YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
114
SARLAVHA – BADIIY KONSEPSIYANING SEMIOTIK KALITI
Isabayeva Gulhayo Farhod qizi
Alisher Navoiy nomidagi
ToshDO‘TAU tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13846626
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
O‘tkir Hoshimov, Isajon Sulton va Guljahon Mardonova
kabi yozuvchilarning ona obrazi yoritilgan qissalari misolida adiblarning sarlavha tanlash
mahorati tadqiq etilgan.
Kalit so‘zlar:
qissa, sarlavha poetikasi, badiiy mahorat, semiotik kalit,kompozitsiya,
mushtaraklik, ijodiy o‘ziga xoslik
НАЗВАНИЕ – СЕМИОТИЧЕСКИЙ КЛЮЧ ХУДОЖЕСТВЕННОЙ КОНЦЕПЦИИ
Аннотация:
В данной статье анализируется мастерство писателей в выборе
названия на примере повестов таких писателей, как Уткир Хашимов, Исаджон Султан и
Гулджахон Мардонова, в которых выделен образ матери.
Ключевые слова:
сюжет, поэтика названия, художественность, семиотический
ключ, композиция, общность, творческое своеобразие
THE TITLE IS THE SEMIOTIC KEY TO THE ARTISTIC CONCEPT
Abstract:
This article analyzes the skill of writers in choosing a title using the example
of stories by such writers as Utkir Khashimov, Isadzhon Sultan and Guljakhon Mardonova, in
which the image of the mother is highlighted.
Keywords:
plot, poetics of the title, artistry, semiotic key, composition, community,
creative originality.
Ona obrazi O‘tkir Hoshimov, Isajon Sulton, Guljahon Mardonova qissalarida
yozuvchilarning yoshi, hayotiy tajribasi, qalamga olgan davri, geografik areali, ijodiy
ta’sirlangan manbalari, dunyoqarashi, ijodiy niyati kabi ko‘plab hayotiy va adabiy-estetik
omillar ta’sirida turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Zotan, muayyan asarga munosib sarlavha tanlash ham ijodkorning salohiyati va
iqtidorini belgilashga asos bo‘la oladi.Chunki sarlavha kompozitsiyaning muhim unsurlaridan
biridir. Badiiy asar strukturasini o‘rgangan ukrain filologi, professor Marten Feller
ta’kidlaganidek:
“Sarlavha muallif tomonidan shunchaki tanlanmaydi, uni vaziyat, maqsad,
sharoit, emotsiya (hissiyot) yo mushohadaga yo‘nalgan fikrlash doirasi taqozo etadi”
1
.
Demak, sarlavha tanlash jo‘n yumush bo‘lmay, unda yozuvchining badiiy-estetik fikr-
mushohadalari, his-tuyg‘ulari faol ishtirok etadi. Hikoya janri va uning sarlavhasiga xos
xususiyatlar haqida to‘xtalgan adabiyotshunos Hotam Umurov uning aniqlik, qisqalik,
umumlashtiruvchilik, kitobxonni jalb etish jozibasi kabi bir qator yetakchi belgilarini ta’kidlab
yozadi:
“Aniqlik va qisqalik nasrning birinchi ustunligidir. U fikrni talab etadi. Busiz go‘zal
hikoya hech narsaga xizmat qilmaydi. Asar sarlavhasi bir yoki bir nechta so‘zda ifodalanishi,
1
Феллер М. Структура произведения. –М.: Книга, 1981 – С. 90
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
115
yuzlab sahifalarga sochilgan fikrni o‘zida aniq, nomlanishidanoq o‘quvchini o‘ziga jalb qilishi
lozim. Bu juda ham azobli, ayni chog‘da rohatlidir.”
2
.
Bizningcha, yuqoridagi fikrlarni qisman rivoyaviy janr bo‘lgan qissaga nisbatan ham
qo‘llash mumkin. To‘g‘ri, qissada qahramon hayotining bir lavhasi emas, balki uning o‘zi
yetakchi planga chiqadi. Hayotiy qamrov birqadar kengayadi. Syujet va kompozitsiya ham
shunga mutanosib tarzda muayyan o‘zgarishlarga uchraydi. Ammo sarlavhaning qisqa,
ixcham va jozibador bo‘lishi qissani ham bezaydi.
