Авторы

  • N.A. Tursunova
    “University of Business and Science” Toshkent filiali “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchilari
  • Z.O. Valiyeva
    “University of Business and Science” Toshkent filiali “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchilari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.69335

Ключевые слова:

inson va tabiat ekologik xavf Orol fojeasi ozon qatlami emirilishi atmosfera havosining ifloslanishi.

Аннотация

Mazkur maqolada inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlar, ekologik madaniyat, ekologik xavflar va ularning inson organizmiga boʻlayotgan ta'siri, Orol fojeasi, atmosferadagi ozon qatlamining emirilishi, atmosfera havosining inson tomonidan ifloslanib borayotgani va uni oldini olish oʻz aksini topgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

26

INSON VA TABIAT

N.A. Tursunova

Z.O. Valiyeva

“University of Business and Science” Toshkent filiali

“Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchilari

https://doi.org/10.5281/zenodo.14915642

Annotatsiya.

Mazkur maqolada inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlar, ekologik

madaniyat, ekologik xavflar va ularning inson organizmiga boʻlayotgan ta'siri, Orol fojeasi,
atmosferadagi ozon qatlamining emirilishi, atmosfera havosining inson tomonidan ifloslanib
borayotgani va uni oldini olish oʻz aksini topgan.

Kalit soʻzlar:

inson va tabiat, ekologik xavf, Orol fojeasi, ozon qatlami emirilishi,

atmosfera havosining ifloslanishi.


Inson dunyoga kelibdiki, tabiat bilan chambarchas bog’liq holda voyaga yetadi,

rivojlanadi, kamol topadi. Tabiat va inson bir-biriga uzviy bog’liq va ular bir-birini to’ldirib
turadi. Bejiz tabiatni onaga qiyoslamaymiz. Chunki tabiat ham insonni ona kabi parvarishlaydi,
oziqlantiradi, kiyintiradi, issiq va sovuqdan asraydi. Insonning shakllanishida tabiatning roli
qanchalik muhim bo’lsa, tabiat uchun ham insonning ta’siri shunchalik muhimdir.

Bugungi kunda tabiat va inson hayotining ekologik xavf ostida qolish jarayoni yanada

kuchayib borayotgani sir emas. Tabiatning barqarorligiga, turg‘unligiga putur
yetayotganligining asosiy sabablaridan biri, kishilarda ekologik madaniyatning, atrof-muhit
muhofazasi haqidagi bilimlarning yetishmasligidir. Shu bois, ekologik muammolar yildan-yilga
oshib bormoqda. Atmosferadagi ozon qatlamining yemirilishi, daryolar suvining ifloslanishi,
o‘rmon va chakalakzorlarning yo‘q qilinishi, o‘simlik va hayvonot olamining qirilishi hali ham
davom etayapti. Ona-tabiatga bunday munosabat o‘sib kelayotgan avlodga ekologik ta’lim-
tarbiya berish o‘ta muhimligidan dalolat. Ekologik muammolarning oldini olish uchun inson
o’zida ekologik tarbiya va madaniyatni shakllantirishi zarur. Ekologik tarbiya oiladan
boshlanadi. Oddiygina uy, hovlini ozoda tutishga odatlanish yashash uchun qulay muhitni
yaratishning boshlanishi bo‘lib xizmat qiladi. So‘ngra ekologik ta’limning bog‘chada, maktabda,
oliy o‘quv yurtlarida olib borilishi maqsadga muvofiqdir.Aslida, ekologik madaniyat tabiatni
barcha go'zalliklari bilan his qilishdan, sevishdan boshlanadi. Insonning tabiat kuchlari-sovuq
va issiq, qurq'oqchilik, yong'inlar, turli ofatlar ustidan g'alabasi unga bo'lgan munosabatini
o'zgartiradi. Bu ko'r-ko'ronalikdan asta-sekin ongli munosabatga aylana boradi. Tabiatga
bo'lgan mehr tuyg'usi boyib, unga munosabat shaxs madaniyatining ajralmas bir bo'lagini
tashkil etadi. Har bir inson tabiatdan bahra oladi. Ammo bu hali tabiatga muhabbat degani
emas. Tabiatga muhabbat uni tushunishdan, uning go'zalliklarini anglashdan, tabiat bilan
munosabatga kirishishdan boshlanadi. O'z navbatida, tabiat insonda kuzatuvchanlik, sezgirlik,
nazokatlilik kabi tuyg'ularni tarbiyalaydi. Bu-insonda ikki ko'rinishda: tabiatga va o'ziga
bo'lgan munosabatlarda namoyon bo'ladi.

Tabiat insonda vatan tuyg'usini uyg'otadi, uni mehnat va jasoratga undaydi, juda ko'p

tuyg'ularni kamol toptiradi hamda ko'p narsalarni talab etadi. Madaniyatli kishi tabiat va
jamiyat o'rtasidagi muvozanatni saqlaydi, bu borada boshqalarni ham to'g'ri faoliyat
ko'rsatishga da'vat etadi, hech bo'lmaganda ko'chalarga axlat tashlanmasligiga, suv va havo


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

27

ifloslanmasligiga, tabiat in’om etgan etgan ne’matlardan oqilona foydalanishga, unga ziyon
yetkazmaslikka harakat qiladi.

