Авторы

  • Niluzarxon Obidova
    ADPI Biologiya yo’nalishi talabasi 201-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.50472

Ключевые слова:

Lishaynik tuban simbioz zamburug’ suvo’t gifa po’stloq so’ridiy izidiy tallom qattana bargsimon butasimon qobiqsimon.

Аннотация

Ushbu tezis lishayniklarning tabiiy muhitdagi tarqalishi va ularning ekologik ahamiyatini o'rganishga bag'ishlangan. Lishayniklarning o'sish joylari, ular ekologik tizimda qanday rol o'ynashi va havo ifloslanishini aniqlashda qanday ishlatilishi haqida so'z yuritiladi. Shuningdek, ularning insoniyat uchun dori-darmon sifatida ahamiyati ta'kidlanadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

117

LISHAYNIKLARNING TABIATDA TARQALISHI VA UNING AHAMIYATI

Obidova Niluzarxon Jo’raqo’zi qizi

ADPI Biologiya yo’nalishi talabasi 201-guruh talabasi

Email: niluzarabidova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14214672

Annotatsiya:

Ushbu tezis lishayniklarning tabiiy muhitdagi tarqalishi va ularning

ekologik ahamiyatini o'rganishga bag'ishlangan. Lishayniklarning o'sish joylari, ular ekologik
tizimda qanday rol o'ynashi va havo ifloslanishini aniqlashda qanday ishlatilishi haqida so'z
yuritiladi. Shuningdek, ularning insoniyat uchun dori-darmon sifatida ahamiyati ta'kidlanadi.

Abstract:

This thesis is dedicated to studying the distribution of lichens in the natural

environment and their ecological significance. It discusses their growth locations, the role
they play in the ecosystem, and how they are used to detect air pollution. Additionally, it
highlights their importance as a source of medicine for humans.

Аннотация:

Эта тезис посвящен изучению распространения лишайников в

природной среде и их экологического значения. В нем рассматриваются места их роста,
роль в экосистеме и использование для обнаружения загрязнения воздуха. Также
подчеркивается их важность как источника лекарств для человека.

Kalit so’zlar:

Lishaynik, tuban, simbioz, zamburug’, suvo’t, gifa, po’stloq, so’ridiy, izidiy,

tallom, qattana, bargsimon, butasimon, qobiqsimon.

Keywords:

Lichen, lower, symbiosis, fungus, moss, hypha, cortex, crustose, foliose,

fruticose, thalloid, foliose-like, crustose-like.

Ключевые слова:

Лишайник, нижний, симбиоз, гриб, мох, гифа, кора, корковый,

листовидный, кустистый, талломный, похожий на листовидный, похожий на корковый.


Yer kurrasining deyarli hamma qismida uchraydigan o’simliklarning tabiat va inson

hayotidagi ro’li beqiyosdir. Ulardan lishayniklar ham o’simliklar dunyosining asl tuzilgan
tabiiy bir guruhi bo’lib, tuban o’simliklar turlari ichida alohida o’rin tutadi. Lishayniklar 400
turkum va 26000 ta turni o’z ichiga oladi. Ular zamburug’ va suvo’tlarning simbioz hayot
kechirishidan yuzaga kelgan. Lishayniklar simbioz bo’lib yashash natijasida paydo bo’lgan
organizmlar ekanligini 1867-yilda rus olimlaridan akademik A. S. Faminsin va I. V.
Baraneskiylar aniqlagan. Lishayniklar o’zlarining morfologik, fiziologik va ekologik
xususiyatlariga ko’ra boshqa o’simliklardan farq qiladi. Lishayniklar tarkibidagi zamburug’
mikrobiont, suvo’tni esa fikobiont deb ataladi. Fikobiontlar ko’k-yashil, sariq-yashil, yashil va
qo’ng’ir suvo’tlar bo’limiga mansub, mikobiontlar askomitsetlar sinfi va bazidiomitsetlar
sinfining vakillaridir. Lishayniklar avtotrof organizmlar bo’lib tanasida zamburug’ gifalari
mustahkam tashqi po’stloq qismini hosil qiladi va u lishaynik tanasini substratga mahkamlab,
suv va mineral moddalarni suvo’tga yetkazib beradi. Suvo’tlar esa ikkita organizm uchun
zarur organik moddalarni hosil qiladi. Lishayniklar turli yo’llar bilan ko’payadi, tabiiy
sharoitda ular asosan, vegetativ yo’l bilan ko’payadi. Vegetative ko’payishni tallomda soridiy
va izidiylar yuzaga kelishi va ularning qulay sharoitiga tushib rivojlanishi bilan boradi.
Soridiy va izidiylar bir yoki bir necha suvo’t hujayralarining zamburug’ gifalarining o’rab
olishidan hosil bo’lgan. Soridiy va izidiylar tanadan oson ajralib, shamol yoki suv yordamida
uzoq masofalarga tarqaladi. Lishayniklar ning tanasi ham, boshqa tuban o’simliklarniki kabi
tallom yoki qattana deb ataladi. Lishayniklar tashqi ko’rinish morfologiyasiga qarab 3 guruhga


