Авторы

  • Behzod Hamroqulov
    Mustaqil tadqiqotchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.50419

Ключевые слова:

zot tipi ekologik landshaft seleksiya rangbaranglik.

Аннотация

ushbu tezisda sur qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorligiga ularning zot tiplarining va tashqi muhitning ta’siri borasida soha olimlarining olib borgan tadqiqotlarini  natijalari  keltirilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

55

SUR QORAKO‘L QO‘YLARINING MAHSULDORLIGIGA ZOT TIPLARINING

TA’SIRI

Hamroqulov Behzod Eshtemir o‘g‘li

Mustaqil tadqiqotchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14058695

Annotatsiya:

ushbu tezisda sur qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorligiga ularning zot

tiplarining va tashqi muhitning ta’siri borasida soha olimlarining olib borgan tadqiqotlarini
natijalari keltirilgan.

Kalit so‘zlar

: zot tipi, ekologik landshaft, seleksiya, rangbaranglik.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qorako‘lchilik sohasini rivojlantirishga

qaratilgan 2017 yil 16- martidagi PQ-2841 – sonli “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi va 2018 yil 14- martdagi
PQ-3603 sonli – “Qorako‘lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi
qarorlarida ushbu muhim tarmoqni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish, uning eksport
salohiyatini oshirish, seleksiya-naslchilik ishlari samaradorligini ko‘tarish, mahsulotga
zamonaviy usullarda qayta ishlov berish va boshqa muhim muammolarning yechimini topish
ko‘zda tutilgan.

Qorako‘lchilik sohasi chorvachilikning ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu asosiy

mahsulot hisoblangan qorako‘l terilari nafaqat tashqi go‘zalligi bilan, balki tabiiy toza
mahsulot ekanligi, yillar davomida o‘z sifatini yo‘qotmasligi bilan ham mashxur. Ayniqsa sur
rangli terilarga bo‘lgan talab har doim yuqori bo‘lgan. Sur rangli qorako‘l qo‘ylarining uchta
zot tipi mavjud.

Buxoro surida mavjul rangbarangliklar:

- kumush surda jun tola qoplamining ostki qismi qoramtil, uchki qismi tutunrang yoki
kumushsimon.
- tilla sur jun tolalarining ostki qismi qo‘ng‘ir (kofe rangida), to‘q jigarrang va uchlari
tillasimon.
- olmos surda jun tolalarining ostki qismi qoramtil, uchlari olmossimon bo‘ladi.
- siren sur jun tolalarining ostki qismi och jigarrrang, uchlari och binafsharang ekanligi bilan
tavsiflanadi.

Surxondaryo surini qo‘yidagicha tavsiflash mumkin:

- platina ranglari yorqin jozibali rangi tufayli estetik va tijorat nuqtai nazaridan eng
qimmatlidir. U jigarrang yoki qahva pastki qavatiga qo‘yilgan soch chizig‘ining engil krem yoki
oq yuzasi bilan tavsiflanadi;
- jun tolasining asosiy qatlamining rangidagi qahrabo rangi platinadan engilroq va sirt rangi
quyuqroq bo‘ladi. Shuning uchun u nisbatan kamroq kontrastli va tonining jun uchiga
bosqichma-bosqich o‘tishiga ega;
- platina va qahraboga qaraganda kamroq kontrastli quyuqroq ohangning bronza rangi. Ular
yuqori bronza qavati va pastki to‘q jigarrang bilan tavsiflanadi.

Qoraqalpoq surinining asosiy rangbarangliklari:

- shamchiroqgulda jun tolasining ostki qismi intensiv qora rangda (75-80%) bo‘lib, oq rangga
(20-25%) keskin o‘tishi bilan tavsiflanadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

56

- o‘rikgul rangbarangligida sur terilar mukammal tuzilishga ega bo‘lib, teri jun tolasida
pigment miqdorining joylashishi bo‘yicha uch zonaga bo‘linadi. Jun tolasining ostki qismi (60-
65%) qora yoki qoramtir rangining och qo‘ng‘ir rangga (10-15%) sekin o‘tishi va jun
tolasining ustki qismi oq sut rangga (20-30%) o‘tishi bilan tavsiflanadi.
- po‘lati sur jun tolasi ostki qismi qora rangli (65-70 %) bo‘lib, po‘lati yoki oqish rangga sekin
o‘tishi bilan tavsiflanadi.
- qamar rangli terilar 3 ta variatsiyaga bo‘linadi: qizil qamar, ochiq qamar va qora qamar.

Bundan tashqari chaqir va shabdor kabi rangbarangliklar uchraydi, ammo ularning

salmog‘i juda kam.

Bugungi kunda qorako‘l qo‘ylari boqilayotgan cho‘l yaylovlarining ekologik landshaft

(zonal turlari): janubiy qumli cho‘l, tog‘ oldi yarim cho‘l va gipsli cho‘llarga bo‘linadi.

[5] Qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorligiga ularning zot tipi bilan bir qatorda ular

boqilayotgan hududning tabiiy iqlim sharoiti ham bevosita ta’sir qiladi.

