Авторы

  • Zilola Homidova
    Navoiy Davlat Universiteti doktoranti Profi University “Ta’lim faoliyati va tillar” fakulteti dekani

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.50489

Ключевые слова:

suzgich qanot himoya rangi ekologik guruh adaptatsiya abiotik omillar gidrobiomassa zoomassa fauna.

Аннотация

Maqolada   chavoq baliqning    yashayotgan  suv  muhitiga  barcha  baliq  turlariga  xos    umumiy   moslashuvchanligi va   aynan  chavoq baliq uchraydigan  suv  havzalaridagi  ekologik  omillarga  xususiy  moslashuvchanligi  yoritiladi. Jumladan,  suvning  haroratiga,   uning  tarkibiga, yil  fasllari  o’zgarishiga, ozuqa  tarkibiga  nisbattan  moslashuvchanligi  haqida  ma’lumot  beriladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

75

CHAVOQ BALIQ (RUTILUS RUTILUS) NING YASHASH MUHITIGA

MOSLASHUVCHANLIGI

Homidova Zilola Yunusovna

Navoiy Davlat Universiteti doktoranti

Profi University “Ta’lim faoliyati va tillar” fakulteti dekani

https://doi.org/10.5281/zenodo.14190667

Annotatsiya:

Maqolada chavoq baliqning yashayotgan suv muhitiga barcha baliq

turlariga xos umumiy moslashuvchanligi va aynan chavoq baliq uchraydigan suv
havzalaridagi ekologik omillarga xususiy moslashuvchanligi yoritiladi. Jumladan, suvning
haroratiga, uning tarkibiga, yil fasllari o’zgarishiga, ozuqa tarkibiga nisbattan
moslashuvchanligi haqida ma’lumot beriladi.

Kalit so’zlar:

suzgich qanot,

himoya rangi, ekologik guruh, adaptatsiya, abiotik

omillar, gidrobiomassa, zoomassa, fauna.

Abstract

. The article highlights the general adaptability of roach to the aquatic

environment in which it lives, which is typical for all fish species, and its specific adaptability
to environmental factors of water bodies where roach lives. In particular, information is
provided on its adaptability to water temperature, its composition, seasonal changes and the
composition of nutrients.

Keywords

: fin, protective color, ecological group, adaptation, abiotic factors,

hydrobiomass, zoomass, fauna.

Абстрактный.

В статье освещена общая приспособляемость плотвы к водной

среде, в которой она обитает, характерная для всех видов рыб, и ее специфическая
приспособляемость к факторам среды водоемов, где водится плотва. В частности,
приведены сведения о его приспособляемости к температуре воды, ее составу,
сезонным изменениям и составу питательных веществ.

Ключевые слова:

плавник, защитная окраска, экологическая группа, адаптация,

абиотические факторы, гидробиомасса, зоомасса, фауна.


Baliqlar suv muhitiga juda qulay adaptatsiyalangan umurtqali hayvon hisoblanadi.

Jumladan maqolada yoritmoqchi bo’lgan chavoq baliq (Rutilus-Rutilus) turimiz ham sovuq
suv muhitiga juda yaxshi moslashgan tur hisoblanadi. U mansub bo’lgan turkumning boshqa
turlari singari uning ham tashqi tuzulishi va suzgichlari suv muhitiga qulay va tez
harakatlanishiga imkon beradi.

Chavoq baliqning boshqa baliq turlari singari suv muhitiga anotomik moslashish

belgilari mavjud bo’lib, jumladan deyarli barcha umurtqali hayvonlarda uchraydigan yurish
oyoqlari o’rnida ularda suzgich qanotlari mavjud. Bu ularning suv muhitiga tez va qulay
suzishi imkonini yaratadi. Aksari baliq turlarida uchraydigan suyak tangachalar esa bir-birini
ustiga joylashib, tana qoplamasini hosil qiladi. Tangachalar yupqa plastinkalardan iborat
bo’lib, ancha yengil va baliqning suzishini qulaylashtiradi. Baliqning yoshi oshgan sari
tangachalar ko’paymaydi, balki ularning hajmi kattalashib boradi. Sovuq tushgach
tangachalar o’sishdan to’xtaydi. Ularning terisi shilimshiq modda va pigmentli hujayralar
ishlab chiquvchi bezlarga boy bo’ladi. Bu esa baliq ta’nasining suvda ishqalanishini
kamaytirish bilan bir qatorda uni har xil bakteriyalardan himoya qiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

76

Chavoq baliq oqayotgan suvga samarali suzish imkonini beruvchi tana shakliga ega.

