Авторы

  • Sardor G’ofurov
    Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, Bank Ishi va Audit fakulteti 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.61766

Ключевые слова:

Ishsizlik friksion ishsizlik mavsumiy ishsizlik agregator devirsifikatsiyalash Rossiya Qozog’iston davlat raxbarining farmoni statistika ta’lim.

Аннотация

Ushbu maqolada O’zbekistondagi ishsizlikning darajasi va uni bartaraf etishga qaratilgan ba’zi go’yalar ilgari suriladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

37

O’ZBEKISTONDA ISHSIZLIK DARAJASI VA UNI KAMAYTIRISH

STRATEGIYALARI

G’ofurov Sardor Yigitali o’g’li

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti,

Bank Ishi va Audit fakulteti 1-bosqich talabasi

gafurovsardor2063@gmail.com

+998500532063

https://doi.org/10.5281/zenodo.14217348

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O’zbekistondagi ishsizlikning darajasi va uni bartaraf

etishga qaratilgan ba’zi go’yalar ilgari suriladi.

Kalit so’zlar

: Ishsizlik, friksion ishsizlik, mavsumiy ishsizlik, agregator,

devirsifikatsiyalash, Rossiya, Qozog’iston, davlat raxbarining farmoni, statistika, ta’lim.

Ключевые слова

: безработица, фрикционная безработица, сезонная безработица,

агрегатор, диверсификация, Россия, Казахстан, указ главы государства, статистика,
образование.

Keywords:

unemployment, frictional unemployment, seasonal unemployment,

aggregator, diversification, Russia, Kazakhstan, decree of the head of state, statistics, education.


Kirish:

Ishsizlik — bu insonlarning hayotiy faoliyati davomida muqobil ishini topa

olmasligidir. Oʻzbekistonda Ishsizlik tushunchasi rasman 1992-yil "Aholini ish bilan taʼminlash
toʻgʻrisida"gi qonunining qabul qilinishi bilan meʼyoriy kuchga ega boʻldi (1998-yil 1 mayda
ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi). Ishsizlik insonning manfaatlariga ta’sir
ko’rsatadigan ijtimoiy-iqtisodiy muammodir.

Asosiy qism:

Amaldagi iqtisodiy hayotda Ishsizlik ishchi kuchi taklifining unga boʻlgan

talabdan oshib ketishi tarzida namoyon boʻladi. Ishsizlik sababi turlicha, texnika rivojlanish
bilan mehnat unumdorligi ortadi, ishlab chiqarish kam mehnat talab boʻlib qoladi. Iqtisodiyotda
jami talab va taklif muvozanati buziladi, tovarlarga bozor talabining qisqarishi ish kuchiga
talabni ham qisqartirib yuboradi, natijada ish kuchining bir qismi ortiqcha boʻlib qoladi,
iqtisodiyot rivojlanishi bilan malakali ish kuchiga talab oshib, malakasizlar kerak boʻlmay
qoladi. Ishsizlik sababi har xil boʻlganidek uning shakllari ham turlicha. Ishsizlik ning asosiy
shakllari friksion Ishsizlik —turli sabablarga koʻra (yangi yashash joyiga oʻtish, kasbni
oʻzgartirish, bola boqish, yangi ish tanlash) vaqt-vaqti bilan ishsiz qolish. Bu ixtiyoriy ishsizlik
hisoblanadi. Tarkibiy Ishsizlik — ishlab chiqarish tuzilmasi oʻzgartirilgan sharoitda eski
tarmoqlarda ishlab kelgan kishilarning yangi tarmoqlarga kerak kasbni hali oʻzlashtirmagan
kezlarida yuz beradi. Mavsumiy Ishsizlik — mavsumiy ishda band boʻlganlarning mavsum
tugagach, ishsiz qolishi. Shu o’rinda buni takidlash joizki mamlakatimizda eng ko’p uchraydigan
holat friksion va mavsumiy ishsizlikdir. Bular mazmunan bir biriga bog’liq bo’lib ko’pgina
namunalar keltirish mumkin. Jumladan, ba’zi shahar ko’chalarida mavsumiy ishga davogar bir
qancha odamlar guruhini ko’rish mumkin, bu nafaqat mamlakat shaharlarida balki boshqa
davlatlarda ham yirik hajmga ega o’zbek mavsumiy ishchilar qismi mavjud. Xususan, Rossiya
va Qozog’izton davlatlarida. Statistik malumotlarga ko’ra, hozirda qariyb 3 millionga yaqin
O’zbekistonlik kishilar mehnat megratsiyasi maqsadida Rossiyada. Vaziyatni bunday tus
olishida, ham davlatning, ham aholining roli bor. Namuna sifatida aytishimiz mumkinki, ta’lim
tizimining kadr tayyorlashdagi kamchiligi, ya’ni, mehnat bozorida talab qilinadigan kasb va


