YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
113
AYOL MATONATI VA PSIXOLOGIYA: ICHKI KUCH VA RESURSLAR
Jabborova Sayyoraxon Muxammadkobilovna
Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
Boltaboyeva Gavharoy Arabjon qizi
Nematjonova Nasibaxon Xusanboy qizi
ADPI maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2 bosqich talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.14282134
So‘nggi asrda ayollarning ijtimoiy rollari ortib, ular ta’lim, siyosat, biznes kabi sohalarga
qadam qo‘ydilar; ularning iqtisodiyotdagi ishtiroki sezilarli darajada oshdi.
Ayol eng avvalo, oilada – ona, sevimli rafiqa, mehribon uy bekasi bo‘lsa, jamiyatda –
shifokor, o‘qituvchi, tadbirkor, rahbar kabi martabalarga ega bo‘ladi. Bunga bizning
mamlakatda o‘zining faolligi va izlanuvchanligi bilan barchani lol qoldirayotgan shijoatli
ayollarni misol qila olamiz. Masalan ayol rahbarlar.
Jamiyatimiz rahbar ayollar boshqaruvi bilan o‘sib borishi bu davlatimizning rivojlanishi,
uning jahon davlatlari qatorida turishiga yordam bermoqda. Davlat va jamiyat boshqaruvida
ularning o‘rni va mavqeini yanada mustahkamlash – tub islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan
biridir. Bu esa har bir oilada ayollarning o‘rni, uning hurmat va mavqeini yana bir karra
oshiradi.
Ayol qayerda va qanday mavqeda bo‘lmasin, u tarbiyachilik vazifasini bir vaqtning o‘zida
uddalaydi. Oilasida ko‘rgan tarbiya usullarini hayotiy tajribasida qo‘llaydi.Ayniqsa, farzandi
axloqli, tarbiyali, ilmli bo‘lishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. O‘zidan ham yuksak
bilimni va mavqeni egallashiga jon jahdi bilan ko‘maklashadi. Shundan bo‘lsa kerak, onadek
mehribon va uning o‘rnini bosguvchi zot yo‘q.
Ayol kishining matonati, irodasi haqida juda koʻp videofilm va voqealarni eshitamizu,
ba’zan bunday ayollar yonimizda, atrofimizda ham uchratishimiz mumkinligi haqida sezmay
ham qolamiz. Ularning oila va jamiyatda hormay-tolmay, bugunidan mamnun bo‘lib
yashayotganliklari taqsinga sazovor.
Ayollardagi iroda, matonat, shijoat, sabr, qat’iyat, chuqur mulohaza, oilasi, farzandlariga
cheksiz muhabbat, sadoqatli, andisha, ibo kabi xislatlar bilan ularni tabiatning o‘zi
siylagan.Agar ular biror vazifani oldilariga maqsad qilib qo‘ysalar, natijaga erishmagunga qadar
kurashadilar, o‘zlarida g‘ayrat topadilar.
Birgina ilmli ayollarni hayot yo‘lini kuzatar ekanmiz, Kichik jussasida xattoki erkaklarda
bo‘lmagan ichki kuchni kuzatamiz.Ulardagi resurslarga bugungi jamiyat har doimgidan muhtoj.
Bir donishmand, “Agarda buyuk va fazilatli odamlarga ehtiyojingiz bo‘lsa, ayollarga
buyuklik va fazilatni o‘rgatingiz”, deb aytgan ekan. Yaqin o‘tmishdagi zamondoshimiz Abdurauf
Fitrat ham “ayollarimiz – millat onalari ilm olishlari lozim, axloq va bilimlarini kamolga
yetkazishlari zarur”, deya o‘z asarida yozib, qizlarni ilm olishga da’vat etganini tarix
sahifalarida ko‘rishimiz mumkin. Har bir davrda buyuk ajdodlarimiz oiladagi farzandlarning
ilmli bo‘lishiga pand-u nasihat qilgan. Qisqa qilib aytganda, ilm – bu ma’rifat deymiz. Jaholatni
ham yuksak ilm-ma’rifatimiz bilan yengamiz. Hayotimizga kirishga urinayotgan yot g‘oyalarga
ham ilmga intilishlarimiz bilan o‘rin qoldirmaymiz. Ilm butun hayot yo‘llarimizni yoritadi.
Muqaddas dinimizda ayollarni hech qachon ilm-ma’rifatdan va jamiyat ishlaridan ajralib
bir burchakda o‘tirishga majbur qilmaydi. Hozirgi kundagi jamiyatimiz xususan ta’lim
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
114
maskanlarida ilm maʼrifatli diyonatli, o‘z kasbini puxta egallagan, o‘zi va bolalarning umrlarini
zoye qilmaydigan mutaxassislarga muhtojdir!
