Авторы

  • Ahmadjon Xasanov
    SamDUKF assisenti
  • Muzaffar Abdurakhmonov
    SamDUKF talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.61787

Ключевые слова:

Investitsiya muhiti soliq tizimi soliq imtiyozlari iqtisodiy rivojlanish xalqaro tajriba O‘zbekiston iqtisodiyoti soliq siyosati investitsiyalarni jalb qilish innovatsiyalar tadbirkorlik faoliyati.

Аннотация

Ushbu maqola "Soliq tizimining soddalashtirilishi va uning xorijiy investitsiyalarni rag'batlantirishdagi ahamiyati" mavzusiga bag'ishlangan.. Soliq tizimini soddalashtirish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun zarur shart-sharoitlar va mexanizmlar ko'rib chiqiladi. Xalqaro tajribalar va O'zbekistonning soliq siyosati islohotlari misolida mavjud muammolar va imkoniyatlar tahlil etiladi. Shuningdek, yangi soliq mexanizmlarini joriy qilish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan. Maqola investitsiya muhitini yaxshilash uchun soliq tizimining soddalashtirilishi zarurligini ta'kidlaydi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

117

SOLIQ TIZIMINING SODDALASHTIRILISHI VA UNING XORIJIY

INVESTITSIYALARNI RAG‘BATLANTIRISHDAGI AHAMIYATI

Xasanov Ahmadjon Shodiyarovich

SamDUKF assisenti

Abdurakhmonov Muzaffar Valiyor o'g'li

SamDUKF talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14523269

Annotatsiya:

Ushbu maqola "Soliq tizimining soddalashtirilishi va uning xorijiy

investitsiyalarni rag'batlantirishdagi ahamiyati" mavzusiga bag'ishlangan.. Soliq tizimini
soddalashtirish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun zarur shart-sharoitlar va
mexanizmlar ko'rib chiqiladi. Xalqaro tajribalar va O'zbekistonning soliq siyosati islohotlari
misolida mavjud muammolar va imkoniyatlar tahlil etiladi. Shuningdek, yangi soliq
mexanizmlarini joriy qilish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan. Maqola investitsiya muhitini
yaxshilash uchun soliq tizimining soddalashtirilishi zarurligini ta'kidlaydi.

Kalit so‘zlar:

Investitsiya muhiti, soliq tizimi, soliq imtiyozlari, iqtisodiy rivojlanish,

xalqaro tajriba, O‘zbekiston iqtisodiyoti, soliq siyosati, investitsiyalarni jalb qilish,
innovatsiyalar, tadbirkorlik faoliyati.

Kirish

Soliq tizimi har bir mamlakatning iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lib,

davlatning moliyaviy barqarorligini ta'minlash, investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy
o'sishni rag'batlantirishda asosiy ro’l o'ynaydi. O'zbekiston, o'zining iqtisodiy rivojlanishini
tezlashtirish maqsadida, soliq siyosatini isloh qilish va soddalashtirishga e'tibor qaratmoqda.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish esa iqtisodiy o'sishning kalitidir, chunki ular yangi
texnologiyalar, innovatsiyalar va ish o'rinlarini taqdim etadi. Ushbu maqolada soliq tizimining
soddalashtirilishi, uning xorijiy investitsiyalarni rag'batlantirishdagi ahamiyati va xalqaro
tajribalar tahlil etiladi.

Shuningdek, O'zbekistondagi mavjud muammolar va imkoniyatlar ham ko'rib chiqiladi,

natijada yangi soliq mexanizmlarini joriy qilish bo'yicha takliflar ishlab chiqiladi.

1.

