ARAB MA’RIFATPARVARLARINING SHAKLLANISHI

Аннотация

Misr ma’rifatparvarlik harakatining ilk vakillaridan bo‘lmish Rifoa Badaviy Rafi at-Taxtoviy 1825-yilda xadiv Muhammad Ali davrida Frantsiyaga boradi. Al-Ahzar madrasasida tahsil ko‘rgan, to‘la-to‘kis diniy ma’lumotga ega bu shayx Parijda frantsuz tilini o‘rganadi, madaniyati bilan tanishadi, ayniqsa Vol`ter, Russo, Montesk`e asarlari unda chuqur taassurot qoldiradi. 1830-yil iyul inqilobining guvohi bo‘ladi va o‘ziga tegishli xulosalar chiqaradi. Misrga qaytib kelgach, ilm-ma’rifat tarqatish sohasida keng ko‘lam olgan harakatga qo‘shiladi va uning taniqli namoyandalaridan biriga aylanadi. Shu kezlari Misrda “al- Vaqoi al-Misriya” nomi bilan ilk bor arab tilida ro‘znoma chop etila boshladi. Shayx unga muxarrirlik qila boshlaydi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
52-53
35

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Sherxanov , S. . (2024). ARAB MA’RIFATPARVARLARINING SHAKLLANISHI. Молодые ученые, 2(24), 52–53. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/47140
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Misr ma’rifatparvarlik harakatining ilk vakillaridan bo‘lmish Rifoa Badaviy Rafi at-Taxtoviy 1825-yilda xadiv Muhammad Ali davrida Frantsiyaga boradi. Al-Ahzar madrasasida tahsil ko‘rgan, to‘la-to‘kis diniy ma’lumotga ega bu shayx Parijda frantsuz tilini o‘rganadi, madaniyati bilan tanishadi, ayniqsa Vol`ter, Russo, Montesk`e asarlari unda chuqur taassurot qoldiradi. 1830-yil iyul inqilobining guvohi bo‘ladi va o‘ziga tegishli xulosalar chiqaradi. Misrga qaytib kelgach, ilm-ma’rifat tarqatish sohasida keng ko‘lam olgan harakatga qo‘shiladi va uning taniqli namoyandalaridan biriga aylanadi. Shu kezlari Misrda “al- Vaqoi al-Misriya” nomi bilan ilk bor arab tilida ro‘znoma chop etila boshladi. Shayx unga muxarrirlik qila boshlaydi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

52

ARAB MA’RIFATPARVARLARINING SHAKLLANISHI

Sherxanov Sultonmurod Davronboy o`g`li

Turan xalqaro universiteti

“Gumanitar fanlar va pedagogika”

kafedrasi o`qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13827577

Tayanch so`zlar:

Ma`rifatparvarlik, madaniyat, inqilob, san`at, ma`naviyat, adolat.

Key words:

Enlightenment, culture, revolution, art, spirituality, justice.

Rifoa at-Taxtoviy (1801-1873).

Misr ma’rifatparvarlik harakatining ilk vakillaridan

bo‘lmish Rifoa Badaviy Rafi at-Taxtoviy 1825-yilda xadiv Muhammad Ali davrida Frantsiyaga
boradi. Al-Ahzar madrasasida tahsil ko‘rgan, to‘la-to‘kis diniy ma’lumotga ega bu shayx
Parijda frantsuz tilini o‘rganadi, madaniyati bilan tanishadi, ayniqsa Vol`ter, Russo, Montesk`e
asarlari unda chuqur taassurot qoldiradi. 1830-yil iyul inqilobining guvohi bo‘ladi va o‘ziga
tegishli xulosalar chiqaradi. Misrga qaytib kelgach, ilm-ma’rifat tarqatish sohasida keng
ko‘lam olgan harakatga qo‘shiladi va uning taniqli namoyandalaridan biriga aylanadi. Shu
kezlari Misrda “al- Vaqoi al-Misriya” nomi bilan ilk bor arab tilida ro‘znoma chop etila
boshladi. Shayx unga muxarrirlik qila boshlaydi. At-Taxtoviy va uning atrofidagi ilg‘or
ziyolilarning faoliyati ko‘magida Yevropa tillaridan 2000 dan ziyod asarlar arab tiliga
o‘giriladi. Ular orasida fan-texnika, madaniyat, san'at, xarbiy ish, qurilish, ta'lim-tarbiya va
boshqa ko‘plab sohalarga bag‘ishlangan asarlar, o‘quv qo‘llanmalari, qomuslar tarjima qilindi
va nashr etildi. Bular hammasi kelajak arab ziyolilarning shakllanishiga katta turtki bo‘lgan.
Frantsiya sayohatidan olgan taasurotlarini “Rifoa sayohati”

16

nomli asarida aks ettirib, Rifoa

at-Taxtoviy o‘zini ilg‘or mulohazalarini to‘la namoyon qildi. Bu asarning to‘la nomi “Parij
ziyoratidan sof oltin olinishi”dir (“Taxlis al-ibriz fi talxis Bariz”(1834)). Bunda muallif
Frantsiyani Misr uchun ibratli manba va o‘rnak sifatida tan olib, u yerda o‘rnatilgan tartiblar,
urf- odatlar, ta'lim tizimi, qo‘yilgan ilmiy ishlar darajasi va uslublari, jamiyatning siyosiy
tashkil etish tarkibi haqida so‘z yuritadi.

