YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
110
SITRUS MEVALARINING O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDAGI O‘RNI:
MANDARIN MISOLIDA TAHLIL
Qurbonov Shovqi Djurayevich
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti tayanch doktaranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13846590
Annotatsiya:
Ishda sitrus mevalarining o‘ziga xos hususiyatlarini yurtimizning barcha
jabhalarida tadbiq etish, butun dunyoga mashhur bo‘lgan sersuv, xushbo‘y, qimmatbaho
mevalar ko‘lamini kengaytirish va rivojlantirish omillarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib
chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
sitrus mevalari, mandarinlar, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, eksport
mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, agrosanoat kompleksi.
Аннотация:
В работе рассмотрены вопросы применения уникальных свойств
цитрусовых во всех аспектах нашей страны, расширения ассортимента сочных,
ароматных, дорогих плодов, известных во всем мире, установления факторов развития.
Ключевые слова:
Цитрусовые, мандарины, аграрное развитие, экспортные
продукты, сельское хозяйство, продовольственная безопасность, агропромышленный
комплекс.
Abstract:
The paper examines the issues of using the unique properties of citrus fruits
in all aspects of our country, expanding the range of juicy, aromatic, expensive fruits known
throughout the world, and establishing development factors.
Keywords:
Citrus fruits, tangerines, agricultural development, export products,
agriculture, food security, agro-industrial complex.
Bog‘dorchilik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining bir tarmog‘i sifatida mevali
daraxtlarning mavjud ko‘p yillik turlarini yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Asosan bu
sanoatning maqsadi aholi uchun oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati uchun xom ashyo sifatida
meva va rezavorlar ishlab chiqarishdir. Mahalliy meva turlarini ko‘paytirish serxosil navlarini
yaratish maqsadida olimlarimiz tamonida anchayin tadqiqotlar o‘tqazilib albatta samarasi
anchayin tez ko‘zga tashlandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtga kelib olimlarimiz
sitrus mevalari va ularni yurtimiz sharoitida yetishtirish, serxosil navlarini chatishtirib
eksport va import salohiyatiga yetqazish o‘stida faoliyat olib borishmoqda. Sitrus mevalari
yuqori ta'mga va dorivor xususiyatlarga ega. Ularda inson tanasi uchun foydali bo‘lgan shakar
kislotalar, mineral tuzlar, vitaminlar, oqsillar va efir moylari mavjud bo‘lib, subtropik
ekinlarga apelsin, limon, mandarin banan kivi va boshqa mevalarni o‘zida mujassam etadi va
oziq-ovqat va ovqatlanishda muhim o‘rin egallaydi. Sitrus mevalarini nafaqat yangi, balki
qayta ishlangan shaklda ham iste'mol qilish mumkin masalan sharbatlar, kompotlar, murabbo
va spirtli ichimliklar. Sitrus mevalari tarkibidagi ahamiyatga ega minerallar inson uchun katta
ahamiyatga ega. Mineral tuzlar va mikroelementlar (temir, marganets, yod), inson tanasining
normal rivojlanishi va ishlashi uchun ahamiyatli sanaladi. Sitrus mevalaridagi vitaminlar (B,
B2, PP, C) manbai sifatida qimmatlidir, ularning oziq-ovqatda etishmasligi jiddiy kasalliklarga
olib keladi. Shu sababli sitrus mevalari vitaminlar va mikroelementlarning tarkibi tufayli
kasalliklarning oldini olishda muhum rol o‘ynaydi va ularning ba'zilari tibbiyotda dorivor
manba sifatida tan olingandir. Hozirgi vaqtda MDH davlatlarining turli mintaqalarida sitrus
mevalari o‘sadi, ayrimlari yovvoyi ko‘rinishda bo‘lsa ayrimlari madaniylashgan tartibda
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
111
tarqalgandir. Yovvoyi ko‘rinishda o‘chraydigan meva va rezavor o‘simliklarning 100 ga yaqin
turlari mavjud bo‘lib, madaniylashgan jarayondagilari 60 tagachasi ma'lum, shulardan 12-15
turi keng tarqalgan. Sanoat ahamiyatiga ega sitrus mevalar guruhiga asosan, apelsin,
mandarin, limon, greyfurt va sitronlarni o‘z ichiga oluvchi issiqlikka va juda kam sovuqqa
chidamli sutropik mevalar hisoblanadi.
Dunyo bo‘ylab eng keng tarqalgan meva toifalaridan biri sifatida sitrus mevalari uzoq
vaqtdan beri tadqiqotchilarni qiziqtirib kelmoqda, tadqiqotchi olim A.F.Jafarov tadqiqotiga
koʻra sitrus mevalari turli vaqtlarda pishadi. Turiga, qishloq xo‘jaligi texnologiyasiga va
zonasiga qarab yetishtiriladi deydi.
Sitruschilikning yuqori rentabelligi baland tog‘li hududda boshqa mevali ekinlar
yetishtirish, chorvachilik va kartoshkachilik bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligining muhim
tarmog‘iga aylanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Buning uchun asosiy vazifa sifatida texnologik
jarayonli omillarning keng manoda hissasi beqiyos.
