YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
68
9-SINFLARDA “HUJAYRALAR EVOLUTSIYASI” MAVZUSINI O’QITISHDA
INTERFAOL METODLAR VA TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Olimova Muxlisa Odiljon qizi
Odashboyeva Odina Nuriddin qizi
ADPI tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.14223301
Annotatsiya:
Bugungi zamonaviy ta’limni noan’anaviy ya’ni interfaol metodlarsiz
tasavvur qilib bo’lmaydi. Dars jarayonida ushbu metodlardan foydalanish o’quvchilarga dars
mazmunini yana ham tushunarli va oson yetkazib berishga yordam beradi. Ushbu maqolada
9-sinflarda “Hujayralar evolutsiyasi” mavzusini o’qitishda interfaol metodlar va ta’lim
texnologiyalaridan foydalangan holda darsni tashkil etish, o’quvchilarning dunyoqarashini
kengaytirish, ularning biologiya faniga bo’lgan qiziqishlarini orttirish va darsning
samaradorligini oshirish yo’llari haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar:
interfaol metod, noan’anaviy metodlar, dars, “Simbioz gipotezasi”,
“invaginatsiya gipoteza”, “ko’p genomli gipoteza”, “Venn diogrammasi”.
Bugungi kunda har bir o’qituvchi darslarni qiziqarli va o’quvchilar uchun yana ham
tushunarli tashkil etishda turli xil noan’anaviy interfaol usullardan foylanib kelishmoqda.
Texnik vositalar va noan’anaviy usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash,
tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish,
sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib bormoqda.
Noan’avaniy usullardan foydalanish bizga o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi
muloqotni shakillantirish ko’nikmalarini oshirishga ham yordam beradi. Noan’anaviy usulllar
norasmiy bahs-munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va ifodalash
imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar tashabbus
ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash
uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular
ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega. Tashkil
qilayotgan darslarimizga turli xil ko’rgazmalar, O’simlik hamda hayvon kolleksiyalar, turli xil
video darslar, qiziqarli multimedia vositalaridan foydalanish ham bizga darslarni sifatli
tashkil qilishga yordam beradi. Bu vositalar orqali biz o’quvchilar diqqatini o’zimizga qaratib
olishimiz oson bo’ladi. Quyida eng ilg‘or pedagogik noan’anaviy usullardan namuna keltirib,
ularning hamiyati va afzalliklarini tahlil qilamiz.
Darsni boshlagandan so’ng birinchi navbatda o’quvchilarga mavzu to’g’risida qisqacha
ma’lumot beriladi. Mavzu yanada tushunarli bo’lishi va o’quvchilarda tog’ri tushuncha hosil
qilish uchun taqdimotdan foydalanish maqsadga muvofiq sanaladi.
Birinchi –
Baliq skeleti metodi
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
69
Muammo Muammo Muammo Muammo
Hal qilish Hal qilish Hal qilish Hal qilish
Strategiya:
Bir varaq oq qog`ozda (vatman yoki A-3 varag`i) baliq skeleti chiziladi
(boshi, kemirchagi, qovurg`alari).
Biz ushbu “Baliq metodi” dan o’quvchilar bilan mavzuni muhokama qilishda va
Muammoli vaziyat yaratishda foydalanamiz. Ushbu metod “Hujayralar evolutsiyasi” mavzusu
uchun juda ham qo’l keladi. Biz o’quvchilarni uchta guruhga bo’lamiz va har bir guruh
o’zlariga berilgan gipotezani boshqa guruhlar bilan muhokama qiladi. Bu usul bizga
o’quvchilarni yaxshiroq o’rganishimizga, ularning muloqot, fikrlarini erkin ifoda etish
ko’nikmalarini oshirishga yordam beradi. Yuqoridagi baliq suyagining yuqorisiga muammo
ifodalanishi, pastidagiga esa - ushbu muammo mavjudligini (yoki uni hal qilish yo`lllari,
o`qituvchi o`z oldiga qo`ygan maqsadga qarab) isbotlovchi faktlar yozib qo`yiladi.
Foydalanish doiralari;
Tabiiy va aniq fanlarda, muammoli ta’lim berish uslubidan
foydalanganda.
