Авторы

  • Alibek Xamroyev
    Mustaqil izlanuvchi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Chirchiq shahri, O‘zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.70071

Ключевые слова:

Taktik tayyorgarlik belbogʻli kurash taktik harakatlar taktik reja texnik harakatlarga oʻrgatish bosqichlari.

Аннотация

Ushbu maqolada belbogʻli kurashchilarning musobaqalarga taktik tayyorgarligini amalga oshirish hamda taktik tayyorgarlikni amalga oshirish uslublari bayon qilingan. Shuningdek maqolada musobaqalarda taktik harakatlarning amalga oshirish uchun koʻrsatmalar berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

142

BELBOGʻLI KURASHCHILARNING MUSOBAQALARGA TAKTIK

TAYYORGARLIGINI AMALGA OSHIRISH

Xamroyev Alibek Shuxrat oʻgʻli

Mustaqil izlanuvchi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Chirchiq shahri, O‘zbekiston

E-mail: alibekxamroyev327@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14973604

Annotatsiya:

Ushbu maqolada belbogʻli kurashchilarning musobaqalarga taktik

tayyorgarligini amalga oshirish hamda taktik tayyorgarlikni amalga oshirish uslublari bayon
qilingan. Shuningdek maqolada musobaqalarda taktik harakatlarning amalga oshirish uchun
koʻrsatmalar berilgan.

Kalit soʻzlar:

Taktik tayyorgarlik, belbogʻli kurash, taktik harakatlar, taktik reja, texnik

harakatlarga oʻrgatish bosqichlari.

Taktik tayyorgarlik bu kurashchilarning musobaqalarda bellashuv olib borish usuli va

metodlari bilan qurollantiradi. Musobaqa vaqtida taktik jihatdan to‘g‘ri harakat qilish – o‘z
kuchini to‘g‘ri taqsimlash, g‘alabaga erishish uchun zarur bo‘lgan usullarni tanlash va bajarishni
bilish demakdir.

Kurash jarayonida raqibning ehtimoliy taktik rejasini inobatga olish kerak. Bu rejani o‘z

vaqtida anglab yetish va unga mos ravishda o‘z taktikasini shakllantirish – taktik mahoratning
muhim jihatlaridan biridir. Taktik savodxonlik sportchi mashg‘ulotlarda egallagan bilimlarini
amalda qo‘llashni o‘rgansagina foyda keltiradiki,.

Raqibi uzun yoki past bo‘yli bo‘lsa, chap qo‘lli kurashchi bilan bellashish kerak bo‘lsa –

bularning barchasiga moslasha olish muhimdir. Shu sababli, taktik tayyorgarlikning asosiy
vazifalaridan biri sportchining doimo o‘zgarib turuvchi sharoitlarga mos ravishda kurash taktik
rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.

Taktikani qo‘llash qobiliyatlarini rivojlantirishning asosi – yaxshi nazariy tayyorgarlik,

gilamdagi vaziyatni kuzatish va tahlil qilish, shuningdek, o‘z sport natijalariga tanqidiy
yondashishdir. Shu bilan birga, raqiblarning taktik rejasini oldindan anglab yetish va unga mos
ravishda musobaqaga tayyorgarlik jarayonini maqsadli tashkil eta olish ham muhim
ahamiyatga ega. Shu sababli, musobaqa davridagi taktik tayyorgarlik rejasini va kurash olib
borish strategiyasini tuzishda quyidagi ma’lumotlardan foydalaniladi:

Raqibning kuchli va zaif tomonlari – jismoniy, texnik, taktik va irodaviy tayyorgarlik

jihatidan. Bu sportchining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash orqali, o‘z taktik rebellashuvizni
tuzishda yordam beradi.

Raqibning jismoniy tayyorgarlikdagi ustunligi: qaysi jismoniy sifatni ko‘proq ishlatadi

(kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik yoki egiluvchanlik). Raqibning jismoniy kamchiliklari
o‘z taktik rebellashuvizni tuzishda muhim ahamiyatga ega.

