Авторы

  • Ziyo Jabborov
    TDSHU Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti tyutori
  • Nargiza Jabborova
    Toshkent shahar Yunusobod tumani 239-sonli ayrim fanlari chuqur o’qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.47280

Ключевые слова:

xalqaro munosabatlar axborot makoni milliy xavfsizlik axbrot xavfsizligi axborot urushi axborot xuruji dezinformasiya

Аннотация

mazkur tezisda zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida axborot xavfsizligini ta'minlash muammosi va axborot xurujining salbiy jihatlari va koʻrinishlarini tahlil qilishga bagʻishlangan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

44

ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA AXBOROT

XAVFSIZLIGINI TAMINLASHNING G‘OYAVIY-MAFKURAVIY ASOSLARI

Jabborov Ziyo Burxon o‘g‘li

TDSHU Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti tyutori

Jabborova Nargiza Baxtiyor qizi

Toshkent shahar Yunusobod tumani 239-sonli ayrim fanlari chuqur o’qitiladigan

sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi

Tel. (90) 9010904

https://doi.org/10.5281/zenodo.13928066

Annotatsiya:

mazkur tezisda zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida axborot

xavfsizligini ta'minlash muammosi va axborot xurujining salbiy jihatlari va koʻrinishlarini tahlil
qilishga bagʻishlangan.

Tayanch soʻzlar:

xalqaro munosabatlar, axborot makoni, milliy xavfsizlik, axbrot

xavfsizligi, axborot urushi, axborot xuruji, dezinformasiya

Kirish

Bugungi murakkab geosiyosiy vaziyatda xalqaro munosabatlarda axborot xavfsizligini

ta'minlash, uning salbiy ta'sirlaridan himoyalanish davlatlar milliy xavfsizlik tizimining
ajralmas qismiga aylandi.

Jahon axborot makonining globallashuvining ayni sharoitida inson ongi, qalbi, milliy

mentaliteti, sogʻlom e'tiqodi, vatanparvarlik va fidoyilik tuygʻularining kamol topishiga salbiy
ta'sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan gʻoyaviy-mafkuraviy, axborot tahdidlari ta'siri sezilmoqda.
Bugungi globallashuv sharoitida axborotga boʻlgan talab tobora kuchayib bormoqda. Shu
boisdan, bugungi kunda xolis va haqqoniy axborotni tarqatish, aholining, birinchi navbatda,
yoshlarning axborotga boʻlgan ehtiyojini qondirish har qachongidan koʻra dolzarb ahamiyat
kasb etmoqda. Axborot xuruji avj olgan asrda atrofda sodir boʻlayotgan voqealar haqida
haqqoniy ma'lumotlarga ega boʻlish, har qanday noxolis axborotlar zamirida yot gʻoyalar
mavjudligini aholiga va avvalo yoshlarimizga tushuntirishda ommaviy axborot vositalarining
oʻrni va ta'sir kuchining beqiyosligi ayon boʻlmoqda. Ommaviy axborot vositalari orqali juda tez
fursatda tarqalayotgan ijtimoiysiyosiy, mafkuraviy axborotlarning koʻp foizi jahonning turli
mamlakatlarida tashvish uygʻotmoqda.

Asosiy qism

Ta'kidlash joizki, dunyoga egalik qilishga intilayotgan kuchlar aynan axborotdan qurol

sifatida foydalanishga urinmoqda. Boshqacha aytganda, bir tomondan axborot insoniyat
ma'naviy olamini kengaytirish, inson ilmutafakkurini boyitishga xizmat qiladigan manba
sifatida ahamiyat kasb etayotgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, axborot insonni oʻzligi, millati,
vatanidan ajratadigan va oxiroqibat butunlay manqurtga aylantiradigan «qurol»ga ham aylanib
borayotgani bugun hech kimga sir emas. Hozirning oʻzidayoq juda koʻp mamlakatlar oʻz
madaniyati, an'analari va ma'naviy qadriyatlarini yot axborot ta'siridan himoya qilish uchun
maxsus choralar koʻrishga majbur boʻlmoqda. Shu sababli shiddat bilan kechayotgan voqea-
hodisalar oqimida kirib kelayotgan axborotning mazmunini anglash, uni toʻgʻri talqin etib,
xulosalar chiqarish nihoyatda muhim hisoblanadi.

