YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
139
YANGI OʻZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN OLIB
BORAYOTGAN IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT MAZMUNI VA MOHIYATI
Zaripova Barchinoy Abdumajit qizi
Xolmurzayeva zuxra Umidjon qizi
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti Pedagogika Fakulteti
Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi
4-bosqich 3bt-21 guruh talabasi
zaripovabarchinoy6@gmail.com. Tel: +9988-88-850-99-02
https://doi.org/10.5281/zenodo.14533480
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Yangi Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan
olib borilayotgan ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmuni va mohiyati ularning toʻlaqonli
hayot kechirishiga, jamiyatga integratsiyasiga va shaxs sifatida rivojlanishiga qaratilgan.
Ushbu faoliyatning samaradorligini oshirish uchun doimiy ravishda takomillashtirish,
innovatsion yondashuvlarni qoʻllash va barcha darajadagi manfaatdor tomonlarning faol
ishtiroki zarurligi yoritilgan.
Kalit so'zlar:
Imkoniyati cheklangan bolalar, ijtimoiy himoya, Pedagogik faoliyat,
psixologik, reabilitatsiya, inkulizif, jismoniy, Diagnostika, Maktab, Nogiron, Diffektalogiya.
KIRISH:
Imkoniyati cheklangan (aqli zaif) bolalar maktablarida logopedik ishning asosiy
vazifasi aqli zaif o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish bilan bir qatorda bu toifadagi
bolalarni ijtimoiy tomondan orqada qolishlikka olib keluvchi ruhiy va jismoniy rivojlanishdagi
turli xil nuqsonlami tuzatish, yengillashtirish, kompensatsiya qilishga yo'naltirilgan chora-
tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan. Nogiron -jismoniy, aqliy, psixologik va hissiy
faoliyatning izdan chiqishi, shikastlanishi natijasida hayot faoliyatining cheklanishi
munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan va ijtimoiy
yordam hamda himoyaga muhtoj bo'lgan shaxs tushuniladi. " Nogiron" atamasi hozirgi kunda
eskirib qolgan va qo'pol bo'lgan so'z hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday shaxslarga
nisbatan "imkoniyati cheklangan insonlar " yoki " nogironligi bo'lgan shaxslar " deb murojaat
qilish to'g'ri bo'ladi [1].
O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida" gi qonun
qabul qilindi. Bu qonun 2021-yil 16-yanvardan o'z kuchini yo'qotgan bo'lib, bu qonunga
muvofiq 2020-yil 15 oktabrda "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida" gi
O'RQ-641 sonli qaror qabul qilingan bo'lib, bu hujjat ko'zi ojizlar uchun mo'ljallangan Brayl
alifbesida ham nashrdan chiqarildi [4-7]. Prezidentimiz tomonidan 2020- yil 13- oktabrda
"Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim - tarbiya berish tizimini yanada
takomillashtirish chora - tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4860-son qarori qabul qilindi. Bu hujjat
Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 2020- yil 14 - oktabrdan
kuchga kirgan. Hujjatga ko'ra 2020-2025-yillarda Xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni
rivojlantirish konsepsiyasi va 2020-2021 yillarda uni amalga oshirish bo'yicha " Yo'l xaritasi"
tuzib chiqiladi. Bu konsepsiya 2 bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan bo'lib, 1-
bosqichda ( 2020-2022-yillar) inklyuziv ta'limni yo'lga qo'yish uchun shart-sharoitlar
yaratish, bu bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash, ijtimoiy, normativ bazani yaratish, jihozlash
va zarur o'quv qurollari bilan maktablarni ta'minlash nazarda tutilgan. 2- bosqichda ( 2023-
2025-yillar) inklyuziv ta'lim tizimini bosqichma-bosqich umumiy o'rta ta'lim muassasalarida
joriy etish, bu bo'yicha chora - tadbirlarni amalga oshirish kabilar. Inklyuziv ta'lim - bu
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
140
maxsus ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma - xilligini hisobga olgan holda
barcha tahsil oluvchilar uchun ta'lim muassasalarida ta'lim olish imkoniyatini teng ravishda
ta'minlashdir. Ushbu qonun imkoniyati cheklangan bolalarga tengdoshlari bilan teng ravishda
ta'lim olish imkonini beradi. Inklyuziv ta'lim tizimi bosqichma -bosqich ayrim maktablarda
sinov tariqasida yo'lga qo'yiladi va ijobiy natija va tajribalar keyinchalik respublikaning
boshqa hududlaridagi maktablarida tadbiq etiladi.
