YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
144
SAYF UZ-ZAFAR NAVBAHORIYNING «DURR UL-MAJOLIS» (MAJLISLAR
DURDONASI) ASARINING YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDAGI
AHAMIYATI
Akbar Allamov
BuxDU “Islom tarixi va manbashunosligi, falsafa
kafedrasi katta o`qituvchisi.
Rohila Rajabova
“Islom tarixi va manbashunosligi, falsafa
kafedrasi o`qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.12158445
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Sayf uz-Zafar Navbahoriyning «Durr ul-Majolis» asarining
yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tilgan.
Sayf uz-Zafar Navbahoriy «Durr ul-Majolis» asarida Mehtar
1
odamning yaratilishi haqida
ko‘plab ma’lumotlarga boy qissani bayon etgan. Asarda Alloh taolo o‘zining qudrati bilan
odamni yo`qlikdan borliq olamda paydo qilmoqchi bo`lib, shunday dedi:
- Men bir mavjudot yaratmoqchimanki, u huzurimdagi eng yaqinlarimdan bo`ladi, yana uning
zurriyotidan bandalar yaratajakmanki, ular meni do`st tutadilar. Men o`zimning kamoli
qudratim bilan ularni baxtiyor va sarafroz qilajakman, deb «Yuhibbuhum va yuhibbunahu»
2
.
Arsh dedi:
- Ey Xudo, bunday baxtiyor bandani mendan paydo qil, sen meni ulug` Arsh qilib yaratding, «Va
huva arsh ul- azim»
3
deding , maxluq va mavjudotlardan nimaiki yaratgan bo`lsang, hammasini
mendan yaratding.
Kursi dedi:
- Ey pok parvardigorim, meni o`z lutfing bila «vasi’a kursiyyuhus samavati val-arz»
4
deb yod
qilding , o`sha saodatli qulingni mendan yaratgil.
Osmon esa:
- Sen yulduzlar bilan bezading va Qur’oningda: «Va laqod zayyannas samaa ad dunya bi
Masobiha» debsan, bu davlatmand bandangni o`z muhabbating bilan sarafroz qilar ekansan,
uni mendan yaratgil, toki men uchun shodlik hosil bo`lsin ,- dedi.
Xullas, har biri o`z arzini aytib, Maqsudlarini izhor qilar edilar. Shunda Haq subhonahu va
taolodan farmon bo`ldi.
-
Ey yer, Odam alayhis salom sendan yaratilishini nega orzu qilmaysan?
Yer dedi:
-Ey ilohim, sen o`zing donosan va binosan
5
, Arshing o`zining ulkanligi bilan noz qiladi, osmon
yulduzlari bilan maqtanadi, men esa barcha mavjudotlarning oyog`i ostidaman, men
shunchalik zaif va bechora bo`la turib, shunday ulug` hilqatni qanday qilib o`zimga ravo
ko`ray?
1
Ulug`, oliy, buzrukvor)
2
Ularni yaxshi ko`radi, uni ham yaxshi ko`radilar
3
У улуғ Аршдир
4
Uning kursisi osmonu yerdan ham kengdir
5
Ko`rib turuvchisan
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
145
Vohid ul- atoyo
6
dan farmon bo`ldi:
-Ey yer sen shunchalik ojiz va shikastalik izhor qilding, men do`sti habibimni sendan
yaratajakman. Bayt: Har kishikim tutsa o`zini ratil
7
Ham Xudoyim lutf aylar, ham Xalil
8
Rivoyat qilishlaricha, Mehtar Sulaymon a.s. qo`liga podsholik uzugini taqmoqchi bo`lganida
besh barmoqlari so`zga kirdi. Biri dedi:
-U men orqali ikki saxovat qiladi, shuning uchun ikki uzuk menga munosib.
Biri dedi:- Men ko`rsatgich barmoqman, sizlardan azizroqman, menga munosib.
Kichik barmoq barchasidan o`zini past tutib turdi. Shunda Vohibul- atoyodan farmon bo`ldi:
-
Ey, Sulaymon, kichik barmog`ingdan so`ra, u nima uchun jim turibdi?
