Авторы

  • F.S. Meliboyeva
    Qo`qon davlat pedagogika instituti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi katta o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.70069

Ключевые слова:

iqlim o`zgarishi Qo`qon vohasi kasalliklar yod tanqisligi asab tizimi kasalliklari omillar.

Аннотация

Ushbu maqolada iqlim o`zgarishi va uning aholi salomatligiga ta`siri hamda respublikamizda mazkur muammolarni hal qilish uchun olib borilayotgan isloxotlar, respublikada kasalliklarning hududlar bo`yicha tarqalishini oldini olish va unga qarshi kurashish chora tadbirlari ishlab chiqish to`g`risida fikr yiritilgan. Shuningdek, Qo`qon vohasida eng ko`p tarqalgan kasalliklarning tarqalish xaritasi ishlab chiqilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

150

IQLIM O`ZGARISHINING QO`QON VOHASI AHOLI SALOMATLIGIGA TA`SIRI

Meliboyeva F.S.

Qo`qon davlat pedagogika instituti

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi katta o`qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14977801

Annotatsiya:

Ushbu maqolada iqlim o`zgarishi va uning aholi salomatligiga ta`siri

hamda respublikamizda mazkur muammolarni hal qilish uchun olib borilayotgan isloxotlar,
respublikada kasalliklarning hududlar bo`yicha tarqalishini oldini olish va unga qarshi
kurashish chora tadbirlari ishlab chiqish to`g`risida fikr yiritilgan. Shuningdek, Qo`qon
vohasida eng ko`p tarqalgan kasalliklarning tarqalish xaritasi ishlab chiqilgan.

Kalit so`zlar:

iqlim o`zgarishi, Qo`qon vohasi, kasalliklar, yod tanqisligi, asab tizimi

kasalliklari, omillar.

Аннотация:

В данной статье рассматриваются изменение климата и его влияние

на здравоохранение, реформы, проводимые в нашей республике для решения этих
проблем, разработка мер по предотвращению и борьбе с распространением
заболеваний в республике. Также разработана карта распространения наиболее
распространенных заболеваний в оазисе Коканд.

Ключевые слова:

изменение климата, оазис Коканд, болезни, йододефицит,

заболевания нервной системы, факторы.

Abstract:

This article discusses climate change and its impact on public health, reforms

being carried out in our republic to solve these problems, development of measures to
prevent and combat the spread of diseases in the republic. Also, a distribution map of the
most common diseases in the Kokand oasis has been developed.

Key words:

climate change, Kokand oasis, diseases, iodine deficiency, nervous system

diseases, factors.


Respublikamizda ham aholi salomatligiga va mamlakatning turli hududlarida ekologik

vaziyatni sog`lomlashtirishga katta e`tibor qaratilmoqda. Jumladan, Yangi O`zbekistonning
taraqqiyot strategiyasidagi 79- maqsadida “Aholi salomatligi va genofondiga ziyon
etkazadigan mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish” hamda 80-maqsadida “Ekologiya
va atrof- muhitni muhofaza qilish shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash, “yashil
makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish” kabi muhim vazifalar belgilangan. Bundan
tashqari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021 yildagi 343-sonli
qarorida ham “Atrof-muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada
takomillashtirish tog`risida” gi qarorda ham 2021-2025 yillarda O`zbekiston Respublikasida
atrof tabiiy muhit monitoringidasturi doirasida bir qator ishlar amalga oshirilishi belgilab
qo`yilgan.

Ammo erishilayotgan iqtisodiy ijtimoiy yutuqlar bilan birga ayrim hududlarda aholi

o`rtasida kasalliklarning ortib borishi, ushbu hududlardagi ekologik sharoit va uni aholi
salomatligiga ta`sirini baholashni taqozo etmoqda. Jumladan, Qo`qon vohasida aholi o`rtasida
kasalliklarning ortib borishi asosan sanoat korxonalarining joylashuvi bilan baholanadi.
Qishloq xo`jalik yerlarida esa ekologik sharoit grunt suvlari sathining ko`tarilishi va
yerlarning qayta (ikkilamchi) sho`rlanishi natijasida shakllangan. Tabiiy va ijtimoiy sharoit


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

151

Qo`qon vohasida o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, aholi salomatlig ko`rsatkichlari bo`yicha
ajralib turadi.

