QORAQALPOQ XALQINING ETNOGRAFIYASI

Аннотация

Qoraqalpoqlar tug’ilib o’sgan yurt, ular ajdodlarining haqiqiy vatani azal-azaldan janubiy, janubiy-sharqiy va janubiy-garbiy Orol bo’yi yani hozirgi Qoraqalpog’iston Respublikasi joylashgan yer bolgan. Qoraqalpoqlar aynan shu joyda ya’ni Orol va Amudaryo boylarida vujudga kelganlar, garchi keyinchalik vaqti-vaqti bilan alohida-alohida qismlarga bo'linib, boshqa o’lkalarga ko’chib ketgan bolsalarda, ammo oxir oqibatda ular o’z ajdodlari vatanlariga qaytganlar.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
63-64
50

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Kudaybergenova , M. (2025). QORAQALPOQ XALQINING ETNOGRAFIYASI. Молодые ученые, 3(1), 63–64. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/62320
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Qoraqalpoqlar tug’ilib o’sgan yurt, ular ajdodlarining haqiqiy vatani azal-azaldan janubiy, janubiy-sharqiy va janubiy-garbiy Orol bo’yi yani hozirgi Qoraqalpog’iston Respublikasi joylashgan yer bolgan. Qoraqalpoqlar aynan shu joyda ya’ni Orol va Amudaryo boylarida vujudga kelganlar, garchi keyinchalik vaqti-vaqti bilan alohida-alohida qismlarga bo'linib, boshqa o’lkalarga ko’chib ketgan bolsalarda, ammo oxir oqibatda ular o’z ajdodlari vatanlariga qaytganlar.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

63

QORAQALPOQ XALQINING ETNOGRAFIYASI

Kudaybergenova Muhabbat

Qoraqalpoq davlat universiteti 1-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14625643

Qoraqalpoqlar tug’ilib o’sgan yurt, ular ajdodlarining haqiqiy vatani azal-azaldan

janubiy, janubiy-sharqiy va janubiy-garbiy Orol bo’yi yani hozirgi Qoraqalpog’iston
Respublikasi joylashgan yer bolgan. Qoraqalpoqlar aynan shu joyda ya’ni Orol va Amudaryo
boylarida vujudga kelganlar, garchi keyinchalik vaqti-vaqti bilan alohida-alohida qismlarga
bo'linib, boshqa o’lkalarga ko’chib ketgan bolsalarda, ammo oxir oqibatda ular o’z ajdodlari
vatanlariga qaytganlar.

Dastlab Qoraqalpoqlar bir necha qabilalar uyushmasidan tarkib topgan bo’lib,

qadimdanoq yaxlit mit bo’lib shakillana boshlagan. Ularning eng qadimiy ajdodlari, eramizdan
avvalgi birinchi asrlarda Orolning janubiy sohillarida o’rnashgan massaget qabilalaridir. Ular
orasidagi apasioq qabilasi qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakillanishida katta rol oynagan.
Bu qabila dexqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik bilan shug’ullangan. Professor
T.Jdankoning fikricha, massagetlar xayotiga singib ketgan onalik davriga oid an’analar
mashhur qoraqalpoq dostoni "Qirq Qiz"da yaqqol namoyon bolgan. Bu doston hozirgi
qoraqalpoqlarni ularning ajdodlari bilan bevosita bog’laydi.

Apasioqlar davrida Sirdaryo etaklarida Augasilarqabilasi yashagan. Bu ikki qabila

ortasida mustahkam aloqa mavjud bolgan.

Eramizdan avvalgi birinchi asr bilan eramizning to’rtinchi asrigacha bo’lgan oraliq

davrda Orol qirgoqlariga sharqdan gunlar kela boshlagan. Bulardan tashqari oltinchi va on
ikkinchi asrlarda apasioqlar negizida Pecheng ittifoqi vujudga keldi. Sirdaryo etaklarida esa
gun va turklarning aralashib ketishlari natijasida augasilar negizida o’g’oz ittifoqi vujudga
keldi.

Bijanak (pecheng)larning vujudga kelishi goraqalpoqlarning xalq sifatida

shakillanishining ikkinchi bosqichdir. Bijanaklarning yerlari toqqizinchi asrning oxiriga kelib
Amudaryo etaklaridan boshlab g'arb tomonga Orol qirgoqlaridan Ural va Volga daryolari
sohilarigacha bo`lgan ulkan kengliklarni qamrab oldi. Xalq orasida yuruvchi afsonalarga
qaraganda, Qiyot (hozirgi Beruniy) shaxri uning poytaxti bo’lgan.

Aksaryat kopchilik o’gizlar o’zlari bosib olgan hozirgi Turkmaniston, Eron va Turkiya

yerlarida mustahkam o’rnashib qolganlar. Birinchi navbatda ular turkman xalqining
shakillanishiga asos soldilar. So’ng turk va ozar xalqlarining kelib chiqishiga ham tasir etdilar.
O’g’izlarning bir qismi begona olkalarga ketishini istamay, Amudaryo etaklarida yashab
qoldilar. Orol bo yidagi sharqiy bijanaklar bu yerda qolgan o’g’izlar bilan ittifoq tuzib, koʻplab
siyosiy voqealarda ishtirok etdilar.