Mehtar Sulaymon a.s. so`radi. Kichik barmoq shunday dedi:
-Ey payg`ambar, ular o`zlarining ulug` va buzruk ekanliklarini izhor qildilar, men barchasidan
kamroq va ojizu bechoraman. Kichik barmoq o`zini past tushganligi uchun Rabb ul-izzat
9
dan
farmon keldi;
-Ey Sulaymon , podsholik uzugini kichik barmog`inga taq, chunki o`zini barcgadan pastroq va
zabunroq tutdi.
Bir kun Boyazid Zul Jalol
10
dan so`radi:
-Ilohim, sening huzuringda azizroq narsa nima?
Alloh taolo dedi:
-Ey Boyazid, mening dargohimda azizroq narsa, birinchisi – siniqlik, ikkinchisi-uzr so`rash,
uchinchisi – ojizlik va bechoralik.
Alloh taolo Odam (a.s.) ni yaratishga kirishar ekan, osmondagi farishtalar:
-Ey Xudoyo, lavh ul-mahfuzga (ko`rishimizcha, odamning o`zi farmonga bo`ysunmaydi,
farzandlari esa nohaq qon to`kib, yomon ishlarni qilishar ekan, sen bizlarni pok deb yod olgan
eding? - deyishdi.
Shunda Zul-Jaloldan farmon bo`ldi:
-Ey farishtalar, men bilgan narsani sizlar bilmaysizlar. «Qola, inni a’lamu ma la ya’lamuna»
11
.
So‘ng yer nido qildi:
-Ey Jabroil, Xudo sizni, meni, barcha maxluqlar va barcha narsalarni yaratdi, ularning haqqi
hurmati uchun mendan tuproq olmang.
Jabroil qaytib borib, Xudoga murojat qildi:
-Ilohim, sen donosan va binosan, yer menga ont ichirdi. Shunda Makoilga farmon bo`ldi: «Erdan
tuproq olib kel». Yer Makoilga ham Xudoyi taoloning haqqi hurmatidan ont ichirdi. U ham
qaytib kelib, Alloh taologa ahvolini arz qildi. So`ng : «Yerdan tuproq keltir», deb, Isrofilga
farmon bo`ldi. Unga ham yer rad javobini berdi. Isrofil ham qaytib borib, Xudoyi taologa
ahvolini aytdi. Shundan so`ng tuproq keltirishni Azroilga buyurdi. Azroil alayhis salom yer
oldiga keldi. Shunda Azroil:
-Men Xudoyi taoloning buyrug`ini buzmayman,-
deb yer yuzidan bir suqim tuproq olib, Xudoyi
taoloning dargohiga olib bordi. Parvardigori olamdan shunday farmon bo`ldi:
6
Ato qiluvchi, ya’ni Xudo
7
Og`ir
8
Do`st
9
G`oliblik egasi, ya’ni Xudo
10
U
lug`lik egasi, Xudo
11
Ular bilmaydigan narsani men bilaman
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
146
-Ey Azroil, yer mening haqqi hurmatimdan ont berdi, nega unga rahm qilmading?
Azroil dedi:
Ey parvardigorim, men sening g`azabingdan qo`rqib, yerga rahm qilmadim.
Alloh taolodan farmon bo`ldi: Sen yerga rahm qilmading, endi qobiz ul-arvoh
12
sen bo`lasan.
Tuproq olib, Makkai Muazzam bila Toyif o`rtasiga qo`ygil. Yer o`zidan tuproq berishni
xohlamaganining hikmati nimada edi? Hikmati shunda ediki, Odam yerdan yaratilgach,
befarmonlik qilib, meni sharmanda qilib xijolat qiladi, deb o`yladi.
Tuproq xamir qilinib, Odam yasalgach, farishtalarning ulug`i Azroil o`zicha: «Borib odamning
tuprog`ini ko`ray, na maqomu na manzilda turgan ekan», deb, Odam yoniga keldi va uning
ichiga kirdi. Qarasa, tuproqdan bir Huqqa
13
yasab qo`yilibdi. U qancha mulohaza qilmasin,
uning nima ekanini baribir bilolmadi. So`ng o`zicha: «Men oshiqman desam, mendan ham
oshiqroq paydo bo`libdi, ammo men nurdan, u esa tuproqdan yaratilgan», deb o`yladi.