Raqibning texnik usullarni ishlatish hajmi: kurash davomida qo‘llanadigan umumiy

texnika, har bir texnik harakatning o‘ziga xos xususiyatlari; qaysi himoya va qarshi hujum
usullarini yaxshi yoki yomon bajarayotganini tahlil qilish.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

143

Raqibning kuchli tomonlarini har bir kurash davrida qanday qo‘llashi. Kurashning har bir

bosqichida o‘z ustunliklarini qanday ishlatishi haqida ma’lumot olish.

Raqibning psixologik tayyorgarlik darajasi (jasurlik, qat’iyatlilik, sabotlilik, bardoshlilik

va h.k.). Raqibda kuchli yoki zaif psixologik sifatlarning bor yoki yo‘qligi kurashning taktik
rejasini tuzishda katta ahamiyatga ega.

Butun texnik va taktik bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar faqat amaliy qo‘llanilganda

sport ahamiyatiga ega bo‘la boshlaydi. Boshlovchi sportchilarda harakatlarni malakaga
aylantirish bilan bog‘liq bo‘lgan texnik tayyorgarlik uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi.
Harakatlarni malaka holatiga o‘tishi, o‘zining mustaqil bosqichlariga ega bo‘lgan uchta o‘quv
fazasiga mos ravishda amalga oshiriladi:

Taktik mahorat kurashning birinchi rejasini tuzish va uni amalga oshirish jarayonida

shakllanadi. Shuning uchun taktikani takomillashtirish jarayonida topshiriq usuli keng
qo‘llaniladi. Murabbiy sportchiga murakkab, lekin bajarilishi mumkin bo‘lgan taktik vazifani
bergan holda, unga aniq harakat rejasini tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni
yetkazadi.

Belbogʻli kurashchilarning taktik tayyorgarligini mashg‘ulot jarayonida takomillashtirish

o‘ziga xos yondashuvni talab qiladi va asosiy maqsad sifatida sportchini musobaqaga
tayyorlashni ko‘zda tutadi. Taktik tayyorgarlik keng ko‘lamli bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga
oladi.

Kurash turlarida taktik tayyorgarlikning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, yunon-

rum kurashida pozitsion kurash va raqibning balansini yo'qotish muhim ahamiyatga ega bo'lsa,
erkin kurashda esa tezkorlik va harakatlarning xilma-xilligi ustuvor hisoblanadi. Judo va sambo
kabi sport turlarida esa ushlash va tashlash texnikalarini to'g'ri qo'llash, shuningdek, raqibning
harakatlarini oldindan taxmin qilish muhimdir.

Boshlang‘ich

o‘rganish

Chuqurlashtirilgan

o‘rganish

Mustahkamlash va

takomillashtirish

7-rasm. Texnik harakatlarga oʻrgatish bosqichlari


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

144

Taktik tayyorgarlikni rivojlantirish uchun maxsus mashqlar, simulyatsiyalar va

bellashuvlarni tahlil qilish kabi metodlar qo'llaniladi. Shuningdek, raqibning harakatlarini
oldindan taxmin qilish va unga qarshi strategiyalar ishlab chiqish muhimdir.Taktik
tayyorgarlikni samarali amalga oshirish uchun murabbiylar va sportchilar o'rtasida doimiy
muloqot, bellashuvlarni tahlil qilish va o'zaro fikr almashish zarur. Bu jarayon sportchining
o'zini o'zi baholashiga va o'z ustida ishlashiga yordam beradi. Umuman olganda, taktik
tayyorgarlik kurashchining bellashuvdagi muvaffaqiyatini ta'minlashda muhim omil bo'lib, uni
rivojlantirish uchun tizimli yondashuv va muntazam mashg'ulotlar zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Карпов М.А. Индивидуализация уcҳебно-тренировоcҳного процесса юных

тхэквондистов на этапе наcҳалной спортивной специализации: автореф. дис. канд. пед.
наук: 13.00.04 /М.А. Карпов; Уралская ГАФК.- Cҳелябинск 2001.- 19 с.
2.

