Авторы

  • Baxodir Yuldashev
    “Yangi asr” universiteti, Mumtoz sharq filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.50451

Ключевые слова:

Nahv grammatika Alfiya nahvchi tobein sahoba mubtado xabar rof.

Аннотация

Ushbu maqolada arab tilidagi grammatik asarlarning nazmiy uslubda yozilishi: Ibn Molikning “Alfiya” asari asosida, ilmiy dalillar bilan yoritib berilgan. Bunga bir qancha misollar ham keltirib o‘tilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

62

ARAB TILSHUNOSLIGIDA QISQA NAZMIY GRAMMATIK RISOLALAR YOZISH

VA IBN MOLIKNING “ALFIYA” ASARI HAQIDA

Yuldashev Baxodir Kadirdjanovich

“Yangi asr” universiteti,

Mumtoz sharq filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14185901

Annotatsiya:

Ushbu maqolada arab tilidagi grammatik asarlarning nazmiy uslubda

yozilishi: Ibn Molikning “Alfiya” asari asosida, ilmiy dalillar bilan yoritib berilgan. Bunga bir
qancha misollar ham keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Nahv, grammatika, Alfiya, nahvchi, tobein, sahoba, mubtado, xabar, rof.

О КРАТКИХ ПОЭТИЧЕСКИХ ГРАММАТИЧЕСКИХ ТРАКТАТОВ В

АРАБСКОЙ ЛИНГВИСТИКЕ И РАБОТЕ ИБН МАЛИКА «АЛЬФИЯ»

Юлдашев Баходир Кадиржанович

Преподаватель кафедры восточной филологии мумтаз

Университета «Янги аср».

Аннотация:

В данной статье на основе произведения Ибн Малика «Альфия» с

научными доказательствами объясняется написание грамматических произведений на
арабском языке в поэтическом стиле. Было приведено несколько примеров этого.

Ключевые слова:

Нахв, грамматика, Альфия, Нахвчи, Тобейн, Сахабий, Мубтадо,

Хабар, Роф.

ABOUT WRITING SHORT POETIC GRAMMAR TREATISES IN ARABIC

LINGUISTICS AND IBN MALIK'S WORK "ALFIYA"

Yuldashev Bakhodir Kadirjanovich

Teacher of the Department of Eastern Mumtaz

Philology at “Yangi asr” University

Abstract:

In this article, the writing of grammatical works in the Arabic language in poetic

style is explained based on Ibn Malik's work "Alfiya" with scientific evidence. Several examples
of this have been cited.

Key words:

Nahv, grammar, Alfiya, Nahvchi, Tobein, Sahaba, Mubtado, Khabar, Rof.


Tilshunsolik bilimlari tarixidan ma’lumki, arab nahvshunosligida nahvchi olimlar arab tili

va uning grammatikasini rivojlantirish borasida yuksak samaradagi ishlar olib borganlar.
Bunda ilk nahv davri vakillari Abu al-Asvad ad-Dualiy, Nasr ibn Osim, Yahyo ibn Ya’mar, Yunus
ibn Habib, Ali ibn Hamza al-Kisaiy va ularning shogirdlari davri hamda ularning shogirdlarining
shogirdlari davri beqiyosdir. Ularning nafaqat o‘z yurtlari, balki, keyinchalik arab xalifaligiga
qo‘shib olingan hududdan chiqqan muvallad olimlarning yetishib chiqishida ham xizmatlari
kattadir. Tarixda bilamizki, arab diyorlaridan tashqari Movaraunnahr va Andalusiya diyorlari
ham arab xalifasiga dastlabki xalifalik yillarida - VII-VIII asrlarda qo‘shib olinadi. Bu qo‘shilish
natijasida shu o‘lkalarda yashab istiqomat qilayotgan mahalliy aholining islom dini, arab tili va
arablarning madaniyatiga qiziqishlari ortib boradi. Bunda avvalambor, arab bo‘lmagan aholi
arab tiliga bo‘lgan ehtiyojni sezadi. Tabiiyki, Qur’oni Karim oyatlari ma’nolari va


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

63

Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) sunnatlariga bo‘lgan islomga yangi
kirgan mahalliy aholining qiziqishi kundan-kunga ortib, arab tilini o‘rganish ehtiyojmandlari
soni ortib borardi. Bu esa o‘z-o‘zidan arab tilini o‘rganish va uni bilganlar uchun esa o‘rgatish
masalasini ko‘ndalang qoygan edi.