Yer yuzida bir ot bor edi. Iblis: Otni olib kelay, bu tuproqni buzsin, - dedi. Shunday deb otga
xabar berdi. Shu payt Odam alayhis salom gavdasiga jon kirgizildi. Odam aksirdi va
«alhamdulillahi robb ul-olamin»
14
, dedi. Parvardigori olamdan: «Yarhamukallohu va
yashfiyka»
15
, degan javob eshitildi.
Farishtalar: Iloho, Odam seni tanib, bandalik lazzatini totmay turib yarhamukalloh javobini
eshitdi. Bizlar necha yillardirki, dargohingda tasbihu tahlilga
16
mashg`uldirmiz, biroq bizga
bunday inoyat bo`lmagan,- dedilar.
Xudodan javob keldi: Tuproqqa ko`rsatgan lutfu karamim hech qachon sizlarga bo`lmaydi,
Odam bandalik zavqini totmagan bo`lsa-da, menga hamdu sano aytdi…
Haq subhonahu va taolo yana farishtalarga dedi: Men bandalarimning vujudida bir necha narsa
paydo qilibmanki, bu narsalar sizlarda yo`q: birinchisi- yeyish; ikkinchisi – shahvat tug`yoni;
uchinchisi – hirs va hasad; to`rtinchisi- hoyu havas; beshinchisi- shayton vasvasasi; oltinchisi-
makkor dunyo ishtiyoqi.
Ey farishtalar, agar bu narsalar sizlarda bo`lsa edi, albatta, gunoh qilgan bo`lar edingiz. Ey Arsh
va farishtalar, sizlar jannat va do`zaxni ko`z bilan aniq ko`rasizlar. Odam farzandlaridan hech
kim uni aniq ko`rmaydi, biroq mening borligimga ko`rmay iymon keltiradilar.
Rivoyat qilishlaricha, Zulayho Yusuf a.s.ga yetishish uchun shunday betoqat bo`ldiki, uni yetti
qasr ichiga kirgizib eshiklarini berkitdi va o`zi unga arz qilib dedi:- Ey Yusuf, mening murodimni
hosil qil. Yusuf a.s. yuzini o`girdi. Zulayho unga dedi: Ey Yusuf, mening dilim orzusini hosil
qilmaguningcha qo`ymasman. Yusuf a.s. Zulayhodan bu so`zni eshitib, dedi: Ey Zulayho, bu
so`zni aytmaki, mening Xudoyim hozirdir. Zulayho: Ey Yusuf, bularning ichida Xudo qanday
qilib ko`radi?- dedi. Yusuf: Ey Zulayho, bilmaysanmi, sening va mening barcha a’zolarimiz go`r
ichida bandidan judo bo`lajak, tanamiz tuproqqa aylanajak,- deb Xudoyi taolodan qo`rqib
qochishga tushdi. Yusufni tutmoqchi bo`lib, qo`llarini uzatdi. Yusufning ko`ylagi yirtildi. Shu
payt Xudoyi taolodan barcha farishtalarga murojaat keldi. Ey maloiklar (farishtalar), sizlar
«Odam zino qiladi, odam buzuqlik qiladi» deb aytgan edingiz, mana ko`ring, Yusuf mening
qo`rqinchimdan, azobimdan, haybatimdan Zulayhoga qanday muomala qildi?
