YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
45
NUTQIY KALIMALARNING NASRIY TARJIMASI
(ABDULLA QODIRIYNING “MEHROBDAN CHAYON” ROMANI MISOLIDA)
Raximova Irodahon Bahodirovna
O’qituvchi,
Andijon davlat chet tillari instituti,
Andijon, O’zbekiston,
E-mail: rakhimova 1974@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.13335469
Nasriy tarjima she'riy tarjimaga qaraganda oson ko‘ringani bilan u til bilgan har qanday
kishi shug'ullanib ketaveradigan soha emas. Nasr ham iste’dod mahsuli hamda rang-barang
adabiy usullar va badiiy tasvir vositalarini taqozo qiladi. Qo’lidan yozish keladigan har qanday
odam yozuvchi bo‘lib ketavermaganidek, til biladigan har qanday kishi ham nasriy asar
tarjimasiga qo‘l uravermaydi. Chunki buning uchun til bilishdan tashqari badiiy tab’ va adabiyot
qonun-qoidalaridan xabardorlik lozim bo‘ladi. Yozuvchi ham so‘z san'atkori, nasr ham san'at
asari hisoblanar ekan, tarjimondan ham iste’dod talab etiladi.
“
Badiiy tarjima
- badiiy ijod sohasidir. Chunki tarjimaning bo’lak sohalaridan farqli
o'laroq, badiiy tarjimaning o‘z xususiyatlari mavjud. Bu xususiyatlar badiiy adabivotning
tabiatidan kelib chiqadi. Chunonchi, agar fanda asosiy narsa fakt, tahlil, sxema bo’lsa, badiiy
asarda obraz, tasvir va hikoya qilinayotgan voqeaning ta’sirchanligi muhim rol o‘ynaydi. Xuddi
shu omillar badiiy tarjima uchun ham muqarrardir”[7.176]. Darhaqiqat, milliy-madaniy
fenomenlarni anglatuvchi birliklarning badiiy tarjimada berib ketish murakkab masala, buning
uchun tarjimondan asarning qagramon obrazlariga kirib olishi, ya’ni har bir qahramonning
hayotida alohida ro’l o’ynayotganday his qilishi va asar qahramonlarini nutqiy kalimalarini
aynan qahramonlarda hos qilib o’girishi talab qilinadi. Biz bu bobimizda
nutqiy kalimalarning
o’zbek milliy-madaniy xususiyatlarini ifodalovchi fenomenlari tarjima masalalarida bartaraf
etish yo’llarini tahlil qilib chiqishni o’zimizga maqasad qilib oldik.
Endi esa tadqiqot obyektimizga tanlab olingan asar “Mehrobdan chayon” asarining
nutqiy kalimalrining milli-madaniy xususiyatlarini ifodalovchi fenomenlarni tahlildan
o’tkazmoqchimiz.
Asliy matn
: Solih maxdum 1230-1290-nchi hijriy yillarda «Ho'qandi firdavsmonand»da
yashag'an bir
muallim
va
imom
, o‘z zamonasining istilosi bilan aytkanda, «maktabdor
domla»dir. Solih maxdum sinfi jihatdan
ulamo
oilasiga mansub bo'lib, bobosi Olimxon va
Umarxon davrlarida
muftilik
,
qoziliq
mansablarida xizmat qilg'an, otasi ersa Qo'qonning
Madalixon (Muhammad Alixon)
madrasa
sida necha yillar
mudarris
bo'lgandir. Qisqasi
maxdumning ota-bobolari xonlar qoshida mumtoz va xalq nazarida «
sharaflik va muhtaram
»
mavqi’ni ushlab kelganlar. Biroq bu mumtoz
silsila
bizning maxdumgacha yetib kelalmay,
Mamadalixonning qatli bilan birga kesilgan, buning mojarosi ersa quyidag'ichadir:[1.10]
Matn tarjimasi
: Solikh Mahdum was "
teacher
at school” during 1230-1290 of Hijra.
According to his classification 'Mahdum came from an educated family. His grandfather was a
mufti
, and
religious judge
at Olimkhan and Umarkhan's palaces and his father used to be a
teacher in Muhammadalikhan's madrassah for many years. In short Mahdum's ancestors were
honored and appreciated people who used to work at the Khan's palaces. But his
dignity and
honor
did not reach Mahdum because Muhammadalikhan was executed. It happened like
this:[1.10]
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
46
Muallim[3.622]
-
o’rgatuvchi, o’qituvchi; ustoz. Dars beruvchi kishi; O’qituvchi, pedagog.