Bugun aholi, jumladan, yoshlar kundalik hayoti, ta'lim jarayoni, ish faoliyatida ham turli

mazmundagi ma'lumotlarga ommaviy axborot vositalari orqali ega boʻlmoqdalar. Ular


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

45

koʻrayotgan filmlar, koʻrsatuvlar, tinglayotgan radioeshittirishlar mazmun-mohiyati nuqtai
nazaridan kelib chiqib, ularning ma'naviy olamiga turlicha ta'sir koʻrsatadi. OAVlar orqali ta'sir
etishning ijobiy va salbiy koʻrinishlarini hisobga olgan holda shuni aytish mumkinki, inson
ma'naviy kamolotida u qabul qilayotgan axborot muhitining roli katta. Demak, bugun
yoshlarning nimani koʻrib, nimani tinglayotgani birinchi navbatda u voyaga etayotgan oila, shu
bilan bir qatorda ta'lim muassasalari e'tiboridan ham chetda qolishi kerak emas 4:7.

Shu jihatdan, axborot xavsizligi milliy xavfsizlikning ajralmas qismi sifatida tarmoqlararo

hususiyatga ega, ya'ni siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy, madaniy sohalarda ham axborot
xavfsizligini ta'minlanganligi ushbu yoʻnalishlarning barqaror rivojlanishiga xizmatqiladi.
Bizga ma'lumki, globallashuv davrida voqelik hech nima, aloqa esa hamma narsadan ustun.
Sivilizasiyalarning taqlidi esa axborot etkazib berish tezligiga bogʻliqhisoblanadi. Oʻz vaqtida
axborotga va uni etkazib berish, tarqatish texnologiyasiga ega boʻlgan davlat eng qudratlidir.
Ayrim nazariyalarga koʻra davlatning qudrati moddiy boyliklar bilan emas, balki oʻzga davlatlar
axborot hududi (oʻz hududining himoya qilinganligi) va fuqarolarning ongini egallaganligi bilan
farqlanib turadi.

"Axborot urushi” atamasi ilk bor 1967 yil tilga olingan boʻlib, bu iboraning muallifi sobiq

sovet Ittifoqiga qarshi boshlagan axborot urushining asoschilaridan biri Allen Dallesdir.
Axborot urushi nazariyasining asoschilaridan yana biri Uinn Shvartou fikricha: "Zamonaviy
jamiyat axborotga asoslanganligi sababli, ertami, kechmi, har kim axborothurujining qurboniga
aylanadi”,-deb ta'kidlaydi. Uinn Shvartou axborot urushini olib borishda barcha xatti-
harakatlarning uchta sub'ektga qaratilganligini ta'kidlaydi: shaxsga (individual holatda),
tashkiliy tuzilmaga (tashkilot-muassasaga qaratilgan) va global koʻrinishda (davlatlar
oʻrtasidagi ziddiyatga qaratilgan).

"Axborot xuruji” iborasi birinchi marta 1976 yil Tomas Ronning "Boeing” kompaniyasi

uchun moʻljallangan "qurollar tuzumi va axborot urushi ” nomli hisobotida qayd etilgan. Tomas
Ron AQSh iqtisodiyotida infratuzilma asosiy komponent boʻlib, keyinchalik uning harbiy,
siyosiy soxalar kabi zaif nuqta boʻlib qolishini ta'kidlaydi. Axborot xurujining muhim jihati esa
"qarshi davlatning-korxonalari rahbarlariga, a'zolariga psixologik bosim oʻtkazib, ularni
"kerakli” qarorlarni qabul qilishga majbur qila bilishdir” deydi. Shunga koʻra "axborot xuruji”
nima, degan savolga javob berish mumkin. Axborot xuruji bu raqib sanalgan shaxsga, jamiyatga
va davlatga siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardaqabul qilingan qarorlarga ta'sir
koʻrsatish, ijtimoiy faktlar va jamoatchilik ongini oʻziga kerakli yoʻnalishda shakllantirishga
urinishdir. Axborot xurujlarining amalga oshirishda raqiblar asosan quyidagi usullardan
foydalanadi1:
- dezinformasiya (yolgʻon axborot tarqatish) - psixologik ta'sir koʻrsatishning bir koʻrinishi
boʻlib, raqib tarafni chalgʻitish maqsadida yolgʻon axborot tarqatiladi. Bunda haqiqiy axborot
bilan yolgʻon axborot aralash koʻrinishida boʻladi;
- manipulyasiya (omma ongini boshqarish) - omma ongini tuli gʻoyalar, koʻrsatmalar, motivlar,
stereotiplar, taqlid orqali sub'ekt manfaatlariga moslashtirish. Voqelikni notoʻgʻri idrokqilish
orqali soxta, yolgʻon tushuncha yoki tasavvur hosil qilinadi;
- targʻibot - omma ongida OAV yordamida ma'lum gʻoyalarni tarqatish va ommalashtirish;
- inqirozli holatlarni boshqarish - asosan iqtisodiy va siyosiysohalarga qaratilgan boʻlib, ma'lum
guruh yoki davlat qiziqishlarini koʻzlaydi. Avvaldan tanlab olingan shaxslarga yashirin
koʻrinishida ta'sir koʻrsatiladi;


