Авторы

  • Zuxriddin G‘ulomov
    Farg‘ona davlat universiteti tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.69332

Ключевые слова:

axborotlashgan jamiyat yolg‘on axaborot dezinformatsiya axborot siyosati “feyk xabarlar” globallashuv.

Аннотация

Axborotlashgan jamiyatda yolg‘on axaborotlarning mazmun-mohiyati va konseptual asoslari va dezinformatsiya sharoitida axborot siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili amalga oshirilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

42

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA YOLG‘ON AXABOROTLARNING MAZMUN-

MOHIYATI

G‘ulomov Zuxriddin Baxromjon o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14921315

Annotatsiya:

Axborotlashgan jamiyatda yolg‘on axaborotlarning mazmun-mohiyati va

konseptual asoslari va dezinformatsiya sharoitida axborot siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va
ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili amalga oshirilgan.

Kalit so`zlar:

axborotlashgan jamiyat, yolg‘on axaborot, dezinformatsiya, axborot

siyosati, “feyk xabarlar”, globallashuv.

Bugun dunyoning barcha mintaqalarida globallashuv jarayoni ijtimoiymadaniy

hodisalarga o‘zining turlicha ta’sirini o‘tkazmoqda. Bunday ta’sirning bir xil emasligi dunyo
mamlakatlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va geosiyosiy
omillar bilan chambarchas bog‘liq. Olamda yuz berayotgan bu kabi shiddatli jarayonlarning har
bir mamlakatga salbiy ta’sirini kamaytirish, va aksincha, ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu
hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish global
axborotlashuv sharoitida bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Zero global
axborotlashuv yoshlarning ijtimoiymadaniy hayotini zabt etishga urinayotgani hozirgi vaqtda
yaqqol namoyon bo‘lmoqda. SHu o‘rinda Mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoevning bu
boradagi fikrlariga e’tibor qaratsak: “...yoshlar hayoti, o‘ykechinmalari, orzuniyatlari, eng
muhimi, ularni qiynayotgan masalalar, afsuski, radio va televidenie, gazeta va jurnallarda o‘z
ifodasini to‘liq topmayapti. Go‘yoki hamma narsa joyida, olam guliston. Agar hammasi joyida
bo‘lsa, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan yoshlar, jinoyatchilik, ishsizlik qaerdan paydo bo‘lyapti? Nega
yoshlarga oid davlat siyosatiga loqayd munosabatda bo‘layotgan amaldorlar haqida ommaviy
axborot vositalari, avvalo, yoshlar matbuoti churq etmaydi?”[1]. Mazkur fikrlardan kelib chiqib
global axborotlashuvning hozirgi ko‘lamini his etmaslik va uning salbiy ta’sirlaridan yoshlarni
muhofaza qilmaslikning oqibatlari kelajagimiz egalarini barkamol inson bo‘lib shakllanishlari
borasida bugun qayg‘urish zarurligini taqozo etmoqda.

Yolg‘on, uydirma, soxta ma’lumotlardan iborat axborotlar “feyk xabarlar” deyiladi. Feyk –

inglizcha “fake” so‘zning anologi bo‘lib, zamonaviy tilshunos likda ko‘pincha ikki xil: “trick” –
quv, ayyor, aldov, yasama, soxta degan ma’nolarda qo‘llanadi, shu bilan birga ba’zan “swindle”
– hazil, sho‘xlik, xushchaqchaqlik degan ma’nolarni ham ifoda etadi. Turli manbalarga murojaat
qilganda “feyk” so‘zining yigirmadan ortiq istilohi borligiga guvoh bo‘ldik. Soxta, yolg‘on,
qalbaki, haqiqiy emas, bo‘xton, aldoqchi, uydirma, noxolis, sun’iy, uyushtirilgan, ayyor,
chalkash, qutqu, nayrang, ig‘vo, xiyla, chalg‘itish kabi so‘zlar ana shular jumlasidandir. Keng
ma’noda fake news – bor narsani ko‘rsatishga qaratilgan har qanday qalbaki, soxta yangiliklar,
g‘iybat, uydirma, tashviqot va maxfiy-yashirin qoidalar aralashmasidan iborat. Bu hodisa
oshkor etish osonroq bo‘lgan azaldan mavjud yolg‘on axborotdan ko‘ra xavfliroqdir.

