Авторы

  • Muxlisa Olimova
    Andijon davlat pedagogika instituti Biologiya yo’nalishi talabasi
  • Odina Odashboyeva
    Andijon davlat pedagogika instituti Biologiya yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.50610

Ключевые слова:

interfaol metod noan’anaviy metodlar dars ta’lim-tarbiya.

Аннотация

Bugungi zamonaviy ta’limni noan’anaviy ya’ni interfaol metodlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Dars jarayonida ushbu metodlardan foydalanish o’quvchilarga dars mazmunini yana ham tushunarli va oson yetkazib berishga yordam beradi. Ushbu tezisda biologiya darslarini tashkil etishda noan’anaviy usullardan foydalanish, ularning afzalliklari, noan’anaviy darslarni qanday tashkil qilish haqida ma’lumotlar berilgan


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

9

BIOLOGIYA DARSLARIDA INTERFAOL USULLARNI QO’LLASH METODIKASI

Olimova Muxlisa Odiljon qizi

E-mail odiljonolimov7802@gmail.com

Andijon davlat pedagogika instituti Biologiya yo’nalishi talabasi

Odashboyeva Odina Nuriddin qizi

Andijon davlat pedagogika instituti Biologiya yo’nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14287957

Annotatsiya:

Bugungi zamonaviy ta’limni noan’anaviy ya’ni interfaol metodlarsiz

tasavvur qilib bo’lmaydi. Dars jarayonida ushbu metodlardan foydalanish o’quvchilarga dars
mazmunini yana ham tushunarli va oson yetkazib berishga yordam beradi. Ushbu tezisda
biologiya darslarini tashkil etishda noan’anaviy usullardan foydalanish, ularning afzalliklari,
noan’anaviy darslarni qanday tashkil qilish haqida ma’lumotlar berilgan

Kalit so‘zlar:

interfaol metod, noan’anaviy metodlar, dars, ta’lim-tarbiya.

Abstract:

Today’s modern education cannot be imagined without

interactive methods.

The use of these methods in the course of the lesson more clearly and easily. This thesis
provides information about the use of non-traditional methods in the organization of biology
lessons, their advantages, how to organize non-traditional lessons

Key words:

interactive method, non-traditional methods, lesson, education.

Bugungi kunda har bir o’qituvchi darslarni qiziqarli va o’quvchilar uchun yana ham

tushunarli tashkil etishda turli xil interfaol usullardan foylanib kelishmoqda. Texnik vositalar
va noan’anaviy usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish,
xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog’lom
muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib bormoqda desak
yanglishmaymiz.

Inerfaol usullardan foydalanish bizga o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi muloqotni

shakillantirish ko’nikmalarini oshirishga ham yordam beradi. Turli xil yangi metodlar,
qiziqarli o’yinlar bilan tasgkil qilingan darslar, an’anaviy ma’ruza darslaridan ko’ra
samaraliroq, tushunarliroq va eng asosiysi o’quvchilar uchun qiziqarli bo’ladi. Interfaol
usulllar norasmiy bahs-munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va
ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar
tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi
bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat
bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega.
Tashkil qilayotgan darslarimizga turli xil ko’rgazmalar, O’simlik hamda hayvon kolleksiyalar,
turli xil video darslar, qiziqarli multimedia vositalaridan foydalanish ham bizga darslarni
sifatli tashkil qilishga yordam beradi. Bu vositalar orqali biz o’quvchilar diqqatini o’zimizga
qaratib olishimiz oson bo’ladi.

Noan’anaviy usullarning an’anaviy usullardan bir qancha farqlari va afzalliklari mavjud.

Darsda barcha mavzular bo’yicha o’quvchi va talabalar uchun qulay bo’lgan dars turlari

shaklida qo’llaniladi


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

10

Dars mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma, malakalarni shakllantirish, mustahkamlash, faol

metodda dars mavzusi bo’yicha mustaqil fikrlash, xulosaga kelish, ularni bayon qilish,
himoyalashga o’rgatiladi.

An’anaviy metodlarda o‘qituvchining vazifalari tekshirishy Yangi mavzuni tushuntirish,

mustahkamlash, nazorat, topshiriqlar berishdan iborat bo‘lsa, noan’anaviy metodlarda
o‘quvchilarning mustaqil ishlashlarini va taqdimotlarini tashkil qilish, boshqarish, nazorat,
yakuniy xulosalarni asoslab beriladi.

An’anaviy darsga tayyorgarlikka dars rejasi, konspekt va didaktik vositalarni tayyorlash

kabi talablar qo‘yilsa, noan’anaviy metodda dars ishlanmasi, mustaqil ishlar uchun
topshiriqlar, tarqatma materiallar, boshqa zarur vositalarni tayyorlanadi.

Noan’naviy metodlarda mashg’ulot shakllarining ham ahamiyati boshqacha, ya’ni unda

ma’ruza, guruh yoki juft bo’lib ishlash, taqdimotlar, bahs, munozara, davra suhbati, amaliy
ishlar olib boriladi. Eng muhimi noan’anaviyda mavzu bo’yicha o’quvchilarning o’z fikr,
xulosalarini shakllantirish, ularni mustaqil bilim olishga o’rgatish kabi kutilgan natijalarga
erishiladi.

References:

1.

G‘.Yo‘ldoshev., S.A.Usmonov. “Pedagogik texnologiya asoslari” Toshkent. “O‘qituvchi”

2004 y.
2.

N.N. Azizxo‘jaeva. “Pedagogik tehnologiya va Pedagogik mahorat” Toshkent.

“AvtoNashr”
3.

O.U.Avlayev, S.N. Jo’rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o’quvuslubiy qo’llanma,

“Navro’z” nashriyoti, Toshkent – 2017
4.

Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. –T.: O‘z MU. 2003.- 66 b.

Библиографические ссылки

G‘.Yo‘ldoshev., S.A.Usmonov. “Pedagogik texnologiya asoslari” Toshkent. “O‘qituvchi” 2004 y.

N.N. Azizxo‘jaeva. “Pedagogik tehnologiya va Pedagogik mahorat” Toshkent. “AvtoNashr”

O.U.Avlayev, S.N. Jo’rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o’quvuslubiy qo’llanma, “Navro’z” nashriyoti, Toshkent – 2017

Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. –T.: O‘z MU. 2003.- 66 b.