YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
76
PEDAGOGLARDA KASBIY STRESS VA EMOTSIONAL SO‘NISH HOLATLARINI
OLDINI OLISH
Siddiqova Gulchinoy Baxodirovna
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani
37-umumiy o‘rta ta’lim maktab psixologi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14934672
Annotatsiya
: Ushbu maqola pedagoglarda kasbiy stressning sabablari va emotsional
so‘nish holatining salbiy oqibatlarini ko‘rib chiqadi. Shuningdek, maqolada olimlarning
pedagoglarda kasbiy stressni yengish uchun taklif qiladigan turli xil usullar, jumladan, stressni
boshqarish texnikalari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kasbiy rivojlanish va ish joyida sog‘lom
muhit yaratish kabi masalalar muhokama qilinadi.
Kalit so
‘
zlar:
Kasbiy stress, pedagoglar, stressni boshqarish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash,
kasbiy rivojlanish, ish joyida sog‘lom muhit, kasbiy emotsional so‘nish, pedagoglar, o‘z-o‘zini
tarbiyalash.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda o‘qituvchi-pedagog kasbiga o‘lgan e’tibor ortib
bormoqda. 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
maqsadlarining 44-bandida maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedagogkadrlarning bilimi va
malakasini xalqaro darajaga olib chiqish, maktabda faoliyat olib borishi uchun har bir fan
bo‘yicha mahalliy yoki xalqaro sertifikatsiya talablarini belgilash, toifaga ega bo‘lmagan maktab
o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalarini diagnostikadan o‘tkazish, umumta’lim maktablarini,
ayniqsa, chekka hududlardagi ta’lim maskanlarini oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan
to‘ldirish ishlarini davom ettirish kabi aniq maqsadlar belgilangan. Biz boshdan kechirayotgan
bugungi o‘zgarishlar davri aynan iste’dodli va iqtidorli, zehni o‘tkir, mulohazali, yangidan yangi
kashfiyotlarga qodir insonlari tarbiyalashni talab qilmoqda va ikkinchi tomondan
mustaqillikning o‘zi tub ma’noda ana shunday barkamol avlodni tarbiyalash uchun shart-
sharoitlarni yaratib berdi.
So‘nggi yillarda pedagogika sohasi xodimi shaxsiga qo‘yiladigan talablar uning kasb
malakasi, kasbiy mahorati, kasbiy tayyorgarligi, o‘z kasbining barcha jihatlarini har tomonlama
to‘liq va puxta egallagan ustasiga xos sifatlari darajasini oshirib borishni taqozo etadi. Shu
o‘rinda ta’kidlash joizki, kasb malakasi, kasbiy mahorat, kasbiy tayyorgarlik darajasi, kasb
ustasi kabi tushunchalarning har biriga psixologik ta’rif va izoh keltirilgan. Shu bilan birga
mazkur tushunchalarning mazmun-mohiyati bir-biriga juda yaqin va umumiy o‘zakka ega
ekanligini hisobga olgan holda ularni umumlashtirib ifodalovchi tushuncha sifatida
professionalizm deb nomlash maqsadga muvofiq ekanligi juda ko‘p mualliflar tomonidan e’tirof
etiladi.
Pedagogika fani uchun fundamental xarakterga ega bo‘lgan pedagogning amaliy faoliyati,
avvalambor, psixik aks ettirish orqali taqozo etilgan hayot birligi bo‘lib, uning haqqoniy
funksiyasi shundaki, u subyektni predmetli dunyoda yo‘naltiradi. Boshqacha qilib aytganda
faoliyat – bu reaksiya emas, balki qurilish, o‘z ichki o‘tishlari va aylanishlari, o‘z rivojlanishiga
ega tizimdir[7].
