Авторы

  • MOHIDIL QAYUMOVA
    ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIIY FANLAR FAKULTETI IV BOSQICH 401-GURUH TALABASI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.50446

Ключевые слова:

differensatsiya va integratsiya interfaol individual tarixiy ananaviy va noan’anviy eksperiment modellashtirish seleksiya.

Аннотация

bu tezisda an’anaviy va noan’anaviy darslar haqida va yana interfaol texnikaviy darso’tish usullari haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

88

BIOLOGIYANI O'QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

QAYUMOVA MOHIDIL

ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIIY FANLAR FAKULTETI

IV BOSQICH 401-GURUH TALABASI

https://doi.org/10.5281/zenodo.14059901

Annotatsiya:

bu tezisda an’anaviy va noan’anaviy darslar haqida va yana interfaol

texnikaviy darso’tish usullari haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan.

Abstract:

this thesis provides brief information about traditional and non-traditional

lessons, as well as interactive technical teaching methods.

Аннотация:

в данной дипломной работе представлена краткая информация о

традиционных и нетрадиционных уроках, а также интерактивных технических методах
обучения.

Kalit so’zlar:

differensatsiya va integratsiya, interfaol, individual, tarixiy, ananaviy va

noan’anviy, eksperiment, modellashtirish, seleksiya.

Key words:

differentiation and integration, interactive, individual, historical, traditional

and non-traditional, experiment, modeling, selection.

Ключевые

слова:

дифференциация

и

интеграция,

интерактивный,

индивидуальный, исторический, традиционный и нетрадиционный, эксперимент,
моделирование, отбор.


Bilamizki, ta’limni pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish xususida

ajdodlarimiz ham bir qancha izlanishlar olib borganlar. Sharqning buyuk allomalari Muso al-
Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Abu Nasr Farobiy kabi
qomusiy olimlar o’z asarlarida maktab va madrasalarda insonni aqliy kamolotga yetkazishda
o’qitishning turli usullari va vositalaridan foydalanishga katta ahamiyat berganliklarini
ta’kidlab o’tishgan. Hozirgi ta’lim tizimida bilimlarni egallashning yangi pedagogik
texnologiyalari – noan’anaviy ta’lim texnologiyalarining uslublarini qo’llashni taqozo etmoqda.
Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi: birgalikda o’rganish, eksperiment, modellashtirishga
bo’linadi va yaxlit uzviy tizim asosida olib boriladi. Hozirda tabiiy fanlarning rivojlanishi, fanlar
o’rtasida differensatsiya va integratsiya jarayonlarining vujudga kelishi ob’yektiv qonuniyat
sifatida tabiiy fanlar biologiya, kimyo, fizika fanlari o’rtasida fanlararo bog’lanishni amalga
oshirishni talab etmoqda. Biologiya o’quv fanini o’qitishning vazifalari – asosiy biologik
tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlar bilan tanishtirish, tirik organizmlarning yashash
muhitiga moslashishlarning vujudga kelish mexanizmlari haqida ma’lumotlar berish,
organizmlarning individual va tarixiy rivojlanishining hozirgi mazmunining ta’limini
biologiyaga tanishtirish, asosiy bosqichlarini tanishtirish, biologiya ta’lim mazmunining hozirgi
ijtimoiy hayot va fan texnika yutuqlari bilan bog’lanishini ta’minlash, o’quvchilar o’zlari va
o’zgalarning salomatliklarini saqlashi, tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda
bo’lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish, biologik bilimlar zaminida mahalliy o’simlik
va hayvon turlari, seleksiya yutuqlari va shunga o`xshash tiriklikning o’ziga xosliklarini
o’rganish va o’rgatishdan iborat.

Interfaol metodlar biologiya o'qitish jarayonida o'quvchilarning faolligini oshirish, ular

o'rtasida hamkorlikni kuchaytirish va o'quv materialini yaxshiroq o'zlashtirish imkoniyatini
beradi. Bunday metodlar qatoriga munozaralar, guruhiy ishlar, rol o'yinlari va laboratoriya


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

89

ishlari kiradi. Masalan, O'simlik hujayrasi mavzusini o'rganishda o'quvchilarni kichik
guruhlarga ajratib, har bir guruhga turli vazifalar berish mumkin, bu esa ularning mavzuni
chuqurroq tushunishiga yordam beradi.

References:

1.

Международный научный журнал № 8(100), часть 1 «Научный импульс» Март,

2023
2.

www.arxiv.uz

3.

www.lex.uz

Библиографические ссылки

Международный научный журнал № 8(100), часть 1 «Научный импульс» Март, 2023

www.arxiv.uz

www.lex.uz

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)