Albatta, dastlabki yillarda xalifalik egallangan hududlarda ko‘proq urg‘uni boshqaruv

hokimiyatini mustahkamlashga qaratadi. Shunga qaramay arab tilining jozibadorligi, islom
dining sofligi bu tilni o‘rganmaslik katta ma’naviy va ma’rifiy yoqotish bo‘lishini o‘sha davrda
inslonlar anglab yetadilar. Shundan so‘ng xalifalik hududlariga arab diyorlaridan kelgan
sahobalar va tobeinlardan tashkil topgan ilmiy jamoa a’zolari dastlabki ta’limni bera
boshlaydilar. Keyinchalik vaqt o‘tishi bilan ulardan ta’lim olgan mahallaiy olimlar arab tilini
yanada mustahkam o‘rganish uchun arab diyorlariga borib sof arab olimlaridan ilmni olishga
intiladilar. Bu borada o‘z o‘rnida arab tili bilan birinchi marta duch kelaoytgan va arablar
kelgunga qadar boshqa til oilasidan mansub til guruhlariga oid tillarda so‘zlashib kelgan aholi
bu tilni o‘rganish va o‘rgatishda bir qancha dolzarblikka uchraydilar. Eslatib o‘tish joizki,
bungacha arab tili nahvchiligida faqat bu tilning egalari, ya’ni arablargina o‘zarining tillarini
juda yaxshi o‘rganib kelayotgan edilar. Bir muddatdan so‘ng arab bo‘lmagan aholi orasida ham
arab tilini yaxshi egallagan va bu tildan arablardan qolishmaydigan darajada ijod etadigan
olimlar yetishib chiqadilar. Milodiy XIX asrdan boshlab arab tili sohasidagi tilshunos va
lug‘atshunos olimlar tarkibiga ajamlar, ya’ni arab bo‘lmaganlar ham qoshiladi. Ularning bu tilni
o‘zganish va o‘zgatishga bo‘lgan qarashlari esa arablarning qarashlaridan tubdan farq qilar edi.
Zero, Qur’oni Karim oyatlari nozil bo‘lgunga qadar bo‘lgan davrda arablarning o‘z ona tillarini
bilishlik davolari oyatlar nozil bo‘lganidan keyin o‘zgaradi. Shuningdek, arab nahviga oid
bilimlarni qaysidir ma’noda qayta kashf qiladilar. Endi esa, arab davrigacha bo‘lgan vaqtda bu
tildan xabari yo‘q aholi vakillariga bu tilni tez va natijaviy o‘rgatish muammosiga duch keladilar.
Bunday muammolarni yechish maqsadida madrasalarda arab tilini qisqa muddatda o‘rgatish
uchun kam so‘z bilan ko‘p ma’noni ifoda etish hamda nahv qoidalarini tezda yodda saqlab
qolishga xizmat qiluvchi arab nahviga oid qisqa grammatik asarlar yozish an’ana tusiga kiradi.
Albatta, bunday asarlarni yozishda nazmiy uslubdan foydalanishgan. Zero, she’riyatning inson
qalbiga va ongiga tez yetib borishi, qofiyaning mohironaligi sabab esda saqlanib qolishi va shu
bilan birga tilga oson bo‘lishi biz uchun ma’lumdir.

Shayx Abdulloh bin Solih al-Favzan

o‘zlarining “Dalil as-Salik ila Alfiyati ibn Malik” nomli Muhammad Ibn Molikning “Alfiya”siga
yozgan sharhlarida shunday keltiradilar: “Hijriy II va undan keyingi asrlar she’riy ta’lim asri
bo‘ldiki, bu ilm va maorifatda yangi xususiyatlarni taqdim etdi. Bu esa oz’-o‘zidan ta’lim va uni
tashkil etishda muhim o‘rin qoldirdi. Ta’lim berish va uni olishda oldinga qo‘yilgan yuksak
qadamlardan bo‘ldi. Chunki nazm hifz va so‘zlash uchun oson hamda matlub yo‘l hisoblanar
edi.”

1

“o‘rta asr sharqida madrasalar uchun qisqa grammatik risolalar yozish an’anasi bo‘lgan.

Bunday asarlar tilning ravonligi, soddaligi, fikrlarning aniq va lo‘nda ifodalanishi bilan ajralib
turgan. Biror bir grammatik qoidani yoki fikrni ikki-uch so‘z bilan aniq va barcha uchun
tushunarli qilib ifodalash mualliflardan zo‘r bilim va mahorat talab etgan”

2

.

