Авторы

  • Moxidilxon Abdullayeva
    ToshDO‘TAU Ona tili va adabiyot taʼlimi fakulteti O‘zbek adabiyoti taʼlimi kafedrasi tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.47017

Ключевые слова:

Bolalar adabiyoti hayotiy syujet qiziqarli syujet xilma-xil obrazlar yosh xususiyatlari.

Аннотация

Ushbu tezisda bolalar adabiyoti tushunchasining istiloh sifatida tahlilga tortiladi. Mavjud tavsiflar keltirilib, ularning kamchiliklari izohlanadi, bolalar adabiyoti fanda ma’lum chegarani bildiradimi yoki aksinchami degan savolga javob izlanadi. Bolalar adabiyoti namunalari deganda qanday xarakterdagi asarlarni tushunish kerakligi bo‘yicha turli qarashlarga fikr bildiriladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

107

“BOLALAR ADABIYOTI” ISTILOHI TAHLILI

Moxidilxon Abdullayeva Dilshodbek qizi

ToshDO‘TAU Ona tili va adabiyot taʼlimi fakulteti

O‘zbek adabiyoti taʼlimi kafedrasi tayanch doktoranti

madilshodbekqizi1@gmail.com

Tel: +99897584288

https://doi.org/10.5281/zenodo.13761765

Annotatsiya.

Ushbu tezisda bolalar adabiyoti tushunchasining istiloh sifatida tahlilga

tortiladi. Mavjud tavsiflar keltirilib, ularning kamchiliklari izohlanadi, bolalar adabiyoti fanda
ma’lum chegarani bildiradimi yoki aksinchami degan savolga javob izlanadi. Bolalar adabiyoti
namunalari deganda qanday xarakterdagi asarlarni tushunish kerakligi bo‘yicha turli
qarashlarga fikr bildiriladi.

Kalit so‘zlar.

Bolalar adabiyoti, hayotiy syujet, qiziqarli syujet, xilma-xil obrazlar, yosh

xususiyatlari.


Bolalar adabiyoti tushunchasining oʻzi turli adabiyotlarda turlicha taʼriflanadi. Oʻzbek va

jahon adabiyotshunosligida ushbu atamaning taʼrifi oʻxshash boʻlib, tushunchalar bir-birini
toʻldirib boradi. Xususan, Mamasoli Jumaboyev oʻzining “Bolalar adabiyoti va folklor” kitobida
bolalar adabiyotiga shunday taʼrif beradi: “Bolalar adabiyoti so‘z san’ati va tarbiya vositasidir.
Kichkintoylar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga,
saviyalariga mos, kitobxonlar qalbida o‘y-fikrlar uyg‘otadigan, yorqin obrazlarga boy, yuksak
g‘oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan boʻlishi zarur. Eng muhimi, mavzular
tushunarli, sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi kerak.

Bolalar adabiyoti yoshlarni iymon-e’tiqodli kishilar sifatida va vatanga muhabbat ruhida

tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir”.

1

Yuqoridagi taʼrifning magʻzini oladigan boʻlsak, bolalar adabiyoti bolalarning yosh

xususiyatlariga, saviyalariga mos, yorqin obrazlarga boy boʻlishi, ulkan gʻoya va porloq
ishlarga ilhomlantirishi kerak boʻladi. Asosiysi, mavzu qiziqarli, til sodda va tushunarli boʻlishi
ekan. Qolgan taʼriflarni kattalar adabiyoti haqida ham bemalol aytsa boʻladi.

Boshqa aksariyat manbalarda asosan mazkur qoʻllanmada keltirilgan taʼrifga tayanilgan.

Farqli, yangi xususiyatlar ochib berilgan taʼriflar ham uchrab turadi, albatta. Ana shulardan
biriga koʻra, “bolalar va o‘smirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop va
publitsistik asarlar majmuyi tom ma’noda bolalar adabiyotini tashkil etsa-da, asosan, sof
badiiy asarlar bu tushuncha mohiyatini anglatishi an’anaga aylangan. Bolalar adabiyoti
tushunchasi avvalo, turli yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan so‘z san’atidir. U
voqelikni aynan o‘n olti-o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar idroki, tasavvuri, tafakkur
obrazlarida gavdalantiruvchi badiiy asar namunalarini o‘zida mujassamlashtiradi”.