Mehnat faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi, shaxslararo munosabatlarda xulq-
atvorning namoyon bo‘lishi ijobiy psixologik holat sifatida baholansa, emotsiya va hissiyotning
barqaror, maqsadga yo‘nalgan tarzda hukm surish ehtimoli e’tirof etiladi. His-tuyg‘ularning
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
77
barqarorligi, mustahkamligi, mukammalligi sifatlarining mavjudligi ularning dinamik
stereotiplar toifasiga aylanganligidan dalolat beradi, faoliyat va xulqni shaxs tomonidan ongli
rvishda boshqarish uslubi shakllanganligini bildiradi. Tabiatning tarkibiy qismlari va
jamiyatning a’zolari bilan turli shakldagi, har xil xususiyatli munosabatga kirishishi, ular bilan
muomala qilish maromlarini davriy (muvaqqat tarzda) o‘zgarishini vujudga keltiradi. Ana shu
o‘zgarish tufayli muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, omad va omadsizlik, optimizm va
pessimizm, romantika va realiya, simpatiya va antipatiya, progress va regress, jo‘shqinlik va
tushkunlik, faollik va sustlik kabi ijobiy va salbiy ruhiy hodisa kelib chiqadi[8].
Pedagoglar jamiyatda muhim rol o‘ynaydi va bolalarning ta’lim va tarbiyasiga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, ularning kasbiy faoliyati ko‘pincha yuqori stress darajasi bilan bog‘liq.
O‘quvchilarning turli xil ehtiyojlari, ota-onalar bilan muloqot, ma’muriy vazifalar va moliyaviy
qiyinchiliklar pedagoglarni doimiy stress holatida saqlashi mumkin.
Kasbiy stress - bu kasbiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan hissiy-salbiy va ekstremal
omillarning uzoq muddatli intensiv ta’siri natijasida xodimda yuzaga keladigan stress holati.
Kasbiy stress ish samaradorligining pasayishi, ichki noqulaylikning kuchayishi, pedagogik
faoliyat bilan bog‘liq ijtimoiy motivlarning yo‘qolishi, o‘z-o‘zidan va faoliyatdan norozilik,
psixosomatik kasalliklar va depressiv holatlarda namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda pedagoglar
faoliyati psixogen, intellektual, hissiy tarangliklarga boy. Chunki, kundalik hisobotlar,
murabbiylik faoliyati bilan bog‘liq masalalar, pedagogik jamoadagi rahbar-xodim
munosabatlaridagi muammolar pedagoglarning pedagogik ijod bilan shug‘ullanishiga vaqt
qoldirmaydi, bu ham ruhiy, ham jismoniy charchoq, zo‘riqishlarga olib keladi[3].
Pedagogik xodimlarning salomatligi va ularning pedagogik faoliyatining samaradorligi
ko‘plab kasbiy sohalarda bo‘lgani kabi, mehnat sharoitlari, jamoadagi muhit kasbiy funktsional
majburiyatlarga bog‘liq. Biroq, ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi o‘n yillikda
pedagogik faoliyat bilan bog‘liq stress omillari soni ortib bormoqda. Bugungi kunda
o‘qituvchilarning ishi psixogen, intellektual, hissiy tarangliklarga to‘la. Pedagogika kasbi o‘z-
o‘zini nazorat qilish va boshqarishni talab qiladigan stressogen omillarga moyil bo‘lgan
kasblardan biridir. Pedagogik faoliyatga qo‘yiladigan talablarning doimiy o‘zgarishi, yangi
ma’lumotlarning kirib kelishi va uni o‘zlashtirish uchun vaqtning etishmasligi, pedagogik
faoliyatdagi hissiy va ijtimoiy stress, kasbiy faoliyat shartlarini murakkablashtiradi va
o‘qituvchilarda stressni kuchaytiradi. Shularni hisobga olgan holda biz o‘z oldimizga
o‘qituvchilarda kasbiy stressning ko‘rinishlarini aniqlashni maqsad qilib qo‘ydik.
Pedagoglarda ko‘p o‘quvchilarga dars berish, darslarni tayyorlash, baholash ishlarini
bajarish va ma’muriy vazifalar, har bir o‘quvchi o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi, ularning
o‘quv ehtiyojlari va xulq-atvori har xil bo‘lishi, ota-onalar bilan muloqot, ularning tashvishlari
va talablarini hal qilish,
Ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, yangi dasturlar va texnologiyalar pedagoglarga
moslashishda qiyinchiliklar tug‘dirishi, past maosh, o‘quv materiallari va resurslarning
etishmasligi kasbiy stress va emotsional so‘nishni keltirib chiqaradi.
