YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
140
BUXORO VOHASI AHOLISINING DEHQONCHILIK, CHOVACHILIK BILAN
BOG’LIQ URF-ODAT VA MAROSIMLARI
Bozorov Feruz Shokir o‘g‘li
Buxoro davlat universiteti 2-bosqich magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.14160961
Buxoro vohasida ham XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida qadimiy dehqonchilik
madaniyatining oʻziga xos an'analari mavjud bo’lgan va aynan mana shu davrda xalqimizning
bugun unutilib ketgan dehqonchilikka oid koʻplab an'analari, marosim va bayramlari juda
yaxshi saqlanib qolingan edi. Dehqonchilik bilan bogliq bo’lgan an'analarda bahoriy ekish
mavsumida dalaga birinchi qo’sh chiqarish marosimi muhim amaliy ahamiyat kasb etgan.
Chunki yetishtiriladigan hosilning mo’l bo’lishi va yil barakali kelishi ekish mavsumining o’z
vaqtida sifatli o’tkazilishiga bog’liq bo’lgan. XX asrda an'anaviy dehqonchilik mashg’uloti
zamonaviy texnika taraqqiyoti bilan uyg’unlashgan davrda ham bahorgi dehqonchilik
yumushlarini boshlashdan avval marosimiy qurbonlik qilish odati saqlanib qolgan va hatto
bugunga qadar ham davom etib kelmoqda. Dehqonchilik homiysi hisoblangan “Boboi
Burqisarmast” ziyoratgohida (Shofirkon tumani Vardonze qishlog’ida joylashgan) har yil
odamlar bilan gavjum bo’ladi va bu yerga odamlar yilning uch faslida: bahor, yoz va kuzga
kelib “Xatmi quron”, “Xudoi” marosimlarini o’tkazishgan. Dastlab is chiqarilgan, so’ng
marosim taomi (osh, qabob, sho’rva, halisa) pishirilib xalqqa tarqatilgan.
Dehqonchilik— oʻzbeklarning qadimiy mashgʻulotlaridan biridir. Ming yillar davomida
dehqonchilik xoʻjaligini yuritish borasida koʻplab tajriba va usullar hamda fenologik
(oʻsimliklar va hayvonot dunyosidagi mavsumiy oʻzgarishlar) kuzatishlar toʻplangan.
Dehqonchilik borasidagi tajribalari uzluksiz holda ajdodlardan avlodlarga oʻtib bordi.
Yogʻingarchilikning kam boʻlishi, issiq havo iqlimi Oʻzbekiston hududida murakkab sugʻorish
tizimi vositasida mahsuldor sugʻorma dehqonchilikning keng tarqalishiga olib keldi. arafshon
oqimining yuqoriga ko‘tarilgan davri, Buxoro vohasida sug‘orma dexqonchilik uchun suvga
bo‘lgan talab kuchaygan. Daryo rejimidagi bu holat sug‘orma dexqonchilikning rivojlanishi
uchun eng qulay va zarur tabiiy sharoitlardan biri bo‘lgan. Vohada sug‘orma dexqonchilik
asosiy o‘rinda turganIlmiy tadqiqotlardan koʻrinadiki, sugʻorma dehqonchilik miloddan
avvalgi 3-asrda Xorazm, Zarafshon vohalari hamda Fargʻona vodiysida magistral kanallar
qurish, har xil suv bogʻlash, taqsimlash va suv chiqarish inshootlarini barpo qilish orqali
rivojlangan. Oʻzbek dehqonlari arpa, bugʻdoy, tariq, noʻxat, yasmiq, sabzi, paxta, bodom, oʻrik,
zigʻirpoya, bugʻdoy kabi ziroatchilik mahsulotlarini qadimdanoq yetishtirganlar. Bu esa
dehqonchilikni yanada rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
LOY TUTISH
- vohada dastlab ekin ekishdan avval ariq,shox ariqlar hamda kanallar
qazilgan.Shu
vaqtda
dehqonchilik
marosimlaridan
biri
“Loy
tutish”marosimi
o’tkazilgan.Bunda ariq qaziyotgan odamlar oldidan biror yo‟lovchi o‟tib qolsa, o’tayotgan
yo’lovchiga ariq qaziyotgan odamlardan bittasi bel yoki ketmonda loy tutishgan. Yo’lovchi
tutilgan loyni uzatilgan asbobi bilan birga olishi shart bo‟lgan, shu jarayonda yo’lovchi
o’zining hunarini ko’rsatib, vaziyatdan chiqib ketishi mumkin bo’lgan. Xususan, baxshi
dostondan terma kuylashi, hofiz qo’shiq aytishi, hunarmand esa ariq qazuvchilarning asbobini
ta’mirlab berishi lozim bo‟lgan. Agarda bu holatdan chiqib keta olmasa, ariq qazuvchilarni
mehmon qilishi yoki ular tomonidan ko’rsatilgan ariqni tozalab berishi lozim bo’lga.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
141
SHOXMOYLAR
– ekin ekishning ilk kuni dalaga qo’sh chiqarish “Shoxmoylar” udumi
bo’lib, dehqonchilik kasbiga oid eng muhim marosimlardan biri hisoblanadi. Chunki
dehqonchilikka aloqador marosimlarning deyarli barchasiga shoxmoylar udumi yo’l ochib
beradi, bu marosimga qishloq aholisining barchasi ishtirok etgan. “Shohmoylar” udmi erta
bahorda asosan Navro’z kunlari o’tkazilib, dehqonchilik taqvimiga asosan dushanba,
chorshanba yoki juma kunlaridan biriga to’g’ri kelishi lozim bo’lgan.