2

Taʼriflar

orasida nisbatan mukammal boʻlgan mazkur jumlaning davomida yana shunday deyiladi:
“…o‘zbek bolalar adabiyoti dastavval, hodisa shaklida, so‘ngra bolalar va o‘smirlarga
mo‘ljallab, nihoyat, ularga ixtisoslashgan adabiy hodisani ifodalagan holda dunyoga keldi.
Buning tarixiy-tadrijiy taraqqiyot xususiyatlari, badiiy-uslubiy tamoyillari, ilmiy-nazariy

1

Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. –Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi

nashriyoti, 2006. – B.3.

2

Jamilova B. Oʻzbek bolalar adabiyoti. Toshkent: Noshir, 2019, b6.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

108

umumlashmasi esa “Bolalar adabiyoti” deb nomlangan mustaqil fan tarixida o‘z ifodasini topib
kelmoqda.”

3

Bolalar adabiyoti tushunchasiga fan sifatida yondashgan muallif uning bir qancha

xususiyatlarini aniq sanab oʻtadi. Bularni yuqorida keltirib oʻtdik. Qiyosiy tahlil orqali bolalar
adabiyoti tushunchasiga berilgan taʼriflarni tahlil qilishda davom etamiz: “Yer yuzida
dastlabki ota-onaning birinchi farzandi dunyoga kelishi bilan bolalar adabiyoti ham maydonga
kelishi inkor qilib bo‘lmas haqiqatdir. Chunki bolalar adabiyotining asosiy vazifasi o‘sib
kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash manfaatlariga qaratilgandir. Binobarin, bolalar adabiyoti
namunasi yosh avlodni ilm-maʼrifat nuridan bahramand bo‘lishga chorlaydimi, kasb-hunar
o‘rganishga chaqiradimi, eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladimi,
bulardan qatʼi nazar, uning bosh vazifasi farzandlarimizni maʼnaviy-axloqiy kamolot ruhida
tarbiyalashdir. Demak uning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri uning nafaqat adabiy-estetik, balki
maʼrifiy ahamiyat kasb etishi bilan ham belgilanadi.”

4

Bolalar adabiyoti tushunchasiga juda koʻp oʻrinlarda soddalik taʼrifi beriladi, ammo bu

soddalik bolalar adabiyotining ahamiyatini tushirib yuboradimi? Soʻnggi yillarda soddalik
niqobi ostida bolalar adabiyotiga yengil-yelpi asarlar misol qilib keltirilayotgani, albatta,
bolalarni saviya jihatdan bir necha pogʻona pastga tushirishini unutmaslik kerak. Aslida oʻsha
soddalik xususiyati soʻzlarning soddaligi va shaklning soddaligida aks etishi kerakki, bolalar
bu asarlarni oʻqishda, yod olishda qiynalmasin. Ammo kichkintoylarda hech qachon va hech
qachon mazmunan sodda, yengil-yelpi asarlarni taqdim qilmasligimiz lozim. Sababi
“adabiyotning boshlanmasi va umumkitobxonlikning ostonasi hisoblanuvchi”

