Авторы

  • Jasur Maxmudov
    59-son “Nurli maskan” IDTM boshlanlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.50417

Ключевые слова:

Inklyuziv ta’lim nogiron bolalar sog’lom bolalar teng huquqlik imkoniyat cheklanganlik mutaxasis o’qituvchi qonun rivojlantirish.

Аннотация

maqolada inklyuziv talimning O’zbekistondagi rivojlanishi, inklyuziv ta’limning O’zbekistondagi huquqiy – me’yoriy asoslari, ushbu sohada maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida olib borilayotgan islohotdlar va inklyuziv ta’limning O’zbekistonda inklyuziv ta’limning rivojlanishi va istiqbollari xususida so’z yuritiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

61

MAMLAKATIMIZDA INKLYUZIV TA’LIMNING RIVOJLANISHI VA

ISTIQBOLLARI

Maxmudov Jasur Yusupovich

59-son “Nurli maskan” IDTM boshlanlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14058779

Annotatsiya:

maqolada inklyuziv talimning O’zbekistondagi rivojlanishi, inklyuziv

ta’limning O’zbekistondagi huquqiy – me’yoriy asoslari, ushbu sohada maktab va
maktabgacha ta’lim muassasalarida olib borilayotgan islohotdlar va inklyuziv ta’limning
O’zbekistonda inklyuziv ta’limning rivojlanishi va istiqbollari xususida so’z yuritiladi.

Kalit so’zlar:

Inklyuziv ta’lim, nogiron bolalar, sog’lom bolalar, teng huquqlik,imkoniyat,

cheklanganlik, mutaxasis, o’qituvchi, qonun, rivojlantirish.

Аннотация:

в статье описывается развитие инклюзивного образования в

Узбекистане, рассматриваются правовые и нормативные основы инклюзивного
образования в Узбекистане, реформы, проводимые в школьных и дошкольных
образовательных учреждениях в этой сфере, а также развитие инклюзивного
образования в Узбекистане и перспективы.

Ключевые слова:

Инклюзивное образование, дети-инвалиды, здоровые дети,

равные права, возможность, ограничение, специалист, педагог, право, развитие.

Abstract:

the article describes the development of inclusive education in Uzbekistan, the

legal and normative foundations of inclusive education in Uzbekistan, the reforms carried out
in school and preschool educational institutions in this field, and the development of inclusive
education in Uzbekistan and prospects are discussed.

Key words:

Inclusive education, disabled children, healthy children, equal rights,

opportunity, limitation, specialist, teacher, law, development.


Inklyuziv taʼlim — davlat siyosati boʻlib, nogiron va sogʻlom bolalar oʻrtasidagi

toʻsiqlarni bartaraf etish, maxsus taʼlimga muhtoj bolalar oʻsmirlar rivojlanishda uchraydigan
nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qatʼiy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga
yoʻnaltirilgan umumtaʼlim jarayoniga qoʻshishni ifodalovchi taʼlim tizimidir. "Inklyuziv taʻlim"
atamasi fransuzcha „inclusif“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „oʻz ichiga oladi“ deb tarjima
qilinadi va maxsus ehtiyojlari boʻlgan va shartli ravishda sogʻlom, yaʼni sogʻligi cheklanmagan
odamlarning birgalikdagi taʼlimini anglatadi. Inklyuziv taʼlimning mazmun mohiyati
toʻgʻrisidagi bilim va maʼlumotlar hali jamiyatda yetarli emas.

Inklyuziv taʼlim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan

teng huquqlilik asosida taʼlim tarbiya olishlarini taʼminlaydi. Shuning uchun ham
ahamiyatlidir. Inklyuziv taʼlim olish jarayoni bir-biriga oʻxshamaydigan, intellektual,jismoniy
va aqliy xususiyatlarga ega boʻlgan odamlar maxsus bilimga muhtoj boʻlmagan tengdoshlari
bilan birgalikda zarur bilim va koʻnikmalarni oladigan tarzda tashkil etiladi. Inklyuziy taʼlim-
alohida ehtiyojli bolalar bilan sogʻlom bolalar uchun teng taʼlim olish imkoniyatini yaratadi.
UNICEF inklyuziv taʼlimni Oʻzbekiston taʼlim tizimiga kiritish masalalari bilan shugʻullanadi.
Inklyuziv taʼlim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qatʼi nazar, ularning barchasiga
sifatli taʼlim taqdim etish. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan
bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega boʻlishlari uchun oilada yashashlari va oʻz
tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

62

taʼlim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan maktabda taʼlim olishi,
oʻzlashtirishda qiynalayotgan boʻlsa, oʻqish va yozishga oʻrganish uchun maxsus yordam olishi
darslarga qatnamay qoʻygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam
koʻrsatilishini kafolatlaydi.

