YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
64
TA’LIMIY O‘YINLAR MTT VA OILA HAMKORLIGINI MUSTAHKAMLASH
VOSITASI SIFATIDA
Azimova Ziyoda Ergashevna
Artikova Muhayyo Botiraliyevna
Qodirov Valijon Abdurahmanovich
Хасанов Шаробидин Азамович
Муқаддас Тожибоева Абдураҳимовна
Andijon davlat pedagogika instituti o’qituvchilari
https://doi.org/10.5281/zenodo.14928520
Annotatsiya
: Maqolada maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilar va boshlang‘ich sinflarda
o‘quvchilarinng nutqiy ko‘nikmasini rivojlantirish, ravon so‘zlashga o‘rgatishda amaliyotda
sinalib, yuqori samaraga ega bo‘lgan ayrim o‘yin shakllarini havola etiladi. Bunda maktabgacha
ta’lim tashkiloti va oila hamkorligi shakllari bayon qilingan.
Kalit so‘zlar
: maktabgacha ta’lim, oila bilan hamkorlik, o‘yin texnologiyasi, didaktiki
maqsad, ko‘nikma.
Аннотация
: В статье дается ссылка на некоторые игровые формы, опробованные
на практике и имеющие высокую эффективность в развитии речевых навыков
дошкольников и младших школьников, обучении беглости речи. В нем изложены
формы дошкольной организации и семейного сотрудничества.
Ключевые слова
: дошкольное образование, сотрудничество с семьей, игровая
технология, дидактическая цель, умение.
Abstract
: The article provides a link to some game forms that have been tested in practice
and are highly effective in developing the speech skills of preschoolers and younger
schoolchildren, and teaching fluency. It outlines the forms of preschool organization and family
cooperation.
Keywords
: preschool education, cooperation with family, game technology, didactic goal,
skill.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining mazmunini belgilab bergan “Ilk qadam”
davlat o‘quv dasturida ta’kidlanganidek, o‘yin maktabgacha bo‘lgan ta’lim va tarbiya
jarayonining asosiy shakli, “o‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi”
1
. U maktab
ta’limining boshlang‘ich sinflarida ham yetakchi mavqe tutgani holda o‘rta va yuqori sinflarda
turli shakl hamda darajalarda mavzular mohiyatini singdirishning samarali vositasi o‘laroq
qo‘llanadi. Bizningcha, yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda o‘yinni oilalarda farzandlarning
o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirish sifati, ularni qay darajada eslab qolayotgani hamda
MTTlarda mashg‘ulotlarning samarasini kuzatish, tekshirish va aniqlashning bir vositasi
o‘laroq talqin qilish mumkin. Ayni paytda oilalarda bog‘chalarda berilayotgan bilimlar,
shakllantirilayotgan ko‘nikmalarga ne qadar e’tibor berilayotgani, oila muhitida ularni
mustahkamlashga qanchalik diqqat qilinayotganini bilish uchun ham qo‘l kelishini ta’kidlash
o‘rinli.
1
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi. Toshkent, 2018.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
65
O‘yin zavqlanish, qiziqarli vaqt o‘tkazish uchun ketma-ketlikda amalga oshirilgan
harakatlardir. O‘yin bolalarni qiziqtirish, ularning aqliy va jismoniy rivojlanishlarini
tezlashtirishda beqiyos vosita sanaladi. Ta’lim o‘yin bilan uyg‘unlashganda bola dunyosi va
tabiatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib boriladi. Ta’limsiz o‘yin bo‘lmaganidek, o‘yinsiz ta’lim ham
bo‘lmaydi. Muhimi, Disterveg Adolf aytganidek, o‘yin orqali bolalarga “haqiqatni topish
o‘rgatiladi”
2
.
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich sinflarda tarbiyalanuvchilar nutqiy
malakasini rivojlantirish, shuningdek, ta’lim boshqa tilda olib boriladigan maktablarning
boshlang‘ich va o‘rta sinflarida o‘zbek tilini o‘qitish, davlat tilida ravon so‘zlashga o‘rgatishda
amaliyotda sinalib, yuqori samaraga ega bo‘lgan ayrim o‘yin shakllarini havola etamiz. Bu
shakllar ayni paytda oilalarda farzandlar bilan ishlashning, MTTlarda o‘tkazilgan
mashg‘ulotlarning oila muhitida takrorlash, mustahkamlashning o‘ziga xos vositasi bo‘lib
xizmat qiladi.