Al- qissa, rivoyat qilishlaricha, Yunus alayhis salom farmon bilan bir baliqning ichiga tushib
qoldi, u baliqni esa yana bir baliq yutib yubordi. Avvalo, daryoning qorong`iligi , ikkinchi-
12
Я’ni, jon oluvchi
13
Сandiqcha, taqinchoqlar saqlanadigan kichkina idish
14
Оламлар Роббисига ҳамд бўлсин
15
Alloh senga rahm qilsin va shifo bersin
16
La iloha illalloh jumlasini takrorlash
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
147
tunning qorong`iligi, uchinchi – baliq ichining qorong`iligida qirq kecha- kunduz turdi. Shu
holatda Yunus a.s. baliqning ichida tahrima
17
namozini o`qidi. Shunda Haq subhonaho va taolo
farishtalarga: Ey farishtalar, sizlar biz hamdu sano aytamiz, der edingiz, Yunusning ishiga
qarangiz, qorong`ilik ichida menga qanday hamdu sano aytmoqda. Ey farishtalar, sizlarda, Arsh
kursida, Lavhu Qalam va do`zaxda hech bir g`ussayu mehnat yo`q. Agar bunday og`irlikni
sizlarga bersam, meni butunlay unutasizlar, - dedi.
Hazrati Parvardigordan farmon bo`ldiki: Endi Odamni e’zozu ikrom bilan taxtga o`tirg`izib,
sajda qilinglar. Shunda barcha farishtalar sajda qildilar, ammo Iblis la’in (Azozil) sajda qilmadi.
Farmon bo`ldiki: «Ey Iblis, farmonimga bo`ysunmading, mening do`stimga sajda qilmading,
takabburlik qilding, men esa takabburlikni do`st tutmayman».
Bayt: Agar bo`lsin boshingda aql, ey yor,
Takabbur qilmag`il, ey yor, zinhor,
Takabbur qildi ul Shaytoni mardud
18
Sazoyi la’nat oni qildi Ma’dud
19
Ey mal’un, bilgilki, la’natga sazovor bo`lding, seni abadiy mardud qildim. Shayton dedi: Ilohim
yetmish yuz ming yil senga toat qildim, ammo na qilayki, badbaxtlik va xorlik menga yuz tutdi.
Shu qadar boqiy saodat va abadiy lutfu marhamat tuproqdan yasalgan Odamga nasib etibdi. Ey
Xudoyim, endi shuncha yillik qilgan ibodatimning mukofotini ber. Farmon bo`ldi: Nima
tilaysan? Shayton dedi: Xudoyo, mening abadiy mardud bo`lishimga, badbaxtligim sabab bo`ldi,
endi ulardan to qiyomatgacha o`chimni olay. Farmon bo`ldi: Berdim, ammo, ayt-chi, ulardan
qanday qilib o`ch olmoqchisan? Shayton dedi: Har bir mo’minga har kuni yetmish-yuz marta
hamla qilaman. Allohdan Farmon bo`ldi: Ey mal’un, o`z karamim birla har bir mo’minga har
kuni bir yuz oltmish (160) marta nazarim birla boqaman. Shayton dedi: Ilohim, men ularga
shunday vasvasa solamanki, o`lgunlaricha farmoningdan bo`yin tovlaydilar, aytmaydigan
gaplarni aytadilar, eshitmaydigan narsalarni eshitadilar. Allohdan yana farmon bo`ldi: Ey
mal’un, men o`z qulimga iymon ato qilsam, qiyomat kunida farmon qilurmanki, bandalarim
qaysi a’zosi bila gunoh qilgan bo`lsa, go`rga qo`yganlarida bir- biridan uzilgan barcha a’zolari
har bir qilgan kafforot (gunohlarni yuvish) bo`lajak. Yuborgan farishtalarim go`r ichida ulardan
mening birligim va kimligimni so`raydilar. Ular mening inoyatim birla javob bergaylar va
qiyomat kuni begunoh bo`lib tirilgaylar…
Shundan so`ng farmon bo`ldi: Ey odam, sen havo bilan jannatga yashab bihisht ne’matlarini
yeb-ichib yuringlar. Ammo bug`doy daraxtining mevasini yesangiz, o`zlaringizga zulm qilgan
bo`lasizlar….
Al-qissa, rivoyat qilishlaricha, Odam safiullohning sabru oromlari qolmay, o`sha mevadan olib,
og`izga solgan edi, hanuz tomog`idan o`tmay turib, nido eshitdi. Boshidan karam toji ketdi,
badanidan hamla tushdi. Sharmisor bo`lib, har tomonga yugurdi, har daraxtdan barg so`radi.
