YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
69
TUBAN O`SIMLIKLAR VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI
Nosirova Ruxshona Zafarjon qizi
Andijon Davlat Pedagogika Instituti
Biologiya yo`nalishi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14266311
Abstract
: Introduction to the world of terrestrial plants, a brief history of systematics,
taxonomic categories, the role of terrestrial plants in nature and human life.
Аннотация:
Знакомство с миром бездонных растений, краткая история
систематики, таксономических категорий, роль бездонных растений в природе жизни
человека.
Keywords:
Thallus, protists, mycoids, fungi, viruses, bacteria, blue-green algae.
Ключевые слова:
Таллий, протисты, микоиды, грибы, вирусы, бактерии, сине-
зеленые водоросли.
Tuban o`simliklar ko‘pchilik adabiyotlarda Thallophyta guruhiga qo`shib o`rganilgan.XX
asrning o`rtalariga kelib,turli organizmlarning xujayralari chuqur o`rganiladigan bo`lgandan
keyin xamma tirik organizmlar prokariot(“pro”-avvalgi,oldingi,”karion”-yadro, ya’ni yadrocha)
va eukariotlar guruhi(“eu-haqiyqiy,asl,chin, karion”- yadro)ga bo‘linib o‘rganilmoqda.
Mashhur shved tabiatshunosi Karl Linney (1707-1778) o`zining 1735 yilda nashr etilgan
“Tabiatning sistemaikasi” nomli asarida tabiatni anorganik, ya’ni toshlar olamiga va ikkita
o`simliklar va hayvonlar olamiga bo`lgan. Ammo, 1821 yili Friz zambrug’larni alohida olamga
ajratishni taklif qilgan. Shunga qaramay,bu taklif boshqa olimlar tomonida qo`llab-
quvvatlanmadi.
XIX asrning o`rtalarida ba’zi olimlar o`simliklar va hayvonlarga xos belgilarga ega bo`lgan
organizmlar gruppasiga e’tibor bera boshladilar. Bu organizmlar gruppasiga xivchinlilar
kiritilib, ular fotosintez protsessini amalga oshirishga qaramay tuban zambrug’lar va bulutlar
qatoriga kiritilgan.
Sistematikada son-sanoqsiz o`simlik turlarini o`xshash belgilariga, qarindoshlik
darajalariga, oziqlanishiga va kelib chiqishiga qarab, ularni bir-biriga bo`ysunadigan taksonlar
yoki sistematik kategoriyalarga birlashtiradi. Sistematikada asosiy, eng kichik sistematik birlik
yoki takson turdir (species). Xar qaysi tur bir turkumga (genus) birikadi. Turkum qarindoshlik
aloqalari bo`lgan turlarning yig’ma taksonomik kategoryasidir. Turkum juda ko`p yoki bir
necha,hatto bitta turdan iborat bo`lishi mumkin.Turkum o`z navbatida kenja turkumga,keyin
esa seksiyalarga bo`linishi mumkin.
Tuban o`simliklarning kelib chiqishi, taraqqiyot yo`llari oziqlanish usullari va vegetativ
organlarning tuzlishiga xatto ranglariga qarab ham ularni bir necha bo`limlarga
ajratiladi.Busoxadagi urinishlar, izlanishlar va tadqiqotlardan so`ng keyingi chorak asr
mobaynida tuban o`simliklar bo`limlariga quydagicha bo`linadi.
Ko`k-yashil suvo`tlar-Cyanophyta
Xrizomonadsimonlar yoki Tilla rang suvo`tlar-Chrysophyta
Pirrofitsimonlar-Pyrrophyta
Evglenasimonlar-Euglenophyta
Yashil suvo`tlar-Chlorophyta
Xar-xil xivchinlilar yoki sarg’ish yashil suvo`tlar-Heteroconthae yoki-Xantophyta
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
70
Diatom suvo`tlar-Diatomeae yoki -bacillariophyta
Qo`g’ir suv o`tlar-Phaeophyta
Qizil suvo`tlar-Rhodophyta
Shilimshiqsimonlar-Myxophyta
Zambrug’lar-Fungi yoki Mycophyta
Lishayniklar-Lichenophyta.
Tuban o`simliklar tabiatda va odamlar hayotida katta ro`l o`ynaydi. Ular o`lik organik
moddalarga aylantiradi, ya’ni minerallashtiradi. Bu protsses, asosan bakteriyalar va
zambrug’lar ishtirokida boradi. Yuqori o`simliklaruchun g’oyat zarur bo`lgan havodagi erkin
azotdan xosil bo`ladigan tuproqdagi azot birikmalari xam bakteriyalarning faolyati natijasida
vujudga keladi.
Tuban o`simliklarda sodir bo`ladigan moddalar almashinuvi tufayli ulardan tabiatda
(havoda, suvda, tuproqda) uchramaydigan turli moddalar ajralib chiqadi. Masalan, ba’zan
bakteriya va zambrug’lar ulmin kislota ishlab chiqaradi, xlorofilli suvo`tlar suv, tuproq va
havoga o`zlaridan kislarod chiqaradi. Xilma-xil chirish va achish protsseslari ham tuban
o`simliklarning hayot faoliyati bilan chambarchas bog’langan. Non pishirish, vino, spirt
tayyorlash, siloslash, tuzlash va boshqalar shular jumlasidandir.
References:
1.
Sahobiddinov S.S. O‘simliklar sistematikasi “O‘qituvchi” nashriyoti Toshkent -1976
2.
Tuban O‘simliklar Toshkent “O‘qituvchi” 1995
3.
Tojiboyev SH.J O‘simliklar sistematikasi Toshkent “O‘qituvchi” 1990