Yuqorida keltirilgan holatlar Qo`qon vohasida yuzaga kelgan ekologik vaziyatlar va uni

inson salomatligiga ta`sirini baholash hamda bartaraf etish chora tadbirlarini ishlab chiqish
dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Iqlim o‘zgarib borishi inson salomatligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib bormoqda. Iqlim

o‘zgarishi sharoitida ob-havo va iqlim hodisalari tez-tez o‘zgarib borishi, kuchli shamollar,
juda yuqori harorat miqdorining ortib borishi, qurg‘oqchil maydonlarni kengayishi hisobiga
atmosferada chang moddalarini ko‘payishi inson hayoti uchun nomaqbul sharoitlarni yuzaga
keltiradi. Haroratning haddan tashqari yuqori bo‘lishi kishilar organizimlarida qon
bosimlarini ortishiga, atmosferada chang moddalarini ortib ketishi turli hil allergik
kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ob-havoni tez –tez o‘zgarib turishi insonlarda asabiylashish va
stres holatini kuchayishiga olib keladi.

Qo‘qon vohasida ham iqlim o‘zgarishini tahlil qilishda biz asosan inson salomatligiga

ta’sirini baholab, quyidagi fikrlarga nazar tashlasak:

-vohada asosan iqlim o‘zgarishi natijasida qurg‘oqchil maydonlar miqdori ortib

bormoqda;

-qurg‘oqchil maydonlar ortishi natijasida sug‘oriladigan maydonlar qisqarib boryapti;
-atmosferaga ko‘tarilgan chang moddalari, chuchuk suv havzalariga qo‘shilgan tuzlar

miqdori ortishi va avtomobildan chiqayotgan gazlar miqdori ortib borishi natijasida vohada
turli hil kasalliklar ko‘payib borishiga sababchi bo‘lmoqda.

Qo‘qon vohasida ham iqlimni o‘zgarishi asosan so‘ngi XX asrning so‘ngi davrlariga to‘g‘ri

kelib o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Ayniqsa, 1985 yilda Qo‘qon kimyo sanoat korxonasini
Qo‘qon vohasining prolyuvial tekisliklariga joylashishi natijasida yer osti suvlarining
ifloslanishiga katta ta’sir ko‘rsatib keldi. Qo‘qon shamoli esa atrofga korxonadan chiqayotgan
zaharli moddalarni uchirishi natijasida vohaning sharqiy qismlariga ham o‘z ta’sirini
ko‘rsatmay qolmadi. Tumanli kunlarda, qirov tushishi natijasida atmosferaga ko‘tarilgan xar-
xil tutun va zaharli chiqindilar yana vohaga qayta tushib o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 1989 yillarda
tug‘ilgan juda ko‘p bolalarda nogironlik alomatlari kuchayib ketdi. Aholida ega gepatit
kasalliklari avj oldi. Qo‘qon shahar sog‘liqni saqlash markazi xodimlari bilan
suxbatlashganimizda keyingi davrlarda vohada endogen kasalliklar, gepatit, qandli diabet,
nafas yo‘llari kasalliklari, asab tizimi kasalliklari ko‘payib borishini aytib o‘tishdi. Vohada
bo‘qoq kasalligi qadimdan borligi ma’lum. Bunga asosan vohadagi tuproq va suvlarda yod
moddasini yetishmasligi sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun o‘simir yoshlar va bolalarda bo‘qoq
kasalligi natijasida nafas olishlari qiyinlashadi. Ba’zi yoshlarimiz xatto farzand ko‘ra
olmasligiga ham sabab bo‘lmoqda. Vohada asosan bo‘qoq kasalligini rivoj topishiga yod
moddasini yetishmasligiga sabab yer osti suvlari yer betiga yaqinligi bilan bog‘lashadi. Suv
bug‘lanishi davomida o‘zi bilan yod moddasini ham parlanishiga sababchi bo‘ladi. Jahon
sag‘liqni saqlash tashkiloti bergan ma’lumotlarga ko‘ra yer sharida 665 milliondan ko‘proq
odamlar qalqonsimon bez kasalligiga chalingan. 1.5 milliard kishilar esa yod tanqisligidan
shikoyat qilishmoqda. Qalqonsimon bez inson organizmiga foydali tomonlari ko‘p. Masalan
asab tizimi faoliyatini, ovqat xazm qilish, suyak to‘qimalari va modda almashinuviga o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi. Qalqonsimon bez 3 xil gormon ishlab chiqarib inson tanasini normal