Qorako‘l qo‘ylari urchitiladigan ekologik hududlar ob-havo va yaylov-ozuqa sharoiti

bilan bir-biridan farqlanib, bu farqlanishlar ularda seleksion belgilarning namoyon bo‘lishiga
ta’sir ko‘rsatadi. Cho‘l va yarim cho‘l hududlarida tashqi muhit ta’sirida qorako‘l qo‘ylarining
genotipi ma’lum darajadagi fenotipik va genetik o‘zgarishlarga uchraydi. Ushbu
o‘zgaruvchanlik har bir ekologik hudud uchun qo‘ylar belgilarning genetik turg‘unligini
aniqlash imkonini beradi. Buni tadqiq qilish qorako‘lchilik uchun muhim ahamiyat kasb etadi
[4].

Qorako‘l qo‘ylari turli cho‘l mintaqalarida urchitilib kelinadi. Qorako‘l qo‘ylarini

urchitishda ham ekologik hududlar bilan bog‘liq ayrim muammolar mavjud bo‘lib, seleksiya
ishlarini takomillashtirish orqali ularning yechimini topish mumkin. Shu bilan bir qatorda
ushbu hududlarda qorako‘l qo‘ylarining irsiy va mahsuldorlik potensialidan foydalanish
darajasi past. Vaholangki, ushbu hududlarda urchitishda ularning ba’zi belgi va xususiyatlarini
e’tiborga olgan holda seleksiyalash orqali mahsuldorligini yaxshilash imkoniyatlari mavjud
[6].

Alohida belgilarning seleksion ahamiyatini aniqlash yo‘nalishida ham tadqiqotlar olib

borilgan bo‘lib, B.L.Isayans tomonidan jun-tola uzunligi, R.Matyaqubov tomonidan gullarning
uzunligiga ta’sir etuvchi omillar atroflicha urganilgan.

Cho‘l va yarim cho‘l hududlarida tashqi muhitning, ya’ni turli ekologik sharoit ta’sirida

qorako‘l qo‘ylarining genotipi ma’lum darajadagi fenotipik va genetik o‘zgarishlarga uchraydi.
Ushbu o‘zgaruvchanlikning har bir ekologik hudud uchun optimal chegaralari qo‘ylar
belgilarining genetik turg‘unligini aniqlash imkonini beradi [7].

Qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘zilarining gul xususiyatlari urganilganda ularga ma’lum

darajada rang va rangbaranglikning ta’sir etishini [3] ta’kidlab o‘tgan. Gullarning uzunligi gul
ko‘rsatkichlari orasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan belgilardan hisoblanadi. Gullar
qanchalik uzun bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlari ham yuqori
darajada namoyon bo‘ladi. Gullarning uzun bo‘lishi, ularning teri sathidagi hosil qiladigan
naqshning aniq bo‘lishini, sifatli gullar salmog‘ini oshirishni ta’minlaydigan belgilardan
biridir. Hozirda gullari uzun bo‘lgan terilarga talab yuqori va gullari kalta bo‘lgan terilarga
nisbatan narxlarida ham ancha tafovvut bor.

Hulosa qilib aytganda, Buxoro, Surxondaryo va Qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarida bir-

biridan farqli, faqatgina zot tipiga xos jihatlar mavjud. Bunday farqlanishlar ularning boqish


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

57

va asrash sharoitga ham bog‘liq. Qumli cho‘l, gipsli cho‘l hamda adir sharoitlarida
urchitiluvchi qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorligiga, nasliy xususiyatlariga ta’sir etuvchi turli
faktorlarni aniqlash orqali, ulardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish mumkin.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 avgustdagi PQ-4420-son

«Qorako‘lchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida» gi Qarori

.

www.lex.uz

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 sentyabrdagi PF-6059-son

“O‘zbekiston Respublikasida Pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni.

www.lex.uz

.

3.

Abduzoirova D.Yu. Har xil rangbaranglikdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘zilarining gul

xususiyatlari. Journal of Advanced Research and Stability. 2022. Vol:02. 269-271p.
4.

Fazilov U.T., Gaziev A. Seleksionno-plemennaya rabota v karakulevodcheskom klastere.

“Cho‘l-yaylov chorvachiligining rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi Qrako‘lchilik va cho‘l
ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining 90 yilligiga bag‘ishlangan Halqaro ilmiy-amaliy
konferensiya materiallari (2020-yil 10-111 dekabr). Samarqand, 2020, 24-34 b.
5.

Bazarov S.R., Sattorov S.B., Asfandiyorov O.O., Ismatov I.B., Bazarova D.S. Har xil

konstitutsiya tipidagi sovliqlardan olingan qorako‘l qo‘zilar va terilarining sifat ko‘rsatgichlari.
Chorvachilik va naslchilik ishi. № 6 2022 y. 22-23 bet.
6.

