HUMOYUN AKBAR SHE’RIYATIDA VATAN MAVZUSI

Аннотация

Maqolada Humoyun Akbar she’riyatida Vatan konsepti masalasi shoirning qator she’rlari asosida tahlil etilgan. Shoir she’rlaridagi Vatan madhi, g‘oyasi biografik metod asosida tushuntirilgan. Tasvir uslubi, peyzaj masalalari misollar asosida aniqlangan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
117-120
36

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Rahmonberdiyeva, N. . (2024). HUMOYUN AKBAR SHE’RIYATIDA VATAN MAVZUSI. Молодые ученые, 2(24), 117–120. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/47119
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada Humoyun Akbar she’riyatida Vatan konsepti masalasi shoirning qator she’rlari asosida tahlil etilgan. Shoir she’rlaridagi Vatan madhi, g‘oyasi biografik metod asosida tushuntirilgan. Tasvir uslubi, peyzaj masalalari misollar asosida aniqlangan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

117

HUMOYUN AKBAR SHE’RIYATIDA VATAN MAVZUSI

Rahmonberdiyeva Nurjahon Humoyun qizi

ToshDO‘TAU 1-bosqich tayanch doktoranti

+998884989298

https://doi.org/10.5281/zenodo.13846636

Annotatsiya:

Maqolada Humoyun Akbar she’riyatida Vatan konsepti masalasi shoirning

qator she’rlari asosida tahlil etilgan. Shoir she’rlaridagi Vatan madhi, g‘oyasi biografik metod
asosida tushuntirilgan. Tasvir uslubi, peyzaj masalalari misollar asosida aniqlangan.

Kalit so‘zlar

: konsept, ifoda usuli, shakl va mazmun, fonetik uslub, lisoniy birlik,

badiiyat, ritm, metafora, uslubiyat.

ABSTRACT

Based on the poet’s poems, the article analyzes the problem of the consept of the

Motherland in the poems of Humoyun Akbar. The idea of the national anthem in the poet's
poems is explained on the basis of the biographical method. Image style, landscape issues are
defined on the basis of examples.

Keywords

: concept, way of expression, form and content, phonetic style, linguistic

unity, art, rhythm, metaphor, methodology.


Adabiyotga har bir shoir o‘z dunyoqarashi, fikrlari va tuyg‘ulari bilan kirib keladi. Uning

o‘z aytadigan so‘zi bo‘lmasa, o‘z o‘quvchilari bo‘lishi amrimaholdir. Garchi, she’riyat inson
tuyg‘ularining rangin tasviri hisoblansa-da, she’rda biron teran fikr, g‘oya o‘z aksini topishi
lozim. Ayniqsa, bugungi kun o‘quvchisining talablari juda yuqoriligini hisobga olsak, she’r
benuqson taqdim etilishi kerak. Vatan tuyg‘usi har bir yurakda har xil jilvalanadi. Vatan
haqidagi she’rlarning nafis va diltortar ohanglariga mast bo‘lish bilan birgalikda ba’zi zo‘raki
madhiyalarning qofiyalari orasida adashib qolish ham hech gap emas. Ammo, O‘zbekiston
Qahramoni, O‘zbekiston Xalq shoiri ta’biri bilan aytganda, Humoyun Akbarning “tuyg‘ulari
samimiy” va “izhorlari rost”

1

. Shoirning ilk she’riy to‘plamlaridagi “E’ritof”(1988), “Bu bolaga

xayol bering”(1989), “Vatangado”(1998), “Men tug‘ilgan uy”(1998), “Qishloq”(1999)
“Talabalar shaharchasida”(1999) turkumidagi she’rlarida tug‘ilib o‘sgan uyga, qadrdon
so‘qmoqlarga, ona qishloqqa, ota makonga muhabbat izhor etilgan bo‘lsa, keyinroq “Vatanni
his etish”(2010), “Afsonalar yurti”(2012), “Bir siqim tuproq”(2012), “Nasaf qal’asi”(2012),
“Afrosiyob tepaliklari (2012), “Dovon yo‘li” (2012), “Samarqand yo‘lida”(2012),
“Sirdaryo”(2012), “Mirzacho‘l”(2012), “Yer isi”(2012), “Andijonda qurilmagan minoralar”, (?)
“Vatan ranglari”(2022) , yangi she’rlardan “Bu yurtni bilmaslar”, “Jahon ayvonida”,
“Bug‘doyzor” “Andijon” she’rlarida qamrov ancha kengayib shoir o‘zining yurtiga, Vataniga,
Yerga mehr tuyadi. Ijodkor uchun endi nafaqat Andijon, balki Samarqand, Buxoro, Sirdaryo,
Mirzacho‘l, hatto Qoraqalpog‘iston ham Vatandir. U endi o‘zini butun Yer yuziga daxldor deb
biladi.