“Biz bugun yetakchi lavozimlarda ko‘rayotgan ayollar avval ta'lim olish, resurslardan
foydalanish va ishga joylashish borasida imkoniyatlarga ega bo’lgan. Keling, bugungi kunda
ham O‘zbekistonda qizlar va yosh ayollar uchun ana shunday imkoniyatlarni yaratylik”, - dedi
UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade
1
.
UNICEF quyidagilarni amalga oshirishga chorlaydi:
1.
Yosh ayollarga alohida e’tibor bergan holda hayotiy, texnik, innovatsion va tadbirkorlik
ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun rasmiy va norasmiy ta’limni kuchaytirish.
2.
Xotin-qizlarning iqtisodiy, siyosiy va jamoat sohalaridagi faol ishtirokini qo‘llab-
quvvatlash.
3.
Qizlarni yosh turmushga berish va oliy ma’lumot olishga to‘sqinlik qilish singari salbiy
ijtimoiy me’yorlarga barham berishga qaratilgan kompaniyalarni tashkil qilish.
Demak, ayol nafaqat bugungi kundagi maqomi va jamiyatdagi obroʻyi eng avvalo uning
oilasidagi oʻrni, oila qadriyatiga munosabati hamda farzandlari tarbiyasidagi
muvaffaqiyatlariga bogʻliq ekanini chuqur anglashimiz zarur. Yigʻilishda Prezidentimiz rahbari
ayollarga murojaat qilib, onalar farzandlarining nafaqat tarbiyasi bilan shugʻullanishlari, uning
bilimi, dunyoqarashining rivojlanishiga, maʼnaviyatining yuksalishiga yanada jiddiy qarashlari
kerakligi taʼkidladi. Farzandlariga yoshligidanoq tejamkorlikni, saranjom-sarishtalikni oʻrgatib
boradigan ham ayol, aslida. Shu oʻrinda, bugungi kun oʻzbek ayoli maʼrifatli, maʼnaviyati yuqori,
tafakkuri teran, shu bilan birga zamonamizga xos barcha ijobiy xislatlarni oʻzida
mujassamlashtirgan oqila va dono boʻlishlari nihoyatda zarurligi aytildi. Chunki ayolning
bilimdonligi, maʼnaviyati, maʼrifati va savodxonligi – farzandining, oilasining baxtu saodatidir.
Tarbiya – egasiga qaytuvchi jarayon. Kim nimani oʻzi uchun kutsa, shuni bolasiga bersin:
oqibat istagan oqibat, mehr sogʻingan mehr… Bu fazilatlar ayollarga xos nazokat, hayo,
samimiylik, kamtarlik, oqilalik, uddaburonlik, tadbirkorlik… bilan egasiga yetkazilar ekan u
kamolotdek, vafodek oʻziga jinsdosh xislatlarni yetaklab keladi. Insoniyat yaralibdiki, shunga
intiladi. Orzu qiladi. Targʻib qiladi.
Xulosa shuki, butun dunyoda ayollar ta’limi doimiy ravishda e’tiborga muhtojdir. Sababi
ayollar kelajak avlod vakillarini tarbiya qiladi. Shunday ekan, dastavval, xotin-qizlarning bilimli,
ziyoli bo‘lishlari uchun ularning ichki resurslaridan foydalanish va takomillashtirish darkor. Bu
bilan kelajakda o‘zining mustaqil fikriga ega, dunyoqarashi keng va har qanday jabhada ilg‘or
bo‘la oladigan kelajak vakillarini tarbiya qilishda muvaffaqqiyatsizlikka uchramaymiz.
References:
1.
“Yangi O‘zbekiston oiladagi zo‘ravonlikka qarshi: holat, muammo va yechimlar”
mavzusidagi xalqaro anjuman materiallari to‘plami. – Toshkent: “Mahalla va oila” nashriyoti,
2022. – 344 b.
2.
Xadjimetova Dilnoza Rahimovna Ayollar ta’limini rivojlantirish: tarixi, muammolari va
istiqbollari // SAI. 2024. №Special Issue 15. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/ayollar-ta-
limini-rivojlantirish-tarixi-muammolari-va-istiqbollari
-1 (дата обращения: 04.12.2024).
1
https://www.unicef.org/uzbekistan/uz/key-issues-with-gender-equality
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
115
3.
https://www.unicef.org/uzbekistan/uz/key-issues-with-gender-equality
4.
