YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
134
IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING USTUVOR
YO`NALISHLARI
ПРИОРИТЕТЫ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ И ЛИБЕРАЛИЗАЦИИ
PRIORITIES OF ECONOMIC DEVELOPMENT AND LIBERALIZATION
Jumayeva Vazira Azim qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
“Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yo`nalishi 2-kurs talabasi
E-mail: vazirajumayeva2311@gmail.com
Ilmiy rahbar:
Niyazova Nozima Ilhom qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14160312
Annotatsiya:
XXI asr iqtisodiyotining asosiy vazifalari orasida iqtisodiyotni
rivojlantirish va liberallashtirish muhim o`rin tutadi. Bu jarayon davlatning iqtisodiyotdagi
rolini qisqartirish va bozor mexanizmlarini faollashtirish orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy
liberallashtirishning asosiy maqsadi – iqtisodiy samaradorlikni oshirish, investitsiyalarni jalb
qilish, ish bilan ta`minlash darajasini yuksaltirish hamda aholining turmush darajasini
yaxshilashdir. Bu jarayon soliq siyosatining optimallashtirilishi, mehnat bozori va
investitsiyaviy muhitning isloh qilinishi, shuningdek, innovatsiya va infrastruktura sohalarida
o`zgarishlar
kiritishni
o`z
ichiga
oladi.
Iqtisodiyotni
liberallashtirish
global
raqobatbardoshlikni oshirish va iqtisodiy barqarorlikni ta`minlash uchun zarurdir. Mazkur
maqola iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo`nalishlarini, shu
jumladan, iqtisodiy siyosat, investitsiya muhiti, tashqi savdo, moliya bozorlarining rivojlanishi
va institutsional islohotlar kabi asosiy omillarni o`rganadi.
Аннотация:
Среди основных задач экономики XXI века важное место занимают
развитие и либерализация экономики. Этот процесс осуществляется за счет снижения
роли государства в экономике и активации рыночных механизмов. Основная цель
экономической либерализации – повышение экономической эффективности,
привлечение инвестиций, повышение уровня занятости и улучшение уровня жизни
населения. Этот процесс включает в себя оптимизацию налоговой политики,
реформирование рынка труда и инвестиционной среды, а также изменения в сфере
инноваций и инфраструктуры. Экономическая либерализация необходима для
повышения глобальной конкурентоспособности и обеспечения экономической
стабильности. В данной статье рассматриваются приоритеты экономического
развития и либерализации, включая такие ключевые факторы, как экономическая
политика, инвестиционный климат, внешняя торговля, развитие финансовых рынков
и институциональные реформы.
Abstract:
Among the main tasks of the economy of the 21st century, the development
and liberalization of the economy occupy an important place. This process is carried out by
reducing the role of the state in the economy and activating market mechanisms. The main
goal of economic liberalization is to increase economic efficiency, attract investments, raise
the level of employment and improve the standard of living of the population. This process
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
135
includes optimization of the tax policy, reform of the labor market and investment
environment, as well as changes in the areas of innovation and infrastructure. Liberalization
of the economy is necessary to increase global competitiveness and ensure economic stability.
This article examines the priorities of economic development and liberalization, including key
factors such as economic policy, the investment climate, foreign trade, the development of
financial markets, and institutional reforms.
Kalit so`zlar:
iqtisodiy siyosat, innovatsiya, investitsiya, raqobatbardoshlik, raqamli
iqtisodiyot, yashil transformatsiya, bozorlarni erkinlashtirish, globalizatsiya, diversifikatsiya,
texnologik taraqqiyot, ijtimoiy tadbirkorlik, ta`lim tizimi.
Ключевые
слова:
экономическая
политика,
инновации,
инвестиции,
конкурентоспособность, цифровая экономика, зеленая трансформация, либерализация
рынка, глобализация, диверсификация, технологическое развитие, социальное
предпринимательство, система образования.
Key words:
economic policy, innovation, investment, competitiveness, digital economy,
green transformation, market liberalization, globalization, diversification, technological
development, social entrepreneurship, education system.