Matematika muallimi. Musiqa muallimi. Universitet muallimi. Sinfga muallim bo’lib kiryapsizmi
yo o’rta asrlar tarixi uchun ko’rgazmali qurol bo’libmi? S.Siyoyev, Yorug’lik.
2 Ta’lim beruvchi, birovga biror narsa o’rgatuvchi kishi; ustod, ustoz
Teacher[8.1]-
1.one that teaches
especially
:
one whose occupation is to instruct. 2. a
Mormon ranking above a deacon in the Aaronic priesthood;
Tarjimasi
: o'rgatadigan yoki
o’qitadigan: mashg'uloti o'rgatish (o’qitsh) bo'lgan; 2. Mormonlar Horun ruhoniyligida
deakondan yuqoriroq
Imom[2.203]
-boshliq; rahbar; peshvo; namozda oldinda turuvchi.1 Namozda
jamoatning oldida turib, namozni boshqaruvchi, ularni o’ziga iqtido etuvchi shahs. Namoz shu
yerda, mehmomhonada o’qildi. Abdushukur imom bo’ldi. Oybek, Tanlangan asarlar
2 Islom peshvolarining unvoni. Sizga kim aytdi, madrasadan chiqqanlarning hammasi
imom yoki qozi bo’ladi deb. M.Ismoiliy, Farg’ona t.o.
3 Imom (erkaklar ismi)
Muftilik[3.656]-
fatvo beruvchi, din. Musulmonlarda oliy lavozimli ruhoniy; shariat
qonunlariini talqin qiluvchi, shariat va huquq masalalari yuzasidan hukm chiqaruvchi, fatvo
beruvchi lavozimli ulamo. Boshqa qozi blan amaldor bor safda, ularning ketidan rais bilan
mirshab bir safda, ulardan keyin tuman muftisi...mirshab yigitlari yasov tortib keldilar. S.Ayniy,
Qullar.
Qoziliq[4.322]-1.
qoziga hos ish, vazifa, lavozim.Qurbonniyoz tog’am, qozi Abdulvohid
qoziligining tashlab ketgandan keyin, mulozimlikni tark qilib, pahtakashlikka kirishgan.
S.Ayniy, Esdaliklar
2 s.t.Oraga tushib, kimsalar o’rtasidagi janjalni bartaraf qilish; hakamlik. Studentlar ongli
odamlar bo’lgani uchun, dehqonlar ularga ishonar...janjalli
masalalar chiqib qolganda, qozilikka chaqirishar edi. Tursunqulov, Hayotim qissasi
religious judge[8.5]-
one who makes judgments: such as a public official authorized to
decide questions brought before a court; one who gives an authoritative. Tarjimasi: hukm
chiqaradigan: masalan, sudga berilgan masalalarni hal qilish vakolatiga ega bo'lgan davlat
amaldori; vakolat bergan kishi;
qozilik qilmoq[4.322]-s.t.
qozilikka hoz ish-vazifani ado etmoq,.Afandi qozilik qilib
turganda, undan birav:-Afandi, sizning qancha do’stingiz bor?-deb so’rabdi. “Sharq yulduzi”
madrasa[6.72]-
-
[maktab, o’quv yurti] Fandagi yo’nalish, maktab]1 tar. Yaqin va O’rta
Sharq mamlakatlarida, shuningdek, chor Rossiyaning ko’pchilik musulmonlar yashaydigan
hududlarida diniy oliy o’quv yurti. Nodira Anvarni o’qitmoqchi, hatto madrasaga yubormoqchi.
A.Qodiriy, Mehrobdan chayon
2 O’zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi diniy maktab
Mudarris[6.32]-[
dars beruvchi; o’qituvchi, muallim
]
Madrasada dars beruvchi kishi.
Madrasa Oqituvchisi. Katta amakisi Buxoroning “Ho’ja Porso” Madrasasining mudarrisi bo’lib,
Abdurahmon shu kishining tarbiyasiga kelgan edi. A.Qodiriy, Mehrobdan chayon. Noib
mudarris oldida so’roq berayotgan mullavachchaday shoshib qoldi. S.Siyoyev, Avaz.
Silsila[6.72]
-[
zanjir; qator; saf; tizim
]
kt.1 Ma’lum tartibda ketma-ket tizilgan narsalar.