Yangi Oʻzbekistonda Imkoniyati Cheklangan Bolalar bilan Olib Borilayotgan Ijtimoiy
Pedagogik Faoliyat Mazmuni va Mohiyati:
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti davrida imkoniyati cheklangan bolalarga (ICHB) taʼlim-
tarbiya va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash berishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu tizis ICHB
bilan olib borilayotgan ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmuni va mohiyatini, uning asosiy
yoʻnalishlari va samaradorligini oshirish yoʻllarini tahlil qiladi.
I. Ijtimoiy Pedagogik Faoliyatning Asosiy Maqsadi va Vazifalari:
Yangi Oʻzbekistonda ICHB bilan ishlashning asosiy maqsadi ularning jamiyatga
moslashuvini taʼminlash, mustaqil hayot kechirish imkoniyatlarini yaratish va toʻlaqonli shaxs
sifatida rivojlanishiga koʻmaklashishdir. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar hal
etiladi:
• Inklyuziv taʼlimni rivojlantirish: ICHBni umumiy taʼlim muassasalariga integratsiya
qilish, ular uchun maxsus sharoitlar yaratish va individual taʼlim dasturlarini ishlab chiqish.
• Rejalashtirilgan ijtimoiy moslashuv: Bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan
holda, uning ijtimoiy muhitga moslashishini taʼminlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab
chiqish va amalga oshirish.
• Oilaviy qoʻllab-quvvatlash: Ota-onalar va oilalarga ICHBni tarbiyalash va rivojlantirish
boʻyicha maslahat berish, ularning bilim va koʻnikmalarini oshirish.
• Kasb-hunar taʼlimi va bandligi: ICHBga kasb-hunar taʼlimi berish, ularning ishga
joylashishini taʼminlash va mehnat bozoriga integratsiyasini qoʻllab-quvvatlash.
• Sogʻliqni saqlash va reabilitatsiya: ICHBning sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash,
reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish.
• Huquqiy himoya: ICHBning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning
huquqbuzarliklardan himoyalanishini taʼminlash.
II. Ijtimoiy Pedagogik Faoliyatning Mazmuni:
Ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmuni ICHBning individual ehtiyojlariga qarab farq
qilishi mumkin, ammo umumiy yoʻnalishlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
• Diagnostika: Bolaning rivojlanish darajasi, qobiliyatlari va ehtiyojlarini aniqlash uchun
psixologik-pedagogik tekshiruvlar oʻtkazish.
• Taʼlim va tarbiya: Individual taʼlim rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish,
bolaning bilimlarini, koʻnikma va malakalarini oshirish.
• Rejalashtirilgan reabilitatsiya: Jismoniy va ruhiy rivojlanishini yaxshilashga qaratilgan
reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirish.
• Ijtimoiy moslashtirish: Bolani jamiyatga moslashtirish, ijtimoiy munosabatlarni
oʻrgatish, oʻz-oʻzini taʼminlash koʻnikmalarini shakllantirish.
• Psixologik qoʻllab-quvvatlash: Bolaning psixologik holatini yaxshilash, stress va
tashvishni kamaytirish.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
141
• Oila bilan ishlash: Oila aʼzolariga bolani tarbiyalash va rivojlantirish boʻyicha maslahat
berish, ularning bilim va koʻnikmalarini oshirish.
III. Ijtimoiy Pedagogik Faoliyatning Mohiyati:
Ijtimoiy pedagogik faoliyatning mohiyati ICHBga kompleks yordam koʻrsatish, ularning
imkoniyatlarini rivojlantirish va jamiyatga integratsiyasini taʼminlashdan iborat. Bu faoliyat
individual yondashuv, inklyuziya tamoyillariga asoslanadi va bolaning huquq va manfaatlarini
himoya qilishga qaratilgan.
IV. Samaradorlikni Oshirish Yoʻllari:
Ijtimoiy pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish uchun quyidagi yoʻllarni qoʻllash
mumkin:
• Kadrlar malakasini oshirish: Ijtimoiy pedagoglar, psixologlar va boshqa
mutaxassislarning malakasini oshirish, ularni zamonaviy uslublar va texnologiyalar bilan
tanishtirish.
• Moddiy-texnik bazani mustahkamlash: ICHB uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik
bazani yaratish, inklyuziv taʼlim muassasalarini jihozlash.