Kirish (Введение/Introduction)
Iqtisodiyotni rivojlantirish davlatning iqtisodiy quvvatini oshirish, ishlab chiqarish
hajmini ko`paytirish, yangi ish o`rinlarini yaratish va aholining turmush darajasini
yaxshilashga qaratilgan faoliyatdir. Yangi texnologiyalar va innovatsiyalar iqtisodiyotni
rivojlantirishning asosiy omillaridan biridir. Ular ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi,
yangi mahsulotlar va xizmatlar yaratadi va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini kuchaytiradi.
Xalqaro savdo iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim qismidir. Ular davlatlarga o`z
mahsulotlarini xalqaro bozorlarda sotish va xorijiy mahsulotlarni import qilish imkonini
beradi, bu esa iqtisodiyotning diversifikatsiyasiga va o`sishiga yordam beradi. Iqtisodiyotni
liberallashtirish iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan cheklashlarni kamaytirish yoki yo`q
qilish jarayonidir. Bozorlarni erkinlashtirish, ya`ni savdo va investitsiyalar uchun cheklovlarni
olib tashlash iqtisodiyotning samaradorligini oshiradi va xalqaro raqobatbardoshligini
kuchaytiradi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish har bir mamlakatning barqaror o`sishi va
farovonligini ta`minlashning asosiy omillaridan biridir. Bu jarayon mamlakatlarning iqtisodiy
siyosatini, investitsiya muhitini yaxshilash, tashqi savdo va moliya bozorlarini kengaytirish
hamda institutsional islohotlarni o`tkazish orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiyotni
liberallashtirish davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish va xususiy sektorning
rolini kuchaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirishni maqsad qiladi.
Mavzuga oid adabiyotlar sharhi
Har bir davlatning rivojlanishi, gullab-yashnashi bevosita iqtisodiyot bilan bog`liq.
Hozirgi kunda esa iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish muhim masalalardan biridir.
Liberalizatsiya yoki liberallashtirish keng atama bo`lib, qonunlar, tizimlar yoki fikrlarni
unchalik jiddiy bo`lmagan holga keltirish amaliyotiga ishora qiladi, odatda, muayyan hukumat
qoidalari yoki cheklovlarini bartaraf etish ma`nosida keladi. Bu tushuncha ko`pincha,
iqtisodga nisbatan qo`llaniladi, bu yerda u iqtisodiyotni liberallashtirish, iqtisodiy faoliyatga
(muayyan yo`nalishga) qo`yilgan cheklovlarni olib tashlash yoki kamaytirishni anglatadi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
136
Biroq, liberallashtirish, masalan, giyohvand moddalarni liberallashtirishni tavsiflashda,
dekriminalizatsiya yoki qonuniylashtirishning sinonimi sifatida ham qo`llanilishi mumkin
(ilgari noqonuniy bo`lganidan keyin biror narsani qonuniy qilish harakati).
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo`nalishlari quyidagilarni
o`z ichiga oladi:
Soliq siyosatini liberallashtirish:
soliq stavkalarini optimallashtirish orqali xususiy
sektorning faolligini kuchaytirish;
Investitsiyalarni jalb qilish:
investitsiyaviy muhitni yaxshilash va chet el investitsiyalarini
jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish;
Mehnat bozorini isloh qilish:
mehnat bozorini raqobatbardosh va moslashuvchan qilish
orqali ish bilan ta`minlash darajasini oshirish;
Innovatsiya va texnologiyalarni rivojlantirish:
innovatsiyalar va yangi texnologiyalarga
investitsiya kiritish orqali iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va raqobatbardoshligini
oshirish;
Infrastrukturani modernizatsiya qilish:
transport, kommunikatsiya va energetika
sohalarida infrastrukturani yaxshilash orqali iqtisodiy faoliyatni qo`llab-quvvatlash.