Barcha karplar singari chavoq baliq tanasi ham to’liq tangacha bilan qoplangan holda, ikkita
juft suzgich bilan ta’minlangan.

Gavdaning ikki yon tomonida, jabra yoriqlaridan keyinda ko’krak suzgichi;

Gavda bo’limining qorin qismi o’rtasida qorin suzgichi joylashgan.

Tanasidagi toq suzgichlar soni esa uchta bo’lib

Gavdasining deyarli o’rtasida joylashgan orqa suzgichi;

Anal teshigi yonida joylashgan anal suzgichi;

Tanasining yakuniy qismi hisoblangan dum suzgichi;

Baliq tanasidagi har bir suzgich ma’lum bir funksiyani bajaradi. Masalan juft suzgichlari

baliq muvozanatini saqlab, burulishni qulaylashtiradi. Toq suzgichlaridan eng muhim vazifa
dum suzgichiga tegishli, ya’ni baliq harakatlanayotganda dum muskullari kuchli va tez
qisqarib, suzgich baliq tanasini oldinga itaradi

Shu bilan bir qatorda, tanasida faqat baliqlar sinfi uchun xos bo’lgan boshidan toki

dum suzgichigacha o’tgan yon chizig’i mavjud. Bu organ tangachalarni teshib o’tgan qator
qora teshiklardan hosil bo’lgan.Teshiklarning oxirgi uchi nerv uchlari bilan yon chizig’i
joylashgan maxsus kanalga ochiladi. Yon chizig’i suv sharoitidagi o’zgarishlarni qabul qiladi.
Ya’ni suvning oqimi va bosimini aniqlaydi.

Bundan tashqari suvning tovush o’tkazuvchanligi juda kuchli bo’lganligi sababli, baliqlar

uzuq-yuluq tovushlar orqali o’zaro aloqa o’rnatadi. Ya’ni ularda tovush signalizatsiyasi kuchli
rivojlangan.

Bu baliq turi uchun tiniq tosh yoki shag’alli substratga ega suv muhiti ideal yashash joyi

hisoblanganligi sababli, asosan O’zbekiston, Qirg’iziston va Tojikistonning bir qismini o’z
ichiga olgan Farg’ona vodiysi va Sirdaryo viloyatining daryo hamda tiniq oqadigan suvlarida
uchraydi. Bundan tashqari ular Sirdaryo va uning irmoqlarida ham bemalol ko’payib, nasl
qoldiradi.

Ekologik guruhlari va sistemetik holatidan qat’iy nazar, baliqlarning hayoti bir-biri bilan

almashinib turadigan biologik sharoitning yil fasllariga qarab o’zgarib turishiga bog’liq. Ya’ni
barcha tuban xordalilar singari bu baliqning ham tana harorati tashqi muhit harorati
o’zgarishiga bevosita bog’liq bo’lib, havo haroratining pasayishi, ularning ham tana
haroratining pasayib, harakat jadalligini susayishiga sabab bo’ladi

Suv havzalarining sayoz joylarida oqimning sekinligi, kunduzgi soatlarda suvning

ma’lum darajada isishi va suv havzalarining suv o’simliklariga boyligi qora baliq
chavaqlarining avj olib ko’payishi uchun qu’lay sharoit hisoblanadi. Bundan ko’rinib turibdiki,
chavoq baliqning uvildiriq tashlab, chavaqlarining rivojlanishi uchun yilning eng qulay
mavsumi bu: bahor va erta yoz faslidir.

Uning xususiyatlarini har tomonlama o’rganish orqali biz bu baliqning ekologik roli

haqida to’liq tushunchaga ega bo’lishimiz mumkin. Hech birimizga sir emaski, hozirgi vaqtda
insoniyatning oqsilga bo’lgan ehtiyojini qondirishda baliq mahsuloti chorva mahsulotidan
kam foiz eggallamaydi. Ular asosan sevib iste’mol qilinadigan oziq mahsulotidan tashqari,
vitamin olish maqsadida, chorvachilik va parrandachilikda foydalaniladigan baliq uni
tayyorlash maqsadida ko’plab ovlanmoqda.

Chavoq baliq chuchuk suv ekotizimlarining ekologik muvozanatini saqlashda muhim rol

oʻynaydi. Ularning tarqalishi, yashash joylariga va ekologiyaga oʻzaro taʼsirini oʻrganish


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

77

orqali tadqiqotchilar va tabiatni muhofaza qilish mutaxassislari ushbu turni saqlab qolish
hamda umumiy biologik xilma-xilligini asrash uchun samarali chora-tadbirlarni ishlab
chiqishlari mumkin.

