YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
60
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA SHAMOL
ENERGETIKASINING ISTIQBOLLARI
Yeshmuratov N.Q.
Boranbaeva Z. M.
Nukus davlat texnika universiteti, Nukus, Uzbekistan
https://doi.org/10.5281/zenodo.14928204
Bugungi kunda respublikamiz elektr energetika tizimida elektr energiyasi asosan issiqlik
elektr stansiyalarida (qariyb 85 %) va gidroelektr stansiyalarda ishlab chiqarilmoqda (qariyb
15 %). Yurtimizda elektr energiyasiga boʻlgan talab yildan yilga ortib bormoqda buning asosiy
sabablari elektr energiya istemolchilarining hajmining ortishi, sanoat va ishlab chiqarish
korxonalarning koʻpayishi, elektr mashinalari va zaryadlovchi shaxobchalar, elektr
energiyasining sinusoidal boʻlmagan istemolchilari, shu kabi zamonaviy qurulmalarning ortishi
va rivojlanishi hisoblanadi [1].
Istemolchilarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan taminlashda elektr energiya
manbalarini koʻpaytirish yoki bor boʻlgan elektr stansiyalarni modernizatsiya qilish, elektr
stansiyalarining ishlash jarayonlarini optimallashtirish kabi ishlar olib borilmoqda. Shu
jumladan zamonaviy bugʻ-gaz turbinalarini qoʻllash, elektr energiyasini sotish va nazoratini
avtomatlashtirish, istemolchilar orasida elektr energiyadan togʻri foydalanish tushunchalarini
olib borish kabi amaliy va tashkiliy ishlar olib borilmoqda. Quyida Respublikamizda oxirgi
yillarda elektr energiyasini istemol qilish koʻrsatkishining ortib borish grafigi koʻrsatilgan (1-
rasm) [2].
1-rasm. 2016-2023-yillarda Respublikamizda elektr energiya ishlab chiqarish
koʻrsatkishlari.
Bugungi kunda dunyo da yoqilgʻi energetik resurslar zaxiralarining tugab borishi
natijasida gaz, koʻmir va shu kabi yoqilgʻi resurslari bahosi qimmatlab bormoqda bu esa oʻz
navvatida elektr energiya bahosing ortishiga sabab boʻladi. Respublikamizdagi elektr
energiyasiga boʻlgan talabning ortib borishi va yoqilgʻi energetik resurslarning kamayishi
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
61
fonida shamol, quyosh kabi alternativ energiya manbalaridan foydalanish orqali elektr
energiyasini ishlab chiqarish asosiy masalardan biriga aylanmoqta.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.02.2023 yildagi PQ-57-son qaroriga muvofiq
2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy
etishni jadallashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan bo‘lib, Energiya samaradorligi va qayta
tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishning turli yechimlarini qo‘llab-quvvatlash
uchun energiya xavfsizligini ta’minlash va boshqaruvini kuchaytirish dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi [3].
O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha davlat
dasturlari mavjud. Xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va
boshqalar) O‘zbekistonda shamol energetikasiga sarmoya kiritishni qo‘llab-quvvatlamoqda va
2030-yilgacha 5 GW quvvatga ega shamol elektr stansiyalarini qurish rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston hukumati 2030-yilgacha mamlakatda qayta tiklanadigan energiya manbalarining
ulushini oshirishni maqsad qilib qoʻygan va elektr energiyasining 25 foizini qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridan olishni rejalashtirgan [4].
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekistonning shamol energetikasini rivojlantirish
uchun eng istiqbolli hududlaridan biri hisoblanadi. Hududning tabiiy-geografik xususiyatlari va
energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyoj shamol elektr stansiyalarini qurish uchun qulay sharoit
yaratadi. Qoraqalpog‘istonning katta qismi cho‘l va dasht hududlaridan iborat bo‘lib, bu shamol
tezligining barqaror bo‘lishiga yordam beradi. Mintaqada o‘rtacha shamol tezligi 5-7 m/s
atrofida, ba’zi joylarda esa 8-10 m/s gacha yetadi. Bu shamol turbinalarining samarali ishlashi
uchun yetarli darajada yuqori ko‘rsatkichdir. Katta bo‘sh yer maydonlari mavjud bo‘lib, shamol
elektr stansiyalarini qurish uchun to‘sqinlik qiluvchi tabiiy yoki urbanistik omillar kam.
