YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
66
TOSHKENT SHAHRINI EKOLOGIK IFLOSLANISHINING INSONGA TA’SIRI
Toshmurodova Muhayyo Sharif qizi
“TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14185959
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Toshkent shahrining ekologik ifloslanishi va uning kelib
chiqishiga sabab boʻlayotgan omillar tahlil qilingan. Atrof- muhit bilan bogʻliq muammolarini,
bartaraf etish boʻyicha ma’lumot tavsiyalar berilgan. Toshkent havosida PM2,5 despers mayda
zarralarining konsentiratsiyasi darajasi keskin oshganligini koʻrish mumkin.
Kalit soʻzlar:
Muammo, Toshkent, omil, ifloslanish, gazlar, atmosfera, kasallik, tabiat,
iqlim, resurs.
KIRISH.
Soʻngi yillarda dunyoda iqlim oʻzgarishlari sezilarli darajada yomonlashganini
koʻrish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim
o‘zgarishi vazirligi yurtimiz shaharlari ichida Toshkent shahrining atmosfera havosi ifloslanib
borayotgani undagi antirapagen ta’sirlar bilan bogʻliq boʻlib, ular insoning iqtisodiy va madaniy
manfaatlarini ruyobga chiqarish uchun, tabiiy muhitni oʻzgarishiga olib kelmoqda.
Dunyoda global iqlim oʻzgarishi, choʻllanish jarayonlarining koʻchayishi natijasida tabiiy
changlar konsentratsiyasi koʻrsatkichlarining oshishi hamda ishlab chiqarish korxonalari,
avtomobillar sanoati va sonining koʻpayishi atmosferaga chiqarilayotgan tashlamalar
miqdorining sezilarli ortishiga sabab boʻlmoqda. Bu Respublikada, ayniqsa, Toshkent shahrida
havoning ifloslanish darajasi oshishiga taʼsir qilmoqda. Bundan tashqari, shaharlardagi
atmosfera qatlamlarining past shamollatilishi, shahar transportining koʻpligi, yoʻllarning
tirbandligi, keng koʻlamli qurilishlar, yashil hududlarning kamligi - bularning barchasi
meteorologik sharoitlar va antropogen yuklama atmosfera havosining yuqori ifloslanishiga olib
kelmoqda.
Toshkent shahrida ayrim kunlarda havodagi zaharli zarralar miqdori JSST tavsiyasidan
bir necha o‘n marta oshyapti. Hatto gohida yog‘ib o‘tgan yomg‘ir ham vaziyatni o‘nglay
olmayapti. Oqibatda Toshkent havosining ifloslanishi bo‘yicha dunyo reytingida yuqori
o‘rinlarga chiqib ketmoqda.
Ekologiya vazirligi Toshkent shahrida atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy omillar
deya sifatsiz yonilg‘ida ishlaydigan avtotransport vositalaridan chiqayotgan 244 chiqindilar,
issiqlik va elektr stansiyalarida ko‘mir va mazutdan foydalanish, yer yuzasining gilobal isishi
havo tarkibida SO
2
ning ortib ketishi natijasida XXI asirga kelib yer yuzasining harorati 1,5-4,5
ga ortishi mumkin.
Toshkent havosida mayda PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 212 mkg/m
3
ni
tashkil etgan – bu “juda zararli” tasnifidagi ko‘rsatkich bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
belgilagan me’yordan 42,4 barobarga ko‘pdir. 2023-2024 kuz-qish mavsumida Oʻzbekiston yan
bir-necha bor top-10 talikka kirdi. 2024 yil yanvar oyi soʻnggida va 1-2- fevral kunlari qor va
yomgʻir yogʻdi. Bu albatta havoning yaxshilanishiga ijobiy ta’sir qildi. Kuchalarda qor bo`lgan 3
fevral kunida Toshkent shahri dunyoda havoning iflosligi boʻyicha 11-orinni qayd etdi.
Oxirgi 10 yilda respublikamizda avtomobillar soni qariyb millionga yetgan.
2021 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil
avtomobillar soni 2767126 tani tashkil etib, har 1000 nafar aholiga o‘rtacha 80 ta yengil
avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
67
Atrof-muhitn ifloslantiradigan manbalarda biri avtomobil transporti hisoblanadi.
Atmosferaga chiqariladiga hamma zararli moddalarning yarmidan ko‘prog‘i avtomobillarga
to‘g‘ri keladi. Toshkent shahri va Respublikaning yirik shaharlarida bu ulush miqdori yanada
ko‘proq. Buning sabablari– transport oqimining katta sur’atlar bilan oshishi, transport
vositalarining texnik holati ekologiya talablarini qondirmasligi, yo‘llarning yomonligi
atmosferaga chiqariladigan uglerod va azot oksidlari, uglevodorodlar va boshqa zararli
moddalar miqdori ruxsat etilgan chegaraviy miqdorlardan 5-10 marta ortib bormoqda.
Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni:
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2022 yilning 1 yanvar holati bilan
solishtirilganda 94,9 mingtaga oshgan. Toshkentda havo ifloslanishiga Avtotransport harakati
natijasida azot ikki oksidi miqdori 0,2-0,3 marotaba ruxsat etilgan me’yor miqdoridan ortgan.
Xulosa oʻrnida shuni aytishimiz joizki, har qanday muammoning kelib chiqishida inson
omili ta’siri seziladir. Bu muammolarning qamrovi kengayib ketmasidan oldin, unga
berilayotgan ta’sirni pasaytirish va barchani tabiiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga
chorlashimiz kerak. Yurtboshimiz aytganlaridek sogʻlom avloddan, sog’lom kelajak qoladi, biz
shu shiorga amal qilishimiz joizdir.
References:
1.
Nig’matov A. N. O’zbekiston Respublikasi ekologiya huquqi, -T.2004.
2.
Tuxtayev. A. Ekologiya. T. 2000.
3.
„Toshkent shahri atmosfera havosi ifloslanishi yuzasidan ma’lumot“
.
www.eco.gov.uz
.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
4.
Egambediev R. Ekologiya. T.1993-yil
5.
.Uz
6.
O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent 2000-2005
7.
Egamberdiyev. R. “Ekologiya”. Toshkent, uzbekiston 1994