Bu kasbiy stress va emotsional so‘nish pedagoglarda yuqori qon bosimi, yurak xastaligi,
semirish, uyqusizlik, tashvish, depressiya, xavotir, ruhiy charchoq va o‘ziga bo‘lgan ishonchning
pasayishi, ish samaradorligini pasaytirishi, xatolar sonini ko‘paytirishi, ishga bo‘lgan qiziqishni
yo‘qotishi va o‘quvchilarga nisbatan befarqlikni his qilishi, ijtimoiy hayotga salbiy ta’sir
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
78
ko‘rsatishi, oila va do‘stlar bilan munosabatlarning buzilishi, ishdan chiqish ehtimoli va kasbiy
faoliyatini tark etish ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Kasbiy stress va emotsional so‘nish holatlarini oldini olish uchun nafas olish mashqlari,
meditatsiya, yurish va sport kabi stressni boshqarish texnikalari, pedagoglar o‘zlariga etarli
vaqt ajratish, sog‘lom turmush tarzini olib borish, sevimli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi,
hamkasblar, oila va do‘stlar bilan ochiq muloqot qilishi, o‘zaro tajriba almashish va qo‘llab-
quvvatlashi, o‘z malakasini oshirishi, yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘rganishi, ish joyida ijobiy
muhit yaratilishi, ish yuklamasini samarali taqsimlanishi va o‘qituvchilarga yetarli resurslarni
taqdim etilishi kabi usullarni qo‘llash muhim.
Kasbiy so‘nish bu uzoq davom etgan surunkali stress natijasida rivojlanadigan sindrom
bo‘lib, mehnat qiladigan insonni emotsional-energetik va shaxslilik resurslarining holdan
toyishiga olib keladi. G.Sele ta’rifiga ko‘ra, kasbiy yonish umumiy adaptatsion sindrom – holdan
toyish bosqichining uchinchi fazasi yoki distressdir. E.Morrou kasbiy so‘nishni “psixologik
o‘tkazmaning yonishdagi hidi” deb ataydi[9].
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, kasbiy stress va emotsional so‘nishni oldini
olish maqsadida o‘qituvchilarimiz kun davomida quyidagi tavsiyalarga amal qilishlari kerak:
- kun tartibiga rioya qilish va axborot oqimini nazorat qilish;
- kuniga bir marta dam olish mashqlaridan foydalanish;
- bir kunlik aqliy mehnatdan so‘ng, jismoniy mashqlar bilan tanadagi charchoqdan xalos
bo‘lish;
- ular oilaning dam olish va felitsitologik funktsiyalaridan foydalanishlari va kun oxirida
kulgi terapiyasini olishlari kerak.
Pedagoglarda kasbiy stress va emotsional so‘nishi jiddiy muammodir va uning salbiy
oqibatlari ko‘pdir. Yuqorida keltirilgan usullar pedagoglarga kasbiy stress va emotsional
so‘nishni oldini olish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish va kasbiy faoliyatini samarali davom
ettirishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Mirziyoev Sh.M. From today, the most respected person in the society is a teacher / Speech
at an extended video conference on educating young people in the spirit of patriotism and
raising the status of a teacher in society. Tashkent. August 24, 2019.
2.
Bagnetova E.A Obraz jizni i prfessionalnve faktori riska zdorove pedagoga.RIO Sur GPU,
2017. - 6 p.
3.
Barabanshchikova V.V. Professionalnye deformatsii v professiyax innovatsionnoy sfery /
avtor. Dis dock. Psixol n., M., 2016.- 36 p.
4.
Bodrov V. A. Psychological stress: development of learning and modern problems. M .: Izd-
vo «Institute of Psychology RAN». 1995. - 136 p.
5.
Leonova, A.B. Psychoprophylaxis of stress / A.B. Leonova, A.S. Kuznetsova. - M .: MGU,
2003. - 394 p.
6.
Lomov B.F. On the system approach to psychology // Questions of psychology.- Moscow,
1975. −№2 − S.31-45 8. Methodological and theoretical problems of psychology. M., «Nauka»,
1969. - 37
7.
Ананев, Б.Г. Человек как предмет познания / Б.Г. Ананев. – СПб.: 2001. – 288 с.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
79
8.
Бойко В.В. Синдром «эмотсионалного выгорания» в профессионалном общении /
В.В. Бойко. – СПб.: Питер, 1999. – 105 с.
9.
Есарева З.Ф. Особенности деятелности преподавателя высшей школы. / З.Ф.
Есараева. – Л.: Изд-во Ленинградский университет, 1993. – С 152.