S.Tolstov, P.Ivanov, T.Jdankokabi taniqli tarixchilarning fikricha sharqlik bijanaklar

yeriga Sibr va Irtish tomondan qipchoqlar bostirib kiradilar. Bosqinchi (qipchoqlar)ning bir
qismi sharqiy bijanaklar bilan aralashib ketgan. Xozirgi qoraqalpoq urug'larida qipchoq
urugining borligi ham shundan. Mashhur tarixchi Abul Fazl Beyxoqiyning “Tarixi Beyxoqiy"
asarida aytiladiki, on birinchi asrning ortalarida Xorazm shoxining turk gvardiyachilaridan
birining qo'mondoni ismi "Qalpoq bolgan. P. Ivanov shunga asoslanib bu yerda gap sarkarda
haqida emas, balki, uning boysunuvidagi qoraqalpog jangchilar haqida borayotganini


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

64

takidlaydi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki goragaloglar osha davrlardayog, balki shu
asosda tarixiy manbalarga "qorabo’rklilar”, "qoraqalpoqlar” nomi bilan kirganlar.

Chingizxonning 1218-1221-yillaridagi Xorazmga yurishi Orol, Amudaryo va Sírdaryo

sohillari aholisi boshiga ko’p ofatlar oib keldi. Xorazmning tub yerli aholisi bosqinchilarga
kuchki qarshilik korsatdilar, mogillar esa mard va jasur himoyachilarni misli ko`rilmagan
darajada mahv etdilar.

On to'rtinchi asrning oxirlari va o'n beshinchi asrning boshlaridagi Amir Temur

hujumi natijasida Qizil O’rda yemirilib unin uning o’rnida bir nechta davlat vujudga keldi.
1397-yilda Sharqiy yevropaning bepoyon cho’llarida Edigey boshchiligidagi Nog’ay (Mangit)
xonligi tashkil topdi.

On beshinchi asrning birinchi yarmida Nog’ay xonligining sharqiy tomonida Abilxayr

boshchiligidagi O’zbek xonligi vujudga keldi. On beshinchi asrning ikkinchi yarmigacha
qoraqalpoqlar xam shu xonlikka qaraganlar. O’zbek va Nogay xonliklari aholisi asosan bir
urug’dan bo’lganlar. Professor N.Baskakovning yozishicha, ularning hammasi turk tilining
janubiy-sharqiy shevasida yanu zamonaviy qoraqalpoq, qozoq va nog’ay tillarida
so`zlashganlar.

On beshinchi asrning ikkinchi yarmidanon oltinchi asrning ikkinchi inchi yarmigacha

bolgan davrda qoraqalpoqlar Nog’ay xonligi tarkibida boldilar. 1556-yilga kelib Rossiya,
Astraxan xonligini bosib oladi. Shundan song nog’ay morz(knyaz)lari ortasida o’zaro nifoq vă
janjallar boshlanadi. Buning ustiga xonlikda ikki yil davomida ekinlar bitmay qoldi. Oqibatda
ocharchilik boshlandi. Bu ofatlar tufayli xonlik xududida istiqomat qilayotgan xalqlarning kop
qismi boshqa o Ikalarga ko chib ketdi. Qoraqalpoqlar ham Nog’ay xonligini tark etib,
o’zlarining Amudaryo bo’ylaridagi avvalgi yerlariga qaytish imkonyati bo’lmaganligidan
Sirdaryo sohillarifa kelib joylashdilar. Osh paytda Amudaryo sohillari suvsizlikdan hamon
qaqrog edi. Faqat o'n yettinchi asrning boshlariga kelib, Amudaryo ozining eski o’zaniga
qaytadi va suvini Orol dengiziga quva boshlaydi.

Osha davrdan boshlab qoraqalpoqlar daryoning ikki sohili boylab yastangan qadimiy

joylariga qaytib, yerlarini yana boshqatdan ozlashtirishg’a kirishdilar. O’n yettinchi asrda
qoraqalpoqlar Xorazmga o’tgan ko'chmanchiz o’zbeklar bilan birga Xiva xonligining shimolida
Orol(aran) davlatini boshladilar. Orol qoraqalpoqlari va barpo eta o’zbeklar o’n to’qqizinchi
asrning boshlarigacha Xiva xonligidan xoli yashaganlar. Pirovorida shunu aytish mumkinki,
Amudaryo va Orol sohillari qaroqalpoqlar azal-azaldan yashab kelgan va ota-bobolar yurtidir.

References:

1.

Камал Мамбетов. Қарақалпақлар тарийхы. Нөкис. «Қарақалпақстан» 1993.

2.

С.Камалов. «Халк сўзи» мақоласи 1993 й.

3.

Р.Х. Шерниязов.

Жанубий орол буйидаги сўнги орта асрларда юз берган

этносиёсий ва этномаданий жараёнлар хорижий тадқиқотчилар

изланишларида.

Science and innovation, 2024 - cyberleninka.ru

Библиографические ссылки

Камал Мамбетов. Қарақалпақлар тарийхы. Нөкис. «Қарақалпақстан» 1993.

С.Камалов. «Халк сўзи» мақоласи 1993 й.

Р.Х. Шерниязов. Жанубий орол буйидаги сўнги орта асрларда юз берган этносиёсий ва этномаданий жараёнлар хорижий тадқиқотчилар изланишларида. Science and innovation, 2024 - cyberleninka.ru