Avvalo shuki, mashg‘ulotlarda tarbiyachi (oiladagi kattalar: ona, ota, buvi, buva, opa yoki
aka) o‘yinni tanlashda mashg‘ulot mavzusiga, tarbiyalanuvchilarning qiziqishi va saviyalariga
e’tibor berishi kerak. Mavzuga aloqasi bo‘lmagan, qiziqish uyg‘otmagan o‘yindan bolalar
zerikadi. Natijada mashg‘ulot nomigagina o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotlar o‘yin shaklida o‘tkazilganda tarbiyalanuvchilarning imkoniyatlari, o‘ziga
xos qobiliyatlari yuzaga chiqa boshlaydi. Hatto nutqida muayyan kamchilik yoki
yetishmovchilik bo‘lgan bolalar o‘yin davomida o‘zlaridagi mavjud bu kemtiklarni “unutadilar”
.
Til o‘rganishda, nutqiy malakalarni o‘zlashtirishda o‘quvchilarning qobiliyatlari yuzaga
chiqqani sari ularning o‘zlariga ishonchlari ortadi. Shu shaklda til va nutq malakalari ustida
ishlashning ahamiyati quyidagilarda ko‘rinadi:
a)
amaliy so‘zlashuv malakalari rivojlanadi:
b)
tushunish va tushuntira olish qobiliyatlari shakllanadi;
v)
so‘z boyligi ortadi;
g)
so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganadilar;
d)
taqlid qilish malakasi shakllanadi;
e)
yodlash malakasi ortadi.
“Narsa-buyumlar” mavzusi bo‘yicha “Nimasi bor?” o‘yini yuqorida qayd etilgan
ko‘nikmalarni shakllantirishda samarali usullardan sanaladi. Bola (o‘quvchi, tarbiyalanuvchi)
tanlanib, mashg‘ulot xonasidan tashqariga, ya’ni koridorga chiqib turadi. Qolganlar biror narsa
(yoki kishi)ni belgilab olishadi-da, uni ichkariga chaqirishadi. Bola o‘rtoqlaridan “Nimasi bor?”
deb so‘raydi. Ular nazarda tutilgan buyum (kimsa)ning belgi, xususiyatlaridan aytishadi. Besh
yoki olti martagacha so‘rash imkoniyati va ikki (uch) marta taxmin qilish haqqi beriladi.
Masalan: Belgilangan narsa olma bo‘lsin.
-
Nimasi bor? – Dumaloq shakli.
-
Nimasi bor? – Shirin hidi.
-
Nimasi bor? – Mazali ta’mi.
-
Nimasi bor? – Ichida urug‘i.
-
Nimasi bor? – Archiladigan po‘sti.
2
Disterveg Adolf. Qarang: https://ru.wikipedia.org/wiki/
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
66
Ikki (uch) urinish (taxmin)da topa olgan bola “bilag‘on” bo‘ladi.
Shu o‘rinda, bolalar lug‘at boyligini oshirish maqsadida javoblardagi ayrim so‘z yoki
birikmasining ma’nodoshini berib, izohlab ketish maqsadga muvofiq. Masalan, “shirin hidi”
o‘rniga “xushbo‘y isi” birikmasini qo‘llash ham mumkinligini aytish o‘rinli bo‘ladi. Uyda oila
a’zolari davrasida katta-yu-kichik birgalikda bola bilan bu o‘yinning o‘ynalishi unda ta’limga
nisbatan yuqori motivatsiyani uyg‘otadi. Barchaning unga e’tibori, birday olqishlashlari
maksimal darajada ichki imkoniyatlarning uyg‘onishiga turtki beradi.
