RAQAMLI AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH VA YARATISH. MAʼLUMOTLAR TASHUVCHI VOSITALAR.

Abstract

Ushbu maqolada raqamli axborotlar, bulutli texnologiyalar, ta’limda raqamli axborotlardan foydalanish, raqamli axborotni ta’lim tizimi vostilari, raqamli axborotni ustunliklari, narsalar interneti (Internet of Things, IoT), kengaytirilgan haqiqat (AR), virtual haqiqat (Virtual haqiqat, VR) haqida tushuncha berilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
103-105
53

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Mahkamova , M. . (2025). RAQAMLI AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH VA YARATISH. MAʼLUMOTLAR TASHUVCHI VOSITALAR. Young Scientists, 3(1), 103–105. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/62309
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada raqamli axborotlar, bulutli texnologiyalar, ta’limda raqamli axborotlardan foydalanish, raqamli axborotni ta’lim tizimi vostilari, raqamli axborotni ustunliklari, narsalar interneti (Internet of Things, IoT), kengaytirilgan haqiqat (AR), virtual haqiqat (Virtual haqiqat, VR) haqida tushuncha berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

103

RAQAMLI AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH VA YARATISH.

MAʼLUMOTLAR TASHUVCHI VOSITALAR.

Mahkamova Maftuna Odiljon qizi

Andijon viloyati Baliqchi tuman 1-son kasb-hunar maktabi yosh ustozi

Namangan muhandislik-qurilish instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14632027

Annotatsiya:

Ushbu maqolada raqamli axborotlar, bulutli texnologiyalar, ta’limda

raqamli axborotlardan foydalanish, raqamli axborotni ta’lim tizimi vostilari, raqamli axborotni
ustunliklari, narsalar interneti (Internet of Things, IoT), kengaytirilgan haqiqat (AR), virtual
haqiqat (Virtual haqiqat, VR) haqida tushuncha berilgan.

Kalit soʻzlar:

raqamli axborot, ta’limda raqamli axborot, narsalar interneti (Internet of

Things, IoT); kengaytirilgan haqiqat (AR); virtual haqiqat (Virtual haqiqat, VR).


Bugungi kunda raqamli axborotlar shiddat bilan rivojlanib boryapti va har bir sohada

zamon bilan hamqadam odimlashni taqozo etmoqda. Axborot olish va foydalanish tezligi juda
yiriklashgan hozirgi davrda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish ta’lim sifatini
oshirish va ijtimoiy faol yoshlarni tarbiyalashda katta axamyatga ega. Biz ilgari ta’lim
dasturlarini an’anaviy usuli ya’ni ma’ruzani yirik xajmli kitoblar va qo`llanmalar orqali amalga
oshirilgan shaklida olib borganmiz. Bu esa o`z navbatida ta’lim sifatining u qadar yuqori
bo`lishini ta’minlamagan. Xozirda ta’lim sifatini ko’tarishda ta’limni raqamlashtirish jarayoni
boshlangan. Ta’lim tizimining hozirgi holati noan’anaviy ta’lim texnologiyalarining roli ortib
borayotgani bilan tavsiflanadi. Ta’lim oluvchi tomonidan ularning yordami bilan bilimlarni
o’zlashtirish an’anaviy texnologiyalarga qaraganda ancha tezdir.

Ushbu axborotlar bilimlarni rivojlantirish, egallash va tarqatish xarakterini o’zgartiradi,

o’rganilayotgan fanlarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirish, uni tezda yangilash,
samaraliroq o’qitish usullarini qo’llash, shuningdek, har bir kishi uchun ta’lim olish
imkoniyatini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi.

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi kunda

informatika fanining rivoji va istiqbollari, bu fan oldida turgan dolzarb masalalar haqida talaba
va o’quvchilarga o’z vaqtida ma’lumot yetkazish, bilim berish zamonaviy fan o’qituvchilari,
ilmiy izlanuvchi olimlarning muhim vazifalaridir. Sababi fan shunchalik shiddat bilan
rivojlanmoqdaki, agar bu bilimlar bugun talabalarga yetkazilmasa, ertaga eskirgan ma’lumotga
aylanib qolishi hech gap emas. Shunday muhim vazifalarni amalga oshirishda ta’lim
muassasalarida o’tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. 27
sentabrda esa Xalqaro biznes markazida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha har
yili o‘tkaziladigan milliy sammit o‘z ishini boshlaydi. “AKT Sammit-2011” bugungi kunda
O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi muhim voqealardan bo‘lib,
milliy hamda xorijiy mamlakatlar xalqaro ekspertlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Dastlabki
yillarda “AKT Sammit” da 200ga yaqin delegat qatnashgan bo‘lsa, bugun unda ishtirok
etayotgan mutaxassislar soni ikki baravar ko‘paydi.