Humoyun Akbar she’riyati nafis tuyg‘ularga, lirik kechinmalarga juda boy. U qaysi

mavzuda qalam tebratmasin, hodisani butun qalbi bilan his eta oladi. Ohori to‘kilmagan,
yangiroq ibora yo tashbehlar topadi. Ba’zan mukammal, quyma satrlar kashf etadi. Masalan,
uning ona qishlog‘i haqidagi she’rida yorqin bir mehr nuri tovlanib turibdi:

1

Humoyun A. Intihosiz navolar. – T.: “Muharrir” nashriyoti, 2012 . 3-b.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

118

Salom,
Meni kutgan-kutmagan,
Kuzgi gullar,
Oltin yaproqlar,
Dalalarning ko‘ksidan o‘tgan,
Dehqon umri kabi so‘qmoqlar!

Bu jonli manzara, kishi ko‘z o‘ngida uzoq bolalikdagi kichik bir qishloqning surati,

mehnatkash, betinim qishloqning siyrati va ziynati! Shoirning xayoli chuksiz, yeru-osmonni
kaftida ko‘rib turganday:

To‘lin oymomani quchoqlab olib
Bulutlar ustidan tashlaysan odim.

Shoir falsafiy chuqur, aytadigan gapiga o‘quvchini ishontirish, yolg‘on hissiyotga

berilmaslik kabi holatlarni ustalik bilan ifodalay oladi. Uning “Ishonchsizlik” sarlavhali
she’rida shunday satrlarga duch kelamiz:


Bu ko‘chaning gadolari ko‘r,
Gadolarning duolari ko‘p,
Duolarning xatolari ko‘p,
Bo‘larmikan bari ijobat?

Tabiat manzaralarini so‘z bilan aynan chizish, uning asl qiyofasini buzmaslik uchun

shoirning ko‘zi o‘tkir, zehni sezgir, ilhomi uyg‘oq bo‘lishi lozim. “Tog‘larning ko‘z yoshlari”
she’ridagi quyidagi misralarga e’tibor beraylik:


Biz yo‘qotgan hazina, xayol,
Bizga tinchlik bermagan o‘ylar,
Tog‘larning ko‘z yoshiday zilol,
Buloqlarning tilida kuylar.

Shoirning “Dars”, “Hayot”, “Parvona”, “Andijon”, “Shukrona” kabi she’rlarida o‘quvchini

o‘yga toldiradigan, uni adolat va haq ishiga undaydigan ruhiy quvvat mavjud bo‘lib, yurak
tafti, tuyg‘ular silsilasi satrlardan satrlarga ko‘chadi, xulosa esa yaxlit, dangal aytiladi. Ulug‘
adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov ta’kidlashicha, shoir iste’dodli bo‘lishi mumkin,
ammo u mayda-chuyda kayfiyat xolatlari atrofida o‘ralashib qolsa, yozganlari odamlar
xotirasida iz qoldira olmaydi. Humoyun Akbar hamisha omma ichida, ayniqsa, yoshlar bilan
ishlaydi, nafas oladi, ularning orzulari, intilishlari, hayotga munosabatlarini teran anglash
uning ijodida yangi omil, ko‘tarilish yo‘lini ochib berishi mumkin. Mustaqillik hamma sohada
o‘zgarish, yangilanish kabi imkoniyatlarni yaratib berdiki, buni badiiy adabiyot sohasida ham
yaqqol ko‘rish mumkin. Erk va hurlik, o‘z yeri, o‘z Vatani kelajagini qo‘lga olgan xalq baxt-
saodati haqida qayg‘urish har bir ijodkorning asosiy burchidir. Humoyun Akbar bir she’rida
o‘zini-o‘zi tan olib shunday deb yozadi:


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

119

Ey, otalar yurti, muqaddas tuproq,
Hanuz bitolmadim sen kutgan she’rni,
Bahoring gullarin ocharmi tezroq,
Oftob nurlariday sochilsa mehrim.

Shoirning “Ko‘nglim guli” kitobiga “Qalb qal’asi” nomli lirik dostoni ham kiritilgan.

Avvalo, shoirning she’rdan dostonga o‘tadigan ko‘prik haqida. Bu tajriba, bu hayot faktlari, bu
tuyg‘ular birlashib paydo bo‘lgan hosila – maydon, hodisa voqealarning mazmun birligi, g‘oya
maqsad esa, asarning o‘zidir. Humoyun Akbar dostonida qalb kechinmalari, ruhiyatda mavjud
bo‘lgan unsurlar orqali (jonli) shaxslar sifatida o‘ziga xos ixcham uslub bilan tasvir
этилади. Unda makon, ixlos, e’tiqod, burch, vafo obrazlariga qarama-qarshi shubha, gumon,
yolg‘on ham hayol, qat’iyatsizlik, bevafolik kabi hislatlar aks эттирилади. Maqsad aniq -
inson yuksak, oliy tuyg‘ular sohibi bo‘lishi lozim deyiladi. Muallif boy milliy dostonchiligimiz
hazinasida to‘plangan, xalq va zamonlar imtihonidan o‘tgan uslublarni o‘z iqtidori darajasida
o‘zlashtirib borayotgani, o‘ziga xos so‘qmoqlar topayotgani yaqqol seziladi.

