YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
19
O’ZBEK TILI LEKSIK QATLAMIDA BOJXONAGA OID TERMINLARNING
QO’LLANILISHI
Abdullayeva Zarnigor Usubjon qizi
Andijon Davlat Pedagogika instituti o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13789576
ANNOTATSIYA:
Maqolaning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarni davlat tilida kasbiy
og‘zaki va yozma muloqot yuritish, bojxona terminlarini nutqda samarali va to‘g‘ri qo‘llash,
soha doirasida monologik va dialogik matn tuzish ko‘nikma-malakalarini rivojlantirishdan
iborat. O‘zbek tili bojxona terminologiyasida chet tillar, xususan, ingliz tilidan kalka usulida
o‘zlashtirilayotgan yangi terminlar vujudga kelishi natijasida terminologik tizim fondi
muntazam ravishda kengayib, to‘ldirilib borilayotgani ham kuzatilmoqda.
KALIT SO’ZLAR:
bojxona nazorati ,valuta nazorati, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona
to‘lovlari, bojxona statistikasi, bojxona ekspertizasi, bojxona ishida, axborot texnologiyalari.
Istiqlol yillarida yozma va og‘zaki nutqda milliylashtirish jarayoni boshlanib, nom, atama
va terminlarni sof o‘zbek tilida atash ehtiyoji vujudga keldi. Sobiq Ittifoq tanazzulidan so‘ng
MDH respublikalarining mustaqil rivojlanish yo‘liga o‘tishi bozor iqtisodiy siyosatining jadal
amalga oshirish ehtiyojini yuzaga keltirdi. Ushbu siyosatni amalga oshirishning maqbul yo‘li
rivojlangan davlatlar ish tajribalarini o‘rganish va mos tarzda o‘zlashtirish edi. Bu esa o‘z
o‘rnida iqtisodiy terminlarning ko‘plab o‘zlashishiga va tilshunoslik sohasida “terminologik
portlash” jarayonining yuz berishiga olib keldi. Mazkur ijtimoiy-iqtisodiy burilish natijasida
yangi bojxona terminologik birliklarining o‘zbek tili zaminida rivojlanishi kuzatildi. Bu kabi
ekstralingvistik omillar bojxona terminologik tizimiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Buning
natijasida o‘zbek tili leksik qatlamiga ingliz tili orqali lotin, fransuz, italyan, grek tillaridan
baynalmilal xarakterga ega bo‘lgan terminlar kirib keldi va ular bugungi kunda ona tilimizda
qo‘llanmoqda. Zamonaviy bojxona terminlari o‘zbek tili terminologik tizimi birliklari
semantikasida yangi lingvistik nominatsiyalar sifatida talqin qilinadi. Bunday termin-
neologizmlarning ayrimlari hozircha umumiste’molga keng kirib bormagan bo‘lsa-da,
hukumat qarorlari, bojxona sohasidagi rasmiy hujjatlar va davriy matbuot sahifalari orqali
keng jamoatchilik ahliga ma’lum bo‘lib bormoqda. Biroq ayrim holatlarda lug‘atlar ham,
xususan, terminologik lug‘atlar terminologiyaning rivojlanishi orqasidan yetishga
ulgurmayotganini e’tirof etish joiz. Ayni paytda, o‘zbek tili bojxona terminologiyasida chet
tillar, xususan, ingliz tilidan kalka usulida o‘zlashtirilayotgan yangi terminlar vujudga kelishi
natijasida terminologik tizim fondi muntazam ravishda kengayib, to‘ldirilib borilayotgani ham
kuzatilmoqda. Demak, tilning terminologik tarkibi muttasil davom etadigan ijtimoiy-iqtisodiy
hodisa va jarayonlar bilan o‘zaro mustahkam aloqada bo‘ladi. Istiqlolgacha bo‘lgan davrda
o‘zbek tili bojxona terminlarining kalka usulida yasalishi nuqtayi nazaridan rus tili vositachi
til vazifasini bajargan. O‘zbek tili bojxona terminologik tizimida keng qo‘llanadigan leksik
qatlamning asosiy qismi rus tili ta’siri ostida shakllanishi tasodifiy holda sodir bo‘lmagan.
O‘zbek tili bojxona terminologik tizimining shakllanishi, terminlarning yasalishidagi asosiy
usul to‘liq kalkalashdir. Shu bois istiqlolgacha bojxona terminlari muloqot doirasida nisbatan
kamroq qo‘llangan. Ularning muqobili sifatida rus tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan таможня
termini faolroq edi.
bojxona nazorati.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
20
valuta nazorati.
bojxona rasmiylashtiruvi.
bojxona to‘lovlari.
bojxona statistikasi.
bojxona ekspertizasi.
bojxona ishida axborot texnologiyalari.
References:
1.
Asilova G.A. Bojxona organlari xizmat faoliyatida davlat tili. O‘quv qo‘llanma. – T., 2019. –
125 b.
2.
Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida (yangi tahrirda)/ O‘zR Qonuni/ QHMMB:
03/18/502/2068-son, 19.10.2018.
3.
Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida/ O‘zR Qonuni / O‘zR QHT, 2004. – 20- son, 230-
modda.
4.
Muratovich, M. R., & Abdurahmonovich, Q. A. (2021). Children's and Girls' Community
Learning and Raising Their Children's Community. Academicia Globe, 2(10), 92-98.