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

118

bo’linadi; yopishqoq yoki qobiqsimon lishayniklar, bargsimon lishayniklar, butasimon
lishayniklar [1;2].

Lishayniklar barcha joylarda o’sadigan o’simliklar bo’lib tabiatda juda keng tarqalgan.

Ular boshqa o’simliklar yashay olmaydigan sharoitda ham uchraydi. Lishayniklar tosh va
qoyalarda, cho’l va dashtlarda, daraxt va buta po’stloqlarida o’sadi. Lishayniklar tundra va
o’rmon tundrada keng tarqalgan. Ulardan (

Cladonia

turkumi) shimol bu’gulari uchun ozuqa

sifatida foydalaniladi. Unimsiz joylarda yashovchi lishayniklar boshqa o’simliklar
hamjamoasini shakllanishiga imkon yaratadi. Lishayniklar substratdan va atrof -muhitdan
turli kimyoviy elementlarni, shu jumladan radioaktiv moddalarni ham to’plash xususiyatiga
ega. Shuningdek, toza havoni talab etadi. Shunga ko’ra lishayniklardan atmosfera havosining
ifloslanganlik darajasini aniqlashda indikator sifatida foydalaniladi [1,3].

Lishayniklarning kimyoviy tarkibi ham birmuncha murakkab. Ularda xitin moddasi,

lishaynik kraxmali deb ataladigan lixenin, disaxaridlardan saxaroza, turli fermentlar
invertaza, amilaza, katalaza, lipaza, ko’plab aminokislotalar, vitaminlardan A, B

1,

B

2

, B

6

, B

12

, C,

D askorbin kislota, biotin, nikotin kislota kabilar uchraydi. Lishayniklarning kishilar
hayotidagi ahamiyati katta. lishayniklardan ajratib olingan ekstraktlar, parfyumeriya va
kosmetika mahsulotlariga o’ziga xos hid berish uchun foydalaniladi. Undan tashqari oziq-
ovqatda manna lishayniki, uy hayvonlariga yem sifatida yagel (

Cladonia

) Aspisialiya eskulinta

va Aspisiliya al’pinodzertorumturlishayniklari ishlatiladi. Ularning tallomi erkin, mayda
sharsimon bo’laklardan iborat bo’lib havo quruq vaqtda bir yerdan ikkinchi yerga ko’chib
o’tadi va tarqalib yer betini bosadi. Uning qalinligi chuqur yerlarda 10-15sm ga yetadi. Bu
lishaynik meditsenada ham ishlatiladi. Bunday lishayniklarga parmeliya va peltigeriyalar ham
kiradi. [1;4]. Lishayniklardan mikroplarga qarshi dorivor preparatlar ham olingan. Lekin
daraxtlar tanasida o’sadigan po’stloq lishayniklar zarakunanda hasharotlar uchun pana joy
bo’lganligi sababli salbiy ahamiyatga ham ega bo’ladi [5].

References:

1.

Xo’janazarov O’.E, Mavlonov.X, Sadinov. J.S Botanik o’simliklar sistematikasi Toshkent

“Innovatsiya-Ziyo” 2022.
2.

Xashimov.S Botanika. Toshkent – “Vneshinvesyprom” 2019

3.

Zikiryayev, To’xtayev.A, Azimov.I, Sonin.I. Biologiya Toshkent “Yangiyo’l polygraph

service” 2014.
4.

https://www.samdu.uz/uz/news/32631

5.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Lishayniklar

Библиографические ссылки

Xo’janazarov O’.E, Mavlonov.X, Sadinov. J.S Botanik o’simliklar sistematikasi Toshkent “Innovatsiya-Ziyo” 2022.

Xashimov.S Botanika. Toshkent – “Vneshinvesyprom” 2019

Zikiryayev, To’xtayev.A, Azimov.I, Sonin.I. Biologiya Toshkent “Yangiyo’l polygraph service” 2014.