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

46

- igʻvogarlik - ma'lum guruhlar va shaxslar tomonidan davlatning konstitutsion tuzumiga
yokiqonuniy asoslariga qarshi harakatlarni amalga oshirish;
-tuxmat (boʻhton)-biror ob'ektni obroʻsizlantirish, sha'nini bulgʻash maqsadida yolgʻon
ma'lumotlarni tarqatish;
- diskreditasiya (obroʻsizlantirish) - omma orasida davlat raxbarlari, jamoat tashkilotlari, ayrim
shaxslar obroʻsini, siyosiy echimlar, tadbirlar ahamiyatini tushuntirish va ularga salbiy ta'sir
koʻrsatish;
- omma diqqatini jalb etish - biror voqea, hodisa, ish yuzasidan huquqiy ma'lumot
panadaqoldiriladi, shov-shuvga sabab boʻladigan tadbirlar amalga oshiriladi;
- mish-mish gaplarni tarqatish - mavjud boʻlmagan ma'lumotlarni tarqatish. Asosan davlat va
jamiyadagi boʻshliq joylarga asosiy zarba beriladi hamda siyosiy va ma'naviy etuk boʻlmagan
shaxslar ob'ekt sifatida tanlab olinadi;
- fitna - maxsus axborot harakati boʻlib raqib muvaffaqiyatsizlikka (magʻlub boʻlish) olib
boruvchi variantni tanlashga majburlanadi.

Demak, yuqorida keltirilgan usullar ma'lum amallar ketma-ketligidan iborat boʻlib, ularni

amalga oshirishdan axborot xurujining ob'ekti va sub'ekti, kuch va vositalar, resurslar va vaqt
omilini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqori darajada axborot xurujidan koʻzlangan
asosiy maqsad - raqib davlat axborot maydonini egallab olish, xalqaro maydonda davlat
imidjini tushurish, jamiyat hayotini beqarorlashtirish, shaxsni obrusizlantirishgaqaratilgan
axborotlarni tarqatish kabilardir. Hozirgi bosqichda maqsadga erishish uchun asosiy vositalar
sifatida OAV va axborot-komunikasion texnologiyalardan foydalaniladi3.

Hozirgi kunda biror davlatda axborot xurujlarini amalga oshirish usullariga qarshi yagona

bir kompleks tadbirlari ketma-ketligi ishlab chiqilmagan. Bunga sabab qilib axborot-
komunikasion texnologiyalarining juda tez sur'atlarda rivojlanib borayotganligi, tezkorligi,
turlichaligi, chegara bilmasligi, millat tanlamasligi, yashirinligi (qanday vaqay koʻrinishda
yakunlanishining noma'lumligi) kabilarni keltirish mumkin.

Shunday sharoitda axborot xavfsizligini taminlash – axborot sohasiga ziyon

etkazilishining oldini olishga xizmat qiladi. Bu jarayonda yovuv niyatli kishilarning
kirdikorlariga qarshi kurash bilan bir qatorda turli darajada keltirilishi mumkin boʻlgan
zararlarning ham oldi olinishi tabiiy.