Shuningdek, raqamli iqtisodiyotga alohida to`xtalish lozim. Raqamli iqtisodiyot internet
va raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan iqtisodiyotni anglatadi. Raqamli iqtisodiyotda bir
qator zamonaviy texnologiyalar qo`llaniladi, ular iqtisodiyotning turli sohalarida
samaradorlikni, innovatsiyani va raqobatbardoshlikni oshirishga yordam beradi. Ammo
iqtisodiy o`sishga to`g`anoq bo`layotgan 2 muammoning biri internet sifati va tezligining
pastligi, narxlarining yuqoriligi bo`lsa, ikkinchisi vaqtinchalik propiska masalasi bilan bog`liq.
Haqiqat shundaki, internet tezligi va sifati qancha ortsa, mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmi
shuncha ko`tariladi.
Raqamli iqtisodiyotning globalizatsiyaga ta`siri keng qamrovli va chuqurdir. Quyida
raqamli iqtisodiyotning globalizatsiyaga qanday ta`sir qilishi haqida asosiy jihatlar keltirilgan:
Savdo chegaralarining pasayishi
. Raqamli iqtisodiyot, mahsulot va xizmatlarning xalqaro
darajada savdosini osonlashtiradi. Elektron
tijorat platformalari orqali kompaniyalar
chegaralarni kesib o`tishsiz global bozorlarga kirish imkoniyatiga ega bo`lishadi.
Aloqa va hamkorlikning kengayishi.
Raqamli texnologiyalar, masofaviy ishlash
imkoniyatlari va raqamli aloqa vositalari orqali dunyo bo`ylab hamkorlik qilish va loyihalarni
boshqarishni osonlashtiradi.
Innovatsiya va bilimning tarqalishi.
Raqamli iqtisodiyot , yangi g`oyalar va
texnologiyalarning tez tarqalishini rag`batlantiradi. Bu dunyo bo`ylab innovatsion
yechimlarning tezroq qabul qilinishiga olib keladi.
Iqtisodiy o`sishning yangi manbalari.
Raqamli iqtisodiyot yangi biznes modellari va ish
o`rinlari yaratish orqali iqtisodiy o`sishning yangi manbalarini ochib beradi. Bu, xususan,
dasturiy ta`minot, ma`lumotlar tahlili va raqamli marketing sohalarida seziladi.
Mijozlarga xizmat ko`rsatishning globalizatsiyasi
. Raqamli texnologiyalar yordamida
kompaniyalar butun dunyo bo`ylab mijozlarga xizmat ko`rsatishni yaxshilay oladi. Bu
mahsulot va xizmatlarning xilma-xilligini oshiradi va iste`molchilar uchun ko`proq tanlov
imkoniyatlarini yaratadi.
Mehnat bozori
. Raqamli iqtisodiyot masofaviy ishlash va freelancing kabi yangi mehnat
shakllarini rag`batlantiradi, bu esa xalqaro mehnat bozorining o`sishiga yordam beradi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
137
Ma`lumotlar va raqamli xavfsizlik
. Ma`lumotlar oqimi va raqamli xavfsizlik globalizatsiya
kontekstida muhim masalalarga aylanadi. Kompaniyalar va davlatlar, ma`lumotlar xavfsizligi
va shaxsiy ma`lumotlarni himoya qilish bo`yicha xalqaro standartlar va qonunlarga rioya
qilishlari kerak.
Raqamli bo`linish
. Raqamli iqtisodiyotning globalizatsiyaga ta`siri, raqamli bo`linishni
ham keltirib chiqarishi mumkin, ya`ni texnologiyadan foydalanish imkoniyati bo`lmagan
jamoalar va mamlakatlar orasida farq paydo bo`ladi. Bu texnologik rivojlanish va raqamli
savodxonlikni oshirish orqali hal qilinishi mumkin. Shu bilan birga yashil iqtisodiyot atrof-
muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish orqali barqaror
rivojlanishni ta`minlashga qaratilgan bir qator qadamlarni o`z ichiga oladi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga e`tiborni oshirish.
Quyosh panellari va shamol
turbinlari orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish.
Gidroenergiya va biomassadan foydalanish.
