Авторы

  • Gavhar Berdieva
    “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi katta ilmiy xodimi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.50484

Ключевые слова:

muhr loy madaniyat hujjat iz iqtisodiy va madaniy hayot.

Аннотация

Ushbu maqolada muhrlar tarixi hamda qay hollarda qo`llanilishi haqida so`z boradi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

88

MUHRLAR TARIXI

Gavhar Berdieva Rustamovna

“Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi

katta ilmiy xodimi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14201924

Annotatsiya:

Ushbu maqolada muhrlar tarixi hamda qay hollarda qo`llanilishi haqida

so`z boradi

.

Kalit so`zlar:

muhr, loy, madaniyat, hujjat, iz, iqtisodiy va madaniy hayot.

Xalqimizning qadim madaniyati va maʼnaviyati taraqqiyot bosqichlarida muhrlarning

oʻziga xos oʻrni bor. Muhrlar odatda loy yoki mum kabi materiallarga nusxa tushirish uchun
xizmat qilgan matnning (matn va rasmning) qabariq yoki botiq tasviri boʻlgan bosma shakl
(asbob) hisoblanadi. Muhrlar turli shaklda, jumladan, konus, toʻrtburchak, silindr va hatto
hayvon kallasi shaklida boʻlgan. Muhr izi yordamida hujjat egasini aniqlash yoki hujjatning
haqiqiyligini tasdiqlash mumkin edi. Shuningdek, u xaltalarni begonalar ochishi yoki muayyan
joylarga, masalan, maqbaralarga noqonuniy ravishda kirishi mumkin emasligini koʻrsatish
uchun qoʻllanilardi.

Tarixiy manbalar Markaziy Osiyoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol

oʻynagan. Bunda Markaziy Osiyoda yaratilgan qoʻlyozmalar muhim qiziqish uygʻotishi
tabiiydir. Markaziy Osiyoda yaratilgan qoʻlyozmalarni tadqiq etish orqali, aksariyat
qoʻlyozmalarga muhr bosilgan.

Muhr – kutubxona timsoli. Odatda qoʻlyozma varaqlaridagi muhrlar orqali qoʻlyozma

egasi kim boʻlganini aniqlash mumkin. Agar ayni bir muhr bir qancha kitoblarga qoʻyilgan
boʻlsa, ular bir shaxs kutubxonasiga tegishli boʻladi. Bu orqali shaxsiy kutubxonalarni aniqlash
ancha qulay.

Muhr yordamida hujjat muallifi aniqlanadi. Soha ustalari tomonidan mohirlik bilan

oʻyilgan muhrlar koʻp hollarda sanʼat asariga tenglashtiriladi. Arab yozuvidagi muhr va uning
aksi – bu shunday tarixiy manbalardan biriki, tarixchilar uni hali toʻliq baholay olmagan va u
hali “ochilmagan qoʻriq”dir. Bu muhrlar nafaqat yuz minglab hujjatlarga, balki Oʻzbekiston
hududida saqlanayotgan minglab qoʻlyozmalarga ham bosilgan. Muhrlar turli
xomashyolardan, xususan, suyak, ohaktosh, metall, yarim qimmatbaho tosh yoki yogʻochdan
tayyorlanardi. Baʼzida muhrlar ustiga egasining va otasining ismi oʻyib yozilardi. Ayrim
muhrlarda egasining unvoni qayd etilardi. Biron-bir hujjatning haqiqiyligini tasdiqlash uchun
muhrning egasi unga loy, mum yoki boshqa yumshoq modda surtib, hujjat ustiga muhr
bosardi. Keyin modda qotardi va hujjatni qalbakilashtirishdan himoyalardi.

Muhrlar biror kimsaga berilganida muhr egasining vakolati unga topshirilganini

anglatardi. Qadimgi Misr firʼavni Yoqubning oʻgʻli boʻlmish ibroniy kishi Yusufga hokimiyat
berganida aynan shunday yoʻl tutgandi. Gap shundaki, Yusuf Misrda qul boʻlgandi va bir kuni
uni nohaq ayblab, zindonga tashlashgandi. Vaqt oʻtib, firʼavn uni ozod qilgandi va bosh vazir
lavozimiga koʻtargandi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: “Keyin firʼavn barmogʻidan
muhr uzugini yechib, uni Yusufning barmogʻiga taqdi”. Muhr uzugida firʼavnning rasmiy muhri
boʻlgani uchun, Yusuf firʼavnning ishlarini uning nomidan bajarish vakolatiga ega boʻlgandi.

