YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
107
YUQORI NAFAS YO'LLARI INFEKSIYALARNING KLINIKASI VA
PROFILAKTIKASI
Dosent:
Vahidova A.M.
PhD:
Xudoyarova G N.
Baxriddinova Malika
(davolash fakulteti talabasi)
SAMARQAND ZARMED UNIVERSITETI
https://doi.org/10.5281/zenodo.14129784
Mavzuning dolzarbligi.
Virusli infeksiyalar keng tarqalgan kasallik bo'lib, har qanday
yoshdagi odamlarga taʼsir qilishi mumkin.Oddiy yalig'lanishdan xar xil kasalliklar kelib
chiqadi masalan gripp surunkali bronxit kabi ogʻirroq kasalliklarga qadar viruslar tez
tarqalish va jiddiy sogʻliq muammolarini keltirib chiqarishi mumkun.Ushbu maqola virusli
infeksiyalar, jumladan, ularning, sabablari belgilari va oldini olish choralari haqida toʻliq
maʼlumot berishga qaratilgan.Virusli infeksiyalarga viruslar deb ataladigan mikroskopik
organizmlar sabab boʻladi.Ushbu yuqumli agentlar xost hujayralariga kirib, ularning
mexanizmlarini oʻgʻirlaydi va koʻpayadi, bu turli kasalliklarning rivojlanishiga olib
keladi.Viruslar tananing turli qismlarini, jumladan, nafas olish tizimi, oshqozon-ichak
trakti,teri va boshqalarni nishonga olishi mumkin.
Kalit soʻzlar:
astma, infeksiya, diffuz yalig'lanish, gripp epidemiyasi, paragripp,
streptokkok, virus, toksin, yalig'lanish, qizarish, leykotsitlar, diapedizi, epiteliy, xirillash.
Maqsad:
Xar xil infeksiyali kasalliklarni oldini olish, gripp surunkali bronxit
kasalliklarini oldini olish va ularni tekshirish uchun material olib oʻrganish.
Tadqiqot materiallari va usullari:
Tadqiqotchilar turli virusli infeksiyalar bilan
kasallangan bemorlardan tekshirish uchun material olinib, Umumiy virusli infeksiyalarga
virusologik tekshirishlar amalga oshiriladi.Bemorda qo'yidagi o'zgarishlar bilan simptomlar
kuzatiladi.
1)
Umumiy yalig'lanish:Bu asosan yuqori nafas yoʻllariga taʼsir qiladigan virusli infeksiya.
2)
Bronxit nafas a'zolari sistemasining eng koʻp tarqalgan kasalliklaridan biridir.
Ushbu kasallik bilan koʻproq erkaklar kasallanadi.Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining
koʻrsatmasi boʻyicha, kasal ikki yil davomida uzluksiz uch oy va undan koʻp vaqt yo'talib
balg'am tashlasa, bronxit surunkali hisoblanadi. Surunkali bronxit birlamchi va ikkilamchi
bo'lishi mumkin. Birkamchi surunkali bronxitda bronxlarning diffuz oʻzgarishlari Birlamchi
surunkali bronxit bronx-oʻpka va boshqa sistema kasalliklariga bogʻliq bo'lmaydi.Ikkilamchi
surunkali bronxit bronx oʻpka va boshqa sistema kasalliklari natijasida kelib chiqadi
(sil,bronxoektatik kasallik,surunkali pnevmoniya,uremiya,qon aylanishi yetishmovchiligi va
h.k).
Surunkali oddiy bronxit asosan yirik va oʻrta bronxlar shilliq qavatining diffuz
yalig'lanishi, ularning himoya va tozalovchi faoliyatining buzilishi, balgʻam suyuqligining
oshishi (diskriniya) shilliqli geppersekretsiya bezlar gipperplaziyasi bilan namoyon boʻladi.
Kassllik yoʻtal va shilliq-yiringli balg'am ajralishi bilan kechadi.Surunkali oddiy obustruktiv
boʻmagan)bronxit katta yoshli aholi orasida 7,3-21,8%ni tashkil etib,50-59 yoshli erkaklar va
40 -49 yoshli ayollar orasida koʻproq uchraydi.