• Qonunchilik bazasini takomillashtirish: ICHBning huquq va manfaatlarini himoya
qiladigan qonunchilik bazasini takomillashtirish.
• Jamoatchilik bilan hamkorlik: Jamoatchilikni ICHB muammolariga jalb qilish, ularga
qoʻllab-quvvatlash koʻrsatish.
• Ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish: ICHB bilan ishlash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlar
MUHOKAMA:
Nutqni o'z vaqtida to'g'ri egallash, bolaga atrofni o'rab turgan odamlar
bilan erkin muomala qilish imkonini beradi, o'z xulqini boshqarishga yordamlashadi, bola
ruhiy faoliyatini rivojlanishiga ko'maklashadi va nihoyat, maktabda ta'lim tarbiya berish
jarayonini yengillashtiradi. Imkoniyati cheklangan bolalar o'zlarining sog'lom, tengdoshlariga
qaraganda kech tilga kiradilar, birinchi so'zni aytish muddati bolaning uch, ba'zan esa besh
yoshgacha kechikadi. Eng, avvalo bu o'rinda talaffuzdagi nuqsonlami qayd etish kerak. 1-
sinfga kelgan aqli zaif bolalaming 90 foizida talaffuz nuqsonlari uchraydi. Aksariyat bolalarda
fonematik eshitish qobiliyati buzilgan bo'lib, nutq a'zolari va ularning harakatidagi nuqsonlar
ham uchraydi. Lug'at boyligini egallashda jiddiy qiyinchiliklar kuzatiladi. Impressiv nutq
ekspressiv nutq taraqqiyotidan ancha orqada qoladi. Mavhum xususiyatdagi,
umumlashtiruvchi tushunchalarni ifodalovchi ko'pgina so'zlarni tushunmaydilar, ko'chma
ma'noda qo'llanilgan tushunchalarni anglashda qiynaladilar, ularni aynan idrok etadilar.
Imkoniyati cheklangan o'quvchilarning gap tuzishida ham qiyinchilik vujudga keladi. Tuzgan
gaplari sodda, yig'iq bo'lib so'zlarning o'zaro moslashuvida ko'plab xatolar uchraydi,
murakkab bog'lanishli gaplar juda kam qo'llaniladi. Aqli zaif o'quvchilar bi r narsani
ikkinchisiga qiyoslashga, xodisalarning sababli boglanishlarini ochib berishga qiynaladilar,
buning ustiga voqea xodisalarni yetarli, aniq anglamaslik aqli zaif o'quvchilarning fikri
butunlay noaniq tugallanmagan bo'lib qolishiga olib keladi. Gap mazmunini tushunmaslik
imkoniyati cheklangan o'quvchilar nutqining o'ziga xos xususiyatlaridan biridir [6]. Bolalar
o'qiyotgan, eshitayotgan va ko'rayotgan narsalarni to'la tushunib yetmasligi ularning
so'zlashuv nutqida bir qator xatolarga olib keladi. Imkoniyati cheklangan bolalar nutqidagi
barcha nuqsonlar, ularni o'qitish jarayonida qiyinchilik tug'diradi, hamma vaqt ham
o'qituvchining tushuntirishlarini fahmlashavermaydi, o'qituvchining tushuntirishlarini to'g'ri
tushunib yetmaydi. Lekin ilg'or o'qituvchi-defektologlarning tajribalari shuni ko'rsatdiki,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
142
ta'limning maxsus tashkil etilgan jarayoni yordamida aqli zaif o'quvchilarning nutq faoliyatini
tuzatish, ya'ni korreksiya qilish, umumiy shaxs rivojlanishida rolini oshirish mumkin. O'quv
yilining dastlabki 2 haftasi o'qishga yangi kelgan o'quvchilar nutqini aniqlashga, tekshirishga
qaratiladi. Bunda logoped o'quvchining og'zaki va yozma nutqi 2 bosqichda tekshiradi:. 1-
bosqichda sinfdagi o'quvchilar nutqi yalpi holatda tekshiriladi hamda o'quvchilar orasidan
nutq nuqsonli bolalar aniqlanadi; 2-bosqichda ro'yhatga olingan nutq nuqsonli o'quvchi
logopedik yordam xonasi sharoitida yakka tartibda chuqurroq aniqlanadi va tashxis qo'yiladi.