Haqiqatdan ham asarning nomidanoq u nima yoki kim haqidaligi bilib olishimiz, ma’lum
tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin. Adabiyotshunos Komiljon Hamroyevning yozishicha:
“Ijodkor matn mazmunini ma’lum bir so‘z yoxud jumlaga jo qilar ekan, badiiy asar mohiyatini
sarlavhaga yashiradi. Boshqacha aytganda, sarlavha ijodkorning badiiy niyati, asar g‘oyasi,
obrazlar tizimi va barcha unsurlarni yagona fokusga jamlovchi mitti asardir.”
3
Anglashiladiki, badiiy sarlavhaning o‘ziga xos poetik ko‘rinishlari bor. Ayrim asarlar
mazmuni sarlavhada anglashilsa, ba’zi asarlarda bu yashirin tarzda beriladi. Sarlavha
nomidan o‘quvchi asarning nima haqida ekanligini bila olmaydi. Shuni nazarda tutgan
professor Abdug‘afur Rasulov:
“Badiiy asarning nomi – semiotik kalit. Kalit esa mohiyati,
borlig‘ini belgilovchi konsepsiyaning aniq, lo‘nda ifodasi. Ifodalanayotgan konsepsiya hayotiy,
to‘liq anglab yetilgan bo‘lsa, yozuvchi dastxati ravon, jumla-yu kalomlar mag‘izi to‘q bo‘ladi.”
4
.
-
deb ta’kidlaydi
.
“Dunyoning ishlari” qissasi sarlavhasidan uning bosh qahramoni ona obrazi ekanligini
anglanmaydi. Muallif dunyoning ishlari haqida yozar ekan, undagi har bir shaxs, narsa,
voqeani ona obraziga bog‘liq tarzda ko‘rsatib beradi. Qissani mutolaa qilmoqchi bo‘lgan
kitobxon sarlavha tufayli “Dunyoning ishlari” degan falsafiy birikma zamirida chuqurroq
ma’no yotishi mumkinligini anglaydi va qissaning har bir sahifasini o‘qish chog‘ida dunyoning
ishlari shu ekan-da, degan xulosaga keladi. Ushbu qissada sarlavha muallif badiiy niyatini
yashirsada, asar boshidagi “Muallifdan” deya berilgan izoh ijodkor maqsadini oydinlashtiradi:
“Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq, ularning barchasida men uchun eng aziz
odam- onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Faqat
ba’zilarining ismi o‘zgardi, xalos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga
bog‘langan. Dunyodagi hamma onalar farzandiga munosabat bobida bir-biriga juda o‘xshaydi.
Bas, shunday ekan, bu asar sizlarga bag‘ishlanadi, aziz Onajonlar!”
5
.
Ushbu o‘rinda muallif izohi
asarning mazmuni, g‘oyasi, bosh qahramoni haqida qisman bo‘lsa-da ma’lumot berish uchun
xizmat qilgan. Yozuvchi qissani tashkil etgan 33 ta novellaning har biriga alohida sarlavhalar
qo‘yadi. Ular voqealar, qahramonlar haqida muayyan tasavvur beradi.
Isajon Sulton qissasida sarlavha poetik ochqich vazifasini bajaradi. Kitobxon asar
sarlavhasidan uning qahramoni va g‘oyaviy mazmuni haqida ma’lum tasavvurga ega bo‘ladi.
Darhaqiqat, “Onaizorim” qissasi sarlavhasi qissa semantek-sturuktur xususiyatlarini,
badiiy konsepsiyasini ifoda etadi. “Onaizorim” so‘zining o‘ziyoq kitobxonga ona va farzand
o‘rtasidagi samimiy va mehrli munosabatlarni eslatadi. Qissada ona maqomidagi qahramon
borki, uni muallif onaizor deb tanishtiradi. Dastlab muallif Ra’noning onasi, enasini onaizor
2
Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – T: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004. – B.136.