«Gumroh va Osiy» bo`lding deb barg bermadilar. Oxiri anjir barg berdi. Avratlarini yopdilar.
Xudodan anjir daraxtiga farmon bo`ldi: O`zga daraxtlar barg bermadi, sen nega avratpush
berding va farmondan bo`yin tovlading? Daraxt dedi: Ilohim, sen odamni paydo qilmoqchi
bo`lib, dedingku, men bir mavjudod paydo qilurman, meni do`st tutadi va mening lutfim bilan
hamisha sarafroz bo`ladi. Ilohim, men shu nazaringni mulohaza qilib, unga panoh berdim.
17
Namozda takbir aytish
18
Ҳaydalgan
19
Яratuvchi, iloh
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
148
Ilohim, bir kimsani azizu hurmat qilib, dargohinga loyiq qilsang-u, nega orqasidan xorlik bilan
mardud (quvilgan) Qilursan ? Bayt: Agar bo`lsa kishiga fazli Alloh,
Qachon bo`lg`usi bu davlatga gumroh.
Shundan so`ng anjir daraxtiga farmon bo`ldi: Kimki sening mevangdan yesa haddu hisobsiz
savob topgay. Rabb ul-izzat (Alloh)dan farmon bo`ldi: Ey odam, befarmonlik qilding, jannatdan
chiq, jannat befarmonchilik qiluvchilarning joyi emas.
Odam bu dunyoga kelgach, qilgan gunohining sharmandaligidan besh yuz yil osmonga boqa
olmadi, kecha-kunduz esa yig`idan bo`shamadi. Bir kuni qushlar yig`ilib, odam yig`lagan ko`z
yoshidan ichib: «Biz bunday laziz va shirin suvni hech qachon ichgan emasmiz»,- dedilar. Odam
a.s. ning ko`nglida: «Bu qushlar mening ko`z yoshimni masxara qilyaptilar, ey ilohim, bu
ko`ngilning joni chiqishga yeti»,- dedi.
Parvardigori olamdan nido keldi: Kimki bizning dargohimizga yig`lasa, ko`zining yoshi shaxtu
shakardan totliroq bo`ladi. Bu nidoni eshitgach, ko`ngli tasalli topib, osmonga boqdi va Arsh
Azimda «La ilaha illallohu Muhammaddur rosululloh» degan yozuvni ko`rdi. Odam a.s. hasratda
qolib dedi: Ilohim, bu qaysi baxtli qo`lingni nomidur, o`zingni oting bila yonma-yon turibdi?
Farmon bo`ldi: Ey Odam, Muhammad sening farzandingdur, agar uni yaratmasam, dunyoni
yaratmas edim, Xudoligimni oshkor qilmagan bo`lardim. Odam a.s. bu farzandining ulug`ligini
eshitgach dedi: Ilohim, bu kalimayi sharifni haqqi hurmatidan gunohimni kechirgaysan.
Farmon keldi: Ey odam, bizning dargohimizda yaxshi shafi keltirding, gunohingni kechirdim,
yana sening farzandlaringni ham yarlaqadim. Har kim bu kalimayi sharifni e’tiqod va ixlos bilan
aytsa, gunohlari kechirilur. Bayt: Gar desang «Lo iloha illalloh»,
Har gunohni bag`ishlagay Alloh.
References:
1.
Sayf uz-Zafar Navbahoriy. Durr ul-Majolis. Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi. № 27084.
XVI asr.
2.
Abdulaziz Mansur. Bahmanyor Shokir. Musulmonlikdan ilk saboqlar. T.: Sharq, 1992.
3.
Odobnoma. O‘zR FA. T.: Fan nashriyoti, 1992.
4.
Faxriddin Rasul. Axloqnoma. T.: Fan, 1996.
5.
Sunnatulla Mahkamov. Islom dini va oila tarbiyasi. T.: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 2000.
6.
Ahmad Muhammad Tursun, Muhammad Sharif Juman. T.: Movarounnahr nashriyoti,
2006.
7.
Islom ensiklopediyasi. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2004.