Qoraqalpog‘istonda aholi soni va sanoat korxonalari soni ortib bormoqda, bu esa
barqaror elektr ta’minotiga ehtiyojni oshiradi. Shamol elektr stansiyalari bu borada muhim rol
o‘ynashi mumkin bunnan tashqari elektr energiyasini eksport qilish imkoniyati mavjud, chunki
O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan energetik hamkorlik aloqalarini rivojlantirmoqda. Elektr
energiyasining importga bog‘liqligini kamaytirish, mahalliy elektr energiyasini ishlab chiqarish
xarajatlarini pasaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shish
va xususiy va xalqaro investorlarni jalb qilish imkoniyatini ortiradi [5].
Respublika hududida shamol elektr stansiyasini qurish, Atmosferaga zararli gazlar
chiqindisini kamaytirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda muhim rol o‘ynashi ba suv
resurslaridan kam foydalanish (gidroelektrostansiyalar va issiqlik elektr stansiyalaridan farqli
o‘laroq) imkoniyatlarini ortiradi [6].
Qoraqalpog‘iston Respublikasida shamol energetikasini rivojlantirish istiqbolli
loyihalardan biri bo‘lib, bu hududni ekologik toza energiya bilan ta’minlash va iqtisodiy
taraqqiyotga hissa qo‘shish imkonini beradi. Davlat va xususiy sektor hamkorligida amalga
oshiriladigan investitsiyalar ushbu yo‘nalishda tezkor rivojlanishni ta’minlashi mumkin.
Shuningdek, xalqaro tajribalarni o‘rganish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish shamol
energetikasini yanada samarali rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi shamol elektr stansiyalarini qurish uchun katta salohiyatga ega
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
62
bo‘lib, bu nafaqat hududiy, balki umummilliy energetika tizimining barqaror rivojlanishiga
xizmat qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida Saudiya Arabistonining “ACWA Power”
kompaniyasi 3 ta Shamol elektr stansiyasini qurishni rejalashtirgan boʻlib, ularning har biri
500 MVt boʻladi, shuningdek har birining quvvati 100 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash
tizimi quriladi, quvvati 500 kVt boʻlgan podstansiya va elektr uzatish linyasini qurish
rejalashtirilgan . Hozirgi kunda Qoraoʻzak tumani da quvvati 100 MVt boʻlgan ShES qurulmoqta
va 2025-yil da ishga tushirish rejalashtirilgan, bu orqali 140 ming dan ortiq xoʻjaliklar elektr
energiyasi bilan ta’minlanadi.
2-rasm. Qoraqalpogʻiston hududida qurilayotgan ShES.
Qoraqalpog‘iston sharoitida shamol elektr stansiyalarining istiqbollari yuqori. Ushbu
loyihalar: Mintaqaning energetik mustaqilligini oshirishga yordam beradi. Ekologik toza
energiya ishlab chiqarish imkonini beradi. Sanoat va qishloq xo‘jaligini elektr energiyasi bilan
barqaror ta’minlashga xizmat qiladi. Xalqaro investitsiyalarni jalb qilishga va yangi ish
o‘rinlarini yaratishga hissa qo‘shadi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Gayibov T.Sh., Shamsutdinov H.F., Pulatov B.M. “Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish
va taqsimlash” O‘quv qo‘llanma, Toshkent-2013.
2.
O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining rasmiy minenergy.uz sayti
ma’lumotlari.
3.
LEX.UZ - O'zbekiston qonunchiligi internet sayti.
4.
Yeshmuratov N., Ktaybekov M. Relay protection and automation of compensation devices
//Educational Research in Universal Sciences. – 2024. – Т. 3. – №. 4 SPECIAL. – С. 109-112.
5.
Eshmuratov, N., & Amanbayev, N. (2024, May). KОNCHILIK ELEKTR QURILMALARINING
MIKRОPRОTSESSОRLI (RAQAMLI) HIMОYALARI VA AVTOMATIKASI: https://doi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
63
org/10.5281/zenodo. 11256432. In International scientific and practical conference (Vol. 1, No.
2, pp. 196-199).
6.
Abubakirov, A., Eshmuratov, N., Esemuratova, G., & Nazarov, M. (2024). Electromagnetic
converter of reactive power and monitoring of high-voltage induction motors. In E3S Web of
Conferences (Vol. 525, p. 03016). EDP Sciences.