Авторы

  • Farhod Adilov
    Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori.
  • Sardor G’ofurov
    Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Bank ishi va audit fakultet 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.50601

Ключевые слова:

Konstitutsiya Oliy majlis Constitution Oliy Kengash xalqchil qomus suveren davlat umumxalq referendum ta’lim president murojatnomasi Konstitutsiya yangi taxriri yangi O’zbekiston Amir Temur islohatlari mustaqillik deklaratsiyasi AQSH Fransiya Germaniya.

Аннотация

Ushbu maqolada konstitutsiyaning ahamiyati, fuqorolarning huquq va erkinliklari, davlat va jamiyat o’rtasidagi munosabatlar va shuningdek, o’z konstitutsiyamizga nisbatan hurmatimiz va mas’uliyatimiz to’g’risida bir qator fikrlar ilgari suriladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

33

KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI

Adilov Farhod Abduvaliyevich

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori.

G’ofurov Sardor Yigitali o’g’li

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

Bank ishi va audit fakultet 1-bosqich talabasi

gafurovsardor2063@gmail.com

+998500532063

https://doi.org/10.5281/zenodo.14332090

Annotatsiya:

Ushbu maqolada konstitutsiyaning ahamiyati, fuqorolarning huquq va

erkinliklari, davlat va jamiyat o’rtasidagi munosabatlar va shuningdek, o’z konstitutsiyamizga
nisbatan hurmatimiz va mas’uliyatimiz to’g’risida bir qator fikrlar ilgari suriladi.

Kalit so’zlar:

Konstitutsiya, Oliy majlis, Constitution, Oliy Kengash, xalqchil qomus,

suveren davlat, umumxalq referendum, ta’lim, president murojatnomasi, Konstitutsiya yangi
taxriri, yangi O’zbekiston, Amir Temur islohatlari, mustaqillik deklaratsiyasi, AQSH, Fransiya,
Germaniya.

Ключевые слова:

Конституция, Олий Мажлис, Конституция, Олий Кенгаш,

популистский словарь, суверенное государство, всенародный референдум, образование,
послание президента, новая редакция Конституции, новый Узбекистан, реформы Амира
Темура, декларация независимости, США, Франц

Key words:

Constitution, Oliy Majlis, Constitution, Oliy Kengash, populist dictionary,

sovereign state, national referendum, education, presidential address, new revision of the
Constitution, new Uzbekistan, Amir Temur's reforms, declaration of independence, USA,
France, Germany.

Kirish:

Mustaqillik yillaridagi muhim siyosiy jarayonlardan biri bu xalqchil, demokratik

Konstitutsiyaning qabul qilinishidir. Konstitutsiya, bu mustaqil davlatning yuragi, jamiyatning
erkinligi va barqarorligini ifodalovchi ramz. U inson huquqlarini himoya qiluvchi ishonchli
qalqon, kelajakka ishonch bag‘ishlovchi tamal toshi, adolat va tenglikning buyuk qomusidir.
Konstitutsiya (lotincha “Constitution”- tuzulish, tuzuk) degan ma’noni anglatadi.

Asosiy qism:

O’zbekiston Konstitutsiyasi bu o’zbek xalqining tarixiy, milliy qadriyatlarini

o’zida aks ettirgan hujjatdir. Zero, sohibqiron Amir Temur o’z tuzuklarida davlatni
boshqarishda oliy tabaqa vakillaridan tortib to hunar ahligacha bo’lgan ja’mi o’n ikki tabaqa
vakillariga suyanib ish ko’rishni o’z davrida ta’kidlab o’tganlar, shuningdek, “Qayerda qonun
hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo’ladi’’ degan so’zlari keltirilgan. Mamlakatimizda shu
kabi qadriyatlarimiz saqlanib qolganining namunasi sifatida ko’rishimiz mumkinki, birinchi
Prezidentimiz sessiyada Konstitutsiyani “xalqchil qomus”

1

deb atab, uning loyihasi ustida

taxminan ikki yil davomida ishlangani, ikki yarim oy mobaynida umumxalq muhokamasidan
o‘tganligi va shu vaqt mobaynida u xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan boytilganini, sayqal
topganini ta’kidladi. Oliy Kengash sessiyasiga muhokama qilish uchun kiritilgan Konstitutsiya

1 Xalqning umumiy irodasi shaklida o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashining o’n birinchi
sessiyasi muhokamasida Islom Karimov Konstitutsiyani xalqchil deb atadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