X

alqaro soddalashtirilgan soliq tizimi tajribalarni o'rganish va joriy etish

Xorijiy mamlakatlar soliq tizimida soliq bazasi va uni aniqlash qoidalari haqida so‘z

yuritar ekanmiz, soliq bazasi va unga taʼsir etuvchi omillar haqida hamda soliq bazasini
aniqlash tartibining xususiyatlari xususida Rus olimi N.V. Milyakov “Baʼzi hollarda soliq
solinadigan baza aslida soliq stavkasi qo‘llaniladigan soliqqa tortish obyektining bir qismidir”
degan bo‘lsa

1

, I.А. Mayburov “Rossiya soliq tizimida Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad

solig‘i soliq solinadigan baza soliq solish obyektidan soliq chegirmalari miqdori bilan
farqlanadi” deya taʼkidlagan

2

. S.S. Piroga esa o‘z maqolasida “Ukraina va Rossiya Federatsiyasi

Soliq kodeksida QQS obyektining taʼrifi ushbu konsepsiyaning iqtisodiy maʼnosini aks
ettirmaydi, bu soliq solinadigan bazani, uni hisoblash momentini obyektiv va aniq belgilashga
imkon bermaydi, soliq huquqiy mexanizmining keraksiz elementlari – schyot-fakturalar,
alohida buxgalteriya va soliq hisobini kiritish kerak. Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish
uchun qo‘shilgan qiymatni QQS obyekti sifatida belgilash va soliq solinadigan baza hisobini

1

Миляков Н.В., Налоги и налогооблажение: Учебник.- 5-е изд., перераб. и доп. – М.: ИНФРА-М 509 с.

2

Майбуров И.А. Налоги и налогообложение_ред. _2017, 4-е изд. -558с; М.Р.Пинская Основы теории налогов и

налагооблажения/ под научн.ред. д.е.н.,проф. Б.С.Барда: Моnография. – М.:Издателъство Палеотип, -216с.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

118

to‘lov topshiriqnomalari (bank hisobvaraqlari) asosida yuritish lozim” degan

3

. Qolaversa, N.N.

Shelemex bir maqolasida daromad va xarajatlarni shakllantirish tartibi, foydani soliqqa
tortish maqsadida soliq solinadigan bazani aniqlash haqida o‘z fikirlarini bayon qilgan bo‘lsa

4

,

P.P.Gruzin alohida misollar bilan, agar soliq to‘lovchida foizlarni tejash shaklida moddiy
manfaatlar mavjud bo‘lsa, soliq solinadigan baza qanday aniqlanishini ko‘rib chiqgan

5

.

Davlat borki, unda turli soliqlar amal qiladi. Soliq bor joyda esa uni hisoblash va yig‘ish

uchun ma’lum tartiblar ishlab chiqiladi. Bu tartiblar tizimi esa o‘sha davlat soliq
mamuriyatchiligini belgilab beradi. Har bir davlatning iqtisodiy siyosiy va ijtimoiy
xususiyatlari, qolaversa, siyosiy va iqtisodiy joylashuvi, iqlim va diniy qarashlaridan kelib
chiqgan tarzda o‘z soliq tizimi yuritiladi. Har bir davlat soliq tizimining individual
xususiyatlari hisobga olinib soliq bazasini aniqlash tartibi joriy etiladi.

Xorijiy mamlakatlar soliq tizimlari xususiyatlarini o‘rganish, ularning ijobiy va salbiy

tomonlariga e’tibor qaratish, kamchilik va afzalliklarini hisobga olgan holda, rivojlanib
kelayotgan, hamda jahon mamlakatlarining iqtisodiy va siyosiy integratsiyasini teng huquqli
a'zosiga aylangan mustaqil O‘zbekiston Respublikasi moliya-byudjet tizimi, soliqqa tortish
tizimini mukammallashtirish orqali mamlakatimizni yanada taraqqiy etishiga xizmat qiladi.
Shuning uchun ham Yangi O‘zbekiston iqtisodiyoti sharoitida amal qiladigan qonunlar, soliq
tizimi muammolarini yechishdagi muqobil variantlar, ularni tanlash va qaror qabul qilishda
xorijiy mamlakatlar amaliyotini o‘rganib, tajriba to‘plashimiz zarurdir. Biz quyida bu
jarayonlarni va uning o‘ziga xos xususiyatlarini rivojlangan bir nechta davlatlar miqyosida
ko‘rib chiqamiz.

Jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki, Yevropa mamlakatlarida foyda solig‘i bazasi turlicha

aniqlanadi va turlicha aniqlash jarayoniga turlicha yondashilar ekan. Xususan, Vengriy va
Fransiyada soliq bazasi buxgalteriya daftaridagi daromad asosida aniqlansa, Estoniya,
Latviyada taqsimlanmagan foyda, Sloveniyada kompaniyaning balans daromadi, chegirma va
soliqqa tortilmaydigan obyektlar uchun tuzatishlar orqali aniqlanadi.

3

Пирога С.С. Элементы правового механизма НДС: проблемы определения [Текст] / С. С. Пирога, И. С. Пирога // Налоги.

- 2013. - № 3. - С. 28-32. - Библиогр. : с.32 (6 назв.) УДК ^a347.73 ББК 67.402 Рубрики: Право. Финансовое право.

4

Шелемех Н.Н. Фьючерсы, форварды, опционы – формирование доходов и расходов [Текст] / Н.Н. Шелемех // Бухучет в

сельском хозяйстве. - 2016. - № 2. - С. 40-50. - Библиогр.: с. 50 (14 назв. ). – Продолж. Начало: № 1 . – ISSN 2075- 0250 УДК
^a336.22 ББК 65.261 Рубрики: Экономика Финансовая система.

5

Грузин П.П. (2008) Налогообложение материальной выгоды от экономии на процентах за пользование заемными

(кредитными) средствами [Текст] / Бухгалтерский учет. № 10. - С. С. 26-32 УДК ^a336.0/.5 ББК 65.261 Рубрики:
Экономика.

Россия: Финансовая система.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

119

Soddalashtirilgan soliq tizimining zarurati Jahon iqtisodiyoti va xalqaro savdo

globallashgan bir paytda, tadbirkorlar uchun qulay soliq muhitini yaratish iqtisodiyotni
rivojlantirishning asosiy shartlaridan biridir. O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-
quvvatlash strategiyasi doirasida xalqaro tajribaga asoslangan soddalashtirilgan soliq
tizimlari joriy etilishi tadbirkorlikni rag‘batlantiradi.

1. Xalqaro tajriba

Gruziya modeli: Gruziya kichik biznes uchun bir martalik soddalashtirilgan soliqlarni

joriy qildi. Bu nafaqat mahalliy biznes uchun qulaylik yaratdi, balki xalqaro investorlarni ham
jalb qildi.

Singapur tajribasi: Singapur soliq stavkalarini minimal darajada saqlab, elektron

soliqlash tizimini joriy etgan. Natijada mamlakat biznes yuritish qulayligi bo‘yicha dunyoda
yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Estoniya modeli: Raqamlashtirilgan soliq tizimi orqali biznes uchun barcha jarayonlarni

onlayn boshqarish imkoniyati yaratilgan.

2. O‘zbekistonda mavjud tizimning afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklar: Soddalashtirilgan soliq rejimlari (yagona soliq to‘lovi) orqali kichik biznes

subyektlariga yengillik berilgan.

Kamchiliklar: Byurokratik jarayonlarning ko‘pligi va soliq stavkalarining barqaror

emasligi ba’zi tadbirkorlarni noqulay holatga soladi.

3. Soddalashtirilgan soliq tizimini joriy etishning asosiy yo‘nalishlari

Soliq stavkalarini barqarorlashtirish: Kichik va o‘rta biznes uchun aniq va barqaror soliq

stavkalarini belgilash.

Elektron boshqaruv tizimlarini rivojlantirish: Soliq deklaratsiyalari va hisobotlarini

onlayn topshirish imkoniyatini kengaytirish.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

120

Xalqaro standartlarga moslashuv: Jahon Banki, IMF kabi tashkilotlarning tavsiyalarini

inobatga olib, soliq tizimini xalqaro talablarga moslashtirish.

2. O’zbekistonda xalqaro soddalashtirilgan soliq tizimini ishlab chiqish bo’yicha

loyihalar va o’zgarishlar

Soliq tizimi har bir mamlakatda iqtisodiy siyosatning markaziy vositasi bo‘lib, u

investitsion faoliyatni rag‘batlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Muvaffaqiyatli soliq siyosati
investorlar uchun qulay sharoit yaratish orqali iqtisodiy rivojlanishni ta’minlaydi.