Kerimov F.A. Theory and methodology of sports wrestling/ -Tashkent: UzSIPE. Publishing

department, 2005.- 240-245 p.
3.

Kerimov F.A. Scientific research in the field of sports / -Tashkent "Zarqalam", 2004. p.

120-128.
4.

Artiqov Z.S. Yuqori malakali belbog‘li kurashchilarda statik va dinamik harakatlar

ta’sirida muvozanat saqlash imkoniyati. Fan sportga№3.2018, - 60-63 S.
5.

Mirzaqulov Sh.A. Yosh belbog‘li kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi. / Xalqaro ilmiy-

amaliy anjuman “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubiyatining
zamonaviy muammolari” II qism. Toshkent 2015 - B. 83-84.

8-rasm. Musobaqalarda amalga oshiriladigan taktik harakat

Raqibning zaif

tomonlaridan

to‘g‘ri foydalanish

Kuchlarni to‘g‘ri

taqsimlash

Texnik usullarni

aniq bajarish

Kurash vaqtini

samarali boshqarish

Chalg‘ituvchi

harakatlardan foydalanish

Turli vaziyatlarda

tezkor qaror qabul

O‘z vaqtida qarshi

hujum uyushtirish

Kurash sur’atini

o‘zgartirish va moslashish


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

145

6.

А.Таймазов “Индивидуализация технико-тактической подготовки спортсменов

высокого класса в современной волной борбе”, монаграфия, Санкт-петербург – 2017, 132
б.
7.

Бакиев З.А. Индивидуализатион оф течниcал анд таcтиcал траининг оф wрестлерс

он тҳе басис оф аутоматед аналйсис оф cомпетитиве аcтивитй / дис. cанд. пед. наук./
2009.- ст 117-119.
8.

Крикуха. Ю. Ю “Индивидуализация техиико-тактическои подготовки борцов греко-

римского стиля 16-19 лет при борьбе стоя на этапе спортивного совершенствования”.
кандидата педагогических наук, монаграфия, Санкт-петербург – 2009, 145 б

Библиографические ссылки

Карпов М.А. Индивидуализация уcҳебно-тренировоcҳного процесса юных тхэквондистов на этапе наcҳалной спортивной специализации: автореф. дис. канд. пед. наук: 13.00.04 /М.А. Карпов; Уралская ГАФК.- Cҳелябинск 2001.- 19 с.

Kerimov F.A. Theory and methodology of sports wrestling/ -Tashkent: UzSIPE. Publishing department, 2005.- 240-245 p.

Kerimov F.A. Scientific research in the field of sports / -Tashkent "Zarqalam", 2004. p. 120-128.

Artiqov Z.S. Yuqori malakali belbog‘li kurashchilarda statik va dinamik harakatlar ta’sirida muvozanat saqlash imkoniyati. Fan sportga№3.2018, - 60-63 S.

Mirzaqulov Sh.A. Yosh belbog‘li kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi. / Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubiyatining zamonaviy muammolari” II qism. Toshkent 2015 - B. 83-84.

А.Таймазов “Индивидуализация технико-тактической подготовки спортсменов высокого класса в современной волной борбе”, монаграфия, Санкт-петербург – 2017, 132 б.

Бакиев З.А. Индивидуализатион оф течниcал анд таcтиcал траининг оф wрестлерс он тҳе басис оф аутоматед аналйсис оф cомпетитиве аcтивитй / дис. cанд. пед. наук./ 2009.- ст 117-119.

Крикуха. Ю. Ю “Индивидуализация техиико-тактическои подготовки борцов греко-римского стиля 16-19 лет при борьбе стоя на этапе спортивного совершенствования”. кандидата педагогических наук, монаграфия, Санкт-петербург – 2009, 145 б