Авторы

  • Madinabonu Abduhalilova
    Andijon davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi 201-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.50455

Ключевые слова:

tuban yuksak zamburug’ tallom prokariot eukariot virus bakteriya laminariya ulva lishaynik euglena pirrofit diatom shilimshiq.

Аннотация

ushbu tezisda, tuban o'simliklarning sistematikasi, turlarning morfologik tuzilishi, ba'zi vakillarining hayot siklida sporalar orqali qanday ko'payishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

46

TUBAN O’SIMLIKLAR VA ULARNING KLASSIFIKATSIYA

Abduhalilova Madinabonu

Andijon davlat pedagogika instituti

Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi 201-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14177494

Annotatsiya:

ushbu tezisda, tuban o'simliklarning sistematikasi, turlarning morfologik

tuzilishi, ba'zi vakillarining hayot siklida sporalar orqali qanday ko'payishi haqida
ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

tuban, yuksak, zamburug’, tallom, prokariot, eukariot, virus, bakteriya,

laminariya, ulva, lishaynik, euglena, pirrofit, diatom, shilimshiq.


O’simliklar dunyosi tuban (150 000) va yuksak (300-350 ming) o’simliklarga ega. Tuban

o’simliklar tanasida vegetativ organlar bo’lmaydi va ularni qattana (tallom) deyiladi.
Qattanada o’tkazuvchi naylar ham bo’lmaydi. Jinsiy organlari tuban o’simliklarniki bir
hujayrali bo’ladi. XX asrning o’rtalari kelib, turli organizm- larning hujayralari chuqur
o’rganiladigan bo’lgandan keyin hamma tirik organizm- lar prokaroit va eukariotlar guruhiga
bo’lib o’rganilmoqda. Tuban o’simliklar quyidagi kategoriyalarga bo’linadi: tur, turkum, oila,
sinf va bo’lim. Sistematikada eng kichik taksonomik kategoriya tur hisoblanadi. Tuban
o’simlik turlari tabiatda o’zgaruvchan har xil mahalliy populyatsiyadan iborat. Masalan;
zamburug’larning ko’pchilik turlari fiziologik va virulentlik xususiyatlari bilan bir-biridan faqr
qiladi.

Tuban o’simliklar (

Thallophyta)

4 ga bo’linadi.

Hujayrasiz tuzilish –

Protocybionta

Shakllangan yadroga ega bo’lmagan –

Thallobionta

Yadroga ega tallomli (tallofit) –

Thaleucaryota

Plastidasiz tallomli (tallofit) –

Thaloplastidal

Hujayrasiz tuzilishga – Viruslar (

Virophyta

) kiradi. Viruslar (lotin. Virus- zahar) yuqimli

kasalliklarni keltirib chiqaradigan ultramikroskopik parazit organizm-lardir. 1892-yil rus
olimi Ivanoviskiy viruslarni o’rganib “

Virusologiya

’’ faniga asos soldi.

Shakllangan yadroga ega bo’lmaganlarga - Bakteriya

(Bacteriophyta)

va Ko’k-yashil

(Cynophyta)

kabilar kiradi. Bakteriyalar – xlorofillsiz, differensiyalan-magan, yadrosiz bir

hujayrali, ba’zan ko’p hujayrali sodda mavjudodlar kiradi. Bakteriyalarning asosan 3 xil shakli
mavjud; sharsimon (

koklar

), tayoqchasimon (

batsillalar

), spiral (

spirillalar

) kiradi. Ko’k-yashil

suvo’tlar hozirgi kunda prokariotlarga qo’shib o’rganiladi. Buning sababi ularning hujayrasida
membrana takomillashmagan, yadro, mitoxondriya, endoplazmatik to’r bo’lmaydi. Ko’k-yashil
suvo’tlar dengiz va chuchuq suvlarda va quruqlikda ham tarqalgan. Hozirgi kunda ko’k-yashil
suvo’tlar 5 ta tartibga bo’linadi.

Yadroga ega tallomli

(Thaleucaryota)

lar quyidagi 8 ta bo’limga bo’linadi.

Qizil –

Rhodophyta

Qo’ng’ir –

Phacophyta

Yashil –

Chloropyta

Tillarang –

Chrysophyta

Sariq-yashil –

Xantophyta

Diatom –

Bacillariophyta


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

47

Pirrofit –

Pyrrophyta

Euglena –

Euglenaphyta

Suvo’tlar suvda yashovchi hayvonlarga ularning nafas olishi uchun zarur bo’lgan

kislorod gazini yetkazib beradi, hamda shu hayvonlar uchun oziq bo’ladi. Ularning qoldiqlari
esa turli xil minerat elementlarga boy bo’lganligi uchun xo’jalikning turli sohalarida
foydalaniladi. Suvo’tlar o’txo’r baliqlar uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi, suv transporti va
gidrotexnikada esa dengiz chuqurligini belgilash va boshqa masalalarda ahamiyatlidir. Oziq-
ovqat sanoatida yashil suvo’tlarning “dengiz salati” nomi bilan ma’lum bo’lgan ulva va
qo’ng’ir suvo’tlarning “dengiz karami” nomi bilan ma’lum bo’lgan laminariya kabi turlari
muhim rol o’ynaydi. Plastidasiz tallomlilar quyidagilarga bo’linadi.

Zamburug’lar –

Mycophyta

va Shilimshiq –

Myxophyta

kabi bo’limlarga bo’linadi.

Shilimshiqlar bo’limi turlarining tanasi, yalang’och, ko’p yadroli .shaklda bo’lib, unda
sporangiylar bo’ladi. Sporangiylarda spora yetiladi. Sporalar o’sib ko’pincha zoosporalarga
(harakatchan tanachalarga) aylanadi. Zamburug’lar bo’limi 70-100 000 ga yaqin tur kiradi.
Ko’rinishi rangsiz, oziqlanishi geterotrof. Tashqi va ichki tuzilishi har xil. Hayot kechirishi
bakteriyalarga o’xshash, lekin bularning tanasi ancha yirik va murakkab, hujayrasi ancha
murakkab tuzilgan. Zamburug’lar va Shilimshiq- lar bo'limlari Plastidasiz tallomli (tallofit)
tartibiga kiradi.

Lishayniklar –

Lichenes.

Lishayniklar o’simliklar dunyosining o’ziga xos tuzilishga ega

bo’lgan tabiiy guruhidir. 30 000 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Ular suvo’tlarning yashil va
ko’k-yashil suvo’tlar zamburug’lar bilan birga yashashidan tarkib topgan bo’ladi. Tashqi
ko'rinishiga qarab lishayniklar bargsimon, yapaloq va butasimon shakldagi vakillari bor. Ichki
tuzilishiga qarab gameomer va geteromerga bo'linadi. Lishayniklarning ko'payishi suvo’tlar
va zamburug’lar ko'payishi kabi, ya'ni suvo’tlar hujayralari oddiy bo’linish yo'li bilan,
zamburug’lar esa sporalar hosil qilish yo'li bilan (vegetativ) ko'payadi.

References:

1.

L.Valikanov “Tuban o’simliklar” 1995-yil.

2.

I.Hamidov “Botanika asoslari” 1990-yil.

3.

A.Vasilev “Botanika morfologiyasi va anatomiyasi” 1988-yil.

Библиографические ссылки

L.Valikanov “Tuban o’simliklar” 1995-yil.

I.Hamidov “Botanika asoslari” 1990-yil.

A.Vasilev “Botanika morfologiyasi va anatomiyasi” 1988-yil.