YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
98
SIYOSIY GEOGRAFIYANING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI
Hamidjonova Sohibjamol Shuhratjon qizi
ADPI geografiya yoʻnalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14207964
Annotasiya.
Ushbu maqolada siyosiy geografiya fani haqida umumiy tushuncha, siyosiy
geografiyaning maqsadi, ularning predmeti va vazifalari haqida batafsil maʼlumot berilgan.
Kalit soʻzlar:
sistema, siyosat, Geosiyosat, saylovlar, tashkilot, suveren, ichki, geografiya,
siyosiy tuzum, yarim oroli.
Key words:
system, politics, Geopolitics, elections, organization, sovereign, interior,
geography, political system, peninsula.
Siyosiy geografiya keng m a’nodagi ijtimoiy geografiyaning bir qismidir. U iqtisodiy,
sotsial-iqtisodiy va sotsial geografiya bilan bir qatorda o ‘zining alohida blokini shakllantirm
oqda. Ushbu blokka harbiy va elekto ria l (ya'ni saylovlar) geografiyasini kiritish
mumkin.Siyosiy geografiyaning tadqiqot ob'yekti bo‘lib hududiy siyosiy tizimlar (sistemalar)
xizmat qiladi. Uning predmeti esa muayyan mamlakat doirasida jamiyatning siyosiy-hududiy
tashkil etilishini o'rganishdan iborat. Shuningdek, bu fan davlatlar va ularning chegaralari,
davlat tuzumi, ma'muriyhududiy tuzilishi, mamlakat doirasida siyosiy partiya va kuchlarning
joylanishi, hududiy tarkibini o‘rganadi. So'nggi yillardagi jahon hamjamiyatidagi, jahon
geosiyosiy tizimidagi muhim o‘zgarishlar ham da davlatlararo tashkil etilgan harbiysiyosiy
uyushma yoki ittifoqlar siyosiy geografiya tadqiqot predmetini yanada kengaytirmoqda.
Mazkur fanning tarixi ham ancha uzoq. Agar keng ko‘lamda qaraydigan bo‘lsak, uning vujudga
kelishi dastlabki davlatlarning paydo bo‘lishiga borib taqaladi, chunki siyosiy geografiya
uchun davlat (demak, uning hududiy yaxlitligi, chegarasi, boshqarish tashkilotlari, harbiy va
siyosiy kuchlari) asosiy mazmun kasb etadi.Ammo siyosiy geografiyaning fan sifatida
shakllanish tarixi uncha uzoq emas. Dastavval «siyosiy geografiya» tushunchasi, ba'zi
ma'lumotlarga qaraganda, XVIII asrning 20-50-yillarida Peterburgda (Rossiyada) xizmatda
bo‘lgan nemis olimlari G.V. Kraft va X.N. Vinsgeymlar tomonidan tilga olingan. Ular ushbu
tushunchani geografiya fanining bir qismi, tarixiy geografiya va statistika (davlatshunoslik)
bilan aloqadorligini ta'kidlashgan. Siyosiy geografiyani haqiqiy fan sifatida shakllanishini esa
ko‘pchilik nemis geografi va sotsiologi Fridrix Fon Ratsel nomi bilan bog'laydilar. U 1898 yilda
shu nomda kitob nashr ettirganligi uchun siyosiy geografiyaning «otasi» deb tan olingan. Shu
bilan birga Ratselning aynan mazkur asari tufayli shved R. Chellen «geosiyosat» tushunchasini
yaratdi. Siyosiy geografiya geografiya va siyosatshunoslik qirrasidagi ijtimoiy geografik fandir.
U navbatida tarix va geosiyosat bilan ham yaqindan aloqa qiladi. Biroq, geosiyosat va siyosiy
geografiya bir-biriga juda yaqin b o ‘lsa-da, ularning orasida farq bor: geosiyosat asosan
davlatlarning tashqi siyosati, siyosiy geografiyaning tadqiqot ob’yekti esa ularning ichki
hududiy-siyosiy tuzilishidir. Ayni vaqtda har ikki fan ham jahon geosiyosiy tizimi, siyosiy
xaritasi bilan ish tutadi.Hozirgi vaqtda jahon siyosiy xaritasida 200 dan ortiq mustaqil
davlatlar mavjud (1998 yil ma'lumotiga ko‘ra 193 ta, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul
qilinganlari 185 ta bo‘lgan). Birgina XX asrda suveren davlatlar soni 4 martaga k o ‘paygan,
shu jumladan, Afrikada 4 tadan 53 taga, Osiyoda 9 tadan 48 taga yetgan; Avstraliya va
Okeaniyada 1900 yilda birorta mustaqil davlat bo‘lmagan bo‘lsa, hozirgi kunda ularning soni
14 tani tashkil etadi. Yer sharidagi davlatlar o‘zlarining katta-k ich geografik o‘rni va
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
99
joylanishi, siyosiy tuzumiga ko‘ra bir xil emas. Chunonchi, Rossiya Federatsiyasi, Kanada,
AQSH, Xitoy Xalq Respublikasi, Braziliya, Avstraliya, Hindiston kabi hududi nihoyatda katta
mamlakatlar bilan bir qatorda o ‘nga yaqin juda kichik, «mitti» davlatlar ham bor (eng kichigi
Rim shahri ichidagi Vatikan b o ‘lib, uning m aydoni 400 k m 2, aholisi 1 ming kishidan iborat).
Aholi soniga ko‘ra dunyoning eng katta davlatlari Xitoy, Hindiston, AQSH, Indoneziya, Jazoir,
Sudan, Kongo, Saudiya Arabistoni va boshqalardir (2001 yil ma'lumotlariga ko‘ra, 100
milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan 11 ta davlat mavjud)Geografik joylanishiga ko‘ra
mamlakatlar orolda, yarim orolda, dengiz va okeanlar bo‘yida, materik ichkarisida
joylashganligi bilan farq qiladi.
References:
1.
A.Saloyev, I. Soliyev "Iqtisodiy va siyosiy geografiya asoslari" "Talqin" Toshkent-2003
2.
X.Jumaniyozova, S.Niyazov "Globallashuv asoslari" Toshkent-2020
3.
X.Jumaniyozov, S.Niyazov "Geosiyosat asoslari" Toahkent-2017
4.
w.w.w.arxiv.uz
5.
w.w.w.vikipedia.com