Tog’lar silsilasi. Derazalardan qarg’a ko’milgan daraxtlar, taomlar, dala va uzoqda tog’ silsilasi
ko’rinadi. Uyg’un, Hurriyat. Bu-Ko’hisiyoh. Uning ostida yalang’och qo’ng’ir qoyalar silsilasi.
Mitmuhsin, Me’yor
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
47
2
ko’chma
. Birin-ketin sodir bo’luvchi hodisalar tizmasi, zanjiri. Hayot silsilasida oltin
Halqqa degudek, Odamlar, yosh onani qutlab qo’yingiz bu choq. A.Isroilov, Biz dunyo
odamlari.Uning barcha romanlari, eng avvalo, tarihiy sosiologik yo’sinda tadqiqotlar
silsilasidir.”O’ta”
3
Sulola
; shajara. Bag’riga qon shimgan bu qadim tuproq. Ko’p ko’rgan avlodlar silsilasini.
A.Isroilov, Biz-dunyo odamlari.
sharaflik va muhtaram-
hurmatga ega boʻlgan; faxrli va ulug’, qadrli, aziz ma’nosini
bildiradi.
dignity and honor-
"honour" is understood as a hierarchical measure of social value,
and. "dignity" is understood as the inherent and equal worth of every individual.
Tarjimasi
:
"sharaf" ijtimoiy qadriyatning ierarxik o'lchovi sifatida tushuniladi va. "qadr-qimmat" deganda
har bir shaxsga xos va teng qadriyat tushuniladi.
Yuqorida o’zbek tilida berilgan asliy matnning nutqiy kalimalaridan biri bo’lgan
muallim
leksemasiga ingliz tilida tarjimon
teacher
leksemasini berib o’tkan. Bizningcha ham
teacher
leksemasining izohi ning 3-bandida “
a Mormon ranking above a deacon in the Aaronic
priesthood:
Mormonlar Horun ruhoniyligida deakondan yuqoriroq izohi ma’nosidan anglash
mumkinki, ushbu leksema din ulamolariga ham dars beruvchi muallim sifatida qo’llanilishi
mumkin. Tarjimon tarjimani mohiroba tarjima qila olgan. Tarjima matnida
imom
leksemasini
bermay ketgan.
Mufti
leksemasini esa matnda tarjimon shundayligicha qoldirib ketgan,
bizningcha ham tarjimon ushbu leksemasini qoldirilshi o’rinli bo’lgan, milliy madaniy
maqomlarni tarjima qilinmagani ma’qul deb hisoblaymiz.
Qoziliq
leksemasini esa tarjimon
ingliz tilida muqobilini
religious judge
frazemasiga o’girgan. Shu yerda birta munozarali baxs
paydo bo’lishi mumkin, chunki
imom
leksemasini bermay,
qoziliq
leksemasini ingliz tiliga
o’girib qo’ygan. Demak, tarjimon
mufti
leksemasini ham shundayligicha berib qoldirganda edi,
munozarali bahs paydo bo’lmagan bo’lardi deb o’ylaymiz.
Mudarris
leksemasi
dars beruvchi;
o’qituvchi,
muallim
ma’nosini bildirib keluvchi leksemasi ham tarjimon tomonidan berib
ketilmagan. Yana shuni ta’kidlab o’tamiz, ushbu leksemani ham shundayligicha umumiy planda
berib ketilganda yahshi bo’lardi.
Sharaflik va muhtaram
nutqiy kalimasiga ingliz tilida
tarjimon
dignity and honor
nutqiy kalimasini mohirona keltirib qo’ygan.
References:
1.
A. Qodiriy. «Mehrobdan chayon» / roman / «Abadiy barhayot asarlar»turkumi / Nashrga
tayyorlovchi: Xondamir Qodiriy.- Т.: “Navro‘z”, 2019. - 10b.
2.
O’zbek tilining izohli lug’ati. I-harfi.-B.203
3.
O’zbek tilining izohli lug’ati. M-harfi.-B.622
4.
O’zbek tilining izohli lug’ati. Q-harfi.-B.322
5.
O’zbek tilining izohli lug’ati. Q-harfi.-B.322
6.
O’zbek tilining izohli lug’ati. T-harfi.-B.72
7.
Ochilov Ergash. Badiiy tarjima masalalari (o‘quv qo’llanma). - Т., 2014.- 176
8.
