, banan, ananas, kivi,
mango kabi mevalar ham arzonlashdi. Ochig‘i, banan, apelsin va mandarinlar narxining
pasayishi O‘zbekiston hukumatining 2021-yil 21-oktabrdagi bir qator mahsulotlarga import
bojlarini vaqtincha bekor qilish to‘g‘risidagi qarori bilan bog‘liq deya olamiz. Natijada, 2022-yil
28-yanvar holatiga ko‘ra, apelsinlarning ulgurji narxlari o‘tgan yilga nisbatan 22 foizga,
mandarinlar esa o‘tgan yilga nisbatan 23 foizga arzonlashgan. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda
faoliyat olib borayotgan mutaxassislar tomonidan ochiq va yopiq tuproqlarda sitrus
ko‘chatlarining yangi navlarini yetishtirish, shuningdek, ona o‘simliklarni (urug‘lik maqsadida
tanlab olingan ikki yillik o‘simliklardan) tashkil etish maqsad qilib olingan hamda sitrus
kuchatlarni, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Laboratoriyalarda olimlarimiz, issiqxona mutaxassislari bilan birga limon, apelsin va mandarin
mevalarining uzoq yo‘lga yaroqli turlarini yaratish va sitrus mevalar eksporti va boshqa
mamlakatlarga tashishga yaroqli navlarini yaratish ustida ishlamoqda. Va 2020-yil 19-
fevraldagi PQ-4610-son qaroriga muvofiq bu faoliyat mamlakatimiz rahbari tamonidan yanada
mustahkamlandi bunga muofiq, Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tekshirish
instituti huzurida Sitrus, subtropik va tropik o‘simliklar ishlab chiqaruvchilari va eksportchilari
uyushmasi tashkil etildi. akademik M.Mirzayev nomidagi Uyushma respublikada sitrus
mevachilik sohasini rivojlantirish, ilmiy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish, ilg‘or va zamonaviy
resurs tejovchi texnologiyalarni qo‘llash asosida yuqori sifatli sanoat va eksportbop sitrus


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

18

mevalari yetishtirishni ko‘paytirish maqsadida tashkil etilgan. 2023- yilning yanvarida sitrus
mevalar narxlari 2022-yilning yanvariga nisbatan 11,2 % ga past boʻldi. Shundan ko‘rinib
turibdiki, mamlakatimizda sitrus mevalar yetishtirish ko‘lami kengayib bormoqda.

1-jadval
Respubilkada yetishtirilgan sitrus mevalari

Mahsulot turi

O‘lchov

birligi

2019

y

2019

y

2020

y.

2021

y.

2022

y

2023

y.

1

sitrus mevalar

tonna

64,0

30,0

14,1

5,0

5,3

5,0

2

limon

tonna

64,0

30,0

14,1

5,0

5,3

5,0


Shundan kelib chiqib, limonchilikda innovatsiya faoliyatini rivojlantirish butun bir

innovatsiya tizimini shakllantirish va rivojlantirish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning asosiy
vazifasi aholi turmush tarzi darajasini oshirish maqsadida, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini
rivojlantirish, aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash darajasini va sifatini oshirish, ekotizimga
salbiy antropogen ta’sirlarni kamaytirish bilan bir vaqtda resurs salohiyatidan foydalanish
samaradorligini oshirish hisoblanadi. Shu faoliyat natijasida yetishtirilatotgan sitrus
mahsulotlar yillar kesimida.

2-jadval
Barcha toifaladagi xo‘jaliklarda yetishtirilgan sitrus mevalar

Xulosa o‘rnida sitrus mevachilik tarmog‘ini raqobat ustunligini ta’minlash uchun, nafaqat,

ishlab chiqarishni intensivlashtirishni oshirib borish, balki, shu bilan birga, nomoddiy
aktivlardan ya’ni, innovasion g‘oyalar, marketing tadqiqotlari, texnologik nou-xau, dizayn,
mahsulotlar assortimenti va xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish, xodimni ijodiy mehnatga