Afzalliklari.
Ushbu sxema muammolarning o`zaro bog`liqligi, ularning kompleks
xususiyatlarini aks ettiradi.
Qiyinchiliklar.
Muammolarni ifodalashda qiyinchiliklarga duch kelish mumkin.
Ikkinchi –
Akvarium metodi
Bunda 5-6 nafar ishtirokchilar rahbar bilan birga doira shakli bo’ylab o’tiradilar. Ular –
«baliqlar». Ularning atrofiga guruhning qolgan ishtirokchilari o’tiradilar (yoki turadilar). Ular
– «baliq ovchilari». Ichki doira a’zolari («baliqlar») o’qituvchi taklif qilgan savolni faol
muhokama qiladilar. “Baliq ovchilari” esa kuzatib turadilar va savolni muhokama qilayotgan
biron o’quvchining fikri ularni qiziqtirib qolganda jarayonga kirishadilar: qo’shimcha
qiladilar, savol beradilar, aniqlashtiradilar. SHunda «baliq ovchisi» fikri uni qiziqtirib qolgan
«baliq»ning yoniga turib olishi kerak. Bir muammoning (masalaning) muhokamasi
tugaganidan so’ng ishtirokchilar joylari bilan almashadilar (doiradan tashqarida turganlar
endi doira bo’ylab o’tiradilar). Barcha ishtirokchilar doirada o’tirishlari maqsadga muvofiqdir.
Foydalanish doiralari.
Tabiiy va aniq fanlarni o’rganish jarayonlarida qo’llaniladi.
Afzalliklari.
Ishtirokchilarga norasmiy sharoitda fikr almashishga, berilgan muammoni
(masalani) hal qilish bo’yicha o’z nuqtai nazarlarini bayon etishga imkon yaratadi. Muhokama
jarayoniga erkin qo’shilish va undan chiqib ketishga imkon beradi. Tahliliy fikrlash, e’tibor
jamlash va kuzatuvchanlikni rivojlantiradi. Nutqni va teskari aloqa texnikasini rivojlantiradi.
Qiyinchiliklari.
Muammoni muhokama qilishda barcha o’quvchilar faol ishtirok etish
jarayonida bahs-munozalar, nizolar yuzaga kelishi mumkin. SHu bois o’qituvchi yaxshi
tayyorlanishi va kuchli qarama-qarshiliklar paydo bo’lishiga yo’l bermaydigan uslublarni
bilishi lozim.
Uchinchi –
Venn diogrammasi
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
70
O’quvchilar eukariot hujatralarning kelib chiqishi to’g’risidagi gipotezalarni venn
diagrammasiga joylashtirishlari kerak. Bunda o’quvchilar simbioz gipotezasi, invaginatsiya
gipotezasi va ko’p genomli gipotezalarining o’ziga xos xususiyatlarini, nazariyalarni
alohidadan ustunga yozishadi. Uchchala gipoteza uchun umumiy tushunchalarni esa o’rta
ustunga yozadilar.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak,
barcha biologiya fani o’qituvchilari darsni tashkil
etishda yuqoridagi kabi interfaol metodlar va texnologiyalardan foydalansa, o’tadigan
darsining samaradorligi oshadi va o’quvchilarning qiziqishi yuqori darajada bo’ladi. Eng
muhimi noan’anaviy usullarda mavzu bo’yicha o’quvchilarning o’z fikr mulohazalarini
shakillantirish, ularni mustaqil bilim olishga o’rgatish kabi kutilgan natijalarga erishiladi.
References:
1.
G‘.Yo‘ldoshev., S.A.Usmonov. “Pedagogik texnologiya asoslari” Toshkent. “O‘qituvchi”
2004 y.
2.
N.N. Azizxo‘jaeva. “Pedagogik tehnologiya va Pedagogik mahorat” Toshkent.
“AvtoNashr”
3.
O.U.Avlayev, S.N. Jo’rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o’quvuslubiy qo’llanma,
“Navro’z” nashriyoti, Toshkent – 2017
4.
Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. –T.: O‘z MU. 2003.- 66 b.
Simbioz gipoteza
Ko'p genomli gipoteza
Invaginatsiya gipoteza
Umumiy