Adabiyot inson ruhiyatini o‘rganadi, aks ettiradi. Tadqiqotlarimiz natijasida ma’lum

bo‘ldiki, 1998-yilda shoir huzmat safari bilan Hindistonda bo‘ladi. Uning “Hind daftari”
to‘plamidan tashqari ba’zi she’rlarida ham buning ta’siri sezilib turadi. Shoirning 1998- yilda
yozilgan “Vatangado” she’ri e’tiborimni tortdi. Unda Vatanidan ketgan har qanday odam
“sargardon” yoki “surgunda” deb beriladi. Ular Vatanning har bir maysasiga jon fido qilgudek.
U nuroniy chollarni, ularning juma namozidan qaytishlarini, ayniqsa, onasinign duosini va
uning farzandiga alla aytishlarini sog‘inadi. So‘nggi band esa hammasidan ham ta’sirli:


Tanho, o‘z –o‘zi-la gaplashadi u,
Unutmayin, deya turkiy so‘zini.
Beshak, u sog‘inib yashaydi mangu,

Tug‘ilgan yurtida yurgan o‘zini.


Ba’zan shoirlarda o‘tkir fikrlar kelganda qofiya buzilishlari ro‘y beradi. Gohida eng

ajoyib topilmalarini yozayotganda umuman “oq she’r”lar paydo bo‘lishi ham mumkin.
Humoyun Akbarning bu she’ri kuchli hissiyot bilan tugallanmoqda. Inson ulg‘aygani sa’ri
bolalikdagi o‘zini sog‘inishini his qilib ko‘rmagan inson bo‘lmasa kerak. Bu tuyg‘u ba’zan
ko‘zlarimizni yoshlatadi. Shu tuyg‘u asosida tasavvur qilib ko‘rish mumkinki, “tug‘ilgan
yurtida yurgan o‘zini” sog‘inayotgan insonning olisdagi xoh yaxshi, xoh yomon hayotidan
ko‘ngli qanchalar to‘lmasligini, har qanday maskan ham Vatandek qadrli bo‘la olmasligini. Bu
tuyg‘uning qanchalar sog‘inchli va alamli ekanligi she’rdan o‘quvchining yuragiga osongina
ko‘chadi.

Vatan mavzusi zamonaviy o‘zbek she’riyatida aloida yirik ko‘lam kasb etadi. Bu alohida

tadqiqot mavzusi hisoblanadi. Vatan tuyg‘usi g‘oyasini o‘quvchilar ongiga singdirish, vatan
konseptining she’riyatda aks etishini tahlil qilish har doim o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan va
dolzarblik kasb etadigan mavzu bo‘lib qolaveradi. Vatan mavzusi shoir qalami bilan o‘ziga xos
yoritilgan. Insonning mehr-muhabbati, avvalo, o‘zlikka, o‘zi daxldor bo‘lgan diyorga, o‘z ona
yurtiga bo‘lgan sadoqati va ehtiromi bilan namoyon bo‘ladi. Shoirning Vatan haqidagi she’rlari
yigirmadan ortiq. Ularning tahlilini keying izlanishlarimizda, albatta, davom ettiramiz.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

120

References:

1.

Mirvaliyev S.,Shokirob R. O‘zbek adiblari. – Toshkent, 2007.

2.

Boltaboyev. So‘z sehri. – Toshkent, 2006. – B.98

3.

Yo‘ldoshev Q. Yoniq so‘z. – Toshkent,2006. – B.78

4.

Hamdamov U. Yangilanish ehtiyoji. – Toshkent,2007. – B.196

5.

Humoyun Akbar. Yurakdagi rangin kamalak. – Toshkent. 1997.

6.

Humoyun Akbar. Unutilgan gul. – Toshkent.1998

7.

Humoyun Akbar. Dilxiroj. – Toshkent.1999

8.

Humoyun Akbar. Ko‘nglim guli. – Toshkent. 2005

9.

Humoyun Akbar. Yoshlik bekati. – Toshkent. 2008

10.

Humoyun Akbar. Intihosiz navolar. – Toshkent. 2012.

Библиографические ссылки

Mirvaliyev S.,Shokirob R. O‘zbek adiblari. – Toshkent, 2007.

Boltaboyev. So‘z sehri. – Toshkent, 2006. – B.98

Yo‘ldoshev Q. Yoniq so‘z. – Toshkent,2006. – B.78

Hamdamov U. Yangilanish ehtiyoji. – Toshkent,2007. – B.196

Humoyun Akbar. Yurakdagi rangin kamalak. – Toshkent. 1997.

Humoyun Akbar. Unutilgan gul. – Toshkent.1998

Humoyun Akbar. Dilxiroj. – Toshkent.1999

Humoyun Akbar. Ko‘nglim guli. – Toshkent. 2005

Humoyun Akbar. Yoshlik bekati. – Toshkent. 2008

Humoyun Akbar. Intihosiz navolar. – Toshkent. 2012.