Авторы

  • Xonzoda Saydazimova
    ADPI biologiya yoʻnalishi talabasi
  • Mashhura Ibragimova
    ADPI biologiya yoʻnalishi talabasi
  • Begoyim Sotvoldiyeva
    ADPI biologiya yoʻnalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.50487

Ключевые слова:

Ekskursiya sayr idrok etish muzey intizom gerbariy ekskursiya rejasi marshrut kompus lupa.

Аннотация

Ushbu tezisda biologiya darslarini yanada qiziqarli hamda mazmunli oʻtishida ekskursiyalarni ahamiyati,uni tashkil etish yoʻllari haqida batafsil yoritilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

81

"GULLI OʻSIMLIKLARNING MOSLANISHI" MAVZUSI YUZASIDAN

EKSKURSIYALARNI TASHKIL ETISH METODIKASI

Saydazimova Xonzoda Alisher qizi

ADPI biologiya yoʻnalishi talabasi

Ibragimova Mashhura Ilhomjon qizi

ADPI biologiya yoʻnalishi talabasi

Sotvoldiyeva Begoyim Abdullajon qizi

ADPI biologiya yoʻnalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14192218

Annotatsiya.

Ushbu tezisda biologiya darslarini yanada qiziqarli hamda mazmunli

oʻtishida ekskursiyalarni ahamiyati,uni tashkil etish yoʻllari haqida batafsil yoritilgan.

Kalit soʻzlar.

Ekskursiya, sayr, idrok etish, muzey, intizom, gerbariy, ekskursiya rejasi,

marshrut, kompus, lupa.

Key words.

Excursion, walk, perception, museum, discipline, herbarium, excursion plan,

route, compass, magnifying glass.


Ekskursiya lotincha “Excursio” - “sayr etish” degan sо‘zdan olingan bо‘lib, korxona yoki

tabiatning diqqatga sazovor joylariga kollektiv ravishda uyushtirilgan sayr ma’nosi tushuniladi.
Maktablarda tashkil etiladigan ekskursiya esa sinf yoki о‘quvchilar gruppasi bilan olib
boriladigan ta’lim-tarbiyaning bir formasi bо‘lib, “о‘rganilayotgan buyum va hodisalarni joyiga
borib, tabiiy holatida yoki sun’iy maxsus sharoitda bevosita idrok etishga - ekskursiya” deyiladi.
Oddiy qilib aytganda – ochiq havoda dars о‘tishga aytiladi. Biologik ekskursiyalar sinfdan
tashqarida: tabiatda, qishloq xо‘jaligida ishlab chiqarish obyektlarida va boshqa joylarda
(botanika bog‘i, zoovistavka, muzey, ilmiy-tadqiqot muassasalari kabilarda) о‘tkaziladigan
о‘quv xarakteridagi mashg‘ulotdir. Ekskursiyalar asosan bahorda va kuzda botanika, zoologiya,
umumiy biologiya kurslarida о‘tkaziladigan biologik ekskursiyalar dastur materialini о‘rganish
va mustahkamlashga bag‘ishlanadi. Ular maktab dasturida kо‘rsatilgan va о‘quvchilar uchun
majburiydir. Tirik tabiat obyektlarini va hodisalarini bevosita bilish, tabiiy sharoitda о‘rganish
imkoniyatini beradi. О‘quvchilar о‘rganilayotgan о‘simlik va hayvonni ularning yashash
sharoitida kо‘radilar. Organizm tuzilishi va hayot faoliyatining yashash muhitiga
moslashuvchanligini yaqqol payqab oladilar. О‘quvchilarning bilimini kengaytiradi va
mustahkamlaydi. О‘quvchilar о‘simliklar va hayvonlarni tabiiy muhitda о‘simliklarni tuproqqa,
hayvonlarni esa, о‘simliklarga bog‘liq holda kо‘radilar va о‘quvchilarning tabiatni о‘rganishda
bо‘lgan qiziqishlarini kuchaytiradi. Qishloq xо‘jaligi, ishlab chiqarish, tajriba stansiyalari,
mevazor, kо‘chatzor kabi joylarga uyushtirilgan ekskursiyalar о‘quvchilarda ishlab
chiqarishning turli sohalariga nisbatan zо‘r qiziqish uyg‘otadi. Biologik ekskursiya jarayonida
о‘quvchilar biologik bilimlarning amalda qanday qо‘llanilayotganligini bilib oladilar. Bunday
ekskursiyalar о‘quvchilarning kasb tanlashlarida ham ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.