“Inson a’zolari” mavzusini mustahkamlashda “Bu mening burnim” o‘yini barcha uchun
qiziqarli bo‘lishi bilan e’tiborli. O‘qituvchi (tarbiyachi) bolalardan birini yoniga chaqirib, o‘yinni
izohlaydi: Men burnimni ushlayman va “Bu – mening burnim”, desam, sen ham qulog‘ingni
ushlab, “Bu – mening qulog‘im”, deysan. Shunday qilib, men qaysi a’zomni ushlasam, sen unga
yaqin a’zoni ushlab, uning nomini aytasan, deydi. Avval o‘yin bir bor mashq qilinadi. So‘ng
boshqa bolalar qo‘shiladi. O‘yin bog‘chalarda kichik yoshdagi bolalar, boshqa tilni (yoki davlat
tilini) o‘rganayotgan bolalarga inson a’zolarini tanishtirish va yodlatish, ularning so‘z boyligini
oshirishda qo‘l keladi. Oilada yoshi bir-biriga yaqin bolalar bo‘lsa, oson va qiziqarli kichadi,
lekin bola bilan oilaning har qanday a’zosi bu o‘yinni zavqli o‘tkazishi mumkin.
Sonlar mavzusi “Bosh” nomli o‘yini orqali yengil singdiriladi va mustahkamlanadi. Tartibi
shunday: bir xonali son tanlanadi. Bolalar bir sonidan boshlab bittadan sonni aytib ketma-ket
sanaydilar. O‘sha son yoki uning qo‘shilmalariga kelgan bola sonni emas, son o‘rniga “bosh”
deydi. “Bosh”dan keyin yana sanash davom ettiriladi. Masalan, 5 soni tanlangan deylik. Sanash
boshlanadi: 1-2-3-4-bosh; 6-7- 8-9-bosh;11-12-13-14-bosh
... kabi. Yanglishgan o‘quvchi
o‘yindan chiqadi. Bu o‘yinni ikki, uch yoki yettining ko‘shilmalari tarzida o‘tkazish mumkin.
Tanlanadigan son sinf (guruh)ning yoshi, saviyasiga ko‘ra belgilanadi. Bunda bolalar sanashni
va qo‘shishni o‘rganadilar. Uyda o‘yin o‘tkazilganda oiladagilar, qarindoshlar, qo‘shnilarning
oilalari a’zolari sonidan kelib chiqib ish ko‘rilsa, yanada hayotiy kechadi. Bunda kattalardan
biroz ijodiy yondashuv talab qilinadi.
“Tushuntirish” mavzusini “Simsiz telefon” o‘yini bilan kichik guruhlarda ishlab
tushuntirish mumkin. Guruhdagi bolalar bir nechta qatorga teng miqdorda ajratiladi. Har bir
guruhning oldida bo‘lgan bolani tarbiyachi (o‘qituvchi) yoniga chaqirib, bir jumla aytadi.
Tarbiyachi (o‘qituvchi)ning ishorasi bilan birinchi bolalar keyingilarning qulog‘iga o‘sha
jumlani aytadi. Shu tartibda jumla aytish tugagach, oxirgi bolalar bu jumlalarni ovoz chiqarib
aytadilar. Eng oldin va eng to‘g‘ri aytgan bolalar guruhi g‘olib bo‘ladi. Bolalarning xotirasini,
yodlangan so‘zlarni mustahkamlash, nutqlarini rivojlantirish maqsadi ko‘zlanadi. Uyda bu
o‘yinni qo‘shni bolalar, qarindoshlar yig‘inida kichik bolalarni uyushtirib o‘tkazsa bo‘ladi.
“Aylana” mavzusida “Yuttirmayman” o‘yini tavsiya qilinadi. Guruh (sinf)ning barcha
bolalari o‘tirgan o‘rinlarida juft-juft bo‘lib olishadi (oilada ham qilsa bo‘ladi). Juftlardan biri
o‘yinni shunday boshlaydi:
-
Bog‘cha (maktab)dan uyga kelar ekanman, yo‘lda shakar topdim (shakar o‘rniga boshqa
oziq-ovqatlar ham qo‘llanilishi mumkin). Oldiga o‘tdim, o‘ng yoniga o‘tdim, orqasiga o‘tdim,
chap yoniga o‘tdim va Sanjarning og‘ziga suqdim”, - deydi. Sanjarning olidida o‘tirgan jufti
darrov javob beradi:
-
Yuttirmayman.
O‘yinni boshqarib turgan kishi so‘raydi:
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
67
-
Nima qilasan?
-
Oldiga o‘tdim, o‘ng yoniga o‘tdim, orqasiga o‘tdim, chap yoniga o‘tdim va Behzodning
og‘ziga tiqaman, - deydi.
Bu gal Behzodning jufti gapiradi. O‘yin shu tartibda davom etadi. Juftini himoya qila
olmagan o‘quvchi o‘yindan chiqadi.