1

.لولأا ءزجلأ .”كلام نبا ةيفلأ يلإ كلاسلا ليلد“ نازوفلا حلاص نب الله دبع

2

M.Nosirova., “Tilshunoslik bilimlari tarixi”., T:.2019. “Navro‘z”. 76-bet.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

64

Biz bejizga yuqorida Muhammad Ibn Molik

3

ning “Alfiya” hamda unga yozilgan sharhni

keltirmadik. Bu asar o‘z davrining she’riy usulda yozilgan nahviy asarlarning gultojisi bo‘lgan.
Ulamolar bu inson haqida va u zotning ilmi hamda axloqi haqida ko‘plab maqtovli fikrlarni ham
aytib o‘tishgan. Jumladan, Imom Zahabiy u kishi haqida quyidagicha ta’rif berganlar: “Ibn Molik
rahmatullohi alayh qiroat ilmlari imomidir, lug‘at ilmida esa yuqori cho‘qqiga erishgan, ammo
nahv va sarf ilmida esa hech kim u zotga teng kela olmaydigan dengizdir”.

Muhammad Ibn Moliknning “Alfiya” asari u kishining “Al-Kafiya al-Shafiya” nomli katta

asarining muxtasari hisoblanadi. Dastlab, Ibn Molik alloma Ibn Mu’tiy

4

ning “Alfiya” asarlarini

ko‘rib chiqadilar va o‘z shogirdlariga shu asar asosida dars beradilar. Tajriba va ilm ortgani
sayin Ibn Molikni o‘z asarlariga she’riy uslubda ming baytni muxtasar uslub bilan boshqa ming
baytliklardan ko‘ra afzalroq va foydaliroq tarzda yozishga undaydi. Bu davrda bunday nazmiy
ulsubda qisqa nahviy risolalar yozish an’anasi yasxhi rivojlanib, bir qancha asarlar yoziladi.
Masalan, Abu Muhammad al-Haririy

5

ning asarlari, Jamoliddin Abu Amr ibn Hojib

6

ning asarlari,

Muhammad bin Yusuf Abu Hayyon

7

asarlari kabilar.

Shunday qilib, Ibn Molikning “Alfiya” asari arab tili grammatikasini majmuaviy qamrab

olgan juda muhim muxtasar asar bo‘lib qoladi. Fe’llarning kelishi, son kategoriyalarining
berilishi, turli xil munosib va mutanosib o‘rinlar va holatlar haqida qisqa, ammo, tushunarlik
uslubda ochib beriladi. Shu o‘rinda ushbu asarda kelgan asliy va qisman holatlar (egan va
kesimning kelish holatlari) haqida kelgan misolni ko‘rsak ham bo‘ladi:

8

اَرَرَض لا ْذإ َميدْقَّتلا اوُز َّوَج و اَرَّخأُت ْنأ ِرابْخلأا يف ُلصلأا و

Yuqoridagi baytning birinchi qismidan ma’lum bo‘ladiki, ismiy gaplarda xabar (kesim)

keyin keladi, mubtado (ega) esa avval keladi. Sababi, xobar gapni boshqaruvchi, mubtado esa
boshqaruvchiga tobe bo‘ladi. Doim boshqaruvchi tobedan keyin kelishi kerak bo‘ladi. Masalan,
(

ٌمِئاَق ٌدْيَز

)

Zayd turibti

. Ushbu misolda

Zayd

- mubtado (boshqariluvchi - tobe),

turibti

-

xobar

(boshqaruvchi)dir. Bunda avval boshqariluvchi kelayapti va so‘ng uning jinsi va soniga qarab
boshqaruvchi - xobar kelayapti.

Agar boshqaruvchi - xobar avval kelsa tobeni boshqarich

uchun yetarli imkoniyatga ega bo‘lolmaydi. Aytalylik, boshqaruvchi, ya’ni xobar avval keldi.
Bunda xobar gapdan kimni boshqarib kelayotgani noma’lum bo‘lib qoladi va biz
boshqariluvchini (mubtadoni) faqatgina hayolan tasavvur qilishimizga to‘g‘ri keladi. Har
tomonlama moslashuv aniq chiqamay gap ga’liz bo‘lib qolishi mumkin.

Mana shu nuqat-i nazardan biz qoidada avval egani, keyin esa kesimni kelishini asosiy

qoida qilib olganmiz.