Suv kuchi va orqanik chiqindilardan energiya
ishlab chiqarish.
Sanoat jarayonlarini optimallashtirish
. Energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish
orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish.
Elektr transport vositalariga o`tish
. Elektr avtomobillar, avtobuslar va velosipedlar kabi
atrof-muhitga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalarini qo`llab-quvvatlash.
Tabiatni asrash va tiklash
. Daraxtlar ekishni ko`paytirish, tabiatga zarar yetkazuvchi
omillarni olib tashlash.
Suv resurslarini samarali boshqarish
. Suvni tejash texnologiyalari va suvni qayta ishlash
tizimini joriy etish. Xususan, Orol dengizi muammolarini bartaraf etish.
Barqarorlik standartlarini joriy etish
. Mahsulotlar va xizmatlar uchun ekologik me`yorlar
va standartlarni belgilash.
Quyidagi texnologiyalar raqamli iqtisodiyotning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi:
1)
Sun`iy intellekt (Al) va mashinaviy o`rganish;
2)
Bulutli hisoblash;
3)
Big Data (Katta ma`lumotlar);
4)
Blockchain;
5)
Internet of Things (IoT);
6)
Raqamli platformalar va E-Commerce;
7)
Raqamli xavfsizlik texnologiyalari.
Shuningdek, ta`lim tizimini yanada yaxshilashga e`tiborni kuchaytirish ham juda muhim
hisoblanadi. Davlatning taraqqiy topishi uchun sifatli ta`lim muhim ahamiyatga ega. Chunki
hozirda rivojlanib borayotgan O`zbekistonda o`z sohasining mutaxassislariga bo`lgan talab
juda yuqori. Maktabgacha va maktab ta`lim tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish, xususan,
o`quvchilarni to`g`ri yo`naltira olish, yetarli bilim bera oladigan pedagoglardan ta`lim olishini
ta`minlash, ta`lim maskanlarini kerakli jihozlar bilan ta`minlashga va iqtidorli yoshlarni
qo`llab-quvvatlashga e`tiborni kuchaytirish juda muhim. Soha vakillarining bilim va
ko`nikmalarini rivojlantirib, ta`lim va tarbiya sifatini nazorat qilgan holda ish ko`rilsa
maqsadga muvofiq bo`ladi.
Iqtisod rivoji uchun xalqaro savdoning o`rni ham juda katta. Xalqaro savdoning
barqarorligi va turg`un o`sishiga bir qator omillar ta`sir o`tkazadi:
xalqaro mehnat taqsimoti taraqqiyoti va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi;
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
138
asosiy kapitalning yangilanishi, iqtisodiyotning yangi sohalarini yaratish eskilarini
rekonstruksiya qilishni tezlatuvchi milliy savdoning o`sishi:
jahon bozorida transmilliy korporatsiyalar (TMK) faoliyatining aktivlashishi;
jahon savdosining ta`riflar va savdo haqidagi Bosh kelishuv tadbirlari asosida
muvofiqlash hamda liberalizatsiyalashtirish;
jahon savdosini liberizatsiya qilish ko`pchilik mamlakatlarda importni cheklashni bekor
qilish va erkin iqtisodiy hududlar uchun mavjud bojxona poshlininalarini qaytarishga o`tishi;
iqtisodiy integratsiya jarayonlarini rivojlantirish, hududiy to`siqlarni bartaraf etish;
umumiy bozor va erkin savdo hududlarining vujudga kelishi;
sobiq mustamlaka mamlakatlarning siyosiy mustaqillik olishi. Ular orasidan tashqi
bozor uchun mo`ljallangan yangi modelli “yangi industrial mamlakatlar”ning ajralib chiqishi.
Maqola bo`yicha xulosa va takliflar
Iqtisodiyot rivoji uchun ayrim g`oya va takliflarga e`tibor berish juda muhim.
Raqqosa
iqtisodiyot.
Bu g`oya iqtisodiyotning tez o`zgaruvchan tabiatini ifodalaydi.