Yakka mashg'ulotlar rejasi asosan logopatning nutq kartasida aksettiriladi. Nutq jarayonini
logopedik tekshirishni tashkil etish Birinchi sinf imkoniyati cheklangan o'quvchilarining
nutqini tekshirish dars jarayonida o'quvchilami o'rganishdan boshlanadi. Bunday frontal
(yalpi) tekshirish logoped uchun vaqt tejashgina bo'lib qolmasdan, u o'quvchilar nutq
faoliyatining tabiiy holatini kuzatish imkonini beradi, o'quvchilar javobi, ulaming og'zaki nutq
holatini yaqqol ifodalab beradi. Shu bilan bir qatorda logoped bu davrda o'quvchilarning
shaxsiy hususiyatlari: ish qobiliyatlari, diqqat, xotira, aqliy darajalari bilan tanishish
imkoniyatiga ega bo'ladi. Frontal tekshirish har xil shaklda, shuningdek, integratsiya tarzida
ham o'tkazilishi mumkin. Bunda logoped o'qituvchining ishjarayonida o'quvchilar javobini
kuzatadi, so'ng o'znavbatida logoped o'zi tavsiya etgan mazmunli rasm asosida savol javob
o'tkazadi, hikoya tuzib gapirishni so'raydi. Yana shuni hisobga olish lozimki, nutq tekshirish
jarayoni ta'limiy xususiyatga ega bo'lishi lozim. Rasm asosida so'zlab berish jarayonida
so'zlarni o'z o'rnida to'g'ri qo'llashga bolalar diqqati qaratiladi. O'quvchilarni so'zlatish
davomida o'quvchi nutqining lug'at boyligi, so'zlarni ma'nosini tushuna bilib
umumlashtiruvchi so'zlardan foydalana olishi, grammatik tomondan to'g'ri shakllanganligi va
hokazo tomonlari har tomonlama o'rganiladi. O'quvchining talaffuz holatini tekshirish
jarayonida, har bir sahifasiga ma'lum tovush turli o'rinlarda (boshida, o'rtasida, oxirida)
kelgan rasmlar joylashtirilgan tovushlar talaffuzini aniqlash albomidan foydalaniladi.
Tovushni analiz qilish malakasini tekshirishda o'quvchilar unli, undosh tovushlarni yakka
holda, bo'g'in, so'z, gaplarda farqlay olishlari, so'zda tovushlar soni, ketma-ketligini bila olish
jarayoni aniqlanadi.
NATIJA:
Mazkur qaror bilan 2020-2025 yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni
rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Konsepsiyani amalga oshirish bo'yicha 2020-2021-
yillarga mo'ljallangan "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi. E'tiborli jihati shundaki, 20232025 yillarda
inklyuziv ta'lim tizimi 51 foiz umumta'lim maktablarida joriy qilinishi belgilangan. Ushbu
ta'lim shakliga 40 foiz imkoniyati cheklangan bolalar jalb qilinadi. Imkoniyati cheklangan
bolalar musiqa, rassomchilik, tasviriy san'at, kulolchilik, jismoniy tarbiya va sport, kompyuter,
tikuvchilik hamda boshqa maktabdan tashqari to'garaklar bilan qamrab olinadi. Shu bilan
birga, inklyuziv ta'limda o'qitish usullari takomillashtiriladi hamda ta'lim jarayoniga
individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
XULOSA:
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, imkoniyati cheklangan bolalar maktablarida
amalga oshirilayotgan ushbu amaliy qadamlar va kerakli zaruriy chora-tadbirlar natijasida
ushbu tizimdagi mavjud muammolar o'z yechimini topishi hamda jamiyatda imkoniyati
cheklangan bolalarning ruhiy-psixologik holatlariga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
143
References:
1.
Djurayeva S. (2020). MAXSUS TA'LIM JARAYONIDA PEDAGOGI TEXNOLOGIYALARNING
SAMARADORLIGI.
2.
Nabiyeva, G. A. (2021). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING TA'LIM-TARBIYA
OLISHLARI.
3.
https://yuz.uz/news/zamin-fondi-eshitish-qobiliyati-zaif-bolalar-uchun-zamin-
education-loyihasiga-start-berdi
4.
Zoxiriy.P. H. Z. Q. (2021). INKLYUZIV TA'LIMDA NOGIRON BOLLALARNI O'QITISH VA
TARBIYALASH MUAMMOLARI.
5.
https:
//m.kun.uz/uz/news/2020/11/19/ular-ham-bizning-farzandimiz-imkoniyati-
cheklangan-bolalar-oqishidagi-muammolarni-kim-hal-qiladi