Bolalar tomonlar (orqa, oldi, yon, o‘ng, chap) nomini o‘rganadilar, ularning lug‘at boyligi
ortadi, hozirjavoblik qobiliyati shakllanadi.
Bolalar dunyoqarashini kengaytirishda “Kasblar” mavzuni o‘tishda qo‘llanadigan
“O‘zingni bil” o‘yini yaxshi natija beradi. Bolalar orasidan bir o‘yinchi tanlanadi. Unga bildirmay
bir kasb, hayvon yoki o‘simlik nomi belgilanadi. O‘yinchi istagan o‘rtog‘iga savol berib,
tanlangan kasb (hayvon yoki o‘simlik)ni aniqlashga urinadi. Masalan: “Qo‘y” so‘zi berilsa,
“Jonlimi, jonsizmi?”, “Qayerlarda bo‘ladi?”, “Kim unga mas’ul?” kabi savollar beriladi. Bu o‘yin
orqali bolalar biror kasb yoki hayvon haqida tushuncha oladilar, so‘z boyliklari oshadi. Oilada
ota, ona yoki boshqa yaqinlari, yaxshi tanish bo‘lganlarning kasbi tanlanib savollar orqali
izohlanishi hamma uchun qiziqarli bo‘ladi.
“Zid ma’noli so‘zlar” mavzusida “So‘z ma’nosining zidini top” o‘yini bolalarni zukkolikka
o‘rgatadi. Bolalar soni tengligiga asoslanib, ular ikkitadan guruh bo‘lib ajratiladi. Guruhlar
o‘ziga asosiy beshta va uchtadan zahiraga so‘z topib qo‘yishadi. Birinchi guruh ikkinchi guruhga
birinchi so‘zini aytadi. (Ikkinchi guruhdan istagan birini turg‘izishi mumkin). O‘sha bola
so‘zlarning zid ma’nolisini darrov aytishi kerak. Aytsa 1 ball oladi, aytmasa, so‘ragan guruh 1
ball oladi. Ism aytib chaqirilganda hamma bir martadan javob berishi kerak. Tanlangan
so‘zlarda birxillik bo‘lsa, zahiradagi so‘zlar qo‘llanilishi lozim. Bunda so‘z ma’nolarini teranroq
anglash, ularning zid ma’noli juftini bilish talab qilinadi. O‘yin oila, qarindoshlar davrasida
kattalar tomonidan kichiklarga ularning zehnini charxlash maqsadida o‘tkaziladi. Uning ko‘p
vaqtni olmasligi ham qulaylik tug‘diradi.
Kichik yoshdagi bolalarning sinkovligini o‘stirishda, atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini
kengaytirishda “Hayvonlar” mavzusiga oid “Kuyla qushim, kuyla” o‘yinini tavsiya etamiz.
Bunda o‘yinboshi tanlanadi. O‘rtaga chiqarilib, ko‘zlari bog‘lanadi. Yoniga kelgan do‘stlaridan:
“ot kabi kishna” “mushuk kabi miyovla”, “itdek vovulla” deya taqlid qilishni so‘raydi. O‘yinchi
taqlid qilgan o‘quvchini topishga harakat qiladi. Uch marta taqlid qildirganda o‘quvchini
tanimasa, o‘quvchi o‘zgartiriladi, tanisa taqlid qilgan o‘quvchi o‘yinboshi bo‘ladi. Kichik yosh
guruhida bu o‘yin o‘tkazilganda qaysi hayvonligini so‘rash o‘rinli. Bolalar sinchkov bo‘lsalar,
ovozi berilayotgan hayvonni taniydilar. Bu alqov bilan rag‘batlantirilishi kerak.
So‘z boyligini oshirishga yo‘naltirilgan
“So‘z” mavzusida biroz g‘ayritabiiy tuyuladigan
“Otam bozorga ketdi” o‘yini amaliyotda kutilgan samarani berishi kuzatiladi. Tarbiyachi (oilada
kattalardan biri) o‘yinni boshlab beradi:
–
Otam bozorga ketdi, behi oldi behini Sanjarga berdi, – deydi.
Sanjar o‘rnidan turib:
–
Otam bozorga ketdi, igna oldi, ignani Behzodga berdi, – deydi.