Raqqosa iqtisodiyotda davlatlar tez moslashuvchan bo`lishlari, innovatsiyalarni qabul
qilishlari va raqobatbardoshligini oshirishlari kerak. Masalan, bu sun`iy intellekt va
robototexnika kabi sohalarda yangi texnologiyalarni tezda qabul qilishni o`z ichiga olishi
mumkin.
Yashil transformatsiya.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning asosiy
yo`nalishlari sifatida atrof-muhitga zarar bermaydigan, barqaror yashil iqtisodiyotga o`tishni
ta`kidlash. Masalan, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga investitsiya qilish, “yashil”
texnologiyalar va ishlab chiqarish usullarini rivojlantirish va atrof-muhitni muhofaza qilishga
oid qonun hujjatlarini liberallashtirishni o`z ichiga olishi mumkin. O`zbekiston agrar-
industrial davlat ekanini hisobga olgan holda, qishloq xo`jaligini kerakli texnika-
texnologiyalar bilan ta`minlash lozim. Xususan, tomchilab sug`orish tizimi juda katta
yutuqlardan biri bo`ldi.
Aqlli shaharlar va raqamli iqtisodiyot.
Raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali
shaharlar va qishloqlarni aqlli va samaraliroq qilish. Masalan, raqamli iqtisodiyotga o`tish,
blockchain texnologiyasi, sun`iy intellekt va ma`lumotlar tahlili kabi sohalarda innovasiyalarni
qo`llab-quvvatlash.
Ijtimoiy tadbirkorlik.
Ijtimoiy muammolarni hal qilish orqali iqtisodiy faollikni
rag`batlantirish. Ijtimoiy tadbirkorlik, masalan, kam ta`minlangan aholi qatlamlarini ish bilan
ta`minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va ijtimoiy adolatni ta`minlash kabi maqsadlarga
xizmat qiladi.
Ta`lim va malaka oshirish.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishda ta`lim va
malaka oshirishning muhimligini qayta ko`rib chiqish. Aholining raqamli ko`nikmalarini
oshirish, yangi texnologiyalarga moslashuvchanlikni rivojlantirish va doimiy o`rganish
madaniyatini qo`llab-quvvatlash.
Xulosa (Краткое содержание/Summary)
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, mamlakatning barqaror iqtisodiy
o`sishini ta`minlash va uning xalqaro raqobatbardoshligini oshirish uchun juda muhimdir.
O`zbekiston uchun iqtisodiy siyosatni liberallashtirish, investitsiya muhitini yaxshilash, tashqi
savdo va moliya bozorlarini rivojlantirish hamda institutsional islohotlarni amalga oshirish
ustuvor vazifalar qatoriga kiradi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
139
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbuslari
bilan turli yo`nalishlarda juda katta o`zgarishlar ro`y berdi. Rivojlanishni kuchaytirish uchun
nafaqat amaldorlar, balki har bir shaxs birdek mas`ul. Tabiatni asrash, isrofgarchilikni oldini
olish, resurslardan unumli foydalanish, atrof-muhitni asrab-avaylash, ilm olish, kasb-hunar
o`rganish va shunga o`xshash bir qator amallar har bir shaxsning burchidir. Bu insonlar uchun
ham, iqtisodiyot rivoji uchun juda muhim ahamiyatga ega.
References:
1.
Murodov A. N. (2020). “Iqtisodiyotni global miqyosda rivojlantirish”.
2.
Beknozov N. (2005). “Iqtisodiyot nazariyasi” darslik.
3.
Soliyev B. V. (2021). “Zamonaviy iqtisodiyot: Asosiy tendensiyalar va istiqbollar”.
4.
Karimov C. R. (2022). “Iqtisodiy liberallashtirish va uning global ta`siri”.
5.
Stiglitz J. E. (2002). “Globalization and Discontents”.
6.
Friedman M. (2002). “Capitalism and Freedom”.
7.
Rodrik D. (2011). “The globalization Paradox”.
8.
Mamatqulov X.M. (2008). “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”.
9.
10.
11.