3
Hamrayev K. Hikoya kompozitsiyasi. – T: Nurafshon business, 2020. - B. 92.
4
Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. – Т.: Шарқ, 2007. – Б. 52-53.
5
Hoshimov O‘. Dunyoning ishlari. –T: Sharq, 2005. –B.3.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
116
deb tanishtirsa, keyinchalik Ra’noga ushbu maqomni beradi. Qissa avvalida muallif asarni
O‘lmasoy opasining aziz xotirasiga bag‘ishlaganligini ta’kidlaydi. Qissa besh qismdan iborat
bo‘lib, qismlar sarlavhalanmagan.
“Quyoshim-enam” qissasi sarlavhasidanoq uning boshqa qissalardan ajralib turuvchi
jihatini ko‘rishimiz mumkin. Muallif mahalliy shevasidan kelib chiqqan holda ona so‘zi o‘rniga
ena so‘zini qo‘llaydi. Odatda yozuvchilar dastlab asarga sarlavha qo‘yib keyin asarni yozishga
kirishadilar, ba’zi holatlarda buning aksi ham bo‘lishi mumkin, ya’ni asar yozib tugatilgandan
so‘ng muallif unga sarlavha tanlaydi. Muallif asar nomini o‘zgartirib boshqa sarlavha qo‘yishi
adabiy jarayonda kamdan-kam holatlarda bo‘lsa-da, uchrab turadi. Mana shunday holat
“Quyoshim-enam” qissasi sarlavhasi bilan ham kuzalitgan. Dastlab qissa “O‘zimning enam”
nomi bilan badia ko‘rinishida matbuotda e’lon qilinadi. Keyinchalik badia qissa holatiga
keltirilib, “Quyoshim-enam” sarlavhasi bilan nashrdan chiqariladi. Muallif qissaga nom
qo‘yishda o‘xshatishdan foydalanadi, ya’niki enani quyoshga o‘xshatadi. Ona quyosh kabi
mehribon hammaga birdek mehr nurini sochadi, u quyosh kabi yorqin. Qolaversa, ona bilan
bog‘liq yorqin hamda taftli xotiralar, asar qahramonlari o‘rtasidagi iliq munosabatlar, mehr-
oqibat kabi insoniy fazilatlarning barchasi asar sarlavhasi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.
Bundan tashqari adiba qissani tashkil etgan 29 ta hikoyaning har biriga hikoya voqealariga
mos holda sarlavha qo‘ygan.
Guljahon Mardonova ham O‘tkir Hoshimov va Isajon Sulton kabi qissa avvalida ushbu
qissa bag‘ishlov ekanligini ta’kidlaydi. Muallif
“Mehr-shafqat, oqibatni har narsadan afzal
bilgan onam Xadicha Xudoyqulgovboy qizining porloq xotirasiga bag‘ishlayman”
deb yozadi.
Qissada onaning sobit imon-e’tiqodi, fidoyiligi, bag‘rikengligi, samimiyati singari mental va
o‘ziga xos fazilatlari hikoya qilinadi.
Fikrimizcha, har uchta qissa sarlavhasi ham o‘ziga xos bo‘lib, bir-biridan ma’nosi,
g‘oyasi, muallif maqsadi, bosh qahramonning sarlavha bilan bog‘lanishi kabi jihatlari bilan
ajralib turadi.
References:
1.
Феллер М. Структура произведения. –М.: Книга, 1981.
2.
Умуров Ҳ. Адабиётшунослик назарияси. – Т: А.Қодирий номидаги халқ мероси
нашриёти, 2004.
3.
Ҳамраев К. Ҳикоя композитсияси. – Т: Nurafshon business, 2020.
4.
Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. – Т.: Шарқ, 2007.
5.
Ҳошимов Ў. Дунёнинг ишлари. –Т: Шарқ, 2005.
6.
Султон И. Боғи Эрам. –Т.: Шарқ, 2015
7.
Мардонова Г. Қуёшим-энам. –Тошкент: Шарқ, 2021.