“Feyk xabarlar” yolg‘on xabarlar tarqatishdan kelib chiqadi, biroq bu hodisaning yangiligi

zarar keltirishga astoydil urinishdan iboratdir. Axborot imkoniyatlari uni cheksizlikka daxl
etadi. Asossiz, uydirma xabarlarni tarqatishdan maqsad kimnidir yoki nimanidir yomonlab


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

43

ko‘rsatish, noto‘g‘ri, soxta axborot tarqatish orqali axborot iste’molchilari orasida, auditoriyada
muayyan tashkilot, idora, davlat arbobi, siyosiy shaxs, taniqli odamlarga nisbatan ishonchsizlik
paydo qilishdir. So‘zlashuv tilimizga kirib kelganiga hali unchalik ko‘p bo‘lmagan bunday
yangiliklar, umuman axborot makonini “feyk”lashtirish tushunchasi firibgarlik, qalbakilik,
aldash singari turli harakatlarni o‘z ichiga oladi. Xalq orasida norozilik kayfiyatini uyg‘otish
maqsadida, fitna chiqarish ilinjida turli uydirmalarni ommaviy axborot vositalari orqali
tarqatadilar.

XXI asrga kelib internetning mislsiz rivojlanishi tufayli “butun olam bir qadam”ga aylandi.

Endilikda dunyoning bir burchagidan sodir bo‘lgan yangilik boshqa burchagiga bir necha
soniyalarda etib boryapti. Har kuni jahonda sanoqsiz voqeahodisalar sodir bo‘ladi. Inson o‘zini
o‘rab turgan borliqdagi turli signallar ta’sirini, hatto OAV orqali uzatilayotgan axborotlarning
aksariyat qismini ham tabiiy qabul qiladi. OAV, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar orqali
uzatilayotgan har qanday axborotni ko‘pchilik to‘g‘ri, deb hisoblaydi. Hatto ba’zan o‘zini
aldayotganini bilib turib ham bunga qarshilik ko‘rsatmaydi. Eng katta muammo ham ana
shunda. To‘g‘ri, deb qabul qilgan axborotlarning noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Bittagina soxta, yolg‘on
yoki uydirma axborot bir inson hayotini butkul izdan chiqarib yuborishi mumkin. SHuning
uchun hozirgi sharoitda soxta, yolg‘on, uydirma axborotlar, ya’ni “feyk xabarlar” masalasi
ijtimoiy hayotning eng ko‘p muhokama qilinadigan dolzarb mavzularidan biriga aylandi.

“Feyk xabarlar” er yuzi aholisi, qaysi qita, qaysi mamlakatda yashashidan qat’i nazar

deyarli har bir inson to‘qnash kelish ehtimoli yuqoribo‘lgan faol media platformadir. Xo‘sh, u
qanday platforma? Uni kim joriy etgan, kim tayyorlaydi, kim boshqaradi? Hozirgi axborot
almashinuvi jarayonlarida “feyk xabarlar”ning o‘rni qanday? U qanday mezonlarga bo‘ysunadi?
“Feyk xabarlar” jamiyat fuqarolariga, omma ongiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? “Feyk xabarlar”ni
haqqoniy va to‘g‘ri axborotdan ajratish mumkinmi? Jamiyatni, odamlarni yolg‘on, soxta,
uydirma xabarlardan xalos etish uchun nima qilish kerak? Nima sababdan “feyk xabarlar”
zamonaviy media makonning ajralmas qismiga aylanib qoldi?

Bunday savollarning tug‘ilishi o‘z navbatida, “feyk xabarlar” shunchaki axborotning bir

turi emas, balki XXI da eng ko‘p muhokama qilinayotgan axborotning yangi fenomeni sifatida
nazariy va amaliy mohiyatini aniqlash, tadqiq qilishni taqozo etadi. Bu esa tabiiyki,
mutaxassislarni ham befarq qoldirmaydi. So‘nggi paytlarda zamonaviy ijtimoiy fanlar tizimida,
olimlar va jurnalistlar, axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar “feyk xabarlar” muammosi
bilan jiddiy shug‘illanmoqdalar.

Aslida “feyk xabarlar” ham mavjudligi va mohiyatiga ko‘ra “yangilik” hisoblanadi. Ammo

u insonning onggi va ko‘ngilni mavh etish uchun shovshuv ko‘tarish belgilarini o‘zida namoyon
etgani bois qisman yoki umuman tekshirilmagan axborotdir. Bunday “yangiliklar”ni
tarqatishda har doim omma erkinligini hisobga olingan va ma’lum ma’noda muvafaqqiyat
qozonish mumkinligi maqsad qilingan. Vaholanki, “feyk xabarlar”ning yutug‘i ommaviy
auditoriyada aksariyat hollarda haqiqiy yangiliklarga nisbatan yuqori turishidadir”[2].