Ekologik madaniyat tarkibiga tabiatni muhofaza qilish madaniyati, tabiat boyliklaridan

foydalanish madaniyati, ekologik tizimni qaytadan o'zgartirish madaniyati ham kiradi. Bular
bir kishining yoki hududning vazifasi bo'la olmaydi. Umum insoniyat bunday vazifalarni
yechishga birgalikda kirishsagina ekologik muammolar hal bo'ladi. Masalan, birgina Orol
muammosi bunga yaqqol dalil bo'la oladi. Orol dengizining suvi kamayib ketishi haqida
dastlabki xavotirlar bildirilganidan beri yarim asrdan ortiq vaqt o'tdi. O'zbekiston mustaqilligi
e'lon qilinishidan oldingi yillarda dengizning sathi keskin kamayib ketayotganligi baralla
gapirilib, bu masalaga butun dunyo mamlakatlari va suvchi mutaxassislarning e'tibori tortildi.
Birgina Orol dengizining qurishi shu hudud aholisi uchun qanchadan-qancha zarar
keltirmoqda, ularning sog’lig’iga ziyon yetkazmoqda. Orolning qurib ketishi faqatgina uning
atrofida joylashgan O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston emas, butun dunyo iqlimiga salbiy
ta'sir etadi. Shuning uchun Orolni saqlab qolish dunyo ahamiyatidagi muammoga aylandi. Orol
dengizining qurishi oqibatida mahsuldorligi yiliga 45 ming tonnagacha ovlangan baliqchilik
sanoati, tub aholining doimiy hayot manbai boʻlgan ovchilik va moʻynachilik sohalari inqirozga
uchradi.

Yana bir qancha ekologik muammolar, jumladan, Ozon qatlamining yemirilishi, global isib

ketish, atmosferaning ifloslanishi kabilar borki bularga hali hanuz yechim topilmagan. Butun
dunyo ana shu muammolar bilan kurashmoqda, ularga yechim topishga harakat qilmoqda.
Atmosferaning ifloslanishi ayniqsa aholi zich joylashgan va ishlab chiqarish rivojlangan
davlatlarda ko’proq kuzatiladi. Aslida barcha ekologik muammolar va tabiatga yetkazilayotgan
zararlar manbai texnika, texnologiyaning rivojlanishi hamda insondir. Ehtijoylar ortgani sari
shlab chiqarish ham ortmoqda. Bu esa o’z navbatida zavod va fabrikalarning yanada shiddat
bilan ishlashini talab etadi. Natijada ulardan chiqayotgan zaxarli gazlar va chiqindilar miqdori
oshadi.

Ekologiyaning buzilishi o’z navbatida aholi salomatligi yomonlshuviga olib keladi. Shunin

uchun ham hozirgi kunda turli xil kasalliklar avj olmoqda, bolalarning nimjon tug’ilishi
kuzatilmoqda. Dunyo aholisining muntazam ko’payib borishi, rivojlangan davlatlar o’rtasidagi
ishlab chiqarishga bo’lgan raqobatning kuchayishi tabiatni muhofaza qilish muommosi
naqadar zarur ekanligini ko’rsatmoqda. Bu masalaning mohiyati shundaki, kеyingi yillarda
atmosfеrada karbonat angidrid va radiatsiyaning ko’payishi, yashil o’simliklar maydonining
kеskin kamayishi biosfеraning o’zgarishiga, yеr yuzida hayotning borishiga halaqit bеrmoqda,
hatto uni butunlay yo’q bo’lib kеtish xavfini tug’diryapti. Shuning uchun ham tabiatni himoya
qilish, atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash ilmiy masalagina bo’lib qolmay, balki muhim sotsial
va siyosiy muammoga aylanmoqda. Biosfеraning ifloslanishi tеxnika jarayonlari mahsuli
hisoblanadi. Katta foyda olish maqsadida tabiat boyliklaridan o’ylamasdan, vaxshiyona
foydalanish inson yashab turgan muhitni ifloslanishiga olib kеlmoqda.

Tabiatning tеngi yo’q go’zalligi, boyliklari - umumxalq mulki. Shuning uchun ham uni

himoya qilish umumxalq ishi. Tabiat bizga berayotgan ne’matlardan bahra olib, uni suiste’mol
qilmaslik, unga ziyon yetkazmaslik bizning burchimizdir. Biz kelajak avlodlarga yaratgan
ma'naviy va moddiy boyliklarimizni, bizgacha mavjud bolgan tabiatni va unga
munosabatimizni, ya'ni ekologik madaniyatimizni ham meros qoldiramiz. Ekologik madaniyat,
bu-faqat tabiatga zarar keltirmaslik emas, balki uning tiklanishi, yanada go'zallashuvi, gullab-


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

28

yashnashiga hissa qo'shish, atrof-muhitni g'orat etuvchilarga qarshi beayov kurash olib borish
degani hamdir.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Z.Abdalova, D.Yormatova , Ekologiya, oʻquv qoʻllanma, Toshkent 2013 yil

2.

X.S.Xushvaktova, D.Yormatova, Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, darslik, Toshkent

2022 yil.
3.

https://www.google.co.uz

4.

http://kitob.uz

Библиографические ссылки

Z.Abdalova, D.Yormatova , Ekologiya, oʻquv qoʻllanma, Toshkent 2013 yil

X.S.Xushvaktova, D.Yormatova, Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, darslik, Toshkent 2022 yil.