Chorvachilikni rivoj topishi Buxoro vohasi turmush tarzining asosiy boʼgʼini boʼlib
kelgan va kelmoqda. Bu xoʼjalik turi vohada miloddan avvalgi II ming yillikning oxirlarida va
miloddan avvalgi I-ming yillik boshlarida Zarafshon etaklari, xususan, hozirgi Olot, Qorakoʼl,
Jondor va Romiton atroflarida chorvachilik rivojlanib, bu joylar Buxoroning qadimgi
chorvador aholisi uchun keng yaylovga, qulay maskanga aylangan. Chorvachilik taraqqiy
etgan Amudaryo vohasi va quyi Zarafshonda anʼanaviy chorvachilik yuqori tovarlilik
xarakterida saqlanib qolinganligini ko’rish mumkin. Bu mintaqlarda birinchidan, chorvachilik
va dehqonchilik vohalari qatʼiy chegaraga ega emas edi. Ikki xoʼjalik tipining bir-birini
toʼldirishi natijasida u yoki bu tarzda chorvachilik xoʼjaligining taraqqiyoti yuz beradi.
Ikkinchidan, ikki xoʼjalik tipining oʼzaro bir-birini toʼldirishi ikki tomonlama assimilyatsiya
jarayonlarini stimullashtirib, oʼtroq va yarim oʼtroq aholining xoʼjaligining faollashuviga olib
keldi. Buxoro vohasi aholisi (oʼzbeklar, turkmanlar, arablar) uchun chorvachilik va
hunarmandchilik asosiy va serdaromad soha hisoblangan. Qo’y, echki va boshqa chorva
hayvonlari chorvachilik xo’jaligining asosini tashkil etgan. Аyniqsa, qoʼychilikning rivojlanishi
orqali oziq-ovqat mahsulotlari: goʼsht, sut mahsulotlari, xaridorgir xomashyolar: jun va charm
olingan. Qoʼylardan olinadigan eng qimmatli muhim mahsulot Qorakoʼl terisi hisonlangangan.
Asosan, chorvador aholi orasida qadimdan o’tkazilib kelingan yas-yosun marosimi ham
diqqatga sazovordir. M. F. Gavrilovning xabar berishicha, bu marosim XVII asrgacha
qimizxo’rlik marosim sifatida ma'lum bo’lgan, keyinchalik tariq, va kurmakdan tayyorlangan
maxsus ichimlik — bo’za ichish bilan almashgan.
XIX asrning oxirgi choragiga qadar dehqonchilikda asosan, donli ekinlar yetishtirilgan
bo‘lib, bug‘doy bilan arpa ko‘p ekilgan. Kuzgi bug’doy yoki arpa ekilgan maydonlarga kelgusi
yili tariq sepilgan. yeming hosildorligi kamayib ketmasligi uchun mahalliy o‘g‘itlar, jumladan,
go‘ng, eski devor tuprog‘i, kesak va guvalalar maydalab sochilgan va dehqonlar ekishning
bunday turiga jiddiy e’tibor qaratishgan.
Xulosa qilsak, Buxoro vohasida tabiat va dehqonchilik bilan bogʻliq marosim, udum,
sayillar XIX asr oxiri XX asr boshlarida keng tarqalgan boʻlib, bu an'analar oʻzining mohiyatiga
koʻra, kelayotgan yilda moʻl-koʻl hosil etishtirishdek ezgu maqsadlarga qaratilgan qadimiy
qadriyatlar sirasiga kiradi. Qolaversa, bu marosim va urf-odatlar kishilarning bir-birlariga
boʻlgan xurmat hamda mehrini oshirgan. Yuqorida aytib oʻtgan marosimlar va sayllarda
milliy qadriyatlar uygʻunlashganligi boisi ham asrlar mobaynida ajdodlardan avlodlarga
noyob meros boʻlib kelmoqda va ularning ayrim koʻrinishlari xalqimiz turmushida hozirgacha
saqlanib qolgan. An’anaviy chorvador xo'jaliklari esa, jamoa, davlat xo'jaliklarida biriktrilgan
hamda zamonaviy texnika va em-xashak bilan ta'minlangan. Yakka xo'jaliklarda qo'y - echki,
parranda va mol parvarish qilinadi. Shaharda em-xashak etmasligidan chorva faqat ayrim
xo'jaliklarda, shaxsiy hovlilarda mavjud. Ayniqsa tog’ etagi va dasht tumanlaridagi yirik jamoa
xo'jaliklarida chorvachilik muhim soha hisoblanadi va unga e'tibor juda ham katta bo’lgan.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
142
References:
1.
Jabborov I. “O`zbek xalqi etnografiyasi”.-T.:1994-yil. – B.320
2.
Jabborov I. O’zbeklar: (an’anaviy xo’jaligi, turmush tarzi va etnomadaniyati)/ T.
“Sharq”.2008. – B.240
3.
O‘ktamovna, Y. M., & Shaxina, N. (2024). BUXORO AHOLISINING ETNIK TARKIBINI
O’RGANILISHI BILAN BO’G’LIQ AYRIM MULOHAZALAR.
Journal of Innovation in Education and
Social Research
,
2
(4), 55-58.
4.
O‘ktamovna, Y. M., & Zarina, R. (2024). BUXORO HUNARMANDCHILIGI, CHORVACHILIGI
BILAN BOG’LIQ URF–ODAT VA MAROSIMLAR.
BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN
ILMIY JURNALI
,
4
(4), 13-15.