70-yillarda at-Taxtoviy o‘z davri uchun yangi bo‘lgan tezisni – qonunlarni hayot

talablariga muvofiqlashtirish kerakligini ko‘taradi. Bu shariatga ham taalluqligini ta'kidlaydi.
Keyinchalik shariatni o‘zgarayotgan sharoitlarga moslashtirish lozimligini islom islohchilari
o‘zlarining asosiy tezisiga aylantirishdi. Frantsuz xartiyasini talqin qilish borasida muallif
Arab Sharqida birinchi bor frantsuz inqilobi tamoyillarini Qur'on va sunna bilan
hamohangligini ko‘rsatishga harakat qilgan. Bunday harakatlar 40-yillardagi arab musulmon
jamiyati uchun yangi bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar an'anaviy shaklda qabul etilishi zarur
bo‘lgan, G‘arbdagi yangi ijtimoiy – siyosiy fikrlar, tushunchalar o‘z vatandoshlari uchun
naqadar muhimligini tushunib, at-Taxtoviy ularni hadislar, oyatlar, islomiy atamalar orqali
musulmonlar tasavvuriga singdirishga harakat qilgan. At-Taxtoviy shunday xulosaga keladiki,
Frantsuz tafakkuridagi va arab an'anasidagi erkinlik, tenglik, adolatlik, birodarlik
tushunchalari bir ma’noga egadir. U tabiiy huquqlar va shariat asoslari o‘rtasida deyarli farq
yo‘q, Yevropa ijtimoiy tizimining shakllari musulmonlarga azaldan tanish va yaqin, islomga
zid emasdir, deb ta'kidlaydi.

Nasif al-Yozijiy

(1800-1871). Suriya ma’rifatparvarlik harakati rivojiga katta hissa

qo‘shgan publitsist shayx Nasif ibn Abdallox al-Yozijiy alohida o‘rin tutadi. U Suriya


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

53

ma’rifatparvarligining ilk va yirik vakili sifatida tanilgan. Al-Yozijiy 1800- yilda Bayrut
atrofidagi qishloqda arab xristianlari oilasida tug‘ilgan. Uning ota- bobolari turk hokimiyatida
ikki asr davomida kotiblik vazifasini bajarganlari uchun turkcha yozijiy-kotib nomini olishgan.
O‘qimishli oiladan chiqqan Nasif al- Yozijiyning bolalari ham ko‘zga ko‘ringan adib, yozuvchi,
shoir, pedagog bo‘lishgan edilar: o‘g‘illari Habib al- Yozijiy (1833-1870), Ibrohim al- Yozijiy
(1847-1906), Halil al- Yozijiy (1858-1889) va qizi Varda al- Yozijiy(1858-1889). Al-Yozijiy
sulolasi arab ma’rifatchiligida jonbozlik qilib katta iz qoldirgan.

O‘z faoliyatini 1828-yilda Nasif al- Yozijiy Livan amiri Bashir II (1797-1840) devonida

kotiblik lavozimidan boshlagan, keyin u shoir va yozuvchi sifatida taniladi. U o‘quv yurtlarda
dars beradi va 15 dan ortiq grammatika, ritorika, mantiq, she'riyat, tibbiyot, musiqa, shariat
va boshqa fanlarga oid o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar nashr etadi.

Xulosa o`rnida shuni aytib o`tishimiz kerakki, “An-Nahda” bir-biri bilan chambarchas

bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi ikki yo‘nalishda rivojlandi. Bir tarafdan, o‘tmishdagi boy
madaniy merosga murojaat etish va ikkinchi tarafdan, G‘arb madaniyati yutuqlarini
o‘zlashtirish, ya'ni G‘arb va Sharq madaniyatlarini uyg‘unlashtirish asosida rivojlandi. Bu,
birinchidan, arablarning o‘z urf - odatlarini saqlagan holda, milliy madaniyatni rivojlantirish
xohishini ko‘rsatgan bo‘lsa, ikkinchidan, Yevropa ilmiy-texnikaviy tafakkuri yutuqlariga, G‘arb
madaniyati va turmushtarziga qiziqishini namoyon qildi. Ular o‘z kelajagi Yevropa bilan
bog‘liqligini tushunishardi.

References:

1.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli

Farmoni:2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo'nalishi bo'yicham HARAKATLAR STRATEGIYASI
2.

Mirziyoyev Sh. M. “Erkin va farovon, demokratik O ‘zbekiston davlatini birgalikda barpo

etamiz. – T.:O ‘zbekiston, 2016.B.134.
3.

Falsafa. M. Ahmedova umumiy tahriri ostida. T.2006.

4.

Falsafa: ensiklopedik lug ‘at/O ‘zRFA, I. Mo ‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. –

T.: “O ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2010.
5.

Ma’rifat yo‘lida. E.Babayeva. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012, 108 bet.

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni:2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicham HARAKATLAR STRATEGIYASI

Mirziyoyev Sh. M. “Erkin va farovon, demokratik O ‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – T.:O ‘zbekiston, 2016.B.134.

Falsafa. M. Ahmedova umumiy tahriri ostida. T.2006.

Falsafa: ensiklopedik lug ‘at/O ‘zRFA, I. Mo ‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. – T.: “O ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2010.

Ma’rifat yo‘lida. E.Babayeva. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012, 108 bet.