Ta'kidlash joizki, axborot-psixologik xavfsizlik – davlat, jamiyat va shaxsga ziyon etkazishi

mumkin boʻlgan tasodifiy yoki qasddan qilingan axborot ta'sirlardan himoyalashga qaratilgan
muhim sa'y-harakatdir. Mutaxassislar fikricha bu quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
– axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish;
– axborotning konfidensialligini saqlash, uning OAVda chiqib ketishi, oʻgʻirlanishi va
yoʻqolishining oldini olish;
– axborotni buzib koʻrsatish va soxtalashtirishning oldini olish.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, axborot-texnologiyalari va kommunikasion vositalar faol rivojlanib

barayotgan davrda “axborot xavfsizligi” milliy xavfsizlikning ajralmas qismi sifatida
mustahkamlanib boraveradi. Mazkur sharoitda davlat va jamiyatni axborot xurujidan ximoya
qilish oʻz dolzarbligini saqlab qoladi.

Jamiyat axborot-psixologik xavfsizligini ta'minlashda uning quyidagi komponentlari

(tarkibiy qismlari)ni bilish zarur, ya'ni, tahdidlar, tahdid ob'ektlari, tahdid manbalari,


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

47

tahdidning maqsadlari, axborot manbalari, axborotni gʻayriqonuniy tarzda qoʻlga kiritish
usullari, axborotni himoyalash yoʻnalishlari, axborotni himoyalash usullari, axborotni
himoyalash vositalari. Shu oʻrinda aytish joizki, axborotni turli tahdidlardan himoyalash uchun
gʻayriqonuniy harakatlarga befarq qaramaslik, ularning oldini olish, axborot manbalariga
ruxsatsiz kirishga yoʻl qoʻymaslik va zarur paytda qarshilik koʻrsatishni ta'minlovchi turli
tadbirlar, yoʻllar, usullarni qoʻllash taqozo etiladi. Bu esa xalqaro munosabatlar tizimida
axborot xavfsizligini ta'minlash masalasini dolzarbligini koʻrsatadi.

References:

1.

Ismatov E. Eng xavfli xuruj bu axborot xurujidir // http://jizzax.uz/2754-eng-xavfli-

xuruj-bu-axborot-xurujidir.html - 24 sentyabr 2019 yil
2.

Raimov Sh.U. Axborot xavfsizligini ta'minlash – milliy xavfsizlik strategiyasining eng

muhim yoʻnalishi. /Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi
akademiyasi joriy arxivi, 2006. // Iqtibos manbasi: Eshbek T. Axborot-psixologik xavfsizlik //
http://uchildiz.uz/axborot-psixologik-xavfsizlik-7/ - 22.05.2016
3.

Saydjanov F. Axborot-psixologik xurujlar va ularga qarshi kurashish usullari //

http://mv-vatanparvar.uz/uz/news?id=4582

4.

Taylakova Sh.N. Globallashgan axborot sharoitida oʻquvchi-yoshlarning gʻoyaviy-

mafkuraviy immunitetini ommaviy axborot vositalari asosida shakllantirish // Zamonaviy
ta'lim / Sovremennoe Obrazovanie. –T. – 2015. – № 5. –B.3-7.

Библиографические ссылки

Ismatov E. Eng xavfli xuruj bu axborot xurujidir // http://jizzax.uz/2754-eng-xavfli-xuruj-bu-axborot-xurujidir.html - 24 sentyabr 2019 yil

Raimov Sh.U. Axborot xavfsizligini ta'minlash – milliy xavfsizlik strategiyasining eng muhim yoʻnalishi. /Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi joriy arxivi, 2006. // Iqtibos manbasi: Eshbek T. Axborot-psixologik xavfsizlik // http://uchildiz.uz/axborot-psixologik-xavfsizlik-7/ - 22.05.2016

Saydjanov F. Axborot-psixologik xurujlar va ularga qarshi kurashish usullari // http://mv-vatanparvar.uz/uz/news?id=4582

Taylakova Sh.N. Globallashgan axborot sharoitida oʻquvchi-yoshlarning gʻoyaviy-mafkuraviy immunitetini ommaviy axborot vositalari asosida shakllantirish // Zamonaviy ta'lim / Sovremennoe Obrazovanie. –T. – 2015. – № 5. –B.3-7.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)