Behzod o‘rnidan turib ”A” harfi bilan boshlanadigan meva, ko‘kat yoki buyum nomini
aytib, o‘yinni davom ettiradi. So‘z topa olmagan, juda kech javob bergan o‘yindan chiqadi. Bu
o‘yin so‘zning oxirgi harfigacha o‘ynalishi mumkin. Bolalar o‘yindan chiqib ketmaslik uchun o‘z
lug‘at zahiralarini davomli ko‘paytirish harakatida bo‘ladilar.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
68
“So‘z” mavzusidagi “Harflar bilan nom yoz” (hayvon-o‘simlik) o‘yini maktabga tayyorlov
yoshidagi bolalar uchun mos keladi. Tarbiyachi (o‘qituvchi yoki oiladagi kattalar) bolalarga:
-Aytadigan harflarimni ketma-ket yon tomoniga bu harflar bilan boshlangan ism, shahar,
o‘lka, hayvon o‘simlik va buyum nomlaridan bittadan so‘z ayting, - deydi.
Masalan:
A – Ali, Adana, Angliya, ayiq, anor albom...
D – Dilshod, Dushanbe, Daniya, delfin, do‘lana, divan...
Eng ko‘p so‘z topgan bola “bilimdon” nomini oladi.
Bu kabi o‘yinlar ta’limiy vosita sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi:
• o‘rgatuvchi: umumo‘quv malakalarni shakllantirish;
• ijodiy qobiliyatni rivojlantirish, shu jumladan, tushunish, yangi holatlarni shakllantirish
va tahlil qilish;
• rivojlantiruvchi: mantiqiy fikrlash, nutq, atrof-muhit sharoitida o‘rganish qobiliyatini
rivojlantirish;
• motivatsiyali: ta’lim oluvchilarni o‘quv faoliyatiga undash, mustaqil xulosa qabul
qilishlarini rag‘batlantirish;
• tarbiyalovchi: mas’uliyatlilikni, fikr almashishlikni shakllantirish.
O‘yin usullari va dars shaklidagi mashg‘ulot holatlarini amalga oshirish quyidagi asosiy
yo‘nalishlarda sodir bo‘ladi:
• didaktik maqsad ta’lim oluvchilar oldiga vazifa ko‘rinishida qo‘yiladi;
• o‘quv faoliyat o‘yin qoidalariga bo‘ysunadi;
• o‘quv material o‘yinning vositasi sifatida ishlatiladi;
• o‘quv faoliyatiga didaktik vazifani o‘yinga aylantiradigan musobaqa bo‘lagi kiritiladi;
• didaktik vazifani muvaffaqiyatli bajarish o‘yin natijalari bilan bog‘lanadi.
Eng asosiysi, ta’lim muassasi (MTT, maktab) bilan oiladagi tarbiyaning uzviyligi
ta’minlanadi, o‘zaro nazorat va aloqaning davomiyligi yo‘lga qo‘yiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
YO‘LDOSHEV, Q. O. Z. O. Q. B. O. Y., et al. "Adabiyot."
Toshkent-2019
.
2.
Qodirov, Valijon. "Reflections on the formation of reflexive abilities in preschool
education."
Science and innovation
2.B11 (2023): 150-153.
3.
Kadirov, Valijon, and Dildora Abdullajonova. "FICTION IS A FACTOR IN THE FORMATION
OF NATIONAL EDUCATION AND SPIRITUALITY IN CHILDREN."
Евразийский журнал
социальных наук, философии и культуры
2.3 (2022): 124-127.
4.
Valijon, Kodirov, Abdurakhmanovich Abdurakhmanovich, and M. M. Muhammadieva.
"Integrated Didactic System in Preschool Education and Its Importance."
European Scholar
Journal
2.4 (2021): 17-18.
5.
Kаdirоv, V. "THE IMPОRTАNCE ОF GАMES IN DEVELОPING THE АВILITY ОF
INDEPENDENT THINKING IN CHILDREN."
Science and innovation
3.B3 (2024): 56-62.
6.
Хасанов, Шаробидин Азамович. "ТЕХНОЛОГИЯ РАЗВИТИЯ АНАЛИТИЧЕСКОГО
МЫШЛЕНИЯ У УЧАЩИХСЯ В ПРОЦЕССЕ ЛИТЕРАТУРНОГО ОБУЧЕНИЯ."