Nega auditoriyaning bunday turdagi axborot, yangilikka qiziqishi kuchli? Gap shundaki,

oddiy o‘quvchi, tomoshabin, tinglovchi yoki internetdan foydalanuvchi bir daniga to‘g‘ri
axborot bilan “feyk yangi liklar”ning farqini ajrata olmaydi. Ayniqsa, u o‘zining jozibali,
qiziqtiruvchi tabiatiga ko‘ra, rasmiy, siyqasi chiqqan, quruq, faqat faktlardan iborat oddiy
xabarlarga qaraganda kreativligi, shovshuvliligi, e’tiborni tortishi bilan ommani o‘ziga jalb


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

44

etadi. Qizig‘i, so‘nggi paytlarda jamiyatda, axborot iste’molchilari orasida shunday xabarlar
tufayli ommaviy auditoriyada tekshirilgan va rasmiy xabarlarga nisbatan, haqiqatni to‘liq
yoritmaydi, nimanidir yashirishadi, degan qarash ustivorlik qilmoqda. Bunga odamlar o‘zlari
guvohi bo‘lgan, bilgan, aniq manbalardan eshitgan voqelik haqida OAV bir tomonlama yoritishi
yoki faktlarni yo‘q qilinishi yoki indamay turishi ham sababdir. Hatto yaqingacha OAVda
ishlaydigan mahoratli jurnalistlarning o‘zlari ham xabarlarning soxta, uyushtirilgan, qalbaki
bo‘lishi mumkinligiga ishonmasdilar. Endi esa ommaviy auditoriya “feyk xabarlar”ni kutadi
(avvallari bu vazifani mishmishlar, ovozalar bajargan) va bunday yan giliklarni etkazuvchilar
niyati yaxshi bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslardir[3].

Internetning, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarning paydo bo‘lishi tufayli u auditoriyaning

o‘sishiga xizmat qiluvchi axborot turlaridan biriga aylandi. “Feyk nyus” yozadigan mualliflar
sodir bo‘lgan voqealarni tahlil qilmaydi, balki bunday voqealarni o‘ylab topadi yoki real
hayotda sodir bo‘lgan, ammo zerikarli voqealar ifodasida kutilmagan nostandart usullarni
qo‘llaydilar. Ommani ushlab turish, dahshatga solish, ishontirish, faktlarni bir yoqlama yoritish,
“buzib” ko‘rsatish, fikrni bir axborotdan boshqasiga chalg‘itish, keraksiz ma’lumotlarni berish,
axborot uzatishning ana shunday usullardan hisoblanadi. Odatda aniq yangiliklardan farqli
o‘laroq “feyk xabarlar” to‘g‘ri “nishon”ga uradi. Buning siri shundaki, oddiy o‘quvchilarning 90
foizi odatiy (iqtisod, madaniyat) yangiliklarni o‘tkazib yuboradi va aksincha ko‘zga
tashlanadigan, e’tiborni tortadiganva nostandart mazmunga ega yangiliklarga qiziqish bilan
qaraydi.

So‘nggi paytlarda yolg‘on, uydirma xabarlar nafaqat ko‘ngilochar nashrlar, internet yoki

ijtimoiy tarmoqlarda, balki jiddiy, rasmiy nashrlar, hatto obro‘li OAVda ham uchramoqda.
Buning sababi nimada? CHunki oxirgi yigirma yilda taniqli yoki obro‘li OAVning yangiliklar
bo‘limi faoliyati, axborot tayyorlash usullari ham o‘zgardi. Internetgacha bo‘lgan davrda
yangilik olish uchun tahririyat jurnalistlarni voqea sodir bo‘lgan joyga yuborgan yoki
(qandaydir sabablarga ko‘ra birinchi bo‘lishning imkoni topilmasa) axborotni ishonchli
manbalardan olishgan. Ayrim hollardagina nashrning imkoniyati cheklangan bo‘lsa, axborot
agentliklari xizmatlaridan foydalanilgan. Internetning paydo bo‘lishi bilan tahririyatlarda
saytlar va ijtimoiy tarmoqlarning montiroringini olib boradigan, katta auditoriyani jalb
qiladigan qiziqarli va noodatiy axborotni topish bilan shug‘illanuvchi maxsus bo‘limlar faoliyati
shakllanyapti. Tajribaning kamligi, tahririyat dan ajratilgan vaqtning tayyorlanadigan
yangiliklar uchun etishmasligi, erinchoqlik, e’tiborsizlik, charchoq – kabi sabablar tufayli obro‘li
OAV ham o‘z filtridan “feyk xabarlar”ni o‘tkazib yuboryapti.