Respublikamizda 2020 yil sentyabr oyida yangi tahrirdagi „Taʼlim toʻgʻrisida“ gi qonun

tomonidan tasdiqlandi. Tasdiqdan oldin esa, Oʻzbekiston Respublikasi nogironlar
assotsiatsiyasi mutaxassislar bilan birga qonun loyihasining inklyuziv taʼlim tamoyillariga
muvofiqligi boʻyicha tahlili oʻtkazdi. Qonunning 20- moddadasida Jismoniy, aqliy, sensor va
ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni tashkil etiladi.
Ushbu qonunda belgilangan vazifalarni to’laqonli bajarish maqsadida 2020 yil 13 oktyabrda
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim-
tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4860-son
qarori, hamda Vazirlar Mahkamasining 2021yil 12 oktyabrda «Alohida ta’lim ehtiyojlari
boʻlgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi
638-son qarorlari ishlab chiqildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga

ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-
4860-son qarori bilan tasdiqlangan “2020–2025 yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv
ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi”da alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga
koʻrsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash boʻyicha quyidagi vazifalar belgilandi:
-

alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga

qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
-

alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar oʻqitiladigan ta’lim muassasalarini zarur

adabiyotlar, metodik qoʻllanmalar, turli kasblarga oʻqitish uchun uskuna va jihozlar bilan
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-

alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻqitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil

etish, umumta’lim muassasalarini maxsus moslamalar shuningdek tegishli kadrlar bilan
ta’minlash alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun
maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta’minlash va boshqalar.


SHuni ham olohida ta’kidlash joizki, ushbu qaror bilan “Umumiy oʻrta ta’lim

tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga inklyuziv ta’limni tashkil etish
tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar belgilandi:
-

inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar

uchun maktablarda inklyuziv ta’lim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflar faoliyatini
yoʻlga qoʻyish;
- oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi oʻquvchilarni inklyuziv ta’lim sinflariga va
boshlangʻich tayanch korreksion sinflarga qabul qilish tartibi inklyuziv ta’lim sinflari va
boshlangʻich tayanch korreksion sinflarda ta’lim sifatini nazorat qilish va boshqarish chora-
tadbirlari. Shuningdek ushbu qaror bilan quyidagi me’yoriy hujjatlar tasdiqlandi:
-

Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat

ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom;
-

Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom;


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

63

-

Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, uzoq vaqt

davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi toʻgʻrisidagi
nizom.

Ushbu qonunosti xujjatlarida imkoniyati cheklangan bolalarning ta’limi, reabilitatsiyasi,

ijtimoiy munosabatlarda erkin, qulay va xavfsiz harakatlanishini ta’minlashga qaratilgan
huquqiy me’yorlar belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari qaror bilan alohida ta’lim ehtiyojlari
boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida kasbga oʻqitish kurslarini
tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.

Nogironlarni umumta’lim tizimida o’qitish masalalariga e’tibor berish Respublikamizda

1996 yilda O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi, Respublika ta’lim markazi va
YuNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda respublika seminari o’tkazilishi bilan islohotlar amalga
oshirila boshladi. Shu davrdan boshlab olimlar, maxsus ta’lim tizimidagi rahbar xodimlari,
pedagoglar, umumta’lim mussasalarining rahbarlari va nodavlat jamoa tashkilotlarining
nogironlar ta’limi ehtiyojini qondirishga qaratilgan munosabatlari o’zgara boshladi.

Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, kasb-xunarga

yo‘naltirish, jamiyatga uyg‘unlashtirish masalalalari davlat siyosatining dolzarb
yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Chunki O‘zbekistonda taraqqiyotning besh tamoyilidan biri-
kuchli ijtimoiy siyosat maqsadli yo‘lga qo‘yilganligi bois, aholining ko‘makka muhtoj
qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash huquqiy jihatdan kafolatlangan.