Surunkali bronxitning kelib chiqishida tamaki tutunidan nafas olishning (faol va passiv
chekish)ahamiyati katta.Uning taʼsirida shilliq qavatning doimiy shikastlanishi natijasida
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
108
bronxlar sekreti suyuqligining oshishi va geppersekretsiyasi kiprikchali shilliq epiteliyning
zararlanishi kuzatilib bronxlarning ximoya va tozalovchi hamda mukosiliar transport faoliyati
buziladi. Oqibatda shilliq qavatning surunkali yalligʻlanishi rivojlanadi. Tamaki chekish
bronxlar shilliq qavati chidamliligini pasaytiradi va patogen virus-bakterial infeksiyalar
taʼsirini kuchaytiradi.Surunkali bronxit bilan kasallangan bemorlarning taxminan 80-90%faol
chekuvchilardir. Kasallikning kelib chiqishida bir kunda chekilgan segaritlar soni va chekish
davomiyligi katta ahamiyatga ega. Yana bir sababi kremniy, kadmiy NO2,SO2 va boshqa
uchuvchi moddalar, virusli bakterial infeksiyalar:
Resperator viruslar (respirator-sinitial virus,gripp virusi,adenovirus va boshqalar);
Pnevmolokk;
Gemofil tayoqcha;
Moraksella
Mikoplazma;
Xlamidiya va boshqalar.
Surunkali bronxitning kelib chiqishida virusli infeksiyaning roli katta. Bronxlar shilliq
qavati epiteliyasining oʻchiqli distrofiyasi va kiprikli hujayralar oʻlimga olib keladi. Oʻtkir
bronxit: bronxlar shilliq qavatining o'tkir diffuz yalig'lanishi bo'lib aksariyat hollarda hamda
nafas siqishi (kichik bronxlar zararlanganda)bilan kechadi.Nafas aʼzolari kasalliklari ichida
oʻtkir bronxit 30-40%ni tashkil etib,aholi orasida eng koʻp uchraydigan xastaliklardan biri
hisoblanadi. U aksariyat hollarda, faslning sovuq kunlarida bahor va kuzda,gripp epidemiyasi
va boshqa virusli respirator kasalliklar vaqtida aniqlanadi.
Oʻtkir bronxitning kelib chiqishi (quruq,issiq yoki sovuq havo);infeksion (viruslar
paragripp adenovirus stafilokokk, streptokkok, pnevmoniya va boshqa chaqiruvchi
tayoqchalar) allergik (organik chang, o'simlik changlari va boshqalar) Shuningdek, turli
yuqumli, xususan, qizamiq, ko'kyo'tal, bo'g'ma,ich terlama kasalliklarning asorati sifatida
yuzaga kelishi mumkin.
Xulosa:
Odatda, oʻtkir bronxitga chalingan bemor issiq suyuqliklar (limonli, malinali,
asalli choy) ichish tavsiya etiladi.Agar bemorda bronxiolit va nafas yetishmovchiligi rivojlansa,
muolajalar shifoxona sharoitida olib boriladi. Jarayon virusli infeksiya bilan bogʻliq boʻlsa,
ularga qarshi dorilar kasallik boshlangandan keyingi 24-48 soat ichida amalga oshiriladi.
Bunda kompleks davo bilan birga immunoglobulin 2-4ml mushak orasiga 1-2 marta va
interferon ishlatiladi. Antibiotiklar bemor yoshi 50 dan katta boʻlib,yiringli balg'am ajralganda
buyuriladi.
References:
1.
Simonsen L, Conn L.A, Pinner RW, et al. Trends in infectious diseasehospitalizations in
the United States, 1980–1994. Arch Intern Med1998; 158:1923–8.
2.
Emori TG, Banerjee SN, Culver DH, et al. Nosocomial infections inelderly patients in the
United States, 1986–1990. Am J Med 1991;91(Suppl 3B):289S–93S.
3.
McBean M, Rajamani S. Increased rates of hospitalization due to septicemiain the US
elderly population, 1986–1997. J Infect Dis 2001;183:596–603.
4.
А.М.Вахидова
МИКРОБИОЛОГИЧЕСКИЕ
ИССЛЕДОВАНИЕ
ПРИ
ДЕТСКОМ
ГОРОДСКОМ БОЛЬНИЦЕ С ДИАГНОЗОМ КАНДИДОЗ. Journal of new century innovations
24 (2), 21-29
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
109
5.
Г.Н. Худоярова, И Баротов, МА Мамадиярова. ПИТАНИЯ СТУДЕНТОВ САМГМУ
СРАВНИТЕЛЬНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА МЕЖДУ МЕДИКО-ПЕДАГОГИЧЕСКОГО И МЕДИКО-
ПРОФИЛАКТИЧЕСКОГО ФАКУЛЬТЕТА. Journal of new century innovations 24 (2), 30-35
6.
Худоярова Г. Н., Хасанова Дурдона, Ибрагимов Сохиб, & Асроржонова Зулфизар.
(2023). ПИТАНИЯ СТУДЕНТОВ СРАВНИТЕЛЬНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА МЕЖДУ
ФАКУЛЬТЕТАМИ. Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 8(1), 59–64. Retrieved from.