Soliq stavkalari va ularning ta’siri

soliq stavkalarining raqobatbardoshligi investorlar

uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Mamlakatda past soliq stavkalari yoki yengillashtirilgan
soliqqa tortish tartiblari mavjud bo‘lsa, bu investorlarni jalb qilishda samarali usul bo‘lib
xizmat qiladi. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda innovatsion sektor uchun maxsus soliq
yengilliklari joriy qilinishi, startaplar va yangi texnologiyalarga sarmoya kiritishni
rag‘batlantiradi.

Shu o’rinda Soliq kodeksi va huquqiy shaffoflik esa barqaror soliq

qonunchiligi investitsiya muhiti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Agar soliq qonunchiligi
murakkab yoki o‘zgaruvchan bo‘lsa, bu investorlar orasida ishonchsizlikni keltirib chiqarishi
mumkin. Shu sababli, qonunchilikni soddalashtirish va barqarorlikni ta’minlash xorijiy
kapitalni jalb qilish imkoniyatlarini oshiradi.

Soliq imtiyozlari va preferensiyalar xorijiy va mahalliy investorlarga taqdim etiladigan

soliq imtiyozlari ularning mamlakatda faoliyat yuritishiga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Masalan, ayrim davlatlar yangi ishlab chiqarish korxonalarini ochish yoki strategik sohalarda
faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun uzoq muddatli soliq ta’tili taqdim etadi. O‘zbekistonda
ham so‘nggi yillarda bu borada sezilarli yengilliklar joriy qilindi.

Soliq yukini

optimallashtirish esa soliq yukini kamaytirish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish
o‘rinlarini yaratish uchun qulay sharoitlar taqdim etish mumkin. Byurokratiyani kamaytirish
va soliq yig‘ish jarayonlarini raqamlashtirish bu boradagi samaradorlikni oshiradi.

Oʻzbekistonda xalqaro soddalashtirilgan soliq tizimini joriy etish uchun dolzarb boʻlgan

quyidagi yangilik va oʻzgarishlar eʼtiborga loyiq:
1.

Aylanmadan olinadigan soliq: 2024-yildan boshlab, tovar aylanmasi 500 million

so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlar uchun yillik qat’iy belgilangan aylanma soliq miqdori 25
million so‘m etib belgilangan (hozirda 20 million). Agar aylanma 500 million so‘mdan oshsa,
stavka 34 million so‘mni tashkil etadi. Bu tizim tadbirkorlar uchun soddalashtirilgan hisob-
kitobni ta’minlaydi.
2.

Koʻchmas mulkdan tekin foydalanish: 2024-yil 1-apreldan boshlab, yuridik shaxslar va

qarindosh boʻlmagan jismoniy shaxslar oʻrtasidagi ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish
shartnomalari uchun ijara haqining eng kam stavkalari joriy qilinadi. Bu tartib soliq bazasini
kengaytirishni koʻzda tutadi.
3.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS): 2024-yildan xorijiy tadbirkorlar tomonidan

O‘zbekistonda koʻrsatiladigan xizmatlar QQSga tortilishi taklif etilgan. Bu, mahalliy va xorijiy
tadbirkorlar oʻrtasida teng raqobatni ta’minlashga qaratilgan.
4.

Mol-mulk solig‘i: Noturarjoy mulklarni soliq solish bazasiga qoʻshish va yangi eng kam

qiymatlarni belgilash rejalashtirilgan. Bu, ayniqsa, yirik korxonalar va mol-mulk egalari uchun
soliq yukini oshiradi.

3. O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investorlar uchun qulay soliq muhitini

yaratish


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

121

Xorijiy investorlar uchun tushunarli va qulay soliq qonunchiligini taqdim etish
O‘zbekiston Respublikasi xorijiy investorlar uchun qulay soliq muhitini yaratish orqali

o‘zining investitsion jozibadorligini oshirishga intilmoqda. Bunday muhitni shakllantirishning
asosiy yo‘nalishlari va chora-tadbirlari quyidagilardan iborat.