Бобокулов Н. А., Хатамов А. Х. СОСТОЯНИЕ ПРИРОДНЫХ ПАСТБИЩ ПРЕДГОРНОЙ

ПОЛУПУСТЫНИ

И

ВЗАИМОСВЯЗЬ

ПРОДУКТИВНОСТИ

ЖИВОТНЫХ

С

ИХ

ЭТОЛОГИЧЕСКОЙ ПОВЕДЕНЧЕСКОЙ ХАРАКТЕРИСТИКОЙ //ФОРМИРОВАНИЕ И
РАЗВИТИЕ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ НАУКИ В XXI ВЕКЕ. – 2016. – С. 436.
7.

Kh K. A. Growth and Development of Young Karakul Sheep of Different Ethological Types

//Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. – 2023. – Т. 12. – С. 22-25.
8.

Xatamov A.X. Turli hududlarda qorako‘l qo‘ylarini urchitishga yo‘naltirilgan samarali

seleksiya yo‘nalishlari. Chorvachilik va naslchilik ishi. № 06. 2022-yil. 20-21 b.
9.

Хатамов А. Х., Бобокулов Н. А., Попова В. В. ОПТИМИЗАЦИЯ ПРИЕМОВ ВЫПАСА

КАРАКУЛЬСКИХ ОВЕЦ КАРАКАЛПАКСКОГО СУРА РАЗНЫХ ЭТОЛОГИЧЕСКИХ ТИПОВ
//СОВРЕМЕННОЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ ПРИРОДНОЙ СРЕДЫ И НАУЧНО-
ПРАКТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РАЦИОНАЛЬНОГО ПРИРОДОПОЛЬЗОВАНИЯ. – 2017. – С.
1411-1414.
10.

Yusupov S.Yu., Mamatov B.S. O‘zbekistonda qorako‘lchilikni rivojlantirish bo‘yicha ayrim

mulohazalar. “Cho‘l-yaylov chorvachiligining rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi
Qrako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining 90 yilligiga bag‘ishlangan
Halqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (2020-yil 10-111 dekabr). Samarqand, 2020.
41-44 b.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 avgustdagi PQ-4420-son «Qorako‘lchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida» gi Qarori. www.lex.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 sentyabrdagi PF-6059-son “O‘zbekiston Respublikasida Pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni. www.lex.uz.

Abduzoirova D.Yu. Har xil rangbaranglikdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘zilarining gul xususiyatlari. Journal of Advanced Research and Stability. 2022. Vol:02. 269-271p.

Fazilov U.T., Gaziev A. Seleksionno-plemennaya rabota v karakulevodcheskom klastere. “Cho‘l-yaylov chorvachiligining rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi Qrako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining 90 yilligiga bag‘ishlangan Halqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (2020-yil 10-111 dekabr). Samarqand, 2020, 24-34 b.

Bazarov S.R., Sattorov S.B., Asfandiyorov O.O., Ismatov I.B., Bazarova D.S. Har xil konstitutsiya tipidagi sovliqlardan olingan qorako‘l qo‘zilar va terilarining sifat ko‘rsatgichlari. Chorvachilik va naslchilik ishi. № 6 2022 y. 22-23 bet.

Бобокулов Н. А., Хатамов А. Х. СОСТОЯНИЕ ПРИРОДНЫХ ПАСТБИЩ ПРЕДГОРНОЙ ПОЛУПУСТЫНИ И ВЗАИМОСВЯЗЬ ПРОДУКТИВНОСТИ ЖИВОТНЫХ С ИХ ЭТОЛОГИЧЕСКОЙ ПОВЕДЕНЧЕСКОЙ ХАРАКТЕРИСТИКОЙ //ФОРМИРОВАНИЕ И РАЗВИТИЕ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ НАУКИ В XXI ВЕКЕ. – 2016. – С. 436.

Kh K. A. Growth and Development of Young Karakul Sheep of Different Ethological Types //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. – 2023. – Т. 12. – С. 22-25.

Xatamov A.X. Turli hududlarda qorako‘l qo‘ylarini urchitishga yo‘naltirilgan samarali seleksiya yo‘nalishlari. Chorvachilik va naslchilik ishi. № 06. 2022-yil. 20-21 b.

Хатамов А. Х., Бобокулов Н. А., Попова В. В. ОПТИМИЗАЦИЯ ПРИЕМОВ ВЫПАСА КАРАКУЛЬСКИХ ОВЕЦ КАРАКАЛПАКСКОГО СУРА РАЗНЫХ ЭТОЛОГИЧЕСКИХ ТИПОВ //СОВРЕМЕННОЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ ПРИРОДНОЙ СРЕДЫ И НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РАЦИОНАЛЬНОГО ПРИРОДОПОЛЬЗОВАНИЯ. – 2017. – С. 1411-1414.

Yusupov S.Yu., Mamatov B.S. O‘zbekistonda qorako‘lchilikni rivojlantirish bo‘yicha ayrim mulohazalar. “Cho‘l-yaylov chorvachiligining rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi Qrako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining 90 yilligiga bag‘ishlangan Halqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (2020-yil 10-111 dekabr). Samarqand, 2020. 41-44 b.