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

152

o‘sishiga, rivojlanishiga, oshqozon- ichak kabi organizmlarning bir meyorda ishlashi uchun
kerak bo‘ladi. Buqoq kasalligi shu qolqonsimon bezning kattalashib borishiga sabab bo‘ladi.
Natijada, qalqonsimon bez asab va qon tomirlarini tanada qisqarishiga olib kelib, nafas
qisilishi, ovozning birdaniga yo‘qolishi va xirillashishi, bo‘g‘ilishlar, ko‘p terlash, yutinishdagi
salbiy qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi.

Vohada yer usti suvlarini ifloslanishi ham o‘ziga hos ekologik vaziyatlarni keltirib

chiqarmoqda. Qo‘qon vohasi yer usti suvlari antropogen omil ta’sirida yildan-yilga ifloslanib
bormoqda. Suvlarning ifloslanishi tabiatdagi barcha komponentlarga, shu jumladan insonlar
organizimiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda.Ichki suvlarning ifloslanishida suv
tarkibidaturli hil zararli moddalar va mikroelementlarning tadrijiy ko‘payib borishi bilan
bog‘liq. Suvlarda kimyoviy birikmalarni to‘planib borishi o‘z navbatida suvning fizik va
kimyoviy hossalarini o‘zgarishiga olib keladi. Natijada, suvning tarkibida turli hil zaharli
birikmalar paydo bo‘lib, organik minerallar ortadi, kislorod miqdori kamayib yuqumli
kasalliklar tarqatuvchi bakteriyalar rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Qo‘qon vohasida aholini va
maishiy ho‘jalik korhonalarini So‘x daryosi suv bilan ta’minlaydi. So‘x daryosining yuqori
qismida joylashgan aholi Uchko‘prik, O‘zbekiston shuningdek Rishton tumanlarining aholilari
shu kunlargacha toza ichimlik suvi sifatida foydalanar edilar. Ular asosan yer ostiga hovuz va
quduqlar qazishib, mustahkamlab, suv bilan to‘ldirishib foydalanishar edilar. Sababi bu
hududlarda prollyuvial tekisliklarda yer osti suvlar Sariqo‘rg‘on, O‘qchi, Nursuh hududlarida
300-400 metr chuqurlikdan, hatto 500-550 metr pastda joylashgan. Yer osti suvlarini qazib
olish o‘ziga hos qiyinchiliklar tug‘dirganligi sababli artezan quduqlari qazilmagan edi. Insonlar
yer betidagi suvni toza tutishga va iflos qilmaslik uchun harakat qilishar edi. Fan texnikani
rivojlanishi bu hududlarga ham artezan quduqlarini qazishga imkon berdi. Oqibarda aholi yer
usti suvlariga bo‘lgan munosabatlari butunlay o‘zgarib ketdi. Aholi jich yashagan va sanoat
korhonalari rivojlangan hududlarda Qo‘qon shahri, Uchko‘prik, Dang‘ara, Furqat, Bog‘dod,
Yangiqo‘rg‘on, Buvayda kabi aholi zich joylashgan hududlarda oqava


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

153

1-rasm. Qo‘qon vohasida uchraydigan kasalliklar kartasi

.