1. Oddiy va barqaror soliq tizimi

Xorijiy investorlar prognoz qilish oson va o‘zgaruvchanlikdan xoli soliq siyosatini talab

qiladi. O‘zbekistonda bu borada quyidagi chora-tadbirlar ko‘rilgan:

Maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ): MIZda faoliyat yurituvchi kompaniyalar daromad, mol-

mulk, yer va suv soliqlaridan 3 yildan 10 yilgacha ozod etiladi.

Tijorat yengilliklari: Xorijiy investorlar uchun soliq stavkalari minimal darajada

saqlanadi va kutilmagan o‘zgarishlardan huquqiy kafolatlar bilan himoyalanadi.

Raqamli deklaratsiya tizimi: Soddalashtirilgan onlayn tizimlar orqali soliqlarni to‘liq va

tezkor tarzda to‘lash imkoniyati yaratilmoqda.

2. Ikki yoqlama soliqqa tortishni oldini olish bitimlari

O‘zbekiston 55 ta davlat bilan daromad va kapital soliqlariga oid ikki yoqlama soliqqa

tortishni oldini olish bitimlarini imzolagan. Bu investorlar uchun quyidagi qulayliklarni
taqdim etadi:

Soliq yukini kamaytirish: Ikki mamlakatda bir xil daromad uchun soliq to‘lanmasligini

ta'minlaydi.

Huquqiy kafolatlar: OECD standartlari asosida adolatli soliqqa tortish tizimini taqdim

etadi.

Misol: AQSh, Germaniya va Xitoy bilan bitimlar xorijiy kapital oqimini oshirishda muhim

ahamiyatga ega.

3. Raqamlashtirilgan soliq jarayonlari

Elektron xizmatlar xorijiy kompaniyalarga vaqt va mablag‘ni tejash imkonini beradi. Bu

jarayonlarning asosiy xususiyatlari:

Elektron hisob-kitob tizimlari: Soliq to‘lovlarida inson omilini kamaytirib, jarayonni

avtomatlashtiradi.

Onlayn-kassalar va monitoring tizimlari: Soliq ma’lumotlarini real vaqt rejimida

kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Natija: Shaffoflik oshiriladi va yashirin iqtisodiyot hajmi qisqaradi.

4. Imtiyozlar va rag‘batlar

Maxsus iqtisodiy zonalarda faoliyat yurituvchi xorijiy investorlar uchun quyidagi

imtiyozlar mavjud:

Daromad solig‘i imtiyozi: 3–10 yil muddatga ozod etish.

Mol-mulk va yer soliqlari: MIZ infratuzilmasi uchun soliq to‘lovlari bekor qilingan.
Import bojxona to‘lovlari: Asbob-uskunalar va materiallar importida bojxona to‘lovlari

o‘rniga yengilliklar beriladi.

5. Hududiy iqtisodiy zonalar va maxsus soliq imtiyozlari
Maxsus iqtisodiy zonalarda xorijiy investorlar uchun quyidagi yengilliklar taqdim

etiladi:

Daromad va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyozlar: 3–10 yilgacha soliqqa tortishdan

ozod etish.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

122

Import bojxona yengilliklari: Asbob-uskunalar va materiallarni import qilishda bojxona

to‘lovlari bekor qilingan.

Erkin iqtisodiy zonalar: "Navoiy", "Angren" va boshqa zonalarda maxsus infratuzilma va

imtiyozlar taqdim etilgan.

6. Muloqot va maslahat xizmatlari
Xorijiy investorlarga soliqqa oid xizmatlarni soddalashtirish uchun maxsus soliq

maslahati markazlari tashkil etiladi. Ushbu markazlar orqali:

Tezkor maslahat olish: Soliq qonunchiligiga oid savollarga javob beriladi.

Investorlarni qo‘llab-quvvatlash: Huquqiy va soliq jarayonlari bo‘yicha yordam

ko‘rsatiladi.

7. O‘zbekistonda soliq tizimini takomillashtirish natijalari
O‘zbekiston so‘nggi yillarda “Doing Business” reytingining “Soliq to‘lash” ko‘rsatkichi

bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egalladi. Bu:

Investorlar ishonchini oshirish: Yangi loyihalarga sarmoya kiritishni rag‘batlantirdi.