5

bolalar

adabiyoti oʻziga singdira olmaydi, chunki u tabiatan oʻta mazmundordir. Soddalik mazmun
evaziga keladigan boʻlsa, bunda bolalar adabiyoti umumkitobxonlikning, adabiyotning
shunchaki quruq surati va oʻyinchoq koʻrinishi boʻlib qolaveradi. Aslida esa aksincha boʻlishi
kichkintoylar uchun yaratilgan asarlar ularni adabiyotga kirib kelishi, bu fanga qiziqishi va
umuman kitobxon bir avlod boʻlib yetishishida pillapoya vazifasini bajarib berishi lozim
boʻladi. Shu jihatdan, shaklan kattalar uchun murakkab hisoblangan asarlarning ham tillarini
soddalashtirish, ularning multserial shakllarini yaratish orqali bolalar uchun magʻzi toʻq,
mohiyatan teran asarlar taqdim qilish imkoniyatimiz bor. Shunda bolalar adabiyoti
tushunchasi maʼlum chegaralar bilan cheklanib qolmasdan mohiyat teranlashuvini kasb etishi,
bu esa murgʻak qalb sohiblarining yanada zukko, oqil boʻlib yetishishlarini taʼminlaydi. Aslida
yosh xususiyatlari ham kundan kunda oʻzining nisbiy tushuncha ekanini isbotlamoqda,
masalan 2020-yillarga qadar bolalar kitobxonligi yoshi 17 yoshgacha hisoblangan boʻlsa,
bugun 17 yoshli shaxsni bola deb atash biroz qiyin, sababi u oʻzidan katta yoshdagi
insonlardan zamonaviy bilimlar borasida ancha aqlli, texnologik qobiliyatlari yuksak. Shunday
ekan, bolalar adabiyotiga mumtoz adabiyot namunalarini, Navoiy asarlarini, nazariy
maʼlumotlarni asta-sekinlik bilan sodda tarzda kiritish ancha samarali boʻladi. Ana shunda
bolalar adabiyotini emas, bolalar uchun adabiyotni oʻqitish masalalari kun tartibiga koʻtarilib,
yangi metodlar, yangi tadqiqotlar koʻpchilik uchun foydali ahamiyat kasb etadi. Qachongacha
“Navoiy asarlarini tushunmaymiz” deb oʻzimizga chegara qoʻyamiz? Ertaga bolalar adabiy

3

Jamilova B. Oʻzbek bolalar adabiyoti. Toshkent: Noshir, 2019, b7.

4

Barakayev R. Istiqlol davri oʻzbek bolalar sheʼriyatining baʼzi oʻziga xosliklari. Uluslararası Başarı Bilimler ve sanat

dergisi. 2021, 2 (1), b28.

5

Jamilova B. Oʻzbek bolalar adabiyoti. Toshkent: Noshir, 2019, b4.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

109

savodxonligi past boʻlmasligi uchun tamal tushunchalarni bugun yaratishimiz kerak. Nega
matematika sohasiga aloqador boʻlmagan odam ham karra jadvalini yoddan biladi. Arifmetik
amallarda hisoblay oladi. Adabiyotning ham oʻz arifmetik amallari, oʻz karra jadvali boʻlishi
kerak va bu aynan bolalar adabiyoti orqali singdirilishi hamda hayot davomida insonga
asqatadigan tushunchalardan tashkil topishi lozim.

“Bolalar va oʻsmirlarga bagʻishlangan asarlarga qoʻyiladigan talab sujetning qiziqarligi,

hayotiyligi va xilma-xil obrazlarga boyligini taqozo etishi, bunday asarlar bolalarga estetik
zavq berishi bilan bir qatorda, ularning tabiat hodisalari va kishilar oʻrtasidagi
munosabatlarni chuqur anglashga, hayotiy hodisalarini his etishga oʻrgatishi tahlilga
tortiladi”.

6

Keling, bolalar va oʻsmirlarga bagʻishlangan asarlarga qoʻyiladigan yuqorida

sanalgan talablarni tahlil qilamiz.
1.

Syujetning qiziqarliligi. Aksariyat mumtoz adabiyot namunalarida ham syujet tarang,

oʻta qiziqarli boʻladi. Masalan, 5-sinf adabiyot darsligiga kiritilgan “Sher bilan durroj”
hikoyatida ham voqealar rivoji juda ham qiziqarli kechadi. Navoiyning “Hayrat ul-abror”
dostonidagi “Toʻgʻrilik bobi”ga ilova qilingan mazkur hikoyatning bolalarga moslangani,
shaklan soddalashtirilib, mazmun gʻoyat aniq tarzda saqlab qolingani adabiyot va bolalar
adabiyoti aslida umumiy tushunchalar ekaniga yorqin isbot boʻla oladi.
2.