Izoh

* Mazkur karta Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash markazi ma’lumotlari asosida

tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqildi

Qo‘qon shahar va atrofdagi tumanlar sog‘liqni saqlash marqazlari xodimlari bilan

uchrashganimizda va olingan ma’lumotlarni tahlil qilganimizda asosan vohada iqlim
o‘zgarishi natijasida odamlarda qon bosimi, bo‘qoq, gepatit, qandli diabet va turli xil astma,
nafas yetishmasligi va odamlar terisida bahor faslida turli hil toshma kasalliklari ko‘payib
ketishi aniqlandi.

Global iqlim o‘zgarishi butun dunyo xalqlariga, shu jumladan Qo‘qon vohasida istiqomat

qilayotgan kishilarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Kuz, qish va bahor faslida ortiqcha
namlik borligi sababli gripp, bel, oyoq va bo‘g‘im og‘riqlari avj oladi. Yozda esa havo haroratini
ortib ketishi natijasida atmosfera havosida changlar ko‘payib ketadi. Bunga “Qo‘qon” shamoli
ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shu sababli chang moddasi turli xal allergek kasalliklarni avj
olishiga, nafas olish tizimlariga ta’sir qilishi natijasida qon bosimini ko‘tarilishiga, o‘tkir yurak
yetishmovchiligiga olib kelmoqda.

Umuman, Qo‘qon vohasi geosistemalarida va shahar selitib landshaftlarida geoekologik

vaziyatni yuzaga kelishida va rivojlanishida antropogen omilning ta’siri kuchli. Voha
landshaftlarida komponentlar orasida yuzaga kelgan geoekologik vaziyatlar o‘zaro
integrallashib bir-biriga ta‘sir ko‘rsatib boradi. Ayrim joylarda tabiat va jamiyat o‘rtasidagi
aloqa keskinlashishi oqibatida ekologik tanglik rivojlanib boradi. Agrolandshaft va irrigatsion


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

154

landshaftlar doirasida salbiy jarayonlar rivojlanadi. Bunday salbiy jarayonlar o‘z navbatida
tabiatning bir bo‘g‘ini bo‘lgan insonlar salomatligiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Qo‘qon vohasi landshaftlarining kompleks geoekologik tahlili shuni ko‘rsatadiki,

zaharlangan atmosfera havosidan nafas olish, atmosferqdagi changlar, tuproqlarni nitratlar va
pedsisitlar bilan ifloslanishi, yer osti va yer usti suvlarini zaharli kimyoviy moddalar bilan
ifloslanishi, avtomobillardan chiqyotgan turli hil gazlar inson salomatligiga turli hil salbiy
ta’sir ko‘rsatib kasalliklarni ko‘payib ketishiga sababchi bo‘lmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Абдулқосимов

А.,

Қўзибоева

О.

Сўх

ёйилмаси

ландшафтларини

микрозоналлаштириш ва мелиоратив баҳолаш. Монография 82 б Самарқанд 2009.
2.

Боймирзаев К.М., Солиев И.Р., Мирзахмедов И.К. Қўқон воҳаси ландшафтларининг

экологик оптималлаштириш. Монография 55 б. Наманган 2019
3.

Рафиқов А.А Табиий географик прогнозлаштириш асослари. Тошкент 2024. Б-244

Библиографические ссылки

Абдулқосимов А., Қўзибоева О. Сўх ёйилмаси ландшафтларини микрозоналлаштириш ва мелиоратив баҳолаш. Монография 82 б Самарқанд 2009.

Боймирзаев К.М., Солиев И.Р., Мирзахмедов И.К. Қўқон воҳаси ландшафтларининг экологик оптималлаштириш. Монография 55 б. Наманган 2019

Рафиқов А.А Табиий географик прогнозлаштириш асослари. Тошкент 2024. Б-244