YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
119
XITOY VA HINDISTONDA GEOSIYOSIY TAʼLIMOTLAR
Sapayeva Xosiyat Umrbek qizi
ADPI geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yoʻnalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14215179
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Xitoy va Hindistonning geosiyosiy tasavvurlarga
asoslangan holda mazkur davlatlarning nomlarini kelib chiqishi, boʻlinishi hamda geosiyosiy
ahvoli haqida maʼllumot berilgan.
Kalit soʻzlar.
Xitoy, Hindiston, Buyuk Xitoy imperiyasi, tabaqa, tadqiqot, madaniyat
oʻchoqlari, geosiyosiy holat, qoʻshni davlatlar, geosiyosiy gʻoyalar.
Key words.
China, India, Great Chinese Empire, class, research, cultural centers,
geopolitical situation, neighboring countries, geopolitical ideas.
Tadqiqotchilarning fikricha, eng qadimgi geosiyoiy taʼlimot namunalari Sharqda (Xitoy,
Hindiston, Аrab dunyoi va boshqa madaniyat oʼchoqlarida) vujudga kelgan. Xitoy zaminida
dastlabki davlat birlashmasi miloddan oldingi II ming yillik boshida barpo etilgan. M.o. XVIII
asrda mamlakat Shan qabilasi hokimiyati ostida birlashtirilgan. Uzoq vaqt yagona davlat
boʼlgan Xitoyda asrda ichki kurash boshlangan va davlat turli podsholiklarga boʼlinib ketgan
hamda xorijiy istilolar uchun qulay sharoit paydo boʼlgan. Аyni shu davrdan boshlab Xitoy
imperiyasi chet davlatlarning hujumlariga duchor boʼldi va xitoy xalqi bir necha bor chet el
bosqinchilariga qarshi kurashga bosh koʼtarishga majbur boʼldi. Tadqiqotchilar umuman
Xitoyda milliy birlikning shakllanishi tarixini Chjou imperiyasi davriga oid deb bilishadi.
Mamlakat tarixida bu davr Xitoyda xorijiy dushmanlarga qarshi umumiy harakat boshlangani
bilan xarakterlanadi. Xitoy aholisining ongida geosiyosiy gʼoyalar va markazlashgan Xitoy
davlati doktrinasi ayni shu davrda paydo boʼldi. Qadimgi xitoylarning geossiyosiy
tasavvurlariga koʼra, bu mamlakat “samo ostidagi dunyoning markazi” (xitoy tilida “tyan) edi.
Аslida, Xitoy degan nomning oʼzi “chjungo” soʼzidan (chjun –“oʼrta”, go - “davlat”) kelib chiqqan
boʼlib, “oʼrta imperiya” degan maʼnoni anglatadi. Bu vaqtdan boshlab Xitoy imperiyasi
markazlashgan davlat tizimidan, qulay geografik sharoitidan vaularning soʼzi bilan aytadigan
boʼlsak, “parvardigor ularga inʼom etgan ustunliklardan” foydalanib, zamonasining eng
rivojlangan texnik, madaniy va harbiy imperiyasini bunyod etdilar va atrofdagi hududlarni
bosib olishga kirishdilar. Buyuk Xitoy imperiyasining eng gullab-yashnagan davri asrga Sin
sulolasi davriga toʼgʼri keladi. Bu sulolaning hukmronlik davridan boshlab Xitoyni
markazlashtirish jarayoni nihoyasiga yetadi va Janubi-Sharqiy Osiyoning butun zamini uning
tarkibiga qoʼshib olinadi. Qadimgi Xitoy davlatining rahbarlari atrofdagi olamga
munosabatlarda oʼz harbiy, siѐsiy va geostrategik vazifalarini rejali ravishda, realistik va
pragmatik boshqaruv asosida amalga oshira borib, jahonning boshqa davlatlari va xalqlari bilan
oʼzaro munosabatning jiddiy va sistemali strategiyasini yaratdilar. Chet el bosqinchilariga
qarshi kurash vazifasi bu strategiyaning eng oʼzak talablaridan biri edi. Mohiyat eʼtibori bilan,
tashqi bosqinchilarga qarshi kurash faqat Xitoygina emas, balki Qadimgi Yunoniston va
Qadimgi Rim geostrategik faoliyatining asosini tashkil etgan va hukmron tabaqaning asosiy
burchi hisoblangan. Bu davrda Buyuk Xitoy devorining qurilishi ham chet el bosqinchiligining
oldini olish uchun davlat tomonidan koʼrilgan tadbirlardan biri boʼldi. Qadimgi Xitoyda
geosiyosiy gʼoyalar mifologik, sotsio-antromorfologik dunyoqarash asosida shakllangan esa-da,
ular ayni chogʼda tugal realistik tushuncha namunasi boʼlgan. Аtrofdagi olamni jonli inson kabi
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
120
tasavvur qilgan xitoylar insonning unga va jamiyatning patriarxal tuzilishiga bogʼliq ekanini
toʼla idrok etardilar. Oʼsha davrdagi (Lao-tszi, Konfutsiy, Men-tszi va m.o. 579-289 yillarda
yashagan boshqa) mutafakkirlarning bizgacha yetib kelgan qoʼlyozmalarida koʼp masalalar –
qoʼshni katta va kichik davlatlar, bu davlatlarning bunyod etilishida darѐ va koʼllar, dengiz va
okeanning roli, dunyo markazida imperiyalarning joylashuvi, katta davlatlarning kichik
davlatlar uchun jozibadorligi, geosiѐsiy hududlarga aholining oʼzaro kelishuv yoʼli bilan
yerlashtirilishi va h.k.lar toʼgʼrisida qator harbiy-strategik, geosiyosiy va geografik gʼoyalar
bayon etilgan. Chunonchi, Konfutsiy (m.o. 551 – 479) “Lunь-yuy” (“Mulohazalar va suhbatlar”)
asarida garchi geosiѐsiy muammolar haqida toʼgʼridan-toʼgʼri soʼzlamasa-da, qoʼshni davlat
ustidan gʼalaba qozonish, hukmronlikning yashirin taktik usullari va yoʼllari (verbal
kommunikatsiyalar vositasi), davlat rahbari va hukmron tabaqaning maʼnaviy boshqaruvi
asoslari, davlatning kuch-quvvati va uning makonda oʼz aksini topishi, ierarxiyali boshqaruv
tizimi va uning xususiyatlari bilan bogʼliq qator masalalarni tilga olgan. Muallifning geosiyosiy
gʼoyalari, qoʼshni davlatlar ustidan gʼalaba qozonish va ularni oʼz taʼsiri ostiga olish doktrinasi
xitoylarning yashirin va yolgʻon uydirmalar yoʼli bilan firib berish, kutilmagan zarbalar berish
singari tushuncha tarzi va strategiyasiga asoslangan edi. U bu strategiyani davlatni
muvaffaqiyatli boshqarishning va insoniyat jamiyatida tabiiy farqlar boʼlishining eʼtirof etilishi
bilan bogʼlagan edi.
References:
1.
A.Saloyev, I. Soliyev "Iqtisodiy va siyosiy geografiya asoslari" "Talqin" Toshkent-2003
2.
X.Jumaniyozova, S.Niyazov "Globallashuv asoslari" Toshkent-2020
3.
X.Jumaniyozov, S.Niyazov "Geosiyosat asoslari" Toahkent-2017
4.
w.w.w.arxiv.uz
5.
w.w.w.vikipedia.com