INTERNATIONAL
SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILOSOPHY, SOCIOLOGY, HISTORY AND POLITICAL
SCIENCE
. 2018.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
69
7.
Ibraimov, X., Z. Azimova, and Z. Otaboeva. "Pedagogical peculiarities of studying group
solidarity in the student community."
Science and innovation
2.B12 (2023): 108-113.
8.
Азимова, Зиёда Эргашевна. "Олий ўқув муассасаси маънавий-маърифий
ишларининг педагогик назария ва амалиётда тутган ўрни."
Современное образование
(Узбекистан)
2 (2018): 26-35.
9.
Азимова, Зиёда Эргашевна, and Нилуфар Мухаматумановна Муллаахунова.
"Развитие речи учащихся 6 класса узбекских школ средствами произведений искусства
на уроках русского языка как иностранного."
Science and innovation
2.Special Issue 5
(2023): 638-641.
10.
Азимова, З. Э. "Тарбиявий ишлар тизимини интеграл диагностик асосда
такомиллаштириш (Олий таълим мисолида)."
Дисс. автореферати
(2018).
11.
Азимова, З. Э. "Ўқувчиларнинг шахслараро муносабатлари интеграл
диагностикаси. Дисс… канд. пед. наук." (2009).
12.
Artikova, M. "DEMAND FOR A COMPETENCY-BASED APPROACH TO THE ACTIVITIES OF
TEACHERS IN MODERN CONDITIONS." (2021).
13.
Artikova, Muhayo Botiralievna. "Experience In Developing Entrepreneurship Skills In
Foreign Countries."
Scientific Bulletin of Namangan State University
1.7 (2019): 250-255.
14.
Artikova, Muhayyo Botiralievna. "PECULIARITIES OF METHODICAL WORK IN
PREPARING PRESCHOOL CHILDREN FOR SCHOOL."
Science and Education
2.1 (2021): 297-
300.
15.
Artikova, M. B. "THE FACTORS OF BRINGING CHILDREN UP IN THE MOOD OF MATERIAL
AND SPIRITUAL INTEGRATED LIFE IN THE FAMILY (AS AN EXAMPLE OF PRIMARY SCHOOL
AGE)."
THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная
наука
6 (2018): 269-272.
16.
Tojiboeva, Muqaddas, Nargiza Sattarova, and Nazokat Qanoatova. "Tradition In Abdulla
Avloni's Poetry."
JournalNX
7.11 (2021): 166-171.
17.
Таджибаева, Мукаддас Абдурахимовна. "Традиционные образы в узбекской
джадидской поэзии."
Проблемы востоковедения
2 (56) (2012): 53-58.
18.
Tojiboyeva, Ffd MUQADDAS, and Vositov Shavkatbek. "FOLLOW-UP, STABILITY, AND
ARTISTIC DISCOVERY IN JADID LITERATURE."
PalArch's Journal of Archaeology of
Egypt/Egyptology
17.6 (2020): 14576-14581.
19.
Abdurahimovna, Tojiboyeva Muqaddas, and Bektasheva Gulbahor Rayimjonovna. "Begali
Qosimovning Jadid Matbuoti Masalasiga Yondashuv Mezonlari."
Miasto Przyszłości
42 (2023):
58-63.
20.
Muqaddas, Tojiboyeva. "“BOBURNOMA” DA KELTIRILGAN JOY NOMLARI IBRAT
TALQINIDA."
INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCES WITH HIGHER EDUCATIONAL
INSTITUTIONS
. Vol. 1. No. 11.02. 2023.
21.
Muqaddas, Tojiboyeva. "LITERARY AND AESTHETIC VIEWS OF MAHMUDHOJA
BEHBUDI."
Conferencea
(2022): 28-31.
22.
Tojiboyev, Munavvarjon No’monjonovich. "ETHNOPONOMICS OF FERGANA VALLEY AND
ITS SCIENTIFIC BASIS."
Archive of Conferences
. Vol. 24. No. 1. 2021.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
70
23.
Tojiboyeva, Muqaddas. "RELATIONS OF THE REPRESENTATIVES OF THE 20TH
CENTURY LITERARY WORKERS TO THE SOURCES OF CLASSICAL LITERATURE."
Theoretical &
Applied Science
1 (2017): 39-42.