1-rasm. Sitrus mevalarni yetishtirishda texnologik jaroyonlarning joriy etishning asosiy
maqsad va vazifalari
Sitrus mevalarnini yetishtirishning yana bir omillaridan biri texnologiya doirasida
amalga oshirilgan SLM faoliyatini yuksaltirishdan iborat bo‘lib, sitrus mevlarini asosan
ekiladigan iqlimni iloji boricha harorat hususiyatlariga moslash muhum sanaladi. Biologik
xilma xilligini saqlashda asosan o‘simlik organizmning murakkabligi, oʻz funksiyalarini oʻzi
sozlash qobiliyati va ulardan har tomonlama foydalanish imkoniyatini aks ettiruvchi biologik
jihatlarini saqlash bilan farqlanadi. Sitrus mevalari biz bilganimizdek issiq iqlim vakillari
sanalishadi. Agar to‘g‘ri sharoit yaratilmasa o‘simlik nobut bo‘lishi mumkin, har hil holatdagi
o‘zgarishlarga to‘g‘ri darajadagi omillar qo‘llanilsa sitrus mevasi hosili ya’na bir barobar
oshishiga olib keladi.
Sitrus mevalarining o‘ziga xos hususiyatlaridan biri shundaki, Sitrus daraxtlari bir
vaqtning o‘zida meva va gul beradi, ya'ni ularni butun yil davomida yig‘ib olish mumkin.
O‘rim-yig‘imning asosiy vaqti - kuz va qish. Sitrus daraxtlarini parvarishida kimyo
texnologiyalaring ahamiyati katta bo‘lib, texnologiyadan ko‘zlangan maqsad olis tog‘li
hududlar hamda chekka manzillar aholisini mahalliy sitrus mevalari bilan ta’minlash va shu
iqlim o'zgarishiga
moslashish / ekstremal
ob-havo hodisalari va
ularning ta'siri
biologik xilma-xillikni
saqlash/ko'paytirish
qulay iqtisodiy
sharoitlar yaratish va
ularga moslashtirish
iqlim o'zgarishidagi
turli xil vaziyatlarga
qo'shimcha choralar
tayyorlash
ishlab chiqarishni
oshirish
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
112
bilan birga o‘z o‘zini vitaminli mahsulotlar bilan ta’minlash va yetishtirilgan hosilni sotishdan
daromad olish hisobiga ularning farovonligini oshirishdan iboratdir.
Sitrus mevalarining oʻrtacha yillik havo harorati 13,5. Yillik oʻrtacha yogʻin 529 mm
bo‘lgan jarayonda, yozning issig‘ida limon daraxtlari sovuq havo tushgunga qadar ochiq
havoda o‘sadi, keyin esa mart oyigacha polietilen plyonka bilan qoplanadi. Ammo yoz oylarida
ular tez-tez sug‘orishni talab qiladi. 80-yillarda tadqiqot olib borgan olimlarning
qarashlaridan foydalanib 1993 yildan keyin - suv bilan ta'minlangan, erga asoslangan (tekis
sharoitda qo‘llaniladigan texnologiyadan farqli o‘laroq, sitrus mevalari tuproqli xandaqlarda
yetishtiriladigan bo‘ldi) va bir qatorli, isitilmaydigan plyonkali qoplama limonariyalar
vujudga keldi. Bu holatdagi limonariyalar uchun kattaligi 50m x 3,5m yer maydonga tuproq
tayyorlanadi. Maydonni ekinga hozirlash maqsadida kimyoviy o‘g‘itlar bilan bir qatorda gung
o‘g‘itlar kiritildi , 3 yoshli limon ko‘chatlari 2 m masofada, 50x40 sm o‘lchamdagi teshiklarga
ekilib, 2 gektardan ortiq maydonda eng istiqbolli limon navlarini yetishtirish yo‘lga
qo‘yilgandi.