Bir safar qadimgi Isroil malikasi Izabel erining muhridan foydalanib, Navoʻt ismli

odamni oʻldirish rejasini amalga oshiradi. U shoh Axabning nomidan Navoʻt yashaydigan


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

89

shahar oqsoqollariga xatlar yozib, aybsiz Navoʻtni Xudoni laʼnatlaganlikda ayblashni buyuradi.
Izabel xatlar ustiga shohning muhrini bosib, oʻzining yovuz niyatiga erishadi. Fors shohi
Axashverash ham oʻzining muhr uzugidan foydalanib, farmonlarini tasdiqlardi. Alloh
Kalomining Naximiyo kitobida taʼkidlanishicha, Isroil beklari, levilar va ruhoniylar yozma
ravishda tuzilgan ahdlarga muhr qoʻyib, ular bilan rozi ekanini koʻrsatishardi.

Muqaddas Kitobda muhr biron-bir joyga kirishni taqiqlash maqsadida ishlatilgani ikkita

vaziyatda tilga olingan. Masalan, Doniyor paygʻambarni sherlar uyasiga tashlashganida
“chuqurlikning ogʻzini tosh bilan yopishgandi”. Soʻngra Fors va Midiya shohi Doro “Doniyorga
qarshi chiqarilgan farmon oʻzgartirilmasligi uchun, oʻzining va asilzodalarining muhr uzugi
bilan toshni muhrlagandi”. Iso alayhissalomning jasadi qabrga qoʻyilganida, uning
dushmanlari qabr ogʻzini yopish uchun toshni yumalatib, unga muhr bosishgandi. Bir
manbada aytilishicha, Rim hukumatining davlat muhridan foydalanilgan vaziyatda “qabr ogʻzi
va tosh orasidagi yoriqqa loy yoki mum surtilardi va ustiga oʻsha muhr bosilardi”.

Qadimgi muhrlar bizga oʻtmish haqida koʻp narsani ochib bergani uchun arxeologlar va

tarixchilar ularga katta qiziqish bildirmoqda. Hatto muhrlarni oʻrganuvchi “sfragistika” deb
nomlangan alohida fan mavjud.

Xulosa qilganda, muhrlar ham turlicha yasalgan, ayrimlari, juda jozibador ishlangan

boʻlsa, baʼzilari esa umuman sodda boʻlganini koʻrish mumkin.

References:

1.

Vaqf hujjati. Qoʻlyozma. 1305/1887-yil. Muallif shaxsiy kutubxonasida.

2.

Divayev A.A., Axmerov P.N. Opisaniye pechati Axmeda Yasevi. Izvestiya obщyestva

arxeologii istorii i etnografii pri Imp. Kazanskom universitete. – Kazan, 1896. T.XIII. – S.530-
537.
3.

Juvonmardiyev A. Nodir sahifalar. – Toshkent, 1977. – B. 32-36.

4.

Ziyodov Sh.Yu. XV-XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda kutubxonachilik tarixi

(qoʻlyozma manbalar va ulardagi muhrlar tahlili asosida). Tar.f.d., – Toshkent, 2022. – 272 b.
5.

Ziyodov Sh. Materialы po sredneaziatskoy sfragistike (Tashkent. XIX-nachalo XX vv.).

Monografiya. – Samarkand: MITSAI, 2020. – 160 s.
6.

Irshodnoma. Qoʻlyozma. Samarqandlik S.Qayumova xonadonida saqlanadi.

7.

Irshodnoma. Qoʻlyozma. Toyloqlik Sherozxon Hayotxon oʻgʻli xonadonida saqlanadi.

Библиографические ссылки

Vaqf hujjati. Qoʻlyozma. 1305/1887-yil. Muallif shaxsiy kutubxonasida.

Divayev A.A., Axmerov P.N. Opisaniye pechati Axmeda Yasevi. Izvestiya obщyestva arxeologii istorii i etnografii pri Imp. Kazanskom universitete. – Kazan, 1896. T.XIII. – S.530-537.

Juvonmardiyev A. Nodir sahifalar. – Toshkent, 1977. – B. 32-36.

Ziyodov Sh.Yu. XV-XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda kutubxonachilik tarixi (qoʻlyozma manbalar va ulardagi muhrlar tahlili asosida). Tar.f.d., – Toshkent, 2022. – 272 b.

Ziyodov Sh. Materialы po sredneaziatskoy sfragistike (Tashkent. XIX-nachalo XX vv.). Monografiya. – Samarkand: MITSAI, 2020. – 160 s.

Irshodnoma. Qoʻlyozma. Samarqandlik S.Qayumova xonadonida saqlanadi.

Irshodnoma. Qoʻlyozma. Toyloqlik Sherozxon Hayotxon oʻgʻli xonadonida saqlanadi.