34

loyihasiga 80 ga yaqin o‘zgarishlar, qo‘shimchalar taklif etildi va aniqliklar kiritildi. Parlament
deputatlari tomonidan loyiha moddama-modda muhokama qilinib, unga yana bir qator
o‘zgartishlar kiritildi. Bunga qo’shimcha tarzda, Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda
konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o’rganildi. Xususan AQSH, Fransiya, Kanada,
Germaniya, Shvetsiya, Eron, Hindiston kabi davlatlarining Konstitutsiyalari chuqur o’rganildi
va qiyosiy tahlil etildi. O’zbekiston Konstitutsiyasi yaratilishida, hokimiyatni bo’linish
prinsiplari hamda huquq va erkinliklarning ustuvorligi kabi tamoyillar AQSH, Fransiya,
Germaniya kabi mamlakatlarning konstitutsiyaviy tajribalaridan foydalanilgan. Bu kabi boshqa
davlatlarning qonunlaridan qiyosiy qo’shimchalar olish nafaqat zamonaviy va samarali
Konstitutsiyani yaratishda yordam beradi, balki xalqaro hamjamiyatga integratsiya qilish,
fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda davlatning mustahkam huquqiy
poydevorini yaratish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, milliy
qadriyatlar va sharoitlarga moslashgan holda ushbu tajribani qo‘llash juda muhim. Shunday
qilib 1992-yil 8-dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilindi. Shu kundan e’tiboran, 8 dekabr –
umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. Shunday qilib, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilgan
sanadan e’tiboran dunyo sahnasida yangi, suveren davlat qaror topgan bo‘lsa, birinchi
Konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni davlatimiz yangidan tug‘ildi, haqiqiy mustaqilligimizga
mustahkam huquqiy poydevor qo‘yildi. Shuningdek, konstitutsiyada 6 bo’lim, 26 bob, 128ta
modda belgilandi va 31 yil davomida shu qomusga muvofiq harakatlar amalga oshirildi. 2023-
yilning 30-aprel umumxalq referendumida O’zbekiston Respublikasi yangi taxrirdagi
konstitutsiyasi ishlab chiqildi va tasis etilgan sana 2023-yil, 1-may etib belgilandi. Unga ko’ra
yangi konstitutsiya 6 bo’lim, 27 bob, 155 moddadan iborat. Yangi tahrir inson huquqlari va
erkinliklarini kafolatlashni yanada kuchaytiradi. Ijtimoiy ta’minot, ta’lim, tibbiyot xizmatlari,
ekologiya va mehnat huquqlari bo‘yicha yangi kafolatlar kiritildi. Konstitutsiyaga fuqarolar
manfaatlarini ko‘proq aks ettiruvchi yangi moddalar qo‘shildi, masalan, ta’limning bepul
bo‘lishi, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va yoshlar manfaatlarini himoya qilish
bo‘yicha qoidalar mustahkamlandi. Bunga qo’shimcha tarzda, Prezident — konstitutsiyaviy
islohotlar haqida Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida «Yangi O‘zbekistonga
mos bo‘lgan Konstitutsiyani har tomonlama o‘ylab, shoshilmasdan ishlab chiqish kerak»

2

ligini

ta’kidi va murojaatnoma davomida konstitutsiyaviy islohotlar haqida gapirib o‘tdi.
«Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi pog‘onaga olib chiqish uchun, boshqaruv ham, qonunchilik
ham, jamiyatimiz ham o‘zgarishi kerak. Agar shunday qilmasak, muammolarni ko‘rib,
ko‘rmaslikka olsak, zamondan orqada qolamiz. Xalqimiz, yosh avlodimiz bizdan rozi bo‘lmaydi.
Shu bois, „Avval — inson, keyin — jamiyat va davlat“ degan g‘oyani Konstitutsiyamiz va
qonunlarimizga ham, kundalik hayotimizga ham chuqur singdirishimiz kerak. Hozirgi kundagi
jiddiy sinovlar va bashorat qilib bo‘lmaydigan xavf-xatarlarni yengib o‘tishga qodir bo‘lgan
milliy davlatchiligimiz asoslarini mustahkamlashimiz zarur». Prezidentimizning bunday
so’zlari bizning imkoniyatlarimiz beqiyosligini va huquqlarimizga nisbatan hurmat va yanada
mas’uliyatli bo’lishimizni ifodalaydi. Shu o’rinda aytish joizki, qonunlarimizning asosiy maqsadi
inson huquqlari va manfaatlari ustuvorligi hamda ijtimoiy adolatni ta’minlashga qaratilgan.

2

2022-yil 20-dekabr. Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga mujojaatnomasi




background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

35

Namuna sifatida, Konstitutsiyaning yangi tahririda har bir insonning hayoti daxlsizligi haqida
aniq kafolatlar berilgan. Xususan, insonning jismoniy va ruhiy dahlsizligini ta'minlash
davlatning asosiy vazifasi deb belgilangan (27-modda). Amalda qiynoqlarga barham berish va
insonning qadr-qimmati himoyasini kuchaytirishga oid qonunlar qabul qilinganligini
ko’rishimiz mumkin. Buning sababi shundaki, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-
moddasida, O’zbekiston Respublikasi suveren, mustaqil, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va
dunyoviy davlatdir deya keltirilgan. Bu jumlada ijtimoiy davlat, jamiyat uchun keng
imkoniyatlar yaratishini bildiradi.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, qabul qilingan bosh qomusimiz jamiyat manfaatiga

xizmat qiladigan xalqchil qonundir. Shuningdek, unda keltirilgan normalar bu so’zning yaqqol
namunasidir. Masalan yuqorida aytib o’tilganidek, ijtimoiy davlat tuzumi bu jamiyatning har
tomonlama qo’llab quvvatlanishi hamda yengilliklar yaratilishiga ishoradir. Shunday ekan
jamiyatning har bir a’zosi bu kabi imkoniyatlardan samarali foydalanib, davlat ravnaqiga o’z
hissasini qo’shishi lozim. Zero, bu kishilarning o’zlari avfzal ko’rgan sohada, o’zlari xohlagandek
rivojlanishiga tamon ochilgan bir keng yo’l kabidir. Prezidentimizning bu borada ilgari
surayotgan islohatlari, jamiyatga nisbatan sadoqatidandir va bu bizni yanada mas’uliyatli
bo’lishga undashi lozim.

References:

1.

O’zbekistonning eng yangi tarixi, TAHRIRIY NASHR 2023, 82-83 b

2.

https://constitution.uz/oz/pages/Konstitusiyamizning_yaratilishi

3.

https://www.gazeta.uz/oz/2022/12/20/constitution/

4.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2023-y, 1, 27- moddalar

Библиографические ссылки

O’zbekistonning eng yangi tarixi, TAHRIRIY NASHR 2023, 82-83 b

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2023-y, 1, 27- moddalar

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)