Ammo, baytning ikkinchi qatoriga qarasak, unda agar qoidaga zid bo‘lmasa va gapning

g‘alizligi ortmasa xobarning ham mubtadodan avval kelishiga ijozat borligi keltiriladi. Bunda
xobarning avval kelishi gapning zarariga yoki boshqa biror bir qoidaning zidiga to‘g‘ri kelishi
kerak emas. Bu yerda yana bir narsani unutmaslik kerak bo‘ladi. Bu qoida va qonunlar

3

Muhammad ibn Abdulloh ibn Molik at-Toiy al-Jayyoniy al-Andalusiy 1204 -1274 m. (600-672 h.)

4

Yahyo bin Abd al-Mu’tiy bin Abd an-Nur az-Zavaviy Zaynuddin. 1168 -1230 m. (564-628 h.) Jazoirda Zavava

mintaqasida tug‘ilganlar va Misrning Al-Qohira shahrida vafot etganlar.

5

Abu Muhammad al-Qosim bin Ali bin Muhammad bin Usmon al-Haririy al-Basriy al-Haramiy al-Shafi’iy. 1054-1122

m. (446-516 h.) Basralik mashhur olim va mutafakkir.

6

Jamoliddin Abu Amr Usmon bin Umar bin Abu Bakr al-Malikiy bin Yunus ad-Duvayni al-Asnaiy. 1174-1249 m.

(570-646 h.) Misrlik mashhur alloma va mutafakkir nahvchi olim.

7

Muhammad bin Yusuf bin Ali bin Yusuf bin Hayyan Asir al-Din Abu Hayyon al-g‘arnotiy al-Andalusiy al-Jayyaniy

al-Nafaziy. 1256-1344 m. (654-745 h.) Andalusiyalik mashhur alloma.

8

Shayx Muhammad bin Solih al-Usaymin

“ كلام نبا ةيفلأ حرش “


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

65

nahvchilar ishlab chiqqanlar va ular bu qoidalarni xalqning, ya’ni, arablarning so‘zlashuv va
nutqalaridan olganlar. Arablar faqat bu tilda so‘zlashadilar, ular qoidaga nisbatan bu to‘g‘ri yoki
noto‘g‘ri deb baho bermaydilar. Ya’ni, so‘zlashuv vaqtida qoidalarga teskari ravishda ham
so‘zlar ketma-ketligini ishlatadiganlar ham bo‘ladi. Ular bu ishlatishlari bilan bir-birlarining
maqsadini tushunishsa bo‘ldi, shuning o‘zi kifoyadir.

Shunday qilib, ismiy gaplarda xobar doim keyin mubtadoni boshqarib, mubtado esa doim

avval xobar tominidan boshqarilib keladi. Ayrim holatlarda aksi ham bo‘lishi mumkin va bu
arab tiliga zid emas, balki, maxsus qoidalar bilan asoslangan bo‘ladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, nazmiy yo‘l bilan tushuntirish qiyin bo‘lgan

jumlalarni va maqsadlarni izhor qilish aynan so‘zlovchi istayotgan murodni berish mumkin. Va
bu uslub insonning qalbiga va ongiga tez yetib boruvchi hamda esda uzoq muddat unutilmay
qoluvchi usul hisoblanadi. Chunki bu nazmiy uslub faqatgina tilga yengil va tushunishga oson
bo‘libgina qolmay, u qalbga kirib borishi qulaydir. Shuning bilan til, aql va qalb uyg‘unligi bilan
arab tili nahv qoidalarini o‘rganish ancha oson va tushunishga hamda tushuntirishga ham juda
ma’qul yo‘l hisoblanadi. Buni yuoqridagi bayt va unga berilgan sharhdan ham ko‘rish
mumkindir. Baytning 2 qismiga berilgan qisman sharhning qanchalar ko‘p so‘zni
ishlatganligidan korinib turibdiki, uni tushuntirishning qiyinchiligini nazmiy uslub oson qilib
berishi nahvchilar uchun juda qulay hisoblangan.

References:

1.

دبع

نازوفلا حلاص نب الله

كلام نبا ةيفلأ يلإ كلاسلا ليلد

.”

لولأا ءزجلأ

2.

M.Nosirova., “Tilshunoslik bilimlari tarixi”., T:.2019. “Navro‘z”.

3.

Shayx Muhammad bin Solih al-Usaymin “

حرش

ةيفلأ

نبا

كلام

Библиографические ссылки

عبد الله بن صالح الفوزان “دليل السالك إلي ألفية ابن مالك”. ألجزء الأول

M.Nosirova., “Tilshunoslik bilimlari tarixi”., T:.2019. “Navro‘z”.

Shayx Muhammad bin Solih al-Usaymin “ شرح ألفية ابن مالك “