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

38

malakaga mos kelmaydigan ta’lim tizimi ishga yaroqsiz kadrlarni ko’paytiradi. Ma’lumot
o’rnida, O‘zbekistonda yiliga oliy o‘quv yurtlarini tamomlagan bitiruvchilar orasida ish
topishda muammoga duch kelayotganlar soni juda yuqori. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, har yili
taxminan 214 ming talaba universitetni tamomlaydi. Ularning 41 foizi ish topishga muvaffaq
bo‘lgan bo‘lsa, 59 foizi yoki taxminan 126 ming kishi ish topolmayotgani aniqlangan. Mamlakat
miqyosida 3—5% darajasidagi Ishsizlik iqtisodiyot uchun normal holat (Ishsizlik ning tabiiy
chegarasi) hisoblanadi. Ammo O’zbekistonda bu ko’rsatkich 2024-yilga ko’ra 6.8%ni tashkil
qilmoqda. Biroq bu ko’rsatkich o’tgan yillardan ancha yaxshi. 2020-yil tahliliga ko’ra
respublikada ishsizlik ko’rsatkichi 10,5% ni tashkil qilgan. Bu esa o’sishdan dalolatdir.
Shuningdek davlatimiz raxbarining bir qator farmonlarini keltirish mumkin, xususan,
Prezidentimiz mamlakatda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan strategiyada iqtisodiyotni
diversifikatsiya qilish, zamonaviy sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini kengaytirishga
urg‘u berdi. Shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. Bunga qo’shimcha tarzda,
Iqtisodiy aylanmaga kiritilmagan yerlarni infratuzilmaga ulash, loyihalarni ishga tushirish
uchun tashabbuskorlarni qoʻllab-quvvatlash zarurligi qayd etildi. “Agregator” tizimi asosida
“100 ming eksportchi dehqon” dasturi joriy qilinib, 2024-yilda 15 ming gektar yer maydonlari
auksionga chiqarilishi belgilandi. Bu kishilarning o’z beznesini boshlashda imkoniyat bo’libgina
qolmay ishsizlik darajasini aytarli darajada kamaytiradi

Xulosa:

Xulosa o’rnida aytish joizki, Davlat va aholi o‘rtasidagi hamkorlik ishsizlikni

kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Aholi o‘z bilim va malakasini oshirishga, yangi
texnologiyalar va kasb-hunarlarga moslashishga intilishi kerak. Shu bilan birga, davlat ish
o‘rinlarini yaratish, ta’lim tizimini mehnat bozoriga moslashtirish va tadbirkorlikni
rag‘batlantirish orqali bu muammolarni hal qilishga ko‘maklashishi lozim. Ya’ni ishsizlik
yuzaga kelganda emas balki ishsizlik kelmasligi uchun harakat qilinishi kerak, ya’ni yoshlikdan.
Buning uchun maktabdagi ta’lim standartlarda bo’lishi lozim, nafaqat imkoniyat balki sifat
jihatidan ham. O’z sohasining yetuk vakillari bolalarga dars berishi kerak va shunga muvofiq
maosh tayinlanishi kerak. Bu to’g’ridan tog’ri xususiylashishni taqazo etadi. Chunki tekin
mehnat qadrlanmagandek, tekin ta’lim ham qadirlanmaydi. Shuning uchun qachonki maktablar
xususiylashsa ota onalar farzandlari uchun ko’proq mablag’ sarflashi mumkin, lekin bu ularning
xavfsizligi va kelajagidan bir qadar hotirjamlilik oldida arzimasdir. Bunday muhitda ulg’aygan
har qanday farzand kelajakda o’z o’rnini topadi va ishsizlik sezilarli darajada kamayadi.

References:

1.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Ishsizlik

2.

https://president.uz/uz/lists/view/6960#carousel-example-generic

3.

https://demokrat.uz/2024/08/09/ozbekistonda-ishsiz-talabalar-soni-ochiqlandi

4.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/08/employment/

5.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/08/12/bitiruvchilar/

6.

https://www.qalampir.uz/uz/news/rubl-k-ulayapti-uzbek-migrantlari-ortga-k-

aytadimi-88130

7.

https://www.ozodlik.org/a/rossiyadagi-migrantlarga-yangi-mamlakat-kerak-qozog-

iston-ularga-ish-topib-bera-oladimi-/31754746.html

Библиографические ссылки

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)