Chavoq baliqlar ozuqa aylanishida ishtirok etish, yirtqich turlarining populyatsiyasini

nazorat qilish va yirik yirtqichlar uchun oziq-ovqat manbai boʻlib xizmat qilish orqali chuchuk
suv ekotizimlarining ishlashiga hissa qoʻshadi. Ushbu bilim va ko’nikmalar ekotizimlarning
umumiy dinamikasi va barqarorligini tushunish uchun zarurdir.

Bu sayi harakatlar yashash joylarini aniqlash, populyatsiya holatini baholash va chavoq

baliq hamda boshqa turlarning uzoq muddatli omon qolishini taʼminlash uchun tegishli
muhofaza qilish choralarini amalga oshirishni oʻz ichiga oladi.

Uning cheklangan tarqalishini hisobga olgan holda, ushbu turning populyatsiyasi holati

va saqlash talablarini baholash uchun qoʻshimcha tadqiqotlar oʻtkazish zarurati tugʻiladi.

Ushbu tur uchun asosiy tahdidlarga yashash joylarini yoʻq qilish, ortiqcha baliq ovlash va

ifloslanish kiradi.

Hozirgi zamonning global muammolaridan hisoblangan iqlim oʻzgarishi butun

dunyodagi suv ekotizimlari, jumladan chavoq baliq tarqalgan suv havzalari uchun ham jiddiy
muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Shu sababli chavoq baliq va boshqa chuchuk suv baliq turlariga ekologiyaning salbiy

taʼsirini yumshatish uchun qator chora-tadbirlar ishlab chiqishga ehtiyoj sezilmoqda.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, chuchuk suv havzalarida tarqalgan chavoq

baliqlarning xususiyatlarini oʻrganish bioxilma-xillikni saqlash, tabiatni muhofaza qilishni
rejalashtirish va boshqarish, barqaror baliqchilik va iqlim oʻzgarishi taʼsirini tushunish uchun
muhum hisoblanadi. Bunday tadqiqot natijalari samaradorligi chavoq baliqlar
populyatsiyasining ham kengroq suv ekotizimlarini egallashi hamda uzoq muddatli
hayotiyligini taʼminlashga yordam beradi.

References:

1.

Saydulla Dadayev, Qalandar Saparov. Zoologiya (Xordalilar 2-qism). Cho’lpon nomidagi

nashriyot. Toshkent-2011.
2.

Saydulla Dadayev, Ochil Mavlonov. Zoologiya. Toshkent-2008.

3.

B.S.Salimov, A.S.Daminov. Zoologiya. Toshkent-2008.

4.

Xolboyev F, Azimov D, Shernazarov E. Zoogeografiya. Toshkent -2018.

5.

Mavlyanov O. M, Toshmanov N. J, Sanayeva L.Sh. Zoologiya. Toshkent -2013.

6.

S.P.Naumov. Umurtqali hayvonlar zoologiyasi. Toshkent-1995.

7.

J.L.L.Laxanov. O’zbekistonning umurtqali hayvonlari aniqlagichi. Toshkent-2013.

8.

3.П. И. Жуков: «Рыбы: Популярный энциклопедический справочник». Минск, 1989.

9.

В. С. Пенязь, Т. М. Шевцова, Т. И. Нехаева: «Биология рыб водоемов Белорусского

Полесья». Минск,
10.

M.N.Ibodova. Zoologiya .Nodirabegim nashriyoti Toshkent-2021y

Библиографические ссылки

Saydulla Dadayev, Qalandar Saparov. Zoologiya (Xordalilar 2-qism). Cho’lpon nomidagi nashriyot. Toshkent-2011.

Saydulla Dadayev, Ochil Mavlonov. Zoologiya. Toshkent-2008.

B.S.Salimov, A.S.Daminov. Zoologiya. Toshkent-2008.

Xolboyev F, Azimov D, Shernazarov E. Zoogeografiya. Toshkent -2018.

Mavlyanov O. M, Toshmanov N. J, Sanayeva L.Sh. Zoologiya. Toshkent -2013.

S.P.Naumov. Umurtqali hayvonlar zoologiyasi. Toshkent-1995.

J.L.L.Laxanov. O’zbekistonning umurtqali hayvonlari aniqlagichi. Toshkent-2013.

П. И. Жуков: «Рыбы: Популярный энциклопедический справочник». Минск, 1989.

В. С. Пенязь, Т. М. Шевцова, Т. И. Нехаева: «Биология рыб водоемов Белорусского Полесья». Минск,

M.N.Ibodova. Zoologiya .Nodirabegim nashriyoti Toshkent-2021y