Sitrus mevalarining eng ahamiyatlilarida biri bo‘lgan mandarin mevasining yetilish vaqti
noyabr oyida boshlanadi va dekabr oyining o‘rtalariga qadar davom etadi. Mandarin daraxti
balandligi ochiq holda o‘sadiganlari 4,5-5,0 m balandlikda bo‘lishi mumkin, o‘rta bargli,
piramidal yoyilgan. Issiqxona sharoitida u muntazam ravishda kesish va toj shakllanishini
talab qiladi. Kurtaklar qovurg‘ali, och yashil rangga ega. Kolyuchek oz, kichik. Barglari katta,
quyuq yashil, keng lansetsimon, uchi uchli, gullari besh bargli, gullarining o‘rtacha hajmi
(diametri 3,0 sm), bitta yoki har bir gullash uchun 2-3 dona gul bir joyda joylashgan. O‘rta va
katta hajmdagi mevalar, vazn 65-80 g, yumaloq yoki biroz yassilangan nok shaklidagi; tepasi
yumaloq yoki yumaloq-tekislangan, asosi yumaloq. 0,2-0,5 sm qalinlikdagi qobig‘i, to‘q sariq,
biroz qo‘pol, ajraladigandir. Pulpasi yaxshi. Pulpa suvli, yumshoq, shirin va nordon, to‘q sariq
rangga ega. 9–12 loblar, hajmi bo‘yicha teng bo‘lmagan holatda rivojlangan. Qismlar nozik,
qo‘pol, zich. Yadrosi tartibsiz shaklga ega, ichi bo‘sh yoki tugallangan. Urug‘lar bazi turlarida
yo‘q. Yopiq tuproq sharoitida hosil yil davomida pishib etiladi. Mandarin mevasining rangi
to‘q sariq rangga aylanganda, meva yig‘ishga tayyor bo‘ladi va bandi bilan ehtiyotkorlik bilan
kesiladi. Agar siz mandarinlarni bandini olib tashlagan holatda uzsangiz ehtiyotkorlik bilan,
yaxshilab qadoqlang, keyin ular muzlatgichda 3-4 oy davomida saqlanishi mumkin. Mandarin
mevasi jahon sanoat jarayonining asosiy bo‘g‘inini mandarin mevalari egallaydi. Mandarin
mevalari qobig‘ining shakli, o‘lchami, qalinligi va rangi, pulpaning tuzilishi va sifati bilan
farqlanadi. Mandarin mevasining olimlar tadqiq etgan : "Clementine", "Kavano Wase", "Okitsu
Wase", "Ponkan" kabi turlari ham ko‘p o‘chraydi. Bugun o‘zbekistonlik selektsioner olimlari
yaratgan limonning o‘nga yaqin navi, apelsinning “O‘zbekiston” navi, mandarinning
“Toshkent” navi nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham yetishtirilmoqda. Masalan, Ufa
shahrida F-1 “Toshkent” va F-2 “Yubileiny” navlari ekilgan ikki gektar maydondagi mandarin,
limon bog‘ida mo‘l hosil olinmoqda. Ularning ko‘chatlari aholi orasida katta talabga ega. Sitrus
po‘stlog‘i tarkibida fitontsidlar, biologik faol moddalar, qon tomirlarini mustahkamlovchi
gesperidin kabi yurak-qon tomir tizimining ko‘plab kasalliklarini oldini olish va davolashga
yordam beradigan shifobaxsh moddalar mavjud.
Mevalari shakliga ko‘ra tepasi va tagida sharsimon tekislangan, noksimon oʻlchami
dumaloq, mevasining hajmi 5,8x4,3 sm kattaligi (90 g)dan, oʻrtachasi (50-60 g) va eng kichik
mevasi (30-40 g)li kattalikka ega mevalar sanalishadi mandarinlar 4200 ° C ni talab qiladi,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
113
shunday holatlar ham yuz berishi mumkinki ya’ni mevalar yetuklik ya’ni pishmasda sovuq
tushish extimoli yuzaga kelgudek bo‘lsa ular yashil yoki bo‘lmasa yarim yashil qolgan qismi
sariq ko‘rinishidagi o‘zgarishlar mevaning tamiga tasir qilishi mumkin
Xulosa sifatida shuni takidlash kerakki, yurtimiz iqlimiga mos ravishda yetishtirilyotgan
sitrus o‘simliklarining samaradorligi kengayib, xalqimiz dasturxoniga sifatli va hamyonbop
mahsulotlarni yetqazish uchun turli xil tadbirlar olib borilmoqda, buning natijasi o‘laroq
eksport solihiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar bilan jahonda sitrus yetishtirish miqyosidagi
o‘rnimizni mustahkamlab bormoqdamiz.
References:
1.
Ш.Қурбонов “Рақамли иқтисодиётни ривожлантириш шароитида иқтисодий
ховфсизликни таминлаш муаммолари” илмий конференсия 2023-241. Бет.
2.
Ахундзаде И. М. Цитрусовые растения в Азербайджане. Баку: Изд-во «Шарг», 1950,
с. 3 – 75. 2. ГОСТ 4427-82 Апельсины
3.
Ибрагимова, Д. Т., Ильина, Д. Н., & Ким, А. И. (2020). Рост цен на импортную
плодоовощную продукцию в период пандемии в Узбекистане (на примере цитрусовых)
и его причины. Экономика: анализы и прогнозы, (7-8), 113-118.
4.
Ш. Қурбонов “Цитрус меваларини етиштиришда Туркия тажрибаси ва унинг
ижобий жиҳатлари”, “Агроиқтисодиёт” журнал Тошкент.2023- 131 б.
5.
. Dustova M. COINS TO CRYPTOS: TRACING THE THREADS OF ECONOMIC
TRANSFORMATION //Iqtisodiyot va taʼlim. – 2023. – Т. 24. – №. 5. – С. 78-82.
6.
Khudayberdievna D. M. Improving the Mechanism of Financial Lending to Agricultural
Enterprises. – 2023.
7.
Дустова М. К., Шомуротова С. Роль иностранных инвестиций в развитии
экономики //Научный прогресс. – 2022. – Т. 3. – №. 2. – С. 1021-1025.