Syujetning hayotiyligi. Bolalar uchun yaratilgan asarlarda syujet fantastik ruhda boʻlishi

ham mumkin, aslida. Bu yerda muallif aynan qanday hayotiylikni nazarda tutgani bizga
mavhum koʻringan boʻlsa-da, shuni taʼkidlashimiz kerakki, mazmunan ancha katta yuk
tashuvchi asarlarning aksarida syujet hayotiy tasvirlanadi. Agar farazni inkor qilib, talabni
reallikdan noreallikka, fantastikaga koʻchirganimizda ham fikrimiz oʻzgarishsiz qoladi.
Demoqchimizki, Navoiy asarlarida qanchadan qancha fantastik unsurlar uchraydi, ularning tili
soddalashtirilsa, bolalar uchun qanchalik qiziq syujetlar hosil boʻlishini bir tasavvur qilib
koʻring-a.
3.

Obrazlarning xilmaxilligi. Obrazlar xilmaxilligi ham bugun biz bolalar adabiyoti deb

hisoblagan asarlargagina emas, barcha adabiyot namunalariga taalluqli. Shunday ekan, tili
sodda ekanini roʻkach qilib, mazmunan boʻsh asarlarni bolalarga taqdim qilishdan, ularni
bolalar adabiyoti namunalari deb atashdan chekinish, kichkintoylarga mazmunan yukli
asarlar berishdan qoʻrqmaslik, bu yoʻlda adabiy jasorat koʻrsatish vaqti yetdi.

Vikipediya ochiq ensiklopediyasiga koʻra, bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyatlari

quyidagilar: Bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyati – u

oʻzgaruvchan

hodisa boʻlib, u

kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bogʻliq. Kitobxon yoshini hisobga
olish Bolalar adabiyotining eng asosiy xususiyatlaridandir. Bolalar adabiyotining yana bir
xususiyati uning

harakatga boy

ligidir. Bundan bolalar adabiyotida syujetga boʻlgan talab

ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda
yechilishini talab qiladi.

7

Yuqoridagi istiloh izohlariga qoʻshimcha ravishda ushbu taʼrifda bolalar adabiyotining

ijtimoiy muhit bilan bogʻliqligi va tezkorlik, fantaziya va yumorga boylik xarakterlarini koʻrish
mumkin.

6

Ochilov N. Boshlangʻich taʼlimda bolalar adabiyoti. Toshkent: “LESSON PRESS” nashriyoti. 2021 b 12.

7

Wikipedia https://uz.wikipedia.org/wiki/Bolalar_adabiyoti

Ochilov N. Boshlangʻich taʼlimda bolalar adabiyoti. Toshkent: “LESSON PRESS” nashriyoti. 2021.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

110

Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimov oʻzining quyidagi soʻzlari

bilan bolalar adabiyotining ahamiyati qanchalar yuqori ekanini taʼkidlagan edi: “Ayniqsa biz
uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bolalar adabiyotini rivojlantirishga alohida
e’tibor berishimiz, mustaqil fikrlaydigan shaxslarning shakllanishi, har qanday kitobxonlik,
mutolaa madaniyati bolalikdan boshlanishini doimo yodda tutishimiz lozim”, – degan edi
I.A.Karimov.

References:

1.

Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. –Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar

uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006.
2.

Jamilova B. Oʻzbek bolalar adabiyoti. Toshkent: Noshir, 2019.

3.

Jamilova B. Oʻzbek bolalar adabiyoti. Toshkent: Noshir, 2019.

4.

Barakayev R. Istiqlol davri oʻzbek bolalar sheʼriyatining baʼzi oʻziga xosliklari.

Uluslararası Başarı Bilimler ve sanat dergisi. 2021.
5.

Jamilova B. Oʻzbek bolalar adabiyoti. Toshkent: Noshir, 2019.

Библиографические ссылки

Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. –Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006.

Jamilova B. Oʻzbek bolalar adabiyoti. Toshkent: Noshir, 2019.

Jamilova B. Oʻzbek bolalar adabiyoti. Toshkent: Noshir, 2019.

Barakayev R. Istiqlol davri oʻzbek bolalar sheʼriyatining baʼzi oʻziga xosliklari. Uluslararası Başarı Bilimler ve sanat dergisi. 2021.

Jamilova B. Oʻzbek bolalar adabiyoti. Toshkent: Noshir, 2019.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)