Ekskursiya ham tarbiyaviy ahamiyatlarga egadir:

1.

О‘quvchilarda ongli intizom;

2.

О‘rtoqlik va dо‘stlik;

3.

Tashabbuskorlik va havaskorlik xislatlari tarbiyalanadi.

4.

Ekskursiyalar о‘qituvchini о‘quvchilar bilan yaqinlashtiradi, unga о‘z о‘quvchilarini

yaxshiroq bilib olish imkoniyatini beradi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

82

5.

О‘quvchilarda tetik va sog‘lom tuyg‘ularni vujudga keltiradi bu esa о‘rganilayotgan о‘quv

materialining oson va puxta о‘zlashtirib olishini ta’minlaydi.
6.

Ekskursiyalarda о‘quvchilar estetik xarakterdagi tuyg‘ularni his qiladilar.

7.

Tabiat gо‘zalligini bevosita his qilish shu tabiatga, vatanga nisbatan muhabbat tuyg‘ularini

uyg‘otadi.

Eks Topshiriqlar.

1.

Quyidagi oʻsimliklarning tabiatga moslanishini aniqlang.
Qaragʻay, beda, burchoq, naʼmatak,

Ekskursiyaga tayyorgarlik.

Ekskursiyaning samaradorligi kо‘p jihatdan uni puxta

tayyorlanishiga bog‘liq. Har bir ekskursiya ham tashkiliy hamda nazariy jihatdan puxta
tayyorgarlik va aniq reja asosida о‘tkazishni talab qiladi.Tayyorgarlik ishlari quyidagicha
amalga oshiriladi: Ekskursiyaning mavzusi va maqsadi belgilanadi, keyin unda о‘quvchilar
о‘zlashtirishi mо‘ljallangan о‘quv materialining mazmuni aniqlanadi. О‘qituvchi ekskursiyaga
borishdan bir necha kun oldin о‘zi о‘sha ekskursiya joyi va marshrutini kо‘rib keladi, (ya’ni
taxminiy ekskursiya qilib keladi). Bunda о‘rganiladigan obyektlar va qulay marshrut tanlanadi,
qayerda, qanday material yig‘ish va qayerda tushuntirish hamda suhbatlar о‘tkazish
mumkinligi belgilanadi, ekskursiya uchun qancha vaqt sarflanishi aniqlanadi. Ekskursiya uchun
zarur bо‘lgan jihoz va materiallar oldindan tayyorlab qо‘yiladi (kompas, lupa, belkurak,
boltacha, metr, ip, etiketkalar, gerbariy uchun papkalar, bonkachalar). О‘qituvchi taxminiy
ekskursiya о‘tkazish va о‘rganiladigan о‘quv materialining mazmunini aniqlash asosida haqiqiy
ekskursiya rejasini tuzadi. Reja ekskursiyaning borish izchilligi va о‘qituvchi bilan
о‘quvchilarning ish metodlari (tushuntirish, suhbat va mustaqil amaliy ishlar: kuzatish
obyektni topib olish, materialni yig‘ish, kabilar). О‘tkaziladigan ekskursiya haqida о‘quvchilar
bir necha kun oldin ogohlantiriladi. Bunda ekskursiya joyi, qachon jо‘nalishi va qancha vaqt
davom etishi о‘quvchilarga aytiladi. О‘qituvchi ekskursiyadan oldingi darsda о‘quvchilarga
darslik va boshqa manbalardan ekskursiya mavzusiga oid nimalarni о‘qib takrorlash
kerakligini vazifa qilib beradi.

References:

1.

SH.A.Amonashavili, S.N.Lisenkova va boshqalar “Pedagogik izlanish”, “О‘qituvchi” 1990y.

2.

A.T.G‘ofurov, O.M.Nosirov “Maktab biologiya kursida tabiat muhofazasi tushunchasini

shakllantirish”, “О‘qituvchi” 1985y.

3.

w.w.w.arxiv.uz

4.

w.w.w.pedagogy.ru

Библиографические ссылки

SH.A.Amonashavili, S.N.Lisenkova va boshqalar “Pedagogik izlanish”, “О‘qituvchi” 1990y.

A.T.G‘ofurov, O.M.Nosirov “Maktab biologiya kursida tabiat muhofazasi tushunchasini shakllantirish”, “О‘qituvchi” 1985y.

w.w.w.arxiv.uz

w.w.w.pedagogy.ru