Klassifikator

2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023

O‘zbekiston

Respublikasi

4,8

5,8

3,5

11,9

9,5

10,0

9,9

10,6 11,2

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

Andijon viloyati

0,3

0,4

0,4

1,2

3,9

3,2

2,9

3,1

3,0

Buxoro viloyat

0,4

0,4

0,4

0,7

0,5

0,5

0,5

0,6

0,5

Jizzax viloyati

0,0

0,0

0,1

0,2

0,1

0,1

0,0

0,1

0,1

Qashqadaryo viloyat

0,1

0,5

0,5

1,3

1,0

1,9

1,9

2,0

2,0

Navoiy viloyati

0,9

1,0

0,3

0,5

0,5

0,2

0,4

0,3

0,4

Namangan viloyati

0,0

0,1

0,1

1,5

0,5

0,7

0,5

0,7

1,1

Samarqand viloyati

0,3

0,3

1,1

1,0

0,3

0,4

0,3

0,3

0,4

Surxondaryo viloyati

2,0

2,2

0,1

2,7

1,0

1,8

1,7

1,9

1,8

Sirdaryo viloyati

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

Toshkent viloyati

0,2

0,2

0,2

0,4

0,1

0,1

0,1

0,1

0,1

Farg‘ona viloyati

0,5

0,6

0,9

2,1

0,9

1,2

1,4

1,5

1,7

Xorazm viloyati

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

0,1

Toshkent shahri

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

19

qobiliyati, xo‘jalik yuritishni boshqarishning yangi usullari, limon yetishtiruvchilarni savdo va
qayta ishlovchilar bilan integratsiyalashuvi kabi omillardan ham foydalanish zarur.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil 5 noyabrda meva-

sabzavotchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va eksportini oshirish, aholi tomorqalaridan
samarali foydalanishni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan video-selektordagi ma’ruzasi.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi. // Xalq so‘zi. 2020 yil 25 dekabr.
3.

Имомов Р.Д. Лимончилик соҳасида интеграция муносабатлари – кооперацияни

ривожлантиришнинг муҳим омилидир. АГРО бизнес информ ижтимоий-иқтисодий
ихтисослашган ойлик журнал. №11 (154) 2019 йил, 24-25-б.
4.

Имомов Р.Д. Ўзбекистонда лимончилик тармоғини ривожлантириш ва давлат

томонидан рағбатлантириш механизмлари. Хоразм маъмун академияси ахборотномаси:
илмий журнал.-№7/4 (91), http:mamun.uz/uz/page/56 Xiva-2022. 26-30 бетлар.
5.

Куликов И.М. Научная и инновационно-инвестиционная стратегия развития

плодово-ягодного комплекса АПК, как важнейший резерв в формировании здорового
организма человека в XXI веке// Сб.статей. - М. 2006. – 157 с. с ил. (С. 9-31).
6.

Мамедов Р.Ш. Антикризисный механизм хозяйствования в АПК России. - М., Агро-

Пресс, 2000 г. – 90 с
7.

Dustova M. COINS TO CRYPTOS: TRACING THE THREADS OF ECONOMIC

TRANSFORMATION //Iqtisodiyot va taʼlim. – 2023. – Т. 24. – №. 5. – С. 78-82.
8.

Dustova M. X., Shomurotova S. O. TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKLARINI SAMARALI

BOSHQARISH //Conferencea. – 2022. – С. 119-121.
9.

Khudayberdievna D. M. Improving the Mechanism of Financial Lending to Agricultural

Enterprises. – 2023.

10.

Дустова М. К., Шомуротова С. Роль иностранных инвестиций в развитии экономики

//Научный прогресс. – 2022. – Т. 3. – №. 2. – С. 1021-1025.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil 5 noyabrda meva-sabzavotchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va eksportini oshirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan video-selektordagi ma’ruzasi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // Xalq so‘zi. 2020 yil 25 dekabr.

Имомов Р.Д. Лимончилик соҳасида интеграция муносабатлари – кооперацияни ривожлантиришнинг муҳим омилидир. АГРО бизнес информ ижтимоий-иқтисодий ихтисослашган ойлик журнал. №11 (154) 2019 йил, 24-25-б.

Имомов Р.Д. Ўзбекистонда лимончилик тармоғини ривожлантириш ва давлат томонидан рағбатлантириш механизмлари. Хоразм маъмун академияси ахборотномаси: илмий журнал.-№7/4 (91), http:mamun.uz/uz/page/56 Xiva-2022. 26-30 бетлар.

Куликов И.М. Научная и инновационно-инвестиционная стратегия развития плодово-ягодного комплекса АПК, как важнейший резерв в формировании здорового организма человека в XXI веке// Сб.статей. - М. 2006. – 157 с. с ил. (С. 9-31).

Мамедов Р.Ш. Антикризисный механизм хозяйствования в АПК России. - М., Агро-Пресс, 2000 г. – 90 с

Dustova M. COINS TO CRYPTOS: TRACING THE THREADS OF ECONOMIC TRANSFORMATION //Iqtisodiyot va taʼlim. – 2023. – Т. 24. – №. 5. – С. 78-82.

Dustova M. X., Shomurotova S. O. TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKLARINI SAMARALI BOSHQARISH //Conferencea. – 2022. – С. 119-121.

Khudayberdievna D. M. Improving the Mechanism of Financial Lending to Agricultural Enterprises. – 2023.

Дустова М. К., Шомуротова С. Роль иностранных инвестиций в развитии экономики //Научный прогресс. – 2022. – Т. 3. – №. 2. – С. 1021-1025.