Авторы

  • Axmadjon Xasanov
    Samarqand Davlat Universiteti Kattaqo’rg’on filiali o’qtuvchisi
  • Maxliyo Ustoboyeva
    Samarqand Davlat Universiteti Kattaqo’rg’on filiali talabasi
  • Otabek Boltayev
    Samarqand Davlat Universiteti Kattaqo’rg’on filiali talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.61796

Ключевые слова:

Investitsiya Baxmal Za’faron “Qizil oltin” Ko’rsatkichlar Baxo Iqtisodiy samara Loyihalar Infratuzilma Resurslar Sanoat mahsulotlari Ishlab chiqarish Xizmatlar sohasi Xorijiy investorlar Kapital.

Аннотация

Maqolada Jizzax viloyatiga kiritilga investitsiyalar ularning samardorlik ko’rstkichlari, qaysi sohalar  investitsiyalar orqali rivojlantirilayotgani va yana qo’shimcha investitsiya kiritilishi kerak bo’lgan sohalar haqida tanishamiz. Bundan tashqari  Baxmal tumaniga kiritilgan investitsiyalar va uning mamlakatimiz hayotida tutgan o’rni va tumandagi aholini qo’shimcha ish bilan ta’minlanganligi  ularning daromadlari oshganligi ko’rishimiz mumkin.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

82

JIZZAX VILOYATIGA KIRITILGAN INVESTITSIYALARNING

IQTISODIYOTDAGI O’RNI

Xasanov Axmadjon Shodiyarovich

Samarqand Davlat Universiteti Kattaqo’rg’on filiali o’qtuvchisi

Ustoboyeva Maxliyo Raxmatullo qizi

Samarqand Davlat Universiteti Kattaqo’rg’on filiali talabasi

Boltayev Otabek Amin o’g’li

Samarqand Davlat Universiteti Kattaqo’rg’on filiali talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14511728

Annotatsiya:

Maqolada Jizzax viloyatiga kiritilga investitsiyalar ularning samardorlik

ko’rstkichlari, qaysi sohalar investitsiyalar orqali rivojlantirilayotgani va yana qo’shimcha
investitsiya kiritilishi kerak bo’lgan sohalar haqida tanishamiz. Bundan tashqari Baxmal
tumaniga kiritilgan investitsiyalar va uning mamlakatimiz hayotida tutgan o’rni va tumandagi
aholini qo’shimcha ish bilan ta’minlanganligi ularning daromadlari oshganligi ko’rishimiz
mumkin.

Kalit so’zlar:

Investitsiya, Baxmal, Za’faron, “Qizil oltin”, Ko’rsatkichlar, Baxo , Iqtisodiy

samara, Loyihalar, Infratuzilma, Resurslar, Sanoat mahsulotlari, Ishlab chiqarish , Xizmatlar
sohasi, Xorijiy investorlar, Kapital.

Kirish

Jizzax viloyatiga kiritilgan investitsiyalar o‘zini oqladimi? Ushbu savol, ayniqsa, so‘nggi

yillarda viloyatda amalga oshirilgan iqtisodiy va infratuzilma loyihalarining samaradorligini
baholash uchun muhimdir. Jizzax viloyati, o‘zining geografik joylashuvi, resurslari va ishlab
chiqarish imkoniyatlari bilan O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Hukumatning ushbu hududga qaratilgan investitsiya dasturlari, sanoatni rivojlantirish, yangi
ish o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy infratuzilmani mustahkamlashga qaratilgan. Shu bilan birga,
bu investitsiyalarning uzoq muddatli ta'siri va rentabelligi qanday bo‘lganini tahlil qilish,
kelajakdagi investitsiya siyosatini shakllantirish uchun muhimdir. Ushbu maqolada, Jizzax
viloyatiga kiritilgan investitsiyalarni tahlil qilib, ularning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan o‘zini
oqlashini baholaymiz.

08.04.2024
Oxirgi besh yilda Jizzax viloyatiga 4 milliard dollardan ortiq investitsiyalar kirib kelgan.

50 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, 861 million dollarlik eksport qilingan.

Bu yil viloyatda 2 milliard dollarlik 400 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ularda 11 mingta

yangi ish o‘rni ochiladi.

Davlatimiz rahbariga bu sohadagi rejalar taqdimot qilindi. Xorijiy investor va mahalliy

tadbirkorlar 6 milliard 100 million dollarlik 50 ta loyihani amalga oshirishga tayyorligini
bildirdi.

Loyihalar tog‘-kon, mashinasozlik, elektr texnikasi, kimyo, to‘qimachilik, oziq-ovqat,

qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va farmatsevtika kabi talab yuqori sohalarda. Muhimi, ularning
natijasida qariyb 20 ming yangi ish o‘rni yaratiladi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Jizzax viloyatida iqtisodiyot va ijtimoiy sohani

rivojlantirish uchun jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 4 597,1 mlrd. so‘m, (dollar
ekvivalentida 369,1 mln. AQSH doll.) asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘tgan
yilning mos davriga nisbatan 2,3 martaga o‘sdi


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

83

Aholi jon boshiga asosiy kapitalga kiritilgan investitsiylar

(ming. so‘m)

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

2023

2024

yanvarsentabr*

Jizzax

viloyati

1125,1

1361,9

2693,9

5778,9

8984,7

6

470,8

7

107,9

10

037,4

11 448,6

shahar:

Jizzax

2817,9 5015,2 7254,9 14990,6 14286,5

10

739,2

12

459,6

17

947,9

19 593,5

tumanlar:

Arnasoy

1379,3 1710,4 5483,7 11648,7 11585,8

2

772,1

3

761,4

4

044,9

8 192,1

Baxmal

530,4

493,9

839,2

957,8

1256,0

3

607,0

2

867,2

2

901,6

3 436,2

G‘allaorol

757,2

562,0

887,2

2265,0

1559,2

2

835,2

5

025,0

17

568,7

6 269,7

Sharof

Rashidov

1068,8

714,2

1678,6

2442,4

1817,4

4

283,6

2

790,2

6

527,7

14 728,4

Do‘stlik

946,4

987,2

2286,3

2536,8

1746,8

2

374,4

1

673,1

3

243,4

9 015,7

Zomin

544,1

689,2

2768,8

4416,4

6490,1

5

912,0

3

197,1

4

495,7

10 062,2

Zarbdor

814,0

1125,6 1811,8

2841,2

2177,0

2

505,7

1

986,3

2

715,5

4 018,1

Mirzacho‘l

579,8

907,6

3513,9

4617,8

6062,8

4

105,5

5

012,6

7

634,0

9 944,0

Zafarobod

1521,4

808,8

4343,8 18944,9 25876,4

6

426,2

3

540,5

6

829,1

19 731,3

Paxtakor

915,6

1036,6 1561,7

5727,2

4590,0

2

007,1

5

893,5

3

510,5

4 392,9

Forish

1135,0 1092,2 1572,2

9226,2 55517,6

30

427,9

41

015,8

34

987,8

27 326,7

Yangiobod 1458,6 1422,2 3690,5

3206,8

2689,0

3

406,1

3

172,8

7

957,5

7 205,5


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

84

Yuqoridagi ma’lumotlardan shuni ko’rishimiz mumkinki viloyatga kiritilayaotgan

investitsiyalar o’zni oqlamoqda. Kiritilgan mablag’lar sabab ishlab chiqarish va xizmat
ko’rsatish sohalarida o’sish kuzatilgan va ularning soni ham yetarlicha oshgan va bu aholi
turmush ta’rzida ham o’zining ijobiy xususiyatlarini ko’rsatmoqda. Fikrimizni yanada
asoslash maqsadida birgina Baxmal tumaniga ayni bir soha yo’naltirilgan investitsiyani ko’rib
chiqamiz. Tumanga kiritilayotgan investitsiya jarayonlari hatto yutboshimizni ham befarq
qoldirmagan desak aslo xato bo’lmaydi. Keling mavzuni quyida yana batafsilroq yoritamiz.

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida za'faron plantatsiyalarini kengaytirish,

quritish va qayta ishlash korxonasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi

BMB HOLDING Axborot xizmati ma'lumotiga ko'ra, za'faron – dunyodagi eng qimmat va

noyob ziravorlardan biri bo'lib, qo'llanilish sohalarining ko'pligi, yetishtirish va ishlab
chiqarish jarayonlarining murakkabligi, sog'liq uchun foydali xususiyatlari hamda qiymati
yuqoriligi nuqtai nazardan "qizil oltin" deya e'tirof etiladi.

Bugungi kunda O'zbekiston hududida tashkil etilgan za'faron plantatsiyasi nafaqat

mamlakatimizda, balki jahon miqyosida yaxlit hududda joylashgan eng yirik plantatsiya
hisoblanib, qadr-qimmati va yuqori sifati bilan o'z o'rnini egallagan. Xususan, Jizzax viloyatida
joylashgan za'faron plantatsiyalarida yetishtirilayotgan za'faron asosida BMB HOLDING
tashabbusi bilan BMB Za'faron brendi yaratilib, hozirgi kunda mazkur brend ostida 20 ga
yaqin za'faronli mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2024 yil 8-9 aprel kunlari Jizzax viloyatiga

amalga oshirgan tashrifi davomida za'faron plantatsiyalarining umumiy yer maydonini 2 ming
gektarga yetkazish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi. Jumladan, Baxmal, G'allaorol va
Zomin tumanlarida qo'shimcha 1,6 ming gektarda za'faron plantatsiyalarini tashkil etish
belgilandi.

Za'faron plantatsiyalarini kengaytirish, quritish va qayta ishlashni tashkil etish

loyihasining umumiy qiymati 120 million yevroni tashkil etadi. Shundan 70 million yevro


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

85

to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar, 37 million yevro korxonaning o'z mablag'lari va 13
million yevro kredit mablag'lari hisoblanadi.

O'tgan davr mobaynida mazkur loyiha doirasida 60,8 million yevro investitsiyalar

o'zlashtirilib, qariyb 120 ta doimiy va 25 ming nafar mavsumiy ish o'rinlari yaratilgan. Shu
bilan birga, loyiha tashabbuskori tomonidan qo'shimcha ravishda kiritilgan 5 milliard so'm
sarmoya natijasida 2,5 km.ga yaqin yo'llarga beton qoplamasi yotqizilishi va 25-30 km
uzunlikda elektr tarmoqlari tortib kelinishi orqali aholi elektr energiyasi bilan ta'minlanishi
ushbu hudud uchun nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Ma'lumot o'rnida,
BMB Za'faron brendi ostidagi mahsulot Yevropaning Italiya, Fransiya, Niderlandiya hamda
Koreya laboratoriyalarida ikki bosqichli chuqurlashtirilgan tekshiruvlardan o'tkazilgan bo'lib,
ISO 3632-1/2011 xalqaro standartlari asosida rang, hid va ta'm ko'rsatkichlari bo'yicha I
kategoriya sifat darajasi sertifikatiga ega bo'ldi.

Shu bilan birga, "Control Union Certifications" (Niderlandiya) tashkiloti mutaxassislari

tomonidan za'faron plantatsiyasida mahsulotni ekish, yetishtirish, agrotexnik tadbirlarni
o'tkazish, terib olish, qayta ishlash, saqlash, qadoqlash jarayonlari to'liq o'rganilib, BMB
Za'faron ga USDA ORGANIC sertifikati taqdim qilindi. USDA organic — bu AQSh Qishloq
xo'jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ekologik sertifikat. Sertifikatlash faqat malakali
va vakolatli USDA organic xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. USDA yoki Milliy organik
standart mamlakat fuqarolarini sog'lom va tabiiy organik mahsulotlar iste'moliga o'tkazish
uchun noyob milliy dasturning bir qismi sifatida qabul qilingan. Bugungi kundaUSDA organic
deb belgilangan mahsulotlar kamida 95 foiz ekologik toza tabiiy ingrediyentlarni o'z ichiga
olishi kafolatlanadi. Qolaversa, bir necha yillik chuqur va tahliliy tekshiruvlardan keyin
O'zbekiston va Xitoy idoralararo komissiyasi xulosasiga ko'ra, o'zbek za'faronini Xitoyga
eksport qilish bo'yicha tegishli ruxsatnomaga ega bo'ldi. Bu orqali dunyoning eng yirik bozori
ham o'zbek "qizil oltin"i uchun o'z eshiklarini ochdi. Za'faron mahsulotlari eksport 2021-yilda
1,2 million yevroni, 2022-yilda 2,7 million yevroni, 2023-yilda 4,5 million yevroni tashkil
qildi. 2024-yilda 12 million yevroga teng mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. Shuningdek,
Italiyada tashkil etilgan qo'shma korxona tomonidan "ORO ROSSO Milano" brendi ostida 10
dan ortiq za'faronli mahsulotlar ishlab chiqarilib, Yevropa va Amerika bozorlariga eksport
qilinmoqda.

Joriy yilning 8 oktyabr kuni Jizzax viloyatining Baxmal tumanida joylashgan za'faron

plantatsiyalarini kengaytirish, quritish va qayta ishlash korxonasining tantanali ochilish
marosimi o'tkazildi. Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur
tashkil etildi. Press-turda, plantatsiya, za'faron piyozboshilarini namunaviy tartibda ekish
jarayoni, quritish va qayta ishlash korxonasi faoliyati tanishtirildi. Za'faron tuganak
piyozboshlarini 2024-yilgi ekish mavsumi joriy yilning 20 sentyabrida boshlanib, ekish
mavsumi yakuniga ko'ra plantatsiyalarning umumiy maydoni 700 gektarga yetkaziladi. Shu
bilan bir qatorda, mazkur yilda za'faron maydonlarida nou-xau sifatida polshalik
mutaxassislar bilan hamkorlikda AgroNanoGel gidrogel mahsulotini qo'llay boshlandi.
Gidrogel o'simliklar uchun suv zahirasi hisoblanadi. Uning qo'llanilishi butun vegetatsiya
davrida o'simliklar uchun optimal suv sharoitlarini ta'minlaydi. Mutaxassislarning
ta'kidlashicha, qishloq xo'jaligida gidrogelning qo'llanilishi 40-45 foizgacha suvni tejash
imkoniyatini beradi. Ushbu mahsulot sinov yakuniga ko'ra ommalashtiriladi, qolaversa,
za'faron va boshqa turdagi qishloq xo'jaligi ekinlarida suv sarfini sezilarli darajada


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

86

kamaytiradi. So'nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar,
xususan, Jizzax viloyatiga amalga oshirgan tashriflari davomida berilgan ko'rsatmalarining
ijrosini ta'minlash maqsadida keng ko'lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Kelgusida bular
o'z mevasini berib, xalqimizning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligiga katta hissa qo'shishiga xizmat
qiladi.

2022 — 2026-yillarda Jizzax viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-
son Farmoni ijrosini ta’minlash, Jizzax viloyati hududlarida sanoat, qishloq xo‘jaligi va
xizmatlar sohasining kelgusi besh yildagi istiqbollarini hamda har bir tuman va shaharning
“o‘sish nuqtalari”ni belgilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali aholi salomatligi hamda
turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

Jizzax viloyatini 2022 — 2026-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining

maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlari

T/r

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov

birligi

Jami

Yillar kesimida

2022 2023 2024 2025 2026

1.

Yalpi hududiy mahsulot

(YaHM)

hajmi

(trln

so‘m)

1,4

baravar

25,3

29,6

34,1

39,4

44,8

o‘sish (%)

107,4 106,8 107,1 107,4 107,6

1.1

aholi jon boshiga

mln so‘m

-

17,4

19,9

22,5

25,5

28,5

2.

Sanoat mahsulotlari

hajmi

(trln

so‘m)

1,5

baravar

10,0

11,8

13,6

15,7

17,9

o‘sish (%)

107,4 107,9 108,5 109,1 109,8

2.1

aholi jon boshiga

mln so‘m

-

6,9

8,0

9,0

10,2

11,4

3.

Qishloq xo‘jaligi

hajmi

(trln

so‘m)

1,2

baravar

24,9

29,2

33,8

39,1

44,3

o‘sish (%)

103,2 103,6 104,3 104,8 105,4

3.1

aholi jon boshiga

mln so‘m

-

17,1

19,7

22,3

25,4

28,2

4.

Xizmat ko‘rsatish

hajmi

(trln

so‘m)

3,2

baravar

9,9

14,1

18,4

22,9

27,5

o‘sish (%)

150,8 135,4 120,6 115,6 113,4

4.1

aholi jon boshiga

mln so‘m

-

6,8

9,5

12,1

14,8

17,5

5.

Qurilish ishlari

hajmi

(trln

so‘m)

1,2

baravar

3,6

3,9

4,3

4,6

5,0

o‘sish (%)

104,3 104,2 104,3 104,6 104,8

5.1

aholi jon boshiga

mln so‘m

-

2,5

2,6

2,8

3,0

3,2

6.

Budjet tushumlari

mlrd so‘m 9 596,6

1

534,1

1

624,3

1

854,4

2

130,4

2

453,4

7.

Oilaviy tadbirkorlikni

rivojlantirish dasturlari

doirasida ajratiladigan

kreditlar

mlrd so‘m

3 200

540

584

625

701

750

8.

Noqishloq yerlarni auksionga

gektar

272,7

41,9

50,4

59,7

61,8

58,9


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

87

chiqarish

9.

Ishsizlik darajasi

foiz

-

8,7

8,4

8,0

7,6

7,4

10.

Kambag‘allikni qisqartirish

foiz

-

7,3

10,1

10,5

10,8

11,3

11.

Jami bandligi ta’minlanadigan

aholi soni:

ming kishi

358,6

52,5

72,5

75,1

77,6

80,9

Qarorni to’liq shakli bilan Lexuz saytida tanishingiz mumkin.
2022 -2026 yil Jizzax viloyatini yanada rivojlantirish to’g’risidagi qarori ko’p sohalarni

qamrab olgan bo’lib ularning o’sish darjalari prognozini ko’rishimiz mumkin. Qarorda sanoat
mahsulotlari, qishloq xo’jaligi, xizmat ko’rsatish, qurilish va boshqa loyihalar ko’rilgan va
yillar kesimida tahlil qilingan va qancha ishchi o’rni yaratilishi mumkinlgi ko’rilgan.Lekin
shuni ham e’tiborga olishimiz kerakki bu loyihalar qamrovi ayni bir sohalarga yo’naltirilgan
bo’lib ba’zi jihatlarni ham e’tiborga olish kerak deb o’ylayman. Xususan qishloq xo’jaligi
sohasida asosiy e’tibor dorivor o’simliklar va intensiv bog’larga qaratilgan bo’lib qishloq
xo’jaligining poliz mahsulotlari kartoshka, savzi, qovun-tarvuz mahsulotlari va boshqa oziq
ovqat yo’nalishlariga ham investitsiyalar kiritilsa bu aholi daromadlarini bir muncha oshirib
mavsumiy ishchilar sonini ham bir necha minga ko’paytiradi. Jizzax viloyati qishloq xo'jaligi
sohasida paxta, g'alla, meva-sabzavot va chorvachilik yetishtirishni rivojlantirishda katta
imkoniyatlarga ega. Viloyatning geografik joylashuvi va iqlimi paxta ekinlari uchun qulay
sharoit yaratadi. Shuningdek, viloyatdagi yerlar g'alla yetishtirish uchun ham mo'ljallangan.
Paxta yetishtirish O'zbekistonning iqtisodiyoti uchun muhim bo'lib, Jizzax viloyati bu sohada
o'zining yetakchi pozitsiyalariga ega. Ammo, paxta ekinlarining suvga bo'lgan ehtiyoji
viloyatda suv ta'minoti bilan bog'liq muammolarni keltirib chiqaradi. Suv resurslarini
boshqarish va samarali ishlatish uchun investitsiyalar kiritish zarur. Ushbu investitsiyalar
quyidagi sohalarga yo'naltirilishi mumkin:

Agrotexnologiyalar

va

innovatsiyalar

:

Qishloq

xo'jaligi

texnologiyalarini

rivojlantirishga investitsiyalar kiritish. Bu yerda, ayniqsa, suvni tejash, yer unumdorligini
oshirish va ekinlar uchun optimal sharoit yaratishga qaratilgan innovatsiyalar muhim.

Suv inshootlarini qurish

: Yangi suv inshootlarini (sun'iy suv omborlari, kanal tizimlari,

suvni qayta ishlash stansiyalari) qurishga davlat va xususiy sektor tomonidan investitsiya
kiritilishi mumkin.

Energiya samaradorligi va suvni tejash tizimlari

: Qishloq xo'jaligi tarmoqlarida

energiya samaradorligini oshirish va suvni tejash uchun energiya samarali texnologiyalarni
joriy etish. Bu yo'nalishda quyidagi sohalar: energiya tejovchi nasoslar, fotovoltaik energiya
tizimlari va boshqa yangilanish energiyalari.

Hozirgi oziq-ovqatga bo’lgan talab oshib borayotgan davrda qishloq xo’jaligini

rivojlantirish va uni samaradorligini oshirish mamlakatimiz aholisini yetrlicha mahsulot bilan
ta’minlabgina qolmay balki uni ekspot qilish orqali ham iqtisodiy samaradorlikka erishish va
mavsumiy va doimiy ish o’rinlarini yaratish imkonini beradi.

References:

1.

Jizzax viloyati statistika boshqarmasi.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi qarori.
3.

Lexuz sayti.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

88

4.

BMB HOLDING Axborot xizmati ma'lumoti tayyorlangan maqola asosida .

5.

Ilmiy iqtisodiy asosda tayyorlangan jurnallar.

6.

Turli internet sayatlari asosida tayyorlandi.

Библиографические ссылки

Jizzax viloyati statistika boshqarmasi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi qarori.

Lexuz sayti.

BMB HOLDING Axborot xizmati ma'lumoti tayyorlangan maqola asosida .

Ilmiy iqtisodiy asosda tayyorlangan jurnallar.

Turli internet sayatlari asosida tayyorlandi.