Hududiy raqobatbardoshlikni kuchaytirish: Xorijiy investitsiyalar oqimini oshirdi.

Umumiy Xulosa va takliflar

O‘zbekistonning soliq tizimi xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda muhim rol o‘ynamoqda.

So‘nggi yillarda davlat tomonidan soliq tizimini soddalashtirish, raqamlashtirish va xalqaro
standartlarga moslashtirish bo‘yicha muhim qadamlar tashlandi. Maxsus iqtisodiy zonalarda
taqdim etilgan imtiyozlar, ikki yoqlama soliqqa tortishni oldini olish bitimlari va eksportni
rag‘batlantirish choralari xalqaro investitsiya muhitini yaxshilashda o‘z samarasini bermoqda.
Shu bilan birga, investitsion muhitni takomillashtirishda mavjud qonunchilikni yanada
shaffoflashtirish va investorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish zarur. Bu esa xorijiy
kompaniyalar ishonchini mustahkamlaydi va O‘zbekistonga ko‘proq kapital oqimini
ta’minlaydi.

Takliflar

1.

Soliq qonunchiligini soddalashtirish va shaffoflashtirish

2.

Ikki yoqlama soliqqa tortishni oldini olish doirasini kengaytirish

3.

Maxsus iqtisodiy zonalar va rag‘batlarni rivojlantirish

4.

Raqamlashtirish va avtomatlashtirishni kengaytirish

5.

Xalqaro investorlar uchun maxsus maslahat xizmatlarini kengaytirish
Ushbu chora-tadbirlar O‘zbekistonni global iqtisodiyotning raqobatbardosh

ishtirokchisiga aylantirishda yordam beradi. Soliq tizimini soddalashtirish, huquqiy kafolatlar
va rag‘batlantirish siyosatini kuchaytirish orqali xorijiy investitsiyalar oqimi barqaror oshadi,
bu esa iqtisodiy o‘sishning mustahkam poydevorini ta’minlaydi.

References:

1.

"Investitsiya muhiti va soliq tizimi samaradorligini oshirishga oid xalqaro tajriba", Jahon

banki hisobotlari.
2.

"O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi".

3.

"O‘zbekistonning soliq tizimi islohotlari: Yutuqlar va istiqbollar", O‘zbekiston

Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi materiallari.
4.

"Soliq yengilliklari va ularning iqtisodiyotga ta’siri", Moliya vazirligi tadqiqotlari.

5.

"Innovatsion iqtisodiyotda soliq siyosatining roli", Cambridge Journal of Economics.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

123

6.

Musayeva, S. I. (2024). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF INTERACTIVE

METHODS INTRODUCING THE СLT (СOMMUNIСATIVE LANGUAGE TEACHING) APPROACH.
World Scientific Research Journal, 32(1), 217-219.
7.

"Hududiy iqtisodiy rivojlanish va soliq imtiyozlari", UNCTAD hisobotlari.

8.

www.soliquz.uz (Soliq uz)

9.

www.lex.uz (Lex.uz)

10.

www.invest.uz (Invest.uz)

Библиографические ссылки

"Investitsiya muhiti va soliq tizimi samaradorligini oshirishga oid xalqaro tajriba", Jahon banki hisobotlari.

"O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi".

"O‘zbekistonning soliq tizimi islohotlari: Yutuqlar va istiqbollar", O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi materiallari.

"Soliq yengilliklari va ularning iqtisodiyotga ta’siri", Moliya vazirligi tadqiqotlari.

"Innovatsion iqtisodiyotda soliq siyosatining roli", Cambridge Journal of Economics.

Musayeva, S. I. (2024). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF INTERACTIVE METHODS INTRODUCING THE СLT (СOMMUNIСATIVE LANGUAGE TEACHING) APPROACH. World Scientific Research Journal, 32(1), 217-219.

"Hududiy iqtisodiy rivojlanish va soliq imtiyozlari", UNCTAD hisobotlari.

www.soliquz.uz (Soliq uz)

www.lex.uz (Lex.uz)

www.invest.uz (Invest.uz)

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)