Bunday yangiliklar stilistik jihatdan odatiy yangiliklarga o‘xshab ketadi. Biroq to‘liq yoki

qisman tekshilmagani bilan haqiqiy yangiliklardan farq qiladi. Oxirgi o‘n yillikda “feyk xabarlar”
turli xil interent resurslarini, qisman ijtimoiy tarmoqlarni keng qamrab oldi. Natijada interent
foydalanuvchilar yolg‘on, uydirmadan iborat minglab xabar va postlarni to‘g‘ri axborot sifatida
qabul qilib, tagiga “yoqadi” belgisini qo‘ya boshladilar[4].

Yolg‘on axborotlar turli formatlarda: matnlarni foto, videoyozuvlarni qal

bakilashtirishdan tortib, taniqli kishining buyurtmasi va topshirig‘i asosida sun’iy axborot
materialini yaratishgacha bo‘lishi mumkin.

Yolg‘on axborot tushunchasining paydo bo‘lishi tarixi haqida gap ketganda, uning ildizlari

antik davrlarga borib taqalishi haqida ma’lumotlar bor. Masalan, miloddan avvalgi birinchi


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

45

asrda Oktavian raqibi Mark Antonga qarshi noto‘g‘ri ma’lumot tarqatish kompaniyasini olib
boradi. U Markni ichkilikbozlikka rujo‘ qo‘yganligini va Misr malikasi Kleopatriya VIIning
qo‘g‘irchog‘iga aylangani haqida mishmish tarqatadi[5]. So‘ng Oktavian “Mark Antonning
irodasi” deb nomlangan hujjatni e’lon qiladi. Bu hujjatda Mark o‘limidan so‘ng fir’avnlar
maqbarasiga dafn etilishini vasiyat qilgani aytiladi. O‘sha paytda bu xabar Rim aho lisining
g‘azabiga sabab bo‘ladi. Ammo keyinchalik xabarning qalbakligi, uyushtirilganligi ma’lum
bo‘ladi.

Xulosa qilganda, bugun yolg‘on axborot deb atalayotgan va axborot olamida o‘rganilishi,

tahlil qilinishi va bunday xabarlarning oldi olinmasa, juda katta salbiy oqibatlar keltirib
chiqirishi mumkinligi haqida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan soxta, qalbaki, yolg‘on
axborotlar hali axborot makonida paydo bo‘lmasdan avval ham, mish-mishlar ko‘rinishida
o‘zaro so‘zlashuv orqali odamlar orasida keng tarqalgan. Og‘zaki kommunikatsiyaning
rivojlanishida bunday axborotdan turli qarama-qarshiliklar, manfaatlar yo‘lida foydalanilgan.
Soxta, uydirma axborotning o‘zaro so‘zlashuvdagi og‘zaki ko‘rinishi hozir ham saqlanib qolgan
va uning ta’sir kuchi zamonaviylaridan kam emas.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Мирзиёев Ш.М.. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги

бочқичга кўтарамиз. –Тошкент.:Ўзбекистон 2017. Б. 526.
2.

Ильченко С.Н. 2016. Фейковая журналистика как элемент современной шоу-

цивилизации. – Известия Уральского федерального университета. Сер. 1.Проблемы
образования, науки и культуры. Т. 153. № 22-3. -С. 14-18.
3.

Иссерс О.С. Медиафейки: между правдой и мистификацией. – Коммуникативные

исследования.- М. 2014. № 2. С. 112-123.
4.

Макурин А.И., Возмищева М.А. 2016. Некоторые итоги деятельности Б. Обамы. –

Гуманитарные

научные

исследования.

11.

Доступ:

http://human.snauka.ru/2016/11/17653 (проверено 30.03.2019).
5.

Kaminska, Izabella (January 17, 2017). “A lesson in fake news from the info-wars

of ancient Rome”. Financial Times. Financial Times. Retrieved July 4, 2017.

Библиографические ссылки

Мирзиёев Ш.М.. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги бочқичга кўтарамиз. –Тошкент.:Ўзбекистон 2017. Б. 526.

Ильченко С.Н. 2016. Фейковая журналистика как элемент современной шоу-цивилизации. – Известия Уральского федерального университета. Сер. 1.Проблемы образования, науки и культуры. Т. 153. № 22-3. -С. 14-18.

Иссерс О.С. Медиафейки: между правдой и мистификацией. – Коммуникативные исследования.- М. 2014. № 2. С. 112-123.

Макурин А.И., Возмищева М.А. 2016. Некоторые итоги деятельности Б. Обамы. – Гуманитарные научные исследования. № 11. Доступ: http://human.snauka.ru/2016/11/17653 (проверено 30.03.2019).

Kaminska, Izabella (January 17, 2017). “A lesson in fake news from the info-wars of ancient Rome”. Financial Times. Financial Times. Retrieved July 4, 2017.