Jahon ta’limi amaliyotida ham ta’lim oluvchilar ehtiyojlariga moslashuvchan oʻquv

muhitini yaratish, variativ oʻquv dasturlaridan foydalanishga boʻlgan ehtiyoj kun sayin
ortmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim sohasidagi siyosati yoʻnalishlaridan biri
bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari xilma-xilligini hisobga olgan holda ta’lim berishni
nazarda tutadigan inklyuziv ta’lim gʻoyalarini ishtirokchi davlatlar tomonidan keng amalga
oshirilishini ta’minlash hisoblanadi. YUNESKOning ijtimoiy fanlar sohasidagi dasturlari inson
huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan bilimlar, standartlar hamda intellektual
hamkorlikni rivojlantirishga yoʻnaltirilmoqda. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
qoidalarini amalga oshirishda gender tenglik, ta’lim olish huquqi kafolatlarini kuchaytirish
mexanizmlarini amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Dunyoda kadrlar tayyorlash tizimining asosiy va hal qiluvchi bosqichi sifatida

boshlangʻich ta’limni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish, ta’lim jarayonining
tashkiliy, metodik komponentlarini, didaktik tizimini takomillashtirish boʻyicha qator ilmiy
izlanishlar olib borilmoqda. Shu jihatdan oʻqituvchilarni ta’limda alohida ehtiyojlari bor
bolalar bilan ishlashga kasbiy tayyorlashning nazariy-pedagogik jihatlarini aniqlashtirish
orqali inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlangʻich
ta’limda sogʻlom tengqurlari bilan birgalikda imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olish
ehtiyojini jahon standartlari asosida ta’minlashda tashkilotlararo maqsadli va amaliy
natijalarga yoʻnalgan hamkorlik hamda integrativ chora-tadbirlar taqozo etiladi. Ta’lim
klasteri sharoitida barcha bolaga birdek sifatli ta’limni tashkil etishda oʻqituvchining roli va
mavqei, ota-onalar va keng jamoatchilikning pedagogik savodxonligini oshirish taqozo etiladi.

Refernces:

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020 yil 23- sentyabr.O‘RQ-

637-son


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

64

2.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi “Alohida ta’lim

ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son Qarori.
3.

O’zbekiston Respublikasin Vazirlar Mahkamasining 2021yil 12 oktyabrda «Alohida

ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash
toʻgʻrisida»gi 638-son qarori.
4.

Qodirova F.U. Pulatova D.A. “ Inklyuziv ta’lim” Qo‘qon-2023 58 b

5.

X. N. Muzaffarova, D. Tangirova „Inklyuziv ta'lim“. library.samdukf.uz. Qaraldi: 10-

noyabr 2022-yil.
6.

Nurmuhammedova L.Sh. Oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik

xususiyatlari. Ped.fan.nomz...diss. – Toshkent, 2005. – 134 b.
7.

Shoumarov G’., R.Shomahmudova, L.Mo’minova, H.Kalbaeva va boshqalar ―O’zbekiston

Respublikasida Inklyuziv ta‘lim kontsepsiyasi‖ Ijtimoiy tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash
fondi, T., 2009.-76 b

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020 yil 23- sentyabr.O‘RQ-637-son

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son Qarori.

O’zbekiston Respublikasin Vazirlar Mahkamasining 2021yil 12 oktyabrda «Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 638-son qarori.

Qodirova F.U. Pulatova D.A. “ Inklyuziv ta’lim” Qo‘qon-2023 58 b

X. N. Muzaffarova, D. Tangirova „Inklyuziv ta'lim“. library.samdukf.uz. Qaraldi: 10- noyabr 2022-yil.

Nurmuhammedova L.Sh. Oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari. Ped.fan.nomz...diss. – Toshkent, 2005. – 134 b.

Shoumarov G’., R.Shomahmudova, L.Mo’minova, H.Kalbaeva va boshqalar ―O’zbekiston Respublikasida Inklyuziv ta‘lim kontsepsiyasi‖ Ijtimoiy tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash fondi, T., 2009.-76 b