Texnologiya so'zi grekchadan tarjima qilinganda san'at, ustalik, malaka ma'nosini

anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma'lum kerakli material mahsulotni hosil qilish
uchun usullar, metodlar va vositalar yig'indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi.
Texnologiya ob'ektining dastlabki, boshlang'ich holatini o'zgartirib, yangi, oldindan belgilangan


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

104

talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatiq,
tvorog, smetana, yog' va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang'ich xom ashyo
sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish
mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya" tushunchasining ma'nosi saqlanib qolinadi. Faqat
unga "axborot" so'zini qo'shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy
mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi. Texnologiyani
quyidagicha ta'riflash mumkin. Texnologiya - bu sun'iy ob'ektlarni yaratishga yo'naltirilgan
jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo'nalishda borishini ta'minlash uchun
yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini
bildiradi. Bu erda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o'zgartirish
maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham
boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta'riflash mumkin. Axborot
texnologiyasi - bu axboriy ma'lumotni bir ko'rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko'rinishga
keltirish, axborotni yig'ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan
foydalanish jarayonidir. Axborot oqimlari bilan ishlash. Elektron axborot oqimlari.

1

157

Zamonaviy telefon vositasining funksiyalari ko’p: avtojavob beruvchi, qo’ng’iroq qilayotgan
abonentning raqamini aniqlovchi, telefon raqamini bilib olishdan himoyalash va x.k.z,…
Qog’ozli xujjatning normativ qiymati-adolatning muxim tarkibiy qismidir. Qog’ozli xabarlarni
uzatish vositalari ko’p. Bunda oddiy telegraf aloqasi teletayp aloqasiga aylangan. Rivojlangan
vositalardan biri-telefaks aloqasidir. Faks (lotincha - faxsimile, uxshashini yarat) - xujjat
originalini xuddi uziday aks ettiradi. Bunda, uzatishda xabar elementlarini skanerlash yuli bilan
uzgartiriladi. Kabul kilish apparati katordagi ketma-ket signallarni kabul kilib, kogozdagi
tasvirga aylantiradi. Matnni kogozli tashuvchidan ajratib olish uchun ukish kurilmasi
ishlatiladi. Ofisdagi xujjatlarni kseroks yordamida nusxalash ommaviy tusga kirdi. Elektron
ofisga uzoq va yaqin bo’lgan turli manbalardan juda ko’p xabarlar keladi. O’z navbatida ofis
xodimlari щam tashqi dunyoga o’zining axborot oqimlarini uzatadilar.

Telefaks tarmog’i orqali qog’ozdagi xabarlar keladi. Lokal yoki global tarmoq vositalari

orqali elektron xabarlar kompyuterga modem yordamida kiritiladiyoki chiqariladi. Ofisda
kompyuterlar axborot oqimlariga ishlov berib, birlashtirish vazifalarini bajaradi. Elektron
pochta kompyuterlar yordamida olingan korrespondensiyani yuborish va ishlov berishda
elektron usullarni ishlatadi. U orqali xujjatlar, jadvallar, grafiklar, chizmalar, rasm va
fotografiyalar, ro’znoma og’zaki xabarlar olish mumkin. Elektron pochta–bu qog’ozsiz pochta,
u telefon tarmog’i bilan kompyuterga ulangan. Elektron pochta-pochta, telegraf, faksimil aloqa
imkoniyatlaring bir qismini o’ziga olib, o’zining tezkorligi tufayli yangi axborot xizmatlarini
taklif etadi. «Teleks» - axborot tizimi axborotning ulkan oqimlarini щar xil abonentga avtomatik
ravishda tayyorlash va uzatish imkonini beradi. Matn tayyorlashning bu tizimida yuqori sifatli
displeylar bilan jixozlangan terminallar yordamida uzatilayotgan axborot massivi kompyuter
xotirasida saqlanib qoladi. Keyin maxsus ma’lumotlarni uzatish apparatlari yordamida
tayyorlangan massiv abonentga jo’natiladi yoki undan qabul qilinadi. Televideniye xayotga
uzokdan kurish sifatida kirib keldi va ommaviy xodisaga aylanib koldi. Dunyoda 4 mlrd.dan

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2018 yil 14 iyuldagi «Aholi bandligini ta’minlash borasidagi

ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3856-sonli Qarori.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

105

ortik telepriyomniklar ishlatiladi. Televizor bu juda murakkab axborot kurilmasidir.
Televizorni ko`rish g`oyasi quyidagicha: tasvir elementlarini uzgartirish yuli bilan elektr
signallar ketma ketligiga aylantiradi (tasvir analizi); ularni aloqa kanallari orqali nuqtalardan
qimirlaydigan rasmga teskari aylantirish (tasvir sintezi) amalga oshiriladigan kabul kilish
punktiga uzatiladi. Bu nazariya XX asr oxirida portugaliyalik olim A. Di. Payva va rus olimi P. N.
Bexmetvev tomonidan ishlab chikilgan. Amaliy karorlarni ishlab chikish va foydalanishni
boshlash V. K. Zvorkin va F. Fransuorti (AKSh) bilan boglik. Televideniye orkali siyosiy,
madaniy, ilmiy, ijtimoiy, iktisodiy axborotlar beriladi.

Raqamli axborotlar- virtual haqiqat (Virtual haqiqat, VR). Insonning virtual haqiqatda

bo’lishiga imkon beruvchi texnik qurilmalarning paydo bo’lishi ushbu axborotlarni
ko’ngilochar sohada talabga aylantirdi. Virtual haqiqatning dubulg’alari va kostyumlari,
ixtisoslashtirilgan xonalar sizga noma’lum dunyoga kirishga imkon beradi, bu sizning barcha
harakatlaringiz virtual olamdan javob berish uchun dasturlashtirilgan, bu sizga o’zingizni
100% ga cho’mish imkonini beradi. Ta’lim sohasida VR o’quvchilarning bilim olish uslubini
o’zgartiradi. Sinf xonalarida VR dan foydalanish o’quvchilarga bilimlarni yaxshiroq o’zlashtirish
va qiyin tushunchalarni tasavvur qilish orqali o’rganishga yordam beradiXulosa sifatida aytish
mumkinki raqamli axborotlarni turli sohalarga nafaqat ta’lim tizimiga joriy etilishi mamlakat
ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda katta rol o`ynaydi. Zamonaviy ta’limni tashkil etish va
ta’lim samaradorligini ortishiga xizmat qiladi.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 7 iyundagi “Har bir oila-

tadbirkor» dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi PQ-3777- sonli Qarori.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 14 iyuldagi «Aholi

bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3856-sonli Qarori.
3.

Shavkat Mirziyoyev “Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi

bosqichga ko'taramiz” Toshkent – “O'zbekiston”-2018.
4.

Shavkat Mirziyoyev “Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy

bahodir” Toshkent – “O'zbekiston”-2018.
5.

N.I.Sodiqova, E.A.Korniyenko, M.D.Xoshimxodjayeva Pereferiya va ofis qurilmalarini

ta’mirlash va ishlatish o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2013.
6.

Informatsiya o fayle «Windows Server. Poshagoviye rukovodstva. Avtor: Roland Vinkler.

2008
7.

T.S.Safarov. Informatika va axborot texnologiyalari Toshkent 2006

8.

S.Ganiyev, M.Karimov Axborot xavfsizligi Aloqachi-2008

9.

O.O.Hoshimov, M.M.Tulyaganov Kompyuterli va raqamli texnologiyalar

10.

Zamonaviy kompyuterlardan foydalanish sirlari Toshkent Ma’rifat– Madadkor.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 7 iyundagi “Har bir oila-tadbirkor» dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi PQ-3777- sonli Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 14 iyuldagi «Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3856-sonli Qarori.

Shavkat Mirziyoyev “Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz” Toshkent – “O'zbekiston”-2018.

Shavkat Mirziyoyev “Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir” Toshkent – “O'zbekiston”-2018.

N.I.Sodiqova, E.A.Korniyenko, M.D.Xoshimxodjayeva Pereferiya va ofis qurilmalarini ta’mirlash va ishlatish o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2013.

Informatsiya o fayle «Windows Server. Poshagoviye rukovodstva. Avtor: Roland Vinkler. 2008

T.S.Safarov. Informatika va axborot texnologiyalari Toshkent 2006

S.Ganiyev, M.Karimov Axborot xavfsizligi Aloqachi-2008

O.O.Hoshimov, M.M.Tulyaganov Kompyuterli va raqamli texnologiyalar

Zamonaviy kompyuterlardan